scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SURXON VOHASIDA HUNARMANDCHILIK VA SAVDO ALOQALARI

Qаrshiyev Аhmаd Аbdulаzizоvich

Full text

168 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc SURXON VOHASIDA HUNARMANDCHILIK VA SAVDO ALOQALARI Qаrshiyev Аhmаd Аbdulаzizоvich Denоv tаdbirkоrlik vа pedаgоgikа instituti “Tarix va falsafa” kafedrasi o‘qituvchisi E-mail: аhmаdqаrshiyev751@gmаil.cоm https://оrcid.оrg/0000-0001-5936-4384 https://doi.org/10.5281/zenodo.17642329 Annotatsiya. (Abstract). Ushbu maqola Buxoro amirligi tarkibidagi Surxon vohasining o‘rta asrlardagi va yaqindagi hunarmandchilik manzarasini hamda savdo-iqtisodiy aloqalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi vohada rivojlangan aniq hunar turlarini (masalan, kulolchilik, to‘quvchilik, metallga ishlov berish) aniqlash hamda ularning mintaqaviy va xalqaro savdo yo‘llari bilan integratsiyasini o‘rganishdir. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Surxon vohasi nafaqat “Ipak yo‘li”ning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan, balki o‘zining sifatli mahsulotlari bilan ichki bozorlarda ham katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Tadqiqotda arxeologik ma’lumotlar va mavjud tarixiy manbalar asosida hunarmandchilik markazlarining ijtimoiy-iqtisodiy rolini baholashga urg‘u beriladi. Natijada, vohaning iqtisodiy o‘ziga xosligi uning sanoat faoliyati va geografik joylashuvi uzviy bog‘liqligi bilan belgilanadi. Kalit so‘zlar. mahalliy hunarmandlar, ustaxona do‘konlar, kechuvlar, mahalliy kemalar, Sharqiy Buxoro bekliklari, Temir darvoza, Sherobod, savdo aloqalari. Kirish (Introduction). Surxon vohasi (hozirgi Surxondaryo viloyati hududi) O‘rta Osiyoning janubiy darvozasi hisoblanib, qadimdan Buyuk Ipak Yo‘lining muhim tarmoqlaridan biri kesishgan chorraha vazifasini o‘tab kelgan. Qulay geografik joylashuvi — qadimgi Baqtriya zaminida joylashgani, Amudaryo va tog‘ tizmalari bilan chegaradoshligi tufayli bu hudud nafaqat dehqonchilik va chorvachilik, balki boy hunarmandchilik an’analari hamda qizg‘in savdo-iqtisodiy aloqalar markaziga aylangan. Material va metodlar (Materials and methods). Ushbu tadqiqotda Surxon vohasining XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi hunarmandchilik va savdo tizimi birinchi navbatda Buxoro amirligi “Qo‘shbegi” arxivi hamda o‘sha davr statistik ma’lumotnomalaridagi hujjatlarga asoslandi. Materiallarni tahlil qilishda an’anaviy hunarmandchilikning Rossiya imperiyasi tovarlari importi ta’siri ostida yuz bergan ijobiy va salbiy o‘zgarishlarini aniqlashga qaratilgan iqtisodiy-tarixiy tahlil metodi ustuvor qo‘llanildi. Natijalar (Results). Buxoro kulolchilik maktabi vakillari kabi janubiy viloyatlar kulol ustalari ikki guruhga ya’ni kosagar va ko‘zagarlarga bo‘lingan. Usta kosagarlar kosa, nimkosa, taqsimcha, lagan, tovoq kabi turfa rangli sirkori, rang-barang naqshlarga bezalgan sopol buyumlar yasaganlar. Eski Termiz, Jarqo‘rgʻon vohasida Kultepa, Sherobod vohasidagi Qayrogʻochota kabi yodgorlik va maqbaralarni o‘rganish jarayonida to‘plangan rang-barang sirkor idishlar namunalari buning isbotidir. Ko‘zagar ustalar don, yogʻ, suv va h.k. mahsulotlar saqlanadigan va tayyorlanadigan ko‘za, hum, xumcha, qozon kabi idishlar yasaganlar. Buxoro amirligi hududida mahalliy hunarmandlar tomonidan yaratilgan kundalik turmush ehtiyojlari uchun zarur hisoblangan har xil mahsulotlar hunarmandchilikning asosiy markazlarida, turli hunarmandchilik sohalari uchun kerak bo‘lgan xom ashyolar yasalgan. Bekliklar markazi hisoblangan shahar bozorlarida hunarmand usta, kosib, zargar, temirchilar uchun alohida boshqa sotuvchilar kabi maxsus rastalar ajratilgan. Shuningdek, hunarmandlarning o‘zlari ustaxona do‘konlarida ham hunarmandchilik buyumlarini sotishgan. Rossiya hukumatining Buxoro amirligi 169 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc va Xiva xonligidagi maxsus Siyosiy agentlik vakilidan yozma ravishda ruxsatnomasi bo‘lgan savdogarlar mahalliy bozorlarda do‘kon ochishlari mumkin bo‘lgan [1, 107-b.]. Amirlik hududidagi quruqlikdagi tranzit va mahalliy savdo yo‘llari ham bu davrda betinim faoliyat ko‘rsatgan. Hindiston, Afgʻoniston va Eron hududlaridan Amudaryodagi kechuvlar orqali choy, qand, guruch kabi mahsulotlar olib kirgan. Amudaryodagi amirlik hududi bilan bogʻliq kechuvlar Chorjo‘y, Kelif, Qorakamar, Cho‘chqaguzar, Sho‘rob, Pattakesarlar hisoblanib, bulardan Qorakamar, Cho‘chqaguzar kechlari serqatnov hisoblangan [3, 168-169-b.]. Bu kechuvlardan o‘tgan karvonlar Sherobod va Sheroboddaryoning yuqori havzasi bo‘ylab “Temir darvoza” orqali Gʻuzor va undan so‘ng Qarshi va Shahrisabzga tomon, undan so‘ng bu bosh karvon yo‘lining biri Qarshi orqali Buxoroga, Jom va Taxta Qoracha orqali Samarqandga yo‘nalgan bo‘lgan. N.A.Maev asarining Hisor o‘lkasi ocherklari (Qarshidan Darbandgacha) qismida Qarshi bilan Gʻuzor o‘rtasidagi yuk yo‘li dashtning tep-tekis, ravon qismidan o‘tishi, Sheroboddan paxta, Denovdan, Yurchidan, Dushanbedan zigʻir va bugʻdoy, Poshxurtdan tuz olib kelayotgan tuya va otlarning karvonlarini uchratgani keltirilgan [3, 168-169-b.]. N.A. Maev Sherobod shahriga ta’rif berib, shahar Sherobod vohasining ma’muriy va qisman butun Sherobod vohasining savdo markazidir. Shahardagi bozorga Buxoro va Balxning savdogarlari kelishi, shu yerdan Buxoro va Qarshiga jo‘natiladigan qo‘ylar va paxta toylari sotib olinishi, savdo ahamiyatiga qulay joyda joylashganligini yozib qoldirgan [3, 82-b.].. Amudaryo o‘z oqim qirgʻoqlarining tez-tez o‘zgarib turishi, loyqaligi sabab o‘tish yo‘llarida qum, gruntlarning to‘planib qolishi kema hamda qayiqlarning harakatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Shuning uchun mahalliy kema va qayiqlar suvga chuqur botmasligi uchun yassi tagli, kuchli oqimga qarshi suzish uchun tor bortli qilib yogʻochdan yasalgan. Bu davrda Amudaryoda bir xil o‘lchamli kema va qayiqlarni topish qiyin edi, ya’ni ular turli o‘lchamlarda yasalardi. Chunki mahalliy kema va qayiqlar aniq bir fizik, texnik va kemachilik qoidalari bo‘yicha emas, balki mahalliy ustalar tajribalariga asoslangan holda yasalgan. Bundan tashqari, kemasozlikda ishlatiladigan yogʻochlar o‘lchami turli xil bo‘lgani uchun qayiqlar o‘lchami har xil uzunlik va qalinlikda bo‘lib, ularning suvga botishi ham turlicha edi. Shuning uchun ham manbalardagi kema - qayiqlarning tuzilishi, o‘lchami va yuk tashish hajmi haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirib, ularni katta, o‘rta hamda kichik qayiqlarga ajratish mumkin: 2000-5000 pud yuk ko‘taruvchi – katta qayiqlar, 100-500 pud yuk ko‘taruvchi – o‘rtacha qayiqlar, 100 pudgacha yuk ko‘taruvchi – kichik qayiqlar. Buxoro qayiqlari esa asosan 2 xil o‘lchamda bo‘lgan: katta qayiqlar (1500 pudgacha yuk ko‘taradigan) va o‘rtacha qayiqlar (300-400 pud yuk ko‘taruvchi). Bundan tashqari 100 pudgacha yuk ko‘taruvchi kichik qayiqlar haqida ma’lumotlar kam edi. XIX – XX asr boshlarida Xiva xonligining Pitnak, Xonqa, Gurlan, Xazorasp, Toshhovuz bekliklari hamda Qoramaz va Jalandi qishloqlari aholisi qayiqsozlik bilan shugʻullangan. Xorazmda hunarmandlar xon ruxsatisiz, buyurtma evaziga kema va qayiqlar yasab berishi mumkin edi. Xivadan farqli tarzda Buxoro amirligida kema va qayiqlar faqat amir ruxsati bilan tayyorlanib, kechuvlardagi kema va qayiqlar ham doimiy nazoratda bo‘lgan. Amirlikning Chorjo‘y, Burdaliq, Narazim, Karki, Kalif, Sherobod, Qubodiyon, Qarshi bekliklari va Qaboqli, Bashir, Makan, Qorako‘l, Kakaydi qishloqlari hamda Vaxsh, Surxondaryo va Kofirnihon daryolari bo‘yida turli xil o‘lchamdagi kema, qayiqlar yasalgan. Bu davrdagi mahalliy kemalar yasalishida, asosan, qattiq va suvga chidamli daraxtlardan foydalanilgan. Xususan, tol (qoratol va oqtol), terak (“patta”), to‘rangil – yovvoyi to‘qay 170 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc teragi, qayragʻoch, tut, archa, jiyda, gujum daraxtlari kemachilikda asosiy xomashyo bo‘lgan [9, 24b]. Amirlikning sharqiy va janubiy hududlari savdo ishlarida markaziy shaharlari bilan “Temir darvoza” orqali Boysun, Denov, Hisori-Shodmon va Qoratogʻlar o‘zaro bogʻlangan. Termiz orqali Denov va Hisori Shodmonga Surxondaryo yoqalab o‘tgan yo‘l orqali savdo aloqalari amalga oshirilgan bo‘lsa, Qubodiyon va undan sharqda joylashgan viloyatlar Termiz bilan Amudaryo yoqalab o‘tgan yo‘l orqali muntazam bogʻliq bo‘lgan [ 2, 92-93-b.]. 1908-yildan 1920-yilning sentabrigacha Denovda Suvonqulbek hokimlik qilgan. Bu davrda Denov savdo markazi sifatida taraqqiy etgan. Beklikda yettita karvonsaroy mavjud bo‘lgan. Savdo aloqalarida asosiy o‘rinni kulolchilik, boshoqli ekinlar va ho‘l mevalar alohida o‘rin egallagan. Savdo aloqalari Dushanbe, Ko‘lob, Termiz, Buxoro va Samarqand kabi shaharlar bilan olib borilgan. Denov markazida yirik savdo aloqalarini amalga oshiradigan uchta yo‘l mavjud bo‘lgan. Suvonqulbek davrida esa Denovni Yurchi va Qorliq bilan bogʻlovchi yo‘llar yanada rivojlangan [4, 10-b.]. Buxoro amirligi aholisi savdo-sotiq ishlarining rivojlanishiga e’tibor qaratib, qo‘shni davlatlar Qo‘qon va Xiva xonliklari, Afgʻoniston, Eron, Hindiston hamda Rossiya imperiyasi kabi mamlakatlar bilan savdo ishlarini olib borgan [1.106-b] 1 . XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Sharqiy Buxoroda 9 ta beklik bo‘lib, ularda 470 ming kishi istiqomat qilishgan [5, 9-b.] 2 . Sharqiy Buxoro bekliklarini amirlik va uning markaziga olib boruvchi quruqlik, suv yo‘llari mavjud bo‘lgan. Ushbu davrda amirlik markazi va bekliklarni bir-biri bilan bogʻlaydigan transport qatnovi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan edi. Bu esa o‘z navbatida, hududda savdo-sotiq ishlariga qiyinchilik tugʻdirardi. Surxon vohasining Gʻarbiy Buxoro bekliklari bilan olib boriladigan savdo aloqalarida Termiz, Boysun, Darband va Sherobod shaharlari muhim ahamiyat kasb etgan. Vohaning qo‘shni bekliklar, Gʻarbiy Buxoro bekliklarining Afgʻoniston va Hindiston bilan savdo aloqalarida eng qulay yo‘l Hisor togʻi tizmalari hisoblanib, ushbu togʻ tizmalari orqali o‘tuvchi to‘rtta yo‘l muhim ahamiyat kasb etgan [10, № 1-2(12).]. Sharqiy Buxoro bekliklari ichki va tashqi savdo rivojining asosiy omillari dehqonchilik sohasi vakillari tomonidan tayyorlangan tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hajmi bilan belgilangan. 1 Алламуратoв Ш. Жамият ва иннoвациялар –Oбществo и иннoвации –Society and innovations Journal home-page: 106. 2 Искандарoв Б.И. Из истoрии Бухарскoгo эмирата (Вoстoчная Бухара и Западный Памир в кoнце XIX века.). – Мoсква, 1958. - С.9. 171 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Sharqiy Buxoro bekliklari. Bu bekliklar hayotida butun amirlikda bo‘lgani kabi, xo‘jalikning eng yuqori ulushi agrar soha yetakchilik qilgan. Xalqning asosiy boyligi hisoblangan yer davlatning va boy xonadon vakillarining qo‘lida to‘plangan yerga ishlov berish texnikasining qoloqligi, vaqti –vaqti bilan bo‘lib turgan feodal urushlar xo‘jalik hayotiga ham albatta salbiy ta’sir o‘tkazgan. Shaharlar aholisining asosiy qismi hunarmandchilik va savdo bilan shugʻullanib, dehqonchilik va hunarmandchilik xo‘jaligi doimiy tarzda bir-biri bilan uzviy tarzda rivojlangan. Shuningdek, bu ikki soha aholining iqtisodiy ehtiyojlarini ta’minlash bilan birga, ichki va tashqi savdoning taraqqiyotini ham belgilab bergan [8. 70-b.]. Hunarmandlarning asosiy mashgʻuloti, xalq udumlari va an’anaviy mashgʻulotlariga mos holda mahsulotlar tayyorlash, bozor talab - ehtiyojlariga e’tibor berish bo‘lgan. Surxon vohasi hududida istiqomat qilgan o‘troq va ko‘chmanchi urugʻlarning har birining alohida o‘ziga xos e’tiqodlari, urfodatlari, mehnat qurollari, milliy kiyimlari va an’anaviy turmush tarzi bir-biridan ma’lum jihatlari bilan ajralib turgan. Hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ichki va tashqi bozorlarni imkoniyat darajada ta’minlashi talab darajasida bo‘lsa-da, ammo ularning turmush darajasi ancha quyi va achinarli ahvolda edi. Chunki mahalliy bekliklar va beklikdagi ish boshqaruvchilar hunarmandchilikning rivojlanishiga moddiy –ma’naviy jihatdan amaliy yordam bermagan. Tadqiqot olib borilayotgan davr arxiv manbalarida aniqlanishicha, o‘sha davr kosib va hunarmandlari soliq va majburiyatlarni o‘z vaqtida to‘lab turganlariga qaramay, ko‘pincha qo‘shimcha soliqlarga, noqonuniy majburiyatlarni bajarishga jalb etilgan. Masalan, Sharqiy Buxoro bekliklarida ham hunarmandlar barcha musulmonlar uchun farz hisoblangan zakot soligʻi to‘lashgan. Bu soliq hunarmand, dehqon, savdogar va boylardan yillik daromadning qirqdan bir qismi miqdorida olingan. XIX asr o‘rtalarida Sherobod bekligidan 1 000 000 tanga zakot yigʻib olinib, ushbu zakotning ma’lum miqdori hunarmandlar hissasiga to‘gʻri kelgan [8. 70-b.]. 172 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Buxoro amirligidagi shaharlar ayrim hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishi bilan ajralib turgan. Masalan, Sherobod shahri kulolchilik mahsulotlari, Boysun shahri esa temir buyumlari va teri mahsulotlariga qayta ishlov berishi, Denov shahri esa zebi-ziynat buyumlarini tayyorlashi orqali о‘ziga xos о‘ringa ega bо‘lgan. XIX asr о‘rtalarida Sherobod bekligidan 1000000 tanga, Denov bekligidan 75000 tanga zakot olinib, ushbu soliqning ma’lum qismi hunarmandlarga tegishlidir [7, 34-b.] . Hozirgi Termiz shahri ichidagi arxeologik topilmalardan Afgʻontepani ko‘rsatish mumkin. Bu tepa Termiz – Aeroport yo‘lining janubi – sharq tomonida, shahar kasalxonasi atrofida joylashgan. Qal’a ancha shikastlanganligi uchun aniq ko‘lami belgilanmagan. Pattakesar bozori yaqinidagi Afgʻonsaroy XX asr boshlarida Afgʻonistondan kelgan savdogarlar mollarini saqlash, savdo-sotiq ishlari maqsadida qurilgan. Imom Olimboy uyi ham Termizdagi me’moriy binolar qatorida sanaladi. Bu joy Pattakesar bozoridan bir km chamasi uzoqlikda joylashgan bo‘lib, Buxorolik yirik savdogarlardan Olimboyga tegishlidir. Uy turar joy, mehmonxona, savdo – sotiq maqsadida 1905-1910 yillarda qurilgan [9, 127b.]. Ularning muxokamasi (discussion). XIX–XX asr boshlarida Surxon vohasi hunarmandchilik va savdo aloqalari davri qo‘shaloq iqtisodiyot (dual economy) davri sifatida muhokama qilinishi kerak: u yerda an’anaviy hunarmandchilik tuzilmalari G‘arb kapitalining industrial mahsulotlari bilan to‘qnash keldi. Natijada Voha iqtisodiyoti o‘zining ishlab chiqarilgan mahsulotlarini eksport qiluvchi markazdan tobora xomashyo yetkazib beruvchi va fabrika tovarlarini iste’mol qiluvchi periferiyaga aylanib borgan. Ushbu o‘tish davri tahlili, vohaning keyingi sovet davridagi sanoatlashuvining iqtisodiy negizlarini tushunish uchun muhimdir. Xulosa. Buxoro amirligi davrida zardo‘zlik, kulolchilik, ko‘nchilik kabi asosiy hunar sohalari aholi talabiga mos ravishda rivojlangan va bu holat Surxon vohasida ham yaqqol kuzatiladi. Vohada ishlab chiqarilgan mahsulotlar nafaqat amirlik ichida, balki qo‘shni davlatlarga ham eksport qilingan. Biroq, eski xo‘jalik tartiblari, yangi texnologiyalarni qabul qilmaslik, shuningdek, siyosiy beqarorlik va soliqlar ortishi natijasidagi ichki nizolar hunarmandchilik va savdoga jiddiy zarar yetkazdi. Shunga qaramay, vohaliklarning mehnatsevarligi va bunyodkorlik salohiyati tufayli iqtisodiy hayot ma’lum darajada barqaror saqlanib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga o‘z hissasini qo‘shib keldi. References: 1. Алламуратoв Ш. Жамият ва иннoвациялар –Oбществo и иннoвации –Society and innovations Journal home -page: 107. 2. Аннаев Т., Шайдуллаев Ш. Сурхондарё тарихидан лавхалар.- Т., 1997, - Б. 92-93. 3. Маев Н.А. Oчерки Бухарскoгo ханства. – С. 168-169. 4. Исмоилов Н. Денов таронаси (Денов ва деновликлар ҳаётидан лавҳалар). –Тошкент. Наврўз. 1995. -Б. 10. 5. Искандарoв Б.И. Из истoрии Бухарскoгo эмирата (Вoстoчная Бухара и Западный Памир в кoнце XIX века.). – Мoсква, 1958. - С.9. 6. Кабулoв Э.А. Местo дoлины Сурхан в тoргoвых снoшениях Рoссии с вoстoчными странами // Universum: Oбщественные науки: ЭНЖ. 2015. № 1-2(12). 7. Турсунов Н.Н., Қобилов К.Э. Шарқий Бухоро бекликларида савдо муносабатларининг ривожланишида ҳунармандчилик маҳсулотларининг ўрни. “TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi” ilmiy-uslubiy jurnali. 8. Ртвеладзе Э. Аминов М. Сурхондарё. – Тошкент: Қомуслар, 1996-Б.127. 173 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 9. ا,آ مزا-۱- ,هیامرس۲- , تسیل۸۳۲- ,راک۱۷ ,۲۴اه قرو . (OʻzMA. I-126-jamg‘arma. 2-roʻyxat. 832ish. – V.24.)