scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SOVET ITTIFOQI SIYOSATINING IKKI YOQLAMA OQIBATI: BOYSUN, SHARGʻUN VA SHOʻRCHI SANOATINI RIVOJLANTIRISHDA TEXNIK YANGILANISH VA EKOLOGIK XAVFSIZLIK MUAMMOLARI (1970–1980-YILLAR)

Tursunоv Djаvli Nаrzullаyеviсh

Full text

205 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc SOVET ITTIFOQI SIYOSATINING IKKI YOQLAMA OQIBATI: BOYSUN, SHARGʻUN VA SHOʻRCHI SANOATINI RIVOJLANTIRISHDA TEXNIK YANGILANISH VA EKOLOGIK XAVFSIZLIK MUAMMOLARI (1970–1980-YILLAR) Tursunоv Djаvli Nаrzullаyеviсh Tarix fanlari nomzodi, v.b.professor. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Тел.+998991674464 https://doi.org/10.5281/zenodo.17642986 Annotatsiya: Maqolada 1970–1980-yillarda Sovet Ittifoqi Markazining Oʻzbekiston SSR janubiy hududlarida, xususan Surxondaryo viloyatining Boysun, Shargʻun va Shoʻrchi tumanlarida olib borgan iqtisodiy siyosatining ijobiy va salbiy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda yengil, oziqovqat va togʻ-kon sanoati korxonalarining qurilishi natijasida yaratilgan ish oʻrinlari, texnik yangilanish va xotin-qizlar bandligi ortishi bilan birga, markazlashgan rejalashtirishning nomutanosibligi, texnika xavfsizligining pastligi hamda ekologik muammolarning kuchayishi aniqlanadi. Shargʻun ko‘mir koni faoliyati misolida sanoat taraqqiyoti va atrof-muhit o‘rtasidagi muvozanat buzilishi holatlari o‘rganilgan. Maqola arxiv hujjatlari, statistika ma’lumotlari va og‘zaki tarix materiallariga tayangan. Kalit soʻzlar: texnik taraqqiyot, ekologiya, xotin-qizlar bandligi, koʻmir koni, yengil sanoat, markazlashgan rejalashtirish, ijtimoiy muammolar Abstract: This article analyzes the positive and negative aspects of the Soviet Union’s Central policy implemented in the southern regions of the Uzbek SSR, particularly in the districts of Boysun, Sharg'un, and Sho'rchi of Surkhandarya region, during the 1970s and 1980s. The research identifies that while the construction of light industry, food industry, and mining enterprises led to the creation of new jobs, technical modernization, and increased female employment, it was concurrently marked by the imbalances of centralized planning, poor technical safety, and escalating ecological problems. The study examines the disruption of the balance between industrial development and the environment, as exemplified by the activities of the Sharg'un coal mine. The article is based on archival documents, statistical data, and oral history materials. Keywords: Technical progress, ecology, female employment, coal mine, light industry, centralized planning, social problems. Аннотация: В данной статье анализируются положительные и отрицательные стороны экономической политики Центра Советского Союза, проводимой в южных регионах Узбекской ССР, в частности в районах Байсуна, Шаргуна и Шурчи Сурхандарьинской области, в 1970–1980-х годах. В исследовании установлено, что, несмотря на создание новых рабочих мест, техническую модернизацию и рост занятости женщин благодаря строительству предприятий легкой, пищевой и горнодобывающей промышленности, этот период также характеризовался дисбалансом централизованного планирования, низким уровнем техники безопасности и обострением экологических проблем. На примере деятельности Шаргунского угольного рудника изучены случаи нарушения равновесия между промышленным развитием и окружающей средой. Статья основана на архивных документах, статистических данных и материалах устной истории. Ключевые слова: Технический прогресс, экология, занятость женщин, угольный рудник, легкая промышленность, централизованное планирование, социальные проблемы. 206 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Kirish. 1970–1980-yillar Oʻzbekiston SSR tarixida iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda tub oʻzgarishlar yuz bergan davr sifatida ajralib turadi. Ayniqsa, Sovet Ittifoqi Markazining respublika hududlarida, jumladan Surxondaryo viloyatida olib borgan sanoat siyosati viloyatning iqtisodiy tuzilmasi va mehnat resurslarida muhim oʻzgarishlar keltirib chiqardi. Boysun, Shargʻun va Shoʻrchi tumanlarida yengil, oziq-ovqat hamda togʻ-kon sanoatining rivojlantirilishi natijasida minglab yangi ish oʻrinlari yaratildi, texnik modernizatsiya jarayonlari boshlangan, ayollar bandligi va mahalliy ishlab chiqarish salohiyati oshgan. Shu bilan birga, markazlashgan rejalashtirishning byurokratik tizimi, eskirgan texnika, ekologik nazoratning sustligi va ishlab chiqarishda xavfsizlik me’yorlariga e’tiborsizlik turli ijtimoiy hamda atrof-muhit muammolarini yuzaga keltirdi. Xususan, Shargʻun ko‘mir konida kasalliklarning ortishi, suv va havo ifloslanishi mahalliy aholi hayot sifatiga salbiy ta’sir koʻrsatdi. Mazkur mavzuning dolzarbligi shundaki, o‘tgan davrda amalga oshirilgan sanoat siyosatining ijobiy va salbiy oqibatlarini chuqur tahlil qilish bugungi kunda mintaqaviy iqtisodiyotning barqaror rivoji, ekologik xavfsizlik va ijtimoiy muvozanatni ta’minlashda muhim tarixiy saboqlarni beradi. O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish borasida 70-80-yillarda Ittifoq markazi tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar, asosan, quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan: birinchidan, mavjud moddiy-texnikaviy potensialni ko‘chaytirish va tez sur’atlar bilan ortib borayotgan mehnat resurslaridan kengroq foydalanish yo‘li bilan respublikaning mineral hamda qishloq xo‘jalik xom ashyoni ishlab chiqarishni ko‘paytirish va O‘zbekiston tashqarisida qayta ishlashni oshirish; ikkinchidan, mineral o‘g‘it ishlab chiqarish va qishloq xo‘jalik mashinasozligini kengaytirish tufayli O‘zbekistonni sovet paxtachiligining asosiy bazasi sifatida rolini ko‘tarish. Albatta, bu maqsadlarga erishish uchun amalga oshirilgan choratadbirlar, jumladan tog‘-kon sanoatini rivojlantirish, yangi yerlarni o‘zlashtirishni, irrigatsiya-melioratsiya inshootlar, elektrostansiyalar qurish, aholini bir qismini yangi ochilgan konlar yaqiniga va yangi qishloq tumanlarga, xo‘jaliklarga ko‘chirish va h.k. bilan obyektiv bog‘liq holda nafaqat Yirik, balki o‘rta va kichik shaharlar ham ko‘pgina qishloqlar ham kengaydi, o‘sdi. Shuni ham aytish joizdirki, 70-80 yillarda Ittifoq markazining milliy siyosat borasida yo‘l qo‘ygan jiddiy xatolari oqibatida O‘zbekistonga har yili o‘rta hisobda 55-60 ming odam (aksariyati Rossiya, Belorussiya, Ukraina va Kavkazorti respublikalaridan) ko‘chib kelgan. Masalan, hisoblash ma’lumotlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida 1979 yilga nisbatan 1989 yilda aholi orasida rus-ukrain, belorus, tatar, ozarbayjon, avar, balgar, udmurt, dogiston, chechen va boshqa nomahalliy millatlar vaqillarini salmog‘i 2 baravar oshdi [1]. Ular qishloq joylarda emas, balki o‘rta va kichik shaharlarda joylashishga harakat qilishgan. Bu shaharlar ko‘pincha ortiqcha ishchi kuchiga ega bo‘lgan tumanlarida joylashganligi ma’lum. Oqibatda mahalliy mehnat resurslarini ish joylari bilan ta’minlash tobora murakkablashib brogan. Shuni hisobga olib, davlat va boshqaruv organlari, xo‘jalik tashkilotlari 80 yillar oxirida yirik korxonalarning filiallarini ayrim sex va bo‘linmalarini aholi zich yashayotgan, ortiqcha ishchi kuchiga ega bo‘lgan tumanlarning o‘rta va kichik shaharlarida, katta qishloqlarida ochishga harakat qila boshladi. Bu ishlarning natijasida, masalan, Boysun, Sharg‘un, Sho‘rchi shaharlarida 70-80 yillarda 22 ming yangi ish joylari barpo etildi[2]. Mazkur shaharlarning va ayniqsa, qishloq aholisi yashayotgan bir qator markazlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga Surxon-Serobod cho‘lini o‘zlashtirilishi, Sharg‘un ko‘mir konlarini ishga tu shirilishi juda katta omil bo‘ldi. 207 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Asosiy qism. Qishloq xo‘jaligiga xizmat qiluvchi sanoat tarmoqlariga qarashli korxonalar, dehqonchilik va chorvachilik mahsulotini qayta ishovchi mavjud korxonalar kengaytirildi va yangilari qurildi. Bu borada o‘rta va kichik shaharlarda, jumladan Boysunda, Sharg‘unda, Sho‘rchi atrofidagi qishloqlarda ish joylari bilan ta’minlanmagan yoshlar, ayniqsa xotin-qizlar, soni ortib borayotgani ham hisobga olingan edi. Shuning uchun birinchi navbatda yengil sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotini qayta ishlash korxonalarini qurishga hamda texnikaviy va texnologik takomillashtirishga katta e’tibor berildi. Masalan, Boysunda 1925 yil tashkil qilingan shoyi to‘qish mayda korxona asosida 1900 yilda yirik eksperimental shoyi to‘qish fabrikasi qurilishi boshlanib 1972 yilda ishga tushirildi. O‘sha yilning o‘zidayoq bu fabrika 907 ming so‘mlik mahsulot ishlab chiqardi. Shahardagi vino zavodi, qishloq xo‘jalik texnikasini ta’mirlash 2017 zavodlari esa 1972 yilda 2 mln. 736 ming so‘mlik mahsulot chiqarishdi[3]. Boysun shaharida 1971-1975 yil mobaynida qurilgan tivit ro‘mol fabrikasi, tikuv fabrikasi o‘zining filiallarini tumanga qarashli Sariosiyo va Kofrun qishloqlarida tashkil qilishdi. Shu tufayli 600 dan ortiq shahar va qishloq xotin-qizlari ish joyi va daromad manbai bilan ta’minlandilar. katta omil bo‘ldi[3]. Qishloq xo‘jaligiga xizmat qiluvchi sanoat tarmoqlariga qarashli korxonalar, dehqonchilik va chorvachilik mahsulotini qayta ishovchi mavjud korxonalar kengaytirildi va yangilari qurildi. Bu borada o‘rta va kichik shaharlarda, jumladan Boysunda, Sharg‘unda, Sho‘rchi atrofidagi qishloqlarda ish joylari bilan ta’minlanmagan yoshlar, ayniqsa xotin-qizlar, soni ortib borayotgani ham hisobga olingan edi. Shuning uchun birinchi navbatda yengil sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotini qayta ishlash korxonalarini qurishga hamda texnikaviy va texnologik takomillashtirishga katta e’tibor berildi. Masalan, Boysunda 1925 yil tashkil qilingan shoyi to‘qish mayda korxona asosida 1900 yilda yirik eksperimental shoyi to‘qish fabrikasi qurilishi boshlanib 1972 yilda ishga tushirildi. O‘sha yilning o‘zidayoq bu fabrika 907 ming so‘mlik mahsulot ishlab chiqardi [4]. Shahardagi vino zavodi, qishloq xo‘jalik texnikasini ta’mirlash 2017 zavodlari esa 1972 yilda 2 mln. 736 ming so‘mlik mahsulot chiqarishdi [5]. Boysun shaharida 1971-1975 yil mobaynida qurilgan tivit ro‘mol fabrikasi, tikuv fabrikasi o‘zining filiallarini tumanga qarashli Sariosiyo va Kofrun qishloqlarida tashkil qilishdi. Shu tufayli 600 dan ortiq shahar va qishloq xotin-qizlari ish joyi va daromad manbai bilan ta’minlandilar [6]. Bu shaharda 1976-1980 yillarda mahalliy sanoat tasarrufida jemper, paypoqlar, ko‘ylaklar ishlab chiqaruvchi korxonalar va sexlar qurildi, mavjud eski korxonalar qayta qurilib, yangi texnika va zamonaviy texnologiya bilan ta’minlandi [7]. Qishloq xo‘jalik texnikasini ta’mirlash, paxta tozalash, konserva, zavodlarida va tikuv fabrikasida yangi asbob-uskuna, moslamalar o‘rnatildi. Natijada, ishchilarning mehnat sharoitlari, birinchi navbatda, mehnat xavfsizligi yaxshilandi, mehnat unumdorligini ko‘tarish imkoniyatlari paydo bo‘ldi, chiqarilayotgan mahsulotning sifati ham ancha yaxshilandi[8]. Bu borada Boysun eksperimental shoyi to‘qish fabrikasida ko‘zga ilinarli darajada ishlar amalga oshirildi. 70 yillarda fabrikaning asosiy ishlab chiqarish sexlarida "ShB-155 -ip" markali shlixtovka qiluvchi, "SA 180 x 2 " markali yig‘uvchi, "UL-3003 MІ" markali kalava o‘raydigan va ko‘pgina boshqa mashinalar, dastgohlar, uskunalar o‘rnatildi". Shu tufayli fabrikada mehnat sharoitlarini biroz yaxshilash, chiqariladigan mahsulotlarni turlarini ko‘paytirish va sifatini ko‘tarish mumkin bo‘ldi [9]. 208 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Ammo, Boysunning ayrim korxonalarida ma’muriyatning mas’uliyatsizligi oqibatida ba’zi yillarda mehnat unumdorligi va mahsulot sifati pasaydi. Shunga o‘xshagan boshqa nuqsonlarning bo‘lib turishi shahar korxonalarining faoliyatini bir xilda o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Hatto ko‘zga tashlanib turgan korxonalarda ham vaqti-vaqti bilan turli nuqsonlar sodir bo‘lib turar edi: Masalan, 1975-1979 yillarda shoyi to‘qish fabrikasi va g‘isht zavodida mehnat xavfsizligi bo‘sh bo‘lishi tufayli 195 soat ish vaqti yo‘qotildi [10]. 1984-1985 yillarda esa uskunalarni eskiligi, yangi tikish-yigirish asboblarini o‘rnatilmaganligi natijasida 124 soat ish vaqti yo‘qotildi [11]. Bu fabrikada yangi keltirilgan tikuv dastgohlarini turli bahonalar bilan o‘rnatmaslik odat tusiga kirib qolgan edi. Bundan tashqari ishchilarni forma bilan ta’minlashda ham loqaydlik qilinar edi. 1975-1979 yillar davomida ishchilarni ish formasi bilan ta’minlash faqat 54,3 foiz bajarildi [12]. 80-yillarning o‘rtalarida fabrika rahbariyati yangilandi. Bu esa fabrika ishchi, texnik muhandis jamoasini ish faoliyatini yaxshilashda ijobiy ta’sir etdi. 80-yillarning ikkinchi yarmida bu fabrikada ancha keng miqyosda qayta qurish ishlari bajarildi va yangi ishlab chiqarish binoda "Chayka" markali 11 ta tikuv mashinalari qo‘yildi. 38 ta yangi ish joylari tashkil etildi. Shuning o‘zi fabrika bo‘yicha ishlab chiqarishni 24,6 foizga oshirishga omil bo‘ldi [13]. Iqtisodiyotni rivojlantirish Yo‘lida korxonalarni yangi texnika bilan jihozlash, takomillashgan texnologiyani ishlab chiqarishga tadbiq etish masalalariga tadqiq etilayotgan davrda Sharg‘un va Sho‘rchi shaharlarining hokimiyat va boshqaruv, xo‘jalik organlari ham ahamiyat berishgan. O‘zbekiston janubidagi yagona ko‘mir koni Sharg‘un shahri yaqinida joylashgan bo‘lib Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlarini, Qoraqalpog‘istonni ko‘mirga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirib kelmoqda. Bu konni rivojlanishi bilan bog‘liq holda Sharg‘unda briket fabrikasi, bir nechta g‘isht zavodlari, TES, ta’mirlash-mexaniqa, non, sut zavodlari, aholi uchun turar joy, maktablar, bolalar bog‘chalari, poliklinika, shifoxona va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari barpo etildi. Sharg‘un 1973 yilgacha shahar tipidagi posyolka hisoblanib, 1973 yil viloyat tasarrufidagi shahar maqomiga ega bo‘ldi [14]. Shu vaqtga kelib 1950 yil ishga tushirilgan ko‘mir koni ancha kengayib, ko‘mir qazib olishni deyarli 6 baravar ko‘paytirgan edi. Faqat ko‘mir konida va "Sharg‘un kon qurilish" boshqarmasida ishlovchilarning soni 1800 kishidan ortdi. Shahar aholisining soni esa 14 mingga yetdi. 1966-1970 yillarda Sharg‘un konchilari rejadagidan tashqari 12 ming tonnaga yaqin ko‘mir ishlab chiqardilar [15]. Sharg‘un va uning atrofida ko‘mir konlari tufayli ekologiyani tobora bo‘zilib borishi natijasida turli kasalliklar kuchaydi. 1980-1989 yillarda turli xil kasallik 4,8 barobar, bolalar kasalliklari 2,8 barobar, kattalar 2,2 barobar, go‘daklarni sut tishi chirishi kasalliklari 2 marta, yengil fegoroza kasalligiga chali nish 8,8 barobar o‘sdi [16]. Shu yillarda tug‘ma kasalliklar soni ham ko‘paydi. Masalan, 1984 yilda 700 bola tug‘ilgan bo‘lsa, shundan 72 tasi tug‘ma kasallikka duchor bo‘lgan. 1988 yilda esa 800 bola tug‘ilib, undan 50 tasi tugma kasal bo‘lsa, 80 tasi o‘lik holatda tug‘ilgan [17]. Ekologiyaning bo‘zulishi tufayli Sharg‘unda "Aybdor yigit", "Aybdor kelinchak"lar soni yildan-yilga oshib bordi. Ekologiyani bo‘zilishi ipakchilikka ham salbiy ta’sir qildi. Ilgarilari 140-180 quti ipak pilla o‘rtacha 60 kg dan hosil bergan bo‘lsa, keyinchalik ipak pillasini qo‘yish butunlay yuk bo‘ldi. Bunga asosiy sabab ko‘mir qazib olishni nihoyatda oddiy usulda bo‘lishi va qo‘shni Tojikistonda Alyumin zavodi tufayli atrofmuhitni bo‘zilishi bo‘ldi. Eng achinarlisi 70-yillarda boshqa joylarda bo‘lgani kabi bu uchala shaharda ham shaharni tabiiy jihatdan muhofaza etuvchi hech qanday chora tadbirlar ko‘rilmadi. O‘sha sobiq Sovet to‘zumida umuman ekologiya masalasida fikr yuritish yoki ekologiya muammolarini bartaraf qiladigan bironta tashkilot, yoki guruh yo‘q edi. Ekologiya masalasida so‘z 209 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc yuritish, hamda bu sohada fikr almashish qat’iyan ta’kiklangan bo‘lib, Sovet jamiyatida hamma narsa o‘z o‘rnida degan xulosaga tayanish odat tusiga kirgan edi. Shuning uchun ham hujjatgohlarda, ilmiy va ommabop manbalarni birontasida ham bu haqida 70-yillar va 80-yillarning ikkinchi yarmigacha so‘z yuritilmagan. O‘z navbatida sobiq Sovet davrida qurilgan jamiyki sanoat korxonalari, shuningdek Boysun, Sharg‘un, Sho‘rchi shaharlaridagi ham ishlab chiqarish texnologiyasiga to‘liq javob beradi degan "g‘oya" keng tadbiq etilgan bo‘lib, ishga topshirilgan sanoat binolari ekologik "talab" darajasida deb xulosalangan. Aslida esa korxonalarda o‘rnatilgan chang yutuvchi, havo tozalovchi, chiqindilarni olib chiquvchi moslamalar vaqtincha ishlar, yoki umuman ishlamasa ham so‘zsiz ishlab chiqarishga yaroqli deb qabul qilinar edi. Bunday ahvolga qaramay shahar mehnatkashlari barcha imkoniyatlaridan foydalanib o‘z oldilaridagi vazifani bajarishda fidoyilik qildilar. Tadqiq etilayotgan davrda Sharg‘un shahridagi sanoat korxonalarida va qurilish tashkilotlarida mehnat unumdorligini va chiqarilayotgan mahsulotni, qurilish ishlarini sifatini oshirish maqsadida zamonaviy texnika va texnologiyadan kengroq foydalanish muammosiga e’tibor berildi. Bu borada birinchi navbatda ko‘mir qazib olish, saqlash, tashish ishlarini mexanizatsiyalashtirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirildi. Har yili o‘rtacha hisobda 30 ming tonna ko‘mir ishlab chiqarayotgan Sharg‘un konida 70-80 yillar mobaynida Donbass, Angren, Zaporoje va bir qator boshqa korxonalardan keltirilgan yuklagichlar, transportyorlar, ko‘mirni briketlovchi asbob-uskunalar o‘rnatildi. Shu tufayli konchilarning mehnat xavfsizligi va unumdorligi oshdi, konda ishchilarning jarohatlanish hollari kamaydi [18]. Ammo Sharg‘un ko‘mir konida texnika xavfsizligi yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi tufayli ayrim vaqtlarda iqtisodga ancha zarar keltirildi va baxtsiz voqealar yuz berar edi. Masalan, 1976-1979 yillarda texnika xavfsizligi ta’minlanmagani uchun ko‘mir konida 204 soat ish vaqti yo‘qotildi va shu munosabat bilan 214 ming so‘m zarar ko‘rildi [19]. Bundan tashqari shu yillarda yer osti va ochiq holatda ko‘mir qazib olishda ehtiyotsizlik natijasida 2 ta o‘lim, 14 ta mayib bo‘lish holati sodir bo‘ldi, 54 kishi esa mehnatga yaroqsiz bo‘lib qoldi. Kon ma’muriyatining mas’uliyatsizligi tufayli dam olish, ijtimoiy himoyalash sohasiga ajratilgan mablag‘ni faqat 77.9 foizigina bajarildi xolos [20]. Bu yo‘nalishda Sharg‘un g‘isht zavodlarining 3boshqarmasi ham bir qancha tashkiliytexnikaviy choralarni amalga oshirdi. 1971-1980 yillarda g‘ishtni tahlovchi "BXZ" markali avtomat, loy aralashtiruvchi uskunalarni mustahkamlovchi va aylanadigan qismlarni havosizlatuvchi moslama uchta zavodda o‘rnatildi [21]. G‘isht zavodlarining ishlab chiqarish quvvatini oshirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash ehtiyojlari quyidagi sabablar bilan belgilangan edi. Sharg‘un shahar aholisi ko‘payishi turar joy va boshqa ishlab chiqarish hamda ijtimoiy obyektlar qurishni kengroq miqyosda olib borish bilan birga qo‘shni qishloq tumanlarini ham g‘isht, ohak, gips, poydevorli tosh bilan ta’minlash zarur edi. Undan tashqari, g‘isht zavodlarida og‘ir jismoniy qo‘l mehnati mehnat sarflarining deyarli 78-82 foizni tashkil qilgan holda mehnat xavfsizligi ham achinarli holatda edi. Masalan, birgina 1974 yil uchta zavodlarda 8 ta baxtsiz hodisa bo‘ldi va natijada 265 ish kuni behuda yo‘qoldi [22]. Sharg‘un g‘isht zavodlarida 1986 yilgacha g‘isht kuydiruvchi pechlar yonilg‘i mazut bilan qizdirilar edi. Bunday texnologiyani qo‘llash oqibatida mehnat sharoitlari ham, pishgan g‘ishtning sifati ham talablarga javob bermas edi va atrof muhitni ifloslanishiga olib kelar edi. Bu nuqsonlarni bartaraf etishda yonilgi mazutni o‘rniga tabiiy gaz ishlatish katta ahamiyat kasb etdi. Sharg‘un g‘isht zavodlari boshqarmasi 1986 yil 1va 2zavoddagi tunelli (yer osti) pechlarni tabiiy gaz bilan qizdirish texnologiyasiga o‘tkazdi. Biroq sarflanayotgan gazni hajmini ko‘rish 210 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc imkoniyati bo‘lmaganligi ishlab chiqarilayotgan g‘ishtning deyarli 20 foizi sifatsiz bo‘lishiga olib kelar edi [23]. Bu kamchiliklar 1988-1989-yillarda qisman yo‘q qilindi [24]. Sanoat va qurilish sohalarini rivojlantirish, yangi texnika hamda ilg‘or texnologiya bilan ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar Boysun va Sharg‘un shaharlariga nisbatan Sho‘rchi shahrida jadalroq sur’atlar bilan va ancha kengroq miqyosda olib borilganini o‘rganilgan xujjatlar, axborot materiallar ko‘rsatilmoqda. Sho‘rchi ilgari juda katta qishloq bo‘lgan, keyingi bir necha o‘n yilliklar mobaynida ayni shu nomdagi tumanning markazi bo‘lgan. Sho‘rchini va atrofdagi qishloq joylarni ancha gavjum, iqtisodiy va ijtimoiy hayoti faol bo‘lishining sabablaridan biri shundaki, Termizni Dushanbe bilan bog‘lovchi temir yo‘l Sho‘rchi hududidan o‘tadi. Shuning uchun ham 30-yillarda bu yerda birinchi MTS tashkil etilgan edi [25]. 60-yillarda Sho‘rchida bir qator industrial korxonalar qurilib, ularning deyarli hammasi asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va qishloq xo‘jaligiga xizmat qilar edi. Ularning orasida eng yiriklari paxta tozalash, asfalt-beton zavodlari, mebel fabrikasi edi [26]. Aholisi 17 mingdan oshgan 6 ta sanoat va 2 ta qurilish korxonasi, 8 ta o‘rta ta’lim maktablariga, 8 ta bolalar bog‘chasiga, 2 ta qishki kinoteatrga va 1 ta kutubxonaga, katta bozorga hamda 9 ta magazinga ega bo‘lgan Sho‘rchiga 1976-yil 26-mayda O‘zbekiston Oliy Kengashi Prezidiumining farmoniga binoan shahar maqomi berildi [27]. Tumanning markazi sifatida Sho‘rchi shahar maqomini olishdan oldin ham ko‘pgina sanoat, qurilish, maishiy xizmat korxonalarni joylashishiga yetarli qulayliklarga egaligi ma’lum edi va bu borada bir muncha ishlar boshlangan edi. 1971-yil shaharda Denov sut zavodining filiali qurildi, 1978 yilda juda katta don va un mahsulotlari kombinatining birinchi navbati ishga tushirildi. Bu kombinatning to‘la quvvat bilan ishlashi bir yil mobaynida 78 ming tonna g‘allani saqlash va 32 ming tonna g‘allani quritish imkonini berar edi. Tabiiyki, bu kombinatdagi ishlab chiqarish va mehnat jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish nihoyatda jiddiy muammo edi. Gap shundaki, kombinatni qurish loyihasida bir qator ishlarni mexanizmlar yordamida bajarish ko‘zda tutilmagan edi. Shuning uchun kombinat mutaxassislari ilg‘or ishchilar va respublika non mahsulotlari ministrligining yetakchi muhandislari bilan birga eng avvalo, yuklash-tushirish ishlarini mexanizatsiyalashtirishga harakat qilishdi. 1979-yil temir yo‘l vagonlaridan donni tushirishga muljallangan asbob-uskunalar o‘rnatildi va 60 tonna donni vagondan 10 minut mobaynida tushirish mumkin bo‘ldi. Bunday asbob-uskunasiz, og‘ir jismoniy mehnat sarflab shuncha don 1,5 soatda tushirilar edi [28]. Kombinatning ikkinchi navbati qurilishi natijasida 1980-yil yozida bir sutkada 450 tonna un ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan tegirmon, 5 ming tonna unni saqlashga muljallangan ombor va chiqindi suvni tozalaydigan uskunalar o‘rnatildi. Bu esa nafaqat Sho‘rchi shahri, balki qo‘shni shahar va tumanlar aholisini don va non mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarining qondirish imkonini berdi. Sho‘rchi shahridagi boshqa yirik sanoat korxonalarini qayta qurish, texnikaviy va texnologik takomillashtirish maqsadida ancha foydali ishlar bajarildi. Masalan, texnika va texnologik jihatdan eskirib qolgan paxta tozalash juda katta zavod tadqiq etilayotgan davrda butunlay yangilandi desa bo‘ladi. Qurilib, ishga tushirilgan 1961-yil Sho‘rchi paxta tozalash zavodi 26 ming tonna paxtani qayta ishlov quvvatiga ega edi. 70-yillarga kelib Sho‘rchi tumanida va qo‘shni tumanlarda yangi yerlarni O‘zlashtirish hamda hosildorlikni oshirish yo‘li bilan paxta yetishtirish hajmi, 1,5 barobar ko‘paydi 211 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc [29]. Shunga paxtani qayta ishlashni ta’minlash uchun yangi zavodlarni qurishdan qura mavjud zavodning quvvatini oshirish, ishlab chiqarish texnologiyasini zamonaviylashtirish afzal edi. Shuni hisobga olgan holda Surxondaryo viloyati va Sho‘rchi shahar davlat va boshqaruv, xo‘jalik organlarni O‘zbekiston paxta tozalash vazirligining yordamida birinchi navbatda Sho‘rchi paxta tozalash zavodida 2 ta yangi (paxtani quritish va tozalash) sexlarni 1979-yil qurilishini ta’minlashdi [30]. Paxtani qurituvchi “SP”markali unumli roq ishlaydigan baraban va paxtani tozalovchi, quritish va tozalashga keltirilayotgan paxtani sifatini aniqlash uchun yaratilgan yangi pribor, asboblar bilan jihozlangan zamonaviy laboratoriyalar zavodda va unga qarashli paxta punktlarida barpo etildi [31]. Yangi texnika va zamonaviy texnologiyani tadbiq etish natijasida 80-yillarga kelib, 1977-yilga nisbatan Sho‘rchi paxta tozalash zavodining ishlab chiqarish quvvati deyarli 4,8 marotaba oshdi. Bir yilda bu zavod 45 ming tonna paxtani qayta ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldi [32]. 70-yillarda butun sobiq Sovet Ittifoqida iqtisodiy siyosat ishlab chiqarish vositalarini ko‘proq chiqarishni ustivor yo‘nalish sifatida amalga oshirgan holda Markaziy Osiyoda, jumladan O‘zbekistonda, esa qishloq xo‘jalik va mineral xom ashyo ishlab chiqarishni rivojlantirish bosh vazifa bo‘lib qolaverdi. Lekin mehnat resurslarini xalq xo‘jaligiga jalo etish zarurligini hisobga olib va aholini keng iste’mol mollari bilan ta’minlash maqsadida 60-yillar oxirida 70-yillar boshida shunday mollarni aholi yuqori sur’ atlar bilan o‘sib borayotgan respublikalarda ishlab chiqarishga e’tibor berildi. Surxondaryo viloyatida birinchi va yagona mebel fabrikasi 70-yillar o‘rtasida Sho‘rchi shaharida qurilishi boshlandi. O‘sha davrda an’ana bo‘lib qolgan respublikalararo hamkorlik mazkur fabrikani qurilishida ham namoyon bo‘ldi. Bu qurilishni O‘zbekistonning va Tojikistonning 20 ta tashkilotlarining ishchilari 1982-yilda yakunlashdi [33]. Mebel fabrikasi asosan oshxona garniturlarini, maktab o‘quvchilari partalarini chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib Surxondaryo va qo‘shni viloyatlar, Tojikiston aholisini hamda o‘rta ta’lim maktablarining mebel va partalarga ehtiyojini qondirishga xizmat qila boshladi. 80-yillar boshida Sho‘rchi shahrida yangi yirik non zavodi ham ishga tushirilib, shaharliklarni va atrofdagi qishloq aholisini non va pechene bilan ta’minlash ishlari yo‘lga qo‘yildi. 1983-yil Sho‘rchida keramika (sopol) buyumlar zavodi ham ishga tushirildi. Lekin e’tirof etish kerakki, Sho‘rchidagi 70-80-yillarda qurilgan 20 dan ortiq zavod, fabrikalar, don elevatori va tegirmon kombinat, maishiy xizmat, qurilish korxonalari aksariyat hollarda jismoniy yoki ma’naviy jihatdan eskirgan, unumi past, yuqori sifatli mahsulot chiqarishga yaramaydigan dastgohlar, asbob-uskunalar bilan jihozlangan edi. Shuni ham ta’kidlash lozimki ba’zi bir korxonalarda 70-80-yillarda ayrim nuqsonlar tez-tez uchrab turdi, bu esa albatta ish jarayoniga salbiy ta’sir qilar edi. Bunga bir qancha misol keltirishimiz mumkin. 1975-1976 yillarda Sho‘rchi paxta tozalash zavodining momiq sexida texnika xavfsizligiga e’tibor berilmaganligi tufayli 2 ta ishchi tan jarohati oldi va bir yilda 50 ish soat vaqti yo‘qotildi [34]. 1977-1981-yillarda paxta tozalash zavodi, un va don mahsulotlari kombinati va g‘isht zavodida texnika xavfsizligi yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi natijasida 22 soat ish vaqti, va 61 kishi mehnat qobiliyatini yo‘qotdi [35]. Un va don mahsulotlari kombinatida chang yutuvchi moslamalarni yaxshi ishlamasligi tufayli ishchilar o‘rtasida ko‘z kasalligi va ichki kasalliklar soni yildan yilga ortib borar edi. Sho‘rchi shahrida ekologiya muammolarini hal qilish masalasiga e’tibor sust edi. 1975-1979yillarda shahar aholisining 32.4 foizi ariqda oqadigan oqar suvlardan iste’mol qilishgan, chiqindilarni olib ketadigan kanalizatsiyalar yo‘q edi [36]. Don mahsulotlari va un zavodidagi chang yutuvchi, havo tozalovchi moslamalarni yaxshi ishlamasligi tufayli 1980-1983-yillarda 114 ta ishchi turli 212 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc kasalliklar bilan kasallandi. Paxta tozalash zavodida 1982-1984-yillarda ko‘z, teri kasalliklari 3,2 foizga oshdi. Ishchilarga changdan himoya qilinuvchi kiyimlar, havo tozalovchi asbob-uskunalar berilmas hamda ichki organizmni tozalaydigan oziq-ovqatlar tarqatilmas edi [37]. Davlat, xo‘jalik, boshqaruv organlari, ba’zi korxonalar ma’muriyati ishlab chiqarish sexlarini, uchastkalarini yangi texnika va texnologiya bilan jihozlashga bir muncha harakat qilishgani respublika, viloyatlar, shaharlar va tumanlar iqtisodiyotini va ijtimoiy sohasini rivojlantirish omili bo‘ldi. Xulosa. Sho‘rolar hokimiyati so‘nggi o‘n yilliklardagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy siyosatning nuqsonlari oqibatida O‘zbekistonning ko‘pgina shaharlarida, jumladan Boysunda, Sharg‘unda, Sho‘rchida qayta qurilgan va yangi barpo qilingan sanoat korxonalari chinakam ilg‘or, zamonaviy texnika va texnologiya bilan jihozlanmadi, faqat xomashyoni ishlab chiqaradigan Boysundagi eksperimental shoi to‘qish fabrikasi, Sho‘rchidagi va boshqa joylardagi paxta tozalash va pilla zavodlari o‘zining texnikaviy jihozlanishi bilan bir oz ajralib turar edi. Bunday sharoitda korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyati uchun mehnatni va ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil etish, mavjud texnika va texnologiyadan unumli foydalanish bilan bir qatorda mutaxassis va ilg‘or ishchilarni ilmiy-texnikaviy ijodini rivojlantirish katta ahamiyatga ega ekanligi yaqqol bilinib turar edi. Biroq Boysun, Sharg‘un, Sho‘rchi va shular kabi shaharlardagi sanoat, qurilish, transport korxonalarida mutaxassislar yetishmaganligi, ishchilarning aksariyati bevosita ishlab chiqarishga tayyorlanib, kasbga taalluqli ma’lum bir nazariy bilimlarga ega bo‘lmaganliklari hamda ma’muriyat, texnikaviy kengashlar tomonidan korxonadagi texnikaviy, texnologik muammolarini aniqlash, hal qilishga doimo jiddiy e’tibor berilmaganligi oqibatida ixtirochilik va ratsionalizatorlik harakatining potensial imkoniyatlari to‘la namoyon bo‘lmadi. Ko‘pincha yetarli darajada asoslanmagan rejalarni belgilashga odatlangan rahbar organlarning 70-80-yillardagi siyosiy hujjatlarida partiya, sovet, xo‘jalik va boshqaruv organlarining zimmasiga ishlab chiqarish sohasida mehnat unumdorligini oshirish hisobiga ishlab chiqarilayotgan mahsulotning hajmini ko‘paytirish bosh vazifa sifatida qo‘yilar edi. Bunday maqsadga erishish uchun birinchi navbatda ilmi-texnikaviy taraqqiyotning yutuqlarini ishlab chiqarishga keng tadbiq etish zarur. Biroq ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni belgilovchi ishlab chiqarish tarmoqlari O‘zbekistonda juda kam rivojlanganligi sababli sanoat, transport, qurilish korxonalariga kerak bo‘lgan dastgohlar, mashinalar, asbob-uskunalar asosan Rossiya, Ukraina, Belorussiya respublikalaridan va chet mamlakatlardan keltirilar edi. Bundan tashqari, O‘zbekiston olimlari, mutaxassislari va yangilikka intilgan ishchilari tomonidan ishlab chiqilgan ixtirolarni, ratsionalizatorlik takliflarini amaliyot sinovlardan o‘tkazish uchun eksperimental va ishlab chiqarish bazasi mutlaqo yetishmas edi. Shunday bo‘lsada, yuqorida ko‘rsatilganidek, Boysun eksperimental shoyi to‘qish fabrikasida, Sharg‘un g‘isht zavodlarida, Sho‘rchi un kombinatida hamda bir qator korxonalarda faol ixtirochi va ratsionalizatorlarning ijodiyoti tufayli mehnat unumdorligi ko‘paydi. Bu borada tadqiq etilayotgan davrda mehnatkashlarning jamoatchilik tuyg‘usi, mehnatga vijdonan munosabati va boshqa a’lo fazilatlari korxonadagi va korxonalararo musobaqasida bir oz bo‘lsa ham o‘z aksini topib iqtisodiyotning rivojlanishiga omil bo‘lganini ham qayd etish lozimdir. References: 1. Итоги Всесоюзной переписи населения 1989 года. Натсионалный состав населения Узбекской ССР. Ташкент., 1990. – С. 164. 213 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 2. Народное хозяйство Сурхандаринской области в 1980-1989 гг. Стат сборник. Термез., 1989. – 14 с. 3. «G‘alaba» gazetasi. Boysun tuman partiya komiteti va tuman deputatlari Sovetining organi. 1978-yil. – 30 b. 4. Denov rayonlararo davlat arxivi. 80-fond, 1-ro‘yxat, 187-ish, 2-varaq. 5. Denov rayonlararo davlat arxivi. 80-fond, 1-ro‘yxat, 187-ish, 2-varaq. 6. Denov rayonlararo davlat arxivi. 80-fond, 1-ro‘yxat, 187-ish, 80-varaq. 7. Denov rayonlararo davlat arxivi. 80-fond, 1-ro‘yxat, 876-ish, 187-varaq. 8. Boysun shahar ijroiya komitetining joriy arxiv. Ekspertmental shoyi to‘qish fabrikasining 1979yil uchun hisoboti. 121-papka. – 28 b. 9. Surxondaryo viloyat davlat arxivi. 446-fond, 1-ro‘yxat, 147-ish, 37-varaq. 10. Surxondaryo viloyat davlat arxivi. 312-fond, 1-ro‘yxat, 147-ish, 14-varaq. 11. Surxondaryo viloyat davlat arxivi. 446-fond, 1-ro‘yxat, 147-ish, 37-varaq. 12. Boysun shahar ijroiya komitetining joriy arxivi. Eksperimental shoyi to‘qish fabrikasining 1989-yil uchun hisoboti. 121-papka. – 24 b. 13. Народное хозяйство Узбекской ССР за 60 лет. Ташкент, 1984. – 22 c. 14. Surxondaryo tarixidan lavhalar. – Toshkent, 1991, 68-70 b. 15. "Yosh leninchi". 1990-yil 13-yanvar. 16. "Yosh leninchi". 1990-yil 16-mart. 17. O‘z MA. 2113-fond, 28-ro‘yxat, 1918-ish, 4-5 varaqlar. 18. Surxondaryo viloyat davlat arxivi. 446-fond, 1-ro‘yxat, 47-ish, 43-varaq. 19. O‘z MA. 2113-fond, 28-ro‘yxat, 1920-ish, 3-4 varaqlar. 20. O‘z MA. 2113-fond, 28-ro‘yxat, 1884-ish. 21. Sharg‘un gisht zavodlar boshqarmasining joriy arxivi. Bosh energetik bo‘limining 1986-1987 yillardagi materiallari. 3-papka, 17-18 vaqaqlar. 22. Sharg‘un gisht zavodlar boshqarmasining joriy arxivi, Bosh energetik bo‘limining 1988-1989yildagi materiallari. 7-papka, 2-varaq. 23. Lenin bayrog‘i. Surxondaryo viloyat gazetasi. 24. Xoliyorov X., Bichkov D. Surxondaryo oblasti. – Toshkent: O‘zbekiston. – 1975. – 30 b. 25. Народное хозяйство Ўзбекской ССР за 60 лет. -1964, -22 с.; Sho‘rchi shahar hokimiyati huzuridagi davlat arxivi. 163-fond, 1-ro‘yxat, 49-ish, 33-varaq. 26. Kommunizm g‘alabasi. Sho‘rchi tuman gazetasi. 1979-yil 13 mart. 27. Xoliyorov X., Bichkov D. Surxondaryo oblasti. – Toshkent: O‘zbekiston. – 1975. – 37 b. 28. Kommunizm g‘alabasi. Sho‘rchi tuman gazetasi. 1979-yil 13 mart. 29. Sho‘rchi paxta tozalash zavodining joriy arxivi. Bosh muhandis bo‘limi. Korxonaning texnikaviy va texnologik holati haqida axborot. 1981-yil, 4-papka, 19-varaq. 30. Sho‘rchi shahar hokimiyati huzuridagi davlat arxivi. 164-fond, 1-ro‘yxat, 31-ish, 12-varaq. 31. O‘z MA. 2113-fond, 28-ro‘yxat, 1920-ish, 7-varaq. 32. Surxondaryo viloyat davlat arxivi. 45-fond, 1-ro‘yxat, 34-ish, 12-varaq. 33. Surxondaryo viloyat davlat arxivi. 446-fond, 1-ro‘yxat, 47-ish, 47-varaq. 34. Denov rayonlararo davlat arxivi. 80-fond, 1-ro‘yxat, 187-ish, 119-varaq. 35. Denov rayonlararo davlat arxivi. 80-fond, 1-ro‘yxat, 187-ish, 130-varaq.