scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"KALMAR O'YINI" SERIALIDAGI KOREYS MILLIY O'YINLARINING ETNOGRAFIK TADQIQI

Oqbo'tayev Ilyos Ismoilovich

Full text

142 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc “KALMAR O‘YINI” SERIALIDAGI KOREYS MILLIY O‘YINLARINING ETNOGRAFIK TADQIQI Oqbo‘tayev Ilyos Ismoilovich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi Denov, O‘zbekiston Email: [email protected] UDK: 39:796 https://orcid.org/0009-0004-7269-9989 https://doi.org/10.5281/zenodo.17642212 Annotatsiya: 2021-yilda ekran yuzini ko‘rgan “Kalmar o‘yini” filmi butun dunyoda katta shuhrat qozondi. Koreys kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan ushbu film orqali koreya jamoyatidagi muammolar, xususan qarz, kredit botqog‘iga botgan odamlar pul uchun o‘z jonlarini xavfga qo‘yishadi. Shuningdek pulning quliga aylanib insoniylik qiyofasini yo‘qotishadi. Biz fikr yuritmoqchi bo‘lgan masala bu emas aslida, filmdagi birinchi raqamli o‘yinchi bolalikdagi o‘yinlarini sog‘inib uni qonli o‘yinda o‘ynamoqchi bo‘ladi. Bu o‘yinlar kareys milliy xalq o‘yinlari hisoblanib o‘tkan asrda bolalar tomonidan sevib o‘ynalgan. Bu o‘yinlar takji, qizil chiroq yashil chiroq, shakarasal, arqon tortish, kanbu va yakunda kalmar o‘yini hisoblanib ushbu maqolada o‘yinlar etnografik tahlil qilib chiqiladi va o‘zbek milliy o‘yinlari bilan qiyoslanadi. Kalit so‘zlar: koreys milliy o‘yinlari, takji, qizil chiroq - yashil chiroq, shakar-asal, arqon tortish, kanbu, kalmar o‘yini. Annotation: The film “Squid Game,” released in 2021, gained worldwide popularity. Produced by Korean filmmakers, this series reflects various problems in Korean society, particularly the issue of people trapped in debt who risk their lives for money. It also portrays how humans lose their morality and become slaves to wealth. However, the main focus of this article is not that aspect, but rather the fact that the first player in the film longs for the games of his childhood and wishes to play them again, though now in a deadly version. These games are considered traditional Korean folk games that children used to play and love in the past century. The games such as Takji, Red Light Green Light, Sugar-Honeycomb, Tug of War, Kanbu, and finally Squid Game itself are analyzed ethnographically in this paper and compared with Uzbek national games. Keywords: Korean folk games, Takji, Red Light – Green Light, Sugar-Honeycomb, Tug of War, Kanbu, Squid Game. Аннотация: Фильм «Игра в кальмара», вышедший на экраны в 2021 году, приобрёл огромную популярность во всём мире. Снятый корейскими кинематографистами, он отражает проблемы современного корейского общества, в частности людей, утонувших в долгах и готовых рисковать жизнью ради денег. В картине также показано, как человек теряет человечность, становясь рабом богатства. Однако предмет данного исследования — не эта социальная сторона, а то, что первый игрок в фильме, скучая по играм своего детства, решает сыграть в них снова, но уже в смертельно опасной форме. Эти игры относятся к традиционным корейским народным играм, в которые с любовью играли дети прошлого века. В статье проводится этнографический анализ таких игр, как Такджи, Красный свет — зелёный свет, Сахар-мёд, Перетягивание каната, Канбу и завершающая Игра в кальмара, с их сравнением с узбекскими национальными играми. Ключевые слова: корейские народные игры, Такджи, Красный свет — зелёный свет, Сахар-мёд, Перетягивание каната, Канбу, Игра в кальмара. 143 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Kirish. Dunyodagi barcha xalqlarda milliy o‘yinlar mavjud. Milliy o‘yinlar har bir xalqning boyligi hisoblanadi va bolalar tomonidan sevib o‘ynaladi. O‘yinlar asosan bolalarning jismonan va ruhan sog‘lom bo‘lishiga imkon yaratadi. Texnika rivoji sabab o‘tkan asrda bolalar tomonidan sevib o‘ynalgan o‘yinlar hozir smatfon yoki kompyuter o‘yinlariga almashgan. Milliy xalq o‘yinlari o‘ynalmasdan yo‘qolib bormoqda. Lekin “kalmar o‘yini” filmi o‘ynalmay qo‘ygan bu o‘yinlarni qayta jonlantirdi. Serial sabab mashxur bo‘lgan o‘yinlar ko‘ngilochar dasturlarda sevib o‘ynalmoqda. Quyida serialdagi koreys milliy xalq o‘yinlarini etnografik tadqiq qilib chiqamiz. Muhokama va natijalar. Dastlab fikr yuritmoqchi bo‘lgan o‘yinimiz takji o‘yinidir. Mazkur serialda o‘yinchilarni yig‘ish uchun ushbu o‘yindan foydalaniladi. Tagji (koreyscha: 딱지) – Koreya xalqining bolalik xotiralariga chuqur singib ketgan an’anaviy o‘yinlaridan biri bo‘lib, u qog‘oz yoki kartondan tayyorlangan kichik buklamalar orqali o‘ynaladi. Bu o‘yin bir qarashda sodda ko‘rinsa-da, u koreys jamiyatida kuch, strategiya va raqobat ruhini shakllantirgan muhim madaniy meros sifatida qadrlanadi. O‘yin odatda ikki bola yoki kichik guruh o‘rtasida o‘ynaladi. Har bir o‘yinchi o‘zining tagjisini (qog‘oz buklamasini) tayyorlaydi. O‘yinchi raqib tagjisini yerga qo‘yadi, so‘ngra o‘z tagjisini kuch bilan urib raqibning tagjisini ag‘darishga harakat qiladi. Kim raqib tagjisini ag‘darishga muvaffaq bo‘lsa, o‘sha o‘yinchi g‘olib bo‘ladi va raqibning tagjisini yutib oladi. Tarixiy kelib chiqishi: Tagji o‘yini qadimiy marosim yoki diniy manbalarga ega emas, balki XX asr boshlarida Koreyada qog‘oz keng tarqalgan davrda paydo bo‘lgan. 1960–1980-yillar oralig‘ida u Koreya bolalari orasida eng mashhur maktab va ko‘cha o‘yiniga aylangan. Tagji o‘yinining ildizlari Joseon sulolasi davridagi qog‘oz origami madaniyatiga borib taqaladi. Joseon davrida (XIV–XIX asr) qog‘oz san’ati rivojlandi, ammo o‘yin shakllanmagan va XX asr boshlarida qog‘oz o‘yinlari paydo bo‘ldi. 1960–1980-yillar Bolalar orasida eng mashhur ko‘cha o‘yini, XXI asr nostalgik va festival o‘yini sifatida saqlanmoqda. Bugungi kunda Tagji an’anaviy ko‘cha o‘yini sifatida kamdan-kam o‘ynaladi. Buning sababi – elektron o‘yinlar va texnologiyalar ta’siri. Biroq Tagji madaniy meros sifatida saqlanib qolgan bo‘lib, Seollal (Koreys Yangi yili), Chuseok (Hosil bayrami) kabi festival va meros tadbirlarida yosh avlodga namoyish etiladi.(1). Bu o‘yin o‘zbek xalq o‘yinlari orasidan 2000 yillarda mashxur bo‘lgan “g‘isht urish” ga o‘xshaydi. Bu o‘yinda g‘isht tikka qilib qo‘yiladi va uning ostiga yutuq tikiladi (asosan rangli qog‘ozlar bo‘lgan). G‘isht oldidan tosh uloqtiriladi, tosh uzoqroq joyga tushgan ishtirokchi birinchi bo‘lib nishonni yiqitish uchun tosh uloqtiradi. G‘ishtni og‘dargan ishtirokchi g‘olib hisobladagi. Zamonaviy davrda bolalar orasida ‘shiribom” o‘yini mashxur bo‘ldi. Bu o‘yin bolalar chaynashni yaxshi ko‘radigan saqich qog‘ozlari bo‘lib, unda mashina yoki multifilm qahramonlarining rasmi mavjud. Qog‘ozni qo‘li bilan urib teskari og‘dargan ishtirokchi g‘olib hisoblanadi. Koreya xalqining an’anaviy o‘yinlari orasida “Qizil chiroq, yashil chiroq” deb mashhur bo‘lgan “Mugunxva guli ochildi” (무궁화 꽃이 피었습니다) o‘yini alohida o‘rin tutadi. Kalmar o‘yini (Squid Game) seriali orqali butun dunyoga mashhur bo‘lgan bu o‘yin aslida Koreyada uzoq yillardan beri bolalar orasida o‘ynalib kelinadi. Mugunxva – bu Koreya davlat ramzi bo‘lgan gul hisoblanadi, shu bois o‘yindagi jumla nafaqat o‘yin iborasi, balki milliy iftixor ramzi hamdir. Bu o‘yin Koreyada XX asr boshlaridan bolalar orasida mashhur bo‘lgan. Uning ildizlari Koreyaning qishloq hududlarida o‘tkazilgan xalq yig‘inlari va yozgi oromgohlarga borib taqaladi. Shu kabi o‘yinlar Xitoy va Yaponiyada ham mavjud bo‘lsa-da, Koreya versiyasi milliy gul, madaniyat va sabr sinovini o‘zida mujassamlashtiradi. O‘yinning qoidalari va jarayoni: 144 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Yetakchi (qo‘g‘irchoq) Orqasi bilan turib jumlani aytadi. O‘yinchilar Oldinga boradi, ammo jumla tugashi bilan to‘xtashi kerak. 1. Yetakchi yuzini devorga qaratib, baland ovozda aytadi: “Mu-gung-hwa kkoch-i pi-ot-seum-ni-da” (무궁화 꽃이 피었습니다) 2. Shu vaqt mobaynida o‘yinchilar oldinga yuguradi yoki yuradi. 3. Yetakchi birdan ortga qaraydi. 4. Kim harakatda qolsa – o‘yindan chiqadi. 5. Maqsad – yetakchiga tegib borish yoki chiziqqa yetish. Ma’naviy ahamiyati Bu o‘yin bolalarga quyidagi fazilatlarni o‘rgatadi: Sabr va o‘zini boshqarish Tez fikrlash va harakatni nazorat qilish G‘alaba uchun mas’uliyat va intizom Shuningdek, bu o‘yinda milliy gul – Mugunxva nomi ishlatilgani bois, u koreyaliklar uchun vatanga muhabbat va barqarorlik belgisi hisoblanadi. Netflix’ning Squid Game (“Kalmar o‘yini”) serialida aynan shu o‘yinning ekstremal, halokatli shakli namoyish etilgani sababli, butun dunyo ushbu an’anaviy o‘yinga qiziqa boshladi. Hozirda Koreyada ushbu o‘yin: maktablar va oromgohlarda, milliy festival va an’anaviy o‘yinlar bayramlarida, sport tadbirlarida esdalik sifatida o‘tkaziladi.Shuningdek, Kalmar o‘yinidan keyin ba’zi sayyohlik markazlarida kattalar uchun ham shunchaki zavqlanish maqsadida sahnalashtirilmoqda.(2) Dunyo bo‘yicha ushbu o‘yin quyidagicha ataladi: AQSh: Red Light, Green Light Buyuk Britaniya: Grandma’s Footsteps Fransiya: Un, deux, trois, soleil (1, 2, 3, quyosh!) Italiya: Un, due, tre, stella (1, 2, 3, yulduz!) Ispaniya: El escondite inglés Germaniya: Eins, zwei, drei, Ochs am Berg Xitoy: 一,二,三,我们都是木头人!(1, 2, 3, biz yog‘och odammiz) Yana ko‘plab mamlakatlarda turli nomlar bilan mavjud. Dalgo‘na — bu koreyscha ko‘cha shirinligidir. Asosan shakar va pishirish sodasi (natriy bikarbonat)dan tayyorlanadi. Odatda shakarga ozgina soda qo‘shilib qizdiriladi, natijada massa ko‘piriladi va keyin esa tekislab, turli shakllardagi qoliplarga bosiladi (masalan: yulduz, yurak, soyabon). Bu shirinlik nomi turli viloyatlarda turlicha bo‘lgan, ammo hozir "dalgo‘na" degan nomlar keng tarqalgan. 2021-yildagi “Kalmar o‘yini” (Squid Game) seriali orqali bu nom butun dunyoga mashhur bo‘ldi. Dalgo‘na ilk bor 1950-yillarda Koreyada (ayniqsa Pusan shahrida) urush davrida oddiy shakarli gazak sifatida mashhur bo‘lgan. O‘sha davrda "shakardan ham shirin" degan ma’noda “달고나 (dalgo‘na)” nomi berilgan. 60–80-yillarda maktablar oldida bolalar uchun dalgo‘na tayyorlab sotish odatiy hol bo‘lgan. Bolalar ignalar bilan shakar ustidagi qolipdagi shaklni sinchiklab ajratishga harakat qilishgan – bopgi o‘yini aynan shundan kelib chiqqan (3). Bu o‘yinda bolalar dalgo‘na ustidagi shaklni sinmasdan yoki buzmasdan ajratishga harakat qilishadi. Kim muvaffaqiyatli ajratsa, bepul ikkinchi shirinlik oladi. “Kalmar o‘yini” serialida bu o‘yin o‘limga olib keluvchi sinov sifatida tasvirlangan. Serialdan keyin bu o‘yin yanada mashhur 145 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc bo‘lib ketdi. O‘zbekistonda turli shakllar tushirilgan pichene yoki shirinliklar tayyorlangan, lekin Koreyadagi kabi bolalar o‘yiniga aylanmagan. Arqon tortish o‘yini – Osiyo sharqi va Janubi-sharqiy Osiyodagi sholi yetishtirish (dehqonchilik) madaniyati mavjud bo‘lgan hududlarda keng tarqalgan bo‘lib, u mo‘l hosil tilab, jamoa a’zolari o‘rtasidagi birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi. Ushbu an’anaviy o‘yin orqali jamoa a’zolari ijtimoiy birdamlik va hamkorlik ruhini mustahkamlaydi hamda yangi dehqonchilik mavsumining boshlanishini e’lon qiladi. Arqon tortish ikki jamoaga bo‘linib, qarama-qarshi yo‘nalishda arqonni tortish orqali o‘ynaladi. G‘oliblikka erishishdan ko‘ra, marosimning asl maqsadi – jamoaning farovonligi va osoyishtaligini ta’minlashdir. Arqon tortish – xalq urf-odatlari va ma’naviy qadriyatlarini chuqur ifodalovchi an’anaviy o‘yin va marosim bo‘lib, xalq arqon tortishining madaniy xilma-xilligi va umumiy qadriyatlari e’tirof etilib, bir nechta davlatlar ishtirokida uni birgalikda YUNESKOga ro‘yxatga kiritish tashabbusi ilgari surilgan (4). 1969-yildan boshlab Koreyaning turli mintaqalaridagi arqon tortish marosimlari milliy va mintaqaviy nomoddiy madaniy meros sifatida tan olinib, ularni asrash va avlodlarga yetkazish ishlari olib borilmoqda. 2015-yilda esa Kambodja, Filippin va Vetnam bilan birgalikda YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga qo‘shma tarzda kiritilgan. Serialda keltirilgan yana bir o‘yin kanbu deb nomlanadi. “Kanbu” so‘zi “do‘st” yoki “sherik” degan ma’noni bildiruvchi qadimgi koreyscha so‘zdir. 1970–1980-yillarda bolalar o‘rtasida keng ishlatilgan so‘z bo‘lgan.“Kanbu o‘yini” (“깐부 게임”)da ishtirokchilar sherik (juft) tanlab, birbirlariga qarshi bir xil miqdordagi sharcha (koptok)ni yutib olishadi yoki yo‘qotishadi. Bolalar sharcha o‘yini yoki dakkichiq (kartochka urish) kabi o‘yinlar paytida “깐부하자!” (“Kanbu bo‘laylik!”, ya’ni sherik bo‘laylik) deb aytishgan. Bu so‘z bolalikdagi xotiralarni eslatuvchi ifoda bo‘lgani uchun brend nomlari yoki badiiy asarlarda tez-tez ishlatilgan. “깐부” so‘zining kelib chiqishi haqida bir necha nazariya mavjud: 1. Inglizcha “combo” (kichik musiqa guruhi) so‘zidan olingan degan fikr bor. Koreyada AQSh harbiy bazalari yaqinida yashagan odamlar “combo”ni “깜보” deb talaffuz qilgan va “doimo birga yuruvchi do‘stlar” ma’nosida ishlatgan. 2. Xitoy afsonasidagi “관포지교 (Gwan-po-ji-gyo)” — yaqin do‘stlikni ifodalovchi so‘zdan kelib chiqqan degan versiya ham bor. Bu so‘z talaffuzda o‘zgarib “관포 → 깜포 → 깜보 → 깐부” shaklini olgan deb taxmin qilinadi. 3. Inglizcha “camp” (lager, bir joyda yashovchi guruh) so‘zidan o‘zlashgan bo‘lishi mumkin. 4. Yaponcha “카부(株, kabu)” yoki “카부시키(株式)” (“aksiyalar”, “shirkat”) so‘zidan o‘tgan degan nazariya ham mavjud. Yapon tilida “kabunakama (株仲間)” degani “hamkasb, sherik” degan ma’noni bildiradi (5). Va nihoyat oxirgi o‘yin serial nomi bo‘lgan “kalmar o‘yini”dir.“Kalmar o‘yini” (koreyscha: 오징어놀이 , ojingeo nori) — bu haqiqiy koreys bolalar o‘yini bo‘lib, Netflix’dagi “Squid Game” seriali aynan shu o‘yindan ilhom olgan. 1970–1980-yillar atrofida Janubiy Koreyada bolalar o‘rtasida mashhur bo‘lgan. Ayniqsa kambag‘al yoki dengiz bo‘yidagi hududlarda, asfalt ustiga chizilgan kalmar shaklidagi maydonda o‘ynalgan. O‘yin asosan o‘g‘il bolalar orasida mashhur bo‘lgan va 146 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc jismoniy raqobat (urush, himoya, hujum) elementlarini o‘z ichiga olgan. Nomi “오징어놀이 (Ojingeo nori)” degani “kalmar o‘yini”, ya’ni maydon shakli kalmarga o‘xshab chizilgani bilan bog‘liq. O‘yin quyidagicha o‘ynalgan: - Yerga kalmar shaklidagi chizma chiziladi (dumaloq, uchburchak va to‘g‘ri chiziqlar bilan). - Ishtirokchilar ikki jamoaga bo‘linadi — biri hujumchi, biri himoyachi. - Hujumchilar maydon ichiga kirib, “bosh qism”ga yetib borishsa — g‘alaba qozonadi. Himoyachilar esa ularni chiziqdan o‘tkazmaslikka harakat qilishadi. - Ko‘pincha yugurish, itarish, quvishish, va ba’zan yiqilishlar bilan yakunlanadi — ya’ni jismoniy o‘yin Bugungi kunda unchalik keng tarqalmagan. 1990-yillardan keyin kompyuter o‘yinlari, telefonlar va yangi avlod o‘yinlari sabab deyarli yo‘qolib ketgan. Ammo Netflix’dagi “Squid Game” chiqqandan keyin, 2021-yildan boshlab ba’zi maktablar va madaniy tadbirlarda uni ko‘rsatma tarzida o‘ynashadi. Turistlar uchun “tajriba o‘yini” sifatida ham tashkil etilgan. Lekin haqiqiy ko‘cha bolalari orasida endi deyarli o‘ynalmaydi. Xulosa. Koreys xalqining milliy o‘yinlari, mazkur serial orqali butun dunyoga tanildi. Turli ko‘ngilochar dasturlarda serialdagi o‘yinlar o‘ynaldi va bu dasturlar ko‘plab tomoshabinlar orasida shuhrat qozondi. Bu o‘yinlar o‘tkan asrda bolalar tomonidan sevib o‘ynalgan, lekin hozirgi bolalar bunday o‘yinlarni kam o‘ynashadi. Balki bu film unutilayotgan madaniy boylikni ekranga olib chiqish orqali katta qiziqishga ega bo‘lgandir. Ammo bu milliy o‘yinlari xalqning madaniy boyligi hisoblanadi. Yuqorida mashxurlikka erishgan serial ortidan xalq o‘yinlarini etnografik tadqiq qildik. References: 1. https://namu.wiki/w/%EB%94%B1%EC%A7%80) 2. https://namu.wiki/w/%EB%AC%B4%EA%B6%81%ED%99%94%20%EA%BD%83%EC% 9D%B4%20%ED%94%BC%EC%97%88%EC%8A%B5%EB%8B%88%EB%8B%A4) 3. https://blog.naver.com/limeshampoo/223244133065 4. https://unesco.or.kr/%EC%A4%84%EB%8B%A4%EB%A6%AC%EA%B8%B0/ 5. https://namu.wiki/w/%EA%B9%90%EB%B6%80 6. Karl Randall — Korean Games & Sports: Modern and Traditional Hollym International Corp., Janubiy Koreya / AQSh, 2011-yil 7. Lee Seung-Jae (tahrirchi) — Sports, Leisure, and Games in Korean: A Sourcebook The Academy of Korean Studies Press, Janubiy Koreya, 2017-yil 8. Koo Ja-yeon, Kim Eun-young, Park Eun-young — 유아놀이문화 확산을 위한 전통놀이 활용방안 연구 Korea Institute of Child Care & Education, Seul, 2021-yil 9. Mark Mueller (rasmlar: Lee Gi-eun) — Let’s Color Korea: Traditional Games Hollym International Corp., Janubiy Koreya / AQSh, 2000-yil 10. Im Seo-Ha (rasmlar: Choi Byung-Dae) — Let’s Play Jegi (Traditional Korean Games) Brown Books Kids, AQSh, 2023-yil