scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SURXONDARYO VILOYATIDNING SANOAT VA QISHLOQ XO'JALIGI SOHASIDA XORIJ BILAN HAMKORLIK ALOQALARNING O'RNATILISHI

Normamatova Pardaxol Ochildiyevna

Full text

123 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc SURXONDARYO VILOYATIDNING SANOAT VA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA XORIJ BILAN HAMKORLIK ALOQALARNING O‘RNATILISHI Normamatova Pardaxol Ochildiyevna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.17640360 Annotatsiya: Ushbu maqolada Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda islohotlar quyidagi asosiy yo‘nalishlarda: ya’ni mulkiy islohotlar, institutsional islohotlar, agrar islohotlar, tashqi iqtisodiy faoliyat islohotlari, ijtimoiy islohotlar kabilarda amalga oshirilgan ishlar ko‘lami hamda muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizimni barpo etish; respublikada ko‘p ukladli iqtisodiyotni, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har tomonlama o‘sishi uchun asos bo‘ladigan xususiy mulkchilikni yuksaltirish, uning davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash; korxonalar va fuqorolarga va keng iqtisodiy erkinlik berish, ularning xo‘jalik ishlariga davlat yo‘li bilan aralashmaslik; iqtisodiyotga chuqur o‘zgarishlar qilish, moddiy va tabiiy resusrlar hamda mehnat resurslaridan unumli foydalanish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash; jahon iqtisodiyoitiga integratsiyalashib boorish; aholini dunyoqarashini o‘zgartirish, ularda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish borasida fikrlar qayd etilib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: “Ajanta Farma LTZ”, Hindiston, . “Usto Abdu”, Termez. Kirish: O‘zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga integratsiyalashishi va ochiq iqtisodiyot qurishi yo‘lida jadal rivojlanib, 2015-yilga kelib, dunyonong 143 dan ortiq davlatlari tan oldi, jahonning 120 dan ortiq mamalakati bilan diplomatik aloqalar o‘rnatildi, Toshkentda 40 dan ortiq mamlakatlarning elchixonalari ochildi, respublikada 88 ta xorijiy mamlakat vakolatxonalari akkredatsiya qilindi. Hukumatlararo 24 ta va nohukumat 14 ta tashkilotlar faoliyat ko‘rsatadi. Dunyoning 30 ortiq davlatlari bilan O‘zbekiston elchixonalari va konsullari faoliyat olib bormoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ular o‘z iqtisodiyotini yuksaltirish jarayonida, albatta, u yoki bu turdagi xorijiy investitsiyalardan foydalanishgan. Bunday tajriba O‘zbekiston Respublikasiga ham xos xususiyat hisoblanadi [1]. Hozirgi sharoitda xorijiy investitsiyalarsiz iqtisodiyotni rivojlantirib bo‘lmasligini deyarli har bir ziyoli mutaxassis va ish yurituvchi sub’yekt anglab yetadi. Shuning uchun ham bu yo‘nalishga alohida e’tibor bilan qarash va uni rivojlantirishga ahamiyat berilishi zarur. Mamalakat iqtisodiyotidagi investitsiya faoliyatining rivojlanish darajasi shu mamalakatda olib borilalayotgan investitsiya siyosati va uning natijasi qanday samara berayotganligi bilan belgilanadi. Shuningdek, investitsiya siyosatining maqsadi mavjud investitsiya faoliyatining rivojlanish istiqboliga qaratilishi tabiiydir [7]. Bu maqsad o‘zida davlatning investitsiya faoliyatini muntazam ravishda tartibga solishdan iborat bo‘lgan vazifasini ham mujassam etadi. Bugungi kunning talabi ishlab chiqarish va eksport salohiyatini kengaytirish, milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvuni ta’minlashdir. Mamalakatimizda xorijiy sarmoyadorlarning faoliyat yuritishi uchun zarur qonunchilik baza yaratilgan [2]. 1991-yil O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi va “Xorijiy investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 1998-yil 30-aprelda mamalakatimiz parlamenti qabul qilgan “Xorijiy investorlar to‘g‘risida”gi va “Xorijiy investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi qonunlar qabul qilindi [6]. O‘zbekisron Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-apreldagi “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 124 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc farmoni bilan xorijiy investorning pul shaklidagi ulushi 5 million AQSH dollaridan kam bo‘lmagan, yangi tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar 10 yil mobaynida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish borasida”gi farmoni bilan belgilangan soliq imtiyozlari 2012-yilning 2-choragidan boshlab 20 turdagi iqtisodiyot tarmog‘i bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga ham tatbiq etilib, foyda, qo‘shimcha qiymat, mol-mulk va boshqa soliq hamda majburiy to‘lovlar to‘lashdan ozod qilingan [3]. Respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar joriy etilishida Surxondaryo viloyatining o‘rni va mavqei katta. Surxondaryo viloyatida xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi bir necha bosqichlarda amalga oshirildi. Surxondaryo viloyati zamini tabiiy xomashyo va intellektual salohiyatga juda boy hisoblanadi, bunda chet el investitsiyalarini jalb qilishning katta imkoniyatlari mavjud bo‘lib, jumladan: Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash; Marmar; granit; alabaster; sement; qurilish materiallarini sanoat asosida ishlab chiqarish; Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish; Ip-gazlama va trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish; Chorva mahsulotlarini sanoat asosida qayta ishlash; Milliy xalq hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish; Turizmni rivojlantirish. 1993-yilda Termiz shahrida mazkur yo‘nalishdagi dastlabki yirik loyiha dori-darmon ishlab chiqaruvchi O‘zbekiston-Hindiston hamkorligida “Surxon-Adjanta LTD” qo‘shma korxonasi ishga tushirildi. Uning faoliyati Surxondaryo viloyati xo‘jalik sudining 2005-yil 6-sentabrdagi qarori bilan bankrot deb e’lon qilinganligi natijasida tugatildi. Mustaqillik yillarida viloyatda chet el sarmoyasi ishtirokida ko‘plab qo‘shma korxonalar ham tashkil etildi [4]. 1994-yilda Denov oziq-ovqat kombinati Germaniyaning “Kronisak” firmasi bilan hamkorlikda salqin ichimliklar ishlab chiqaradigan korxona qurilishini boshladi. Ushbu korxona qurilib ishga tushirilgach, yuzlab yangi ish o‘rni yaratildi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy tadbirlarning hal qiluvchi bo‘g‘inida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni turadi. Viloyat dehqonchiligi og‘ir iqtisodiy sharoitni bartaraf etib, 1994-yili 327 ming gektar sug‘oriladigan yerga ekin ekilib, shundan 219,3 ming gektari nasoslar yordamida sug‘orildi. Qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilayotgan ana shunday fidoiy insonlarni nihoyatda ko‘plab uchratish mumkin [5]. Jumladan, Denov tumani S.Rahimov jamoa xo‘jaligi boshqaruvi raisi, “O‘zbekiston qahramoni” Ibrohim Fayzullaev, Denov tumani «Lochin» fermer xo‘jaligi raisi “O‘zbekiston qahramoni” Ahmad Narzullaev, Sariosiyo tumani hokimi Parda Madiev kabi fidokor insonlarning ro‘yxatini yanada ko‘plab keltirib o‘tish mumkin. Xulosa: Mustaqillik yillarida Surxondaryo viloyati tashqi aloqalarining tarixiy imkoniyatlari kengaydi. Viloyatning geopolitik joylashuvi, iqtisodiy rivojlanishi uchun asoslarning mavjudligi, qulay tabiiy geografik iqlim va boshqa omillar xorij bilan to‘la qonli aloqalarga imkon yaratdi. Bu borada quyidagilarni alohida sanab o‘tish mumkin: Birinchidan, yurtimizda mavjud erkinliklar tufayli Surxondaryo viloyati mutasaddi tashkilotlari rahbarlari xorijiy davlatlarga safarga chiqib, turli tashkilot rahbarlari, firma va kompaniyalarning egalari bilan ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda bitim, shartnoma va kelishuvlarga erishdilar. Istiqlolning dastlabki yillaridan ushbu kelishuvlar o‘z samarasini bera boshladi; Surxondaryo viloyatining markazi bo‘lgan Termiz shahri xorijiy davlat rahbarlari, turli tashkilot vakillarining rasmiy tashriflari ko‘plab amalga oshiriladigan biri bo‘lib qoldi.. 125 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc References: 1. Allamuratov S.A.O‘rta Osiyo xalqlarining madaniy-diniy munosabatlarida Amudaryo suv yo‘lining o‘rni. O‘tmishga nazar jurnali. – 2019. – T. 24. – №. 2. 23-29-betlar 2. Rahmatov R. Investitsiya kiritish uchun imkoniyat keng. // Zarafshon gazetasi, 2013-yil 29iyun 3. Tursunov N.N., Allamuratov Sh.A. Etnicheskaya istoriya gortsev yujnogo Uzbekistana // Bylleten nauki i praktiki. 2020. T. 6. №6. S. 312-317. 4. Buronov A. K. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari taraqqiyotining yangi davrida (2016-2020) //The American Journal of Social Science and Education Innovations. – 2021. – T. 3. – №. 01. – S. 294-297. 5. Normamatova, Pardaxol Ochildiyevna (2021). mustaqillik yillarida O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi (surxon vohasi misolida). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (11), 871-876. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Surxondaryo viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ 3636-son Qarori; https://www.lex.uz/uz 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi «Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PF-5623-son Farmoni. https://www.lex.uz/uz