scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA BAXMAL VOHASI AHOLISINING QO'SHNI HUDUDLAR BILAN ETNOMADANIY ALOQALARI

Turdiev Ilyos Ulug'bek o'g'li

Full text

194 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA BAXMAL VOHASI AHOLISINING QO‘SHNI HUDUDLAR BILAN ETNOMADANIY ALOQALARI Turdiev Ilyos Ulug‘bek o‘g‘li Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Jahon tarixi kafedirasi mustaqil tadqiqotchisi E-mail: [email protected] Tel: 99897 642 92 18 https://doi.org/10.5281/zenodo.17642831 ЭТНОКУЛЬТУРНЫЕ СВЯЗИ НАСЕЛЕНИЯ БАХМАЛЬСКОГО ОАЗИСА С СОСЕДНИМИ РЕГИОНАМИ В КОНЦЕ XIX – НАЧАЛЕ XX ВВ. Annotatsiya. O‘rta Osiyoda kechgan etnik jarayonlarni o‘rganishda Jizzax vohasi o‘ziga xos o‘rin tutgan bo‘lib, masalaga birgina Sangzor vohasi (G‘allaorol, Baxmal tumanlari) misolida qarab chiqilganda ham mintaqa tarixi bilan bog‘liq bir qator jihatlarni yoritish mumkin. Kalit so‘zlar: markaziy osiyo, dashti-qipchoq, qipchoq urug‘i, 92 bovli o‘zbek urug‘i, ko‘chmanchi o‘zbeklar, Amudaryo, Sirdaryo, qirq, yuz, ming. Аннотация. Джизакский оазис занимает уникальное место в изучении этнических процессов в Центральной Азии, и даже рассмотрение вопроса на примере Сангзорского оазиса (Галлааральский и Бахмальский районы) позволяет осветить ряд аспектов, связанных с историей региона. Ключевые слова: Средняя Азия, Дашти-Кипчак, кипчакский род, 92-чашный узбекский род, кочевые узбеки, Сырдарья, Амударья, сорок, сто, тысяча. ETHNOCULTURAL TIES OF THE POPULATION OF THE BAKHMAL OASIS WITH NEIGHBORING REGIONS IN THE LATE 19TH AND EARLY 20TH CENTURIES Annotation. The Jizzakh oasis occupies a unique place in the study of ethnic processes in Central Asia, and even by examining the issue using the example of the Sangzor oasis (Gallaorol and Bakhmal districts), a number of aspects related to the history of the region can be illuminated. Key words. Central Asia, Dashti-Kipchak, Kipchak clan, 92-bowl Uzbek clan, nomadic Uzbeks, forty, thousand, hundred, forty, one hundred, one thousand. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Jizzax vohasi siyosiy-ma’muriy jihatdan bir necha birliklar - volostlarga bo‘lingan. Turkiston general-gubernatorligiga qarashli “Jizzax uezdi” deb atalgan va viloyat miqyosidagi ma’muriy birlik bo‘lgan bu uezd shimoldan gubernatorlikka kiruvchi Chimkent uezdi, shimoli-sharqdan Toshkent uezdi, janubi-g‘arbdan Xo‘jand uezdi, janubi-sharqdan Samarqand uezdi va Buxoro amirligi bilan chegaradosh bo‘lgan. So‘nggi o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda kechgan etnik jarayonlarni o‘rganishda Jizzax vohasi o‘ziga xos o‘rin tutgan bo‘lib, masalaga birgina Sangzor vohasi (G‘allaorol, Baxmal tumanlari) misolida qarab chiqilganda ham mintaqa tarixi bilan bog‘liq bir qator jihatlarni yoritish mumkin. 1868-yilda rus qo‘shinlarining Buxoro amirligidan Jizzax va Samarqand viloyatlarini tortib olishi natijasida vohaning katta qismini o‘z ichiga olgan Jizzax uezdi tashkil etilgan. Jizzax uezdi Zomin, Sauruk (Sovruq), Sangzor, Usmat-Qatortol, Qo‘rg‘ontepa, Qoratosh, Nakrut, Xotcha-Mukur (Xo‘ja-Mukur), Yom, Chordor (Chordara), Qizilqum, Fistalitov (Pistalitog‘) kabi volostlarni o‘z ichiga olib, 1917-yilgi statistik ma’lumotlarga ko‘ra aholisi 184 841 kishidan iborat bo‘lgan[1, 23-b]. Ushbu ma’lumot Jizzax uezdi aholisi soni haqida to‘laqonli tasavvur 195 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc bermasa-da, o‘sha kezlarda mahalliy aholining taxminan 200 ming atrofida bo‘lganini taxmin qilish mumkin. Sangzor, Usmat-Qatortol volostlari va ular atrofidagi bir qator aholi maskanlarini o‘z ichiga olgan Baxmal tumani 1943-yil 8-mayda tashkil etilgan, 1957-yilda bu tuman G‘allaorol tumani bilan birlashtirilgan, 1971-yilda esa qayta tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda bu tuman Jizzax viloyatining G‘allaorol, Jizzax va Zomin tumanlari, Samarqand viloyatining Urgut va Tojikiston Respublikasi bilan chegaradoshdir. Turkiston va Molgo‘zar tog‘ tizmalari orasida joylashgan Baxmal tumani aholisi 90 mingdan oshgan bo‘lib, 100 dan ortiq katta - kichik qishloqlarni o‘z ichiga olgan 10 ta qishloq fuqarolari yig‘ini: Barlos, Baxmal, Bog‘ishamol, Gulbuloq, Mug‘ol, Oyqor, Oqtosh, Sangzor, Tongotar, Uzunbuloq va markaz O‘smat shaharchasida istiqomat qilib keladi[2, 304-b]. Aholisining 90% dan ortig‘i asosan o‘zbeklar, qisman qirg‘iz va tojiklardan, oz miqdorda rus va qozoqlardan iborat ushbu tuman aholisining etnik tarkibi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ham taxminan shunday bo‘lgan. Bu davrda Baxmal tumani o‘zbek aholisining deyarli ko‘pchiligi bir necha urug‘lar iborat bo‘lib, ular orasida “qirq”, “yuz” (juz) va “ming” deb atalgan o‘zbek urug‘lari ko‘pchilikni tashkil etgan. Shu bilan birga, tumanda “barlos”, “turk”, “mo‘g‘ol” (mo‘g‘al, mo‘g‘ul), “g‘uralas” (qo‘ralas), “qang‘li” kabi o‘zbek urug‘lari ham yashab, ularning bir qismi – turk, qang‘li kabilar o‘zlarining bir necha qishloqlariga ega bo‘lsa, qolgan bir qismi bir necha qishloqdagina istiqomat qilishadi. Baxmal tumani o‘zbeklari o‘zlarining yon qo‘shnisi – qirg‘izlar bilan yonma-yon yoki aralash yashab, har ikkala xalq vakillari o‘zlarining urug‘-qabila tizimidan xabardor bo‘lishgan. Shu bilan birga, baxmallik ko‘chmanchi o‘zbeklar Baxmal vohasida yashaydigan va qipchoq lahjasida so‘zlashmaydigan “turk” (Usmat turklari, Baxmal turklari) va mo‘g‘allardagi qarindosh-urug‘chilik an’analari bilan yaqindan tanish bo‘lganlar. O‘rta Osiyoda, xususan, uning markaziy va janubiy qismlarida “qirq”, “yuz”, “ming” kabi etnonimlar keng tarqalgan bo‘lib, ulardan qaysidir biri mintaqada birmuncha ko‘proq, qaysidir bir esa nisbatan kamroq uchratilgan. Ma’lumki, mintaqada, ayniqsa, O‘zbekistoning Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida “yuz” yoki “juz” deb ataladigan etnonim bilan bog‘liq bir qator aholi maskanlari – qishloq va mahalla nomlari uchraydi. Shuningdek, Janubiy Tojikistonda yuz urug‘i bilan bog‘liq ko‘plab statistik va etnografik ma’lumotlar saqlanib qolgan[3, 95-b]. Qirq urug‘i bilan bog‘liq aholi maskanlari esa yuz urug‘iga qaraganda birmuncha kam bo‘lib, bu holat ularning tarqalish areali birmuncha torligi bilan ochiqlanadi. Qirq va uning tarkibidagi urug‘larga tegishli aholi maskanlari asosan Jizzax viloyati, aniqrog‘i, uning janubi-g‘arbiy tumanlari – Baxmal va G‘allaorolda ko‘proq uchraydi. Ming va uning tarmoq urug‘lariga tegishli qishloqlar esa ko‘proq Samarqand viloyatining Urgut tumanida joylashgan bo‘lib, Farg‘ona vodiysi hamda Surxondaryo va Xorazm vohalarida ushbu etnonim bilan bog‘liq joy nomlari, etnografik ma’lumotlar saqlanib qolgan[4, 111-b]. Shuningdek, respublikamizning bir qator viloyatlari oz sonda bo‘lsa ham yuz, ming, qirqlar va ularning tarmoq urug‘lariga tegishli ma’lumotlarga duch kelish mumkin. Masalan, Qashqadaryo vohasining yuqori qismlarida – Shahrisabz, Kitob tumanlarida Minglar, Mingko‘char kabi qishloq nomlarining kelib chiqishi ming urug‘i bilan bilan bog‘lanadi[5, 165-b]. Shunga o‘xshash holat Buxoro vohasida ham ko‘zga tashlanib, XX asr boshlariga tegishli Buxoro amirligi Qushbegi arxivi xujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, vohada Mingon, Minglar, Yuzon (Yuzon), Qirqon, Qirqho[6, 65-b] kabi qishloqlar mavjud bo‘lgan. Shuningdek, amirlikka qarashli Karmana, Nurota, Xatirchi bekliklarida Ming (Yangi-qo‘rg‘on), Yuz (Yuz), Ziaddin bekligida esa Qirq-Yuz kabi qishloqlar nomi Qushbegi hujjatlarida o‘rin olgan. Ushbu toponimlarga fors-tojik tilida ko‘plik qo‘shimchasi – ho / -on, o‘zbekcha -lar kabi qo‘shimchalarning qo‘shib aytilishining 196 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc o‘ziyoq ularning biror etnonim bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatib turadi. Farg‘ona vodiysida ham Qo‘qon xonligi davrida ming va uning tarmoq urug‘lari nomlarida birmuncha keng tarqalgan bo‘lib, negizida Qo‘qon xonlarining ushbu uruqqa mansubligi, so‘nggi o‘rta asrlarda minglar vodiyda o‘zlarining ko‘plab qishloqlarga asos solgani bilan ochiqlanadi[6, 46-b]. Quyida biz XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Baxmal va unga qo‘shni hududlarda ko‘pchilikni tashkil etgan o‘zbeklarning qirq misolida voha aholisining urug‘larga bo‘linish tizimini ko‘rib chiqamiz: Jizzax viloyatining Baxmal va G‘allaorol tumanlarida qirq urug‘i vakillari yashaydigan qishloqlar ko‘p bo‘lishi bilan birga ular istiqomat qiladigan qishloqlarning ko‘pchiligi Qirq etnotoponimi bilan emas, ushbu urug‘ tarkibidagi tarmoq urug‘ yoki to‘plar nomi bilan ataladi: Chubar, O‘damali va b. Shu bilan birga, ushbu tumanlarning ayrim hududlarida onda-sonda bo‘lsa ham Qirq-qishloq kabi etnotoponimlarga duch kelinadi[7, 172-b]. Ko‘pgina tadqiqotchilar “qirq” so‘zini turkiycha so‘z deb qaraydilar va shu asosda ularni qadimiy turkiy urug‘lardan biri ekanligini etirof etishadi. Qirq urug‘i Chingizxon qo‘shinlarining tarkibidagi harbiy birliklar va mo‘g‘ullardan oldingi turkiy tilli qabilalar orasida uchramasligi esa bu qarashning qayta ko‘rib chiqilishini talab etadi. XIX asrda ko‘plab etnografik ma’lumotlar yiqqan qozoq ziyolisi Ch.Valixonov 96 ta o‘zbek urug‘i haqida ma’lumotlar berib, ming, yuz va qirqlar qadimgi turklarning avlodi edi, deb takidlab o‘tadi [8, 131-b]. Etnograf S.S.Gubaeva ham o‘zining Farg‘onada aholisining etnik tarkibi bo‘yicha olib borgan izlanishlarida “Farg‘onada o‘zbek etnosining shakllanishida qirqlar ham ishtirok etgan” deb fikr bildirib, Qo‘qonda qirqlardan iborat ikkita guruh mavjud bo‘lgan deb yozadi. Shuningdek, Buxoro amirligi lashkarlari tarkibida bo‘lgan va amirlarning toj kiyish marosimida qatnashgan degan ayrim ma’lumotlarning uchrashi ushbu urug‘ning so‘nggi o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoning etakchi urug‘laridan biri bo‘lganini ko‘rsatadi. Ayrim manbalarda qirq, yuz va ming yaqin urug‘lar sifatida tilga olingan bo‘lib, bu esa ularni ittifoqchilikda harakat qilgan qarindosh urug‘lar bo‘lgan deb hisoblashga imkon beradi. Ushbu uchala urug‘ umumiy nom bilan “marqa” deb atalgan degan ma’lumotni XIX asrning so‘nggi o‘nyilliklarida Zarafshon va Jizzax vohasida bo‘lgan taniqli turkshunos V.V.Radlov ham aytib o‘tgan. Qirq, yuz va ming urug‘larining o‘zaro qarindosh urug‘ o‘zbek urug‘i bo‘lganini ham yozma manbalar, ham XX asr boshlarida to‘plangan etnografik ma’lumotlar tasdiqlaydi. Ayniqsa, Jizzax voxasi qirqlarining turli tarmoqlarga bo‘linishiga ham qaraydigan bo‘lsak, tarmoq urug‘lari - to‘plarga bo‘linishida o‘zaro o‘xshashliklar borligi ko‘zga tashlanadi. Baxmal vohasida qirq urug‘ining avlodlari Qirqqishloq, Mo‘g‘ol, Sartyuz, Oyqor, Bog‘ishamol kabi qishloqlarda, yana Sangzor vodiysidagi G‘o‘bdun, Ko‘kbuloq, Mirzabuloq va boshqa qishloqlarda, G‘allaorol tekisligidagi G‘allakor, Gulshan, Chorvador, Omongeldi, Qizilqum, Qoraobod, Eshbuloq singari bir qancha qishloqlarda joylashgan bo‘lib, bu yerning mahalliy aholisi sifatida bilinadi. Jizzax vohasi aholisining etnik tarkibini sinchiklab o‘rgangan X.Doniyorov 1960-yillarda Bulung‘ur, G‘allaorol (Baxmal), Zomin, Jizzax, O‘ratepa va Bekobod atroflarida yashagan qirqlarning 6 ta to‘pga bo‘linadi: qoraqo‘yli, qoracha, moltop, mulkush, chaprashli, cho‘rt-kesar. tadqiqotchi qirqlar, yuz urug‘iga qardosh (og‘a-ini) ekanini, ming, yuz, va qirqlar siyosiy birlashmalar natijasida vujudga kelganiga urg‘u beradi[10, 86-b]. Uning dala tadqiqotlari natijasida olgan ma’lumotlaridan ayon bo‘ladiki, G‘allaorol tumaning Uzunbuloq qishlog‘ining o‘zida qirqlarning qoracha tarmoq urug‘i balqi, jang‘i (yangi), chekli (ko‘ch chekli), cho‘vulloq kabi 4 ta to‘pga, moltop tarmog‘i ham - boy to‘pi, kavush to‘pi, oyuv (ayiq) to‘pi, beklar singari 4 ta to‘pga bo‘lingan. Shuningdek, X.Doniyorov G‘allaorol (Baxmal), Jizzax va Bulung‘ur hududlarida tuya bosh, ko‘k 197 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc gumbaz qirq, sug‘unboy, quyonquloqli, qoshqabuloq, to‘q cho‘ra, uch qiz, qo‘sh qavut qirq, qora chivar o‘yuvlilarga bo‘linib yashaganliklarini aniqlagan. References: 1. A.Bazarboyev XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Jizzax uezdi aholisi: statistik va arxiv manbalarining qiyosiy tahlili // Toshkent Islom universiteti, Ilmiy-tahliliy axboroti. – Toshkent, 2015. – B. 23. 2. Бобомуродова Н. Қадим Жиззах аҳолисининг этник таркиби ҳақида (воҳанингБахмал тумани мисолида) // International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education Hosted from Berlin, Germany, June 30th 2022 / https://conferencea.org – Б. 304. 3. Кармышева Б.Х. Очерки этнической истории южных районов Таджикистана и Узбекистана. – М.: Наука, 1976. – С. 95-97. 4. Қаюмов А. ХХ аср бошларида Ўзбекистон ҳудудида этник ҳолат. – Тошкент: «Adabiyot uchqunlari», 2015. – Б. 113-114. 5. Нафасов Т. Қашқадарё қишлоқномаси. – Тошкент: Муҳаррир, 2009. – Б. 165-166. 6. Населенные пункты Бухарского эмирата (конец XIX – начало XX в.) / Материалы к исторической географии Средней Азии. Под. Ред. А.Р. Мухаммеджанова. – Т.: Университет, 2001. – С. 65, 81, 96 7. Бобобеков Ҳ. Қўқон тарихи. – Т., 1996; Султанов Т. Кочевые племена Приаралье в XV – XVII вв. – М.: Наука, 1982. – С. 46. 8. Қораев С. Географик номлар маъноси. – Б. 145, 162. 9. Валиханов Ч., Избранные произведения. – Алматы: Арыс, 2009. – С. 131 10. Дониёров Х. Узбек халкининг шажара ва шевалари. – Тошкент: «Фан». 1968. - Б.86