scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SULTON SAYFIDDIN QUTUZ: AYN JALUT GʻALABASINING QAHRAMONI

Bebitov Maqsud Abdirasulovich; Muhammadiyev Faridun Faxriddinovich; Rajabboyev Sarvar Sunnatullayevich

Full text

214 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc SULTON SAYFIDDIN QUTUZ: AYN JALUT GʻALABASINING QAHRAMONI Bebitov Maqsud Abdirasulovich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti katta o‘qituvchisi Теl: +998(97) 786-33-00 E-mail: [email protected] https://orcid.org/0000-0002-6013-5586, Muhammadiyev Faridun Faxriddinovich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi e-mail: [email protected], Tel:+99888799-00-30 Rajabboyev Sarvar Sunnatullayevich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi e-mail: s.rajabboye[email protected], Tel:+998952118383 https://doi.org/10.5281/zenodo.17643000 Annotatsiya: Ushbu tadqiqot Oʻzbekiston tarixshunosligida keng yoritilmagan boʻlsa-da, nafaqat oʻzbek, balki jahon tarixida muhim oʻrin tutgan, turkiy xalqlar va musulmonlar uchun faxr manbai hisoblangan tarixiy shaxs – Sulton Sayfiddin Qutuzga bagʻishlangan. U Xorazmshohlar sulolasining vakili, Jaloliddin Manguberdining jiyani boʻlib, afsonaviy va yengilmas deb hisoblangan moʻgʻul qoʻshinini Ayn Jalut jangida magʻlubiyatga uchratgan qahramondir. Qutuz oʻzining bir yildan ham qisqa sultonlik davrida butun musulmon olamiga dahshat solgan moʻgʻullarning yurishini toʻxtatib, tarixning oqishini oʻzgartirishga muvaffaq boʻldi [1, B 33]. Ushbu maqolada uning hayoti, etakchilik fazilatlari va tarixiy ahamiyati tahsil qilinadi. Kalit soʻzlar: Sayfiddin Qutuz, Mamluklar davlati, Ayn Jalut jangi, moʻgʻullar bosqini, Baybars, Katbugʻa noyon. Kirish. Mamluklar sultoni Sayfiddin Qutuz (vafoti 1260) hukmronlik qilgan davr Islom dunyosi uchun juda murakkab va tahdidli davr edi. Bu paytda musulmonlar salibchilar istilosi va moʻgʻullarning vayronkor yurishlari bilan kurashayotgan edi [2, B 389]. Sayfiddin Qutuz Xorazmshohlar sulolasiga mansub boʻlib, uning otasi Jaloliddin Xorazmshohning amakisi, onasi esa uning singlisi edi. Otasi Mamdudshoh Jaloliddin bilan birga moʻgʻullarga qarshi jangda shahid boʻlganida, Qutuz hali chaqaloq edi [3, B 37]. Movarounnahrda tugʻilgan bu chaqaloq keyinchalik Islom dunyosining himoyachisiga aylanish taqdiriga ega boʻldi. Qutuz Qohira, Quddus, Damashq, Iroq va boshqa koʻplab musulmon shaharlarini moʻgʻul istilosidan qutqargan, tarixning yoʻnalishini oʻzgartirgan qahramonlardan biridir [4, B 74]. Islom tarixiy manbalarida unga bagʻishlangan maʼlumotlar cheklangan boʻlsa-da, u oʻzining jasorati, qatʼiyati va xarizmatik etakchilik qobiliyati bilan ajralib turadi. Xalqaro adabiyotlarda, masalan, Andre Klotning "Qullar imperiyasi, Mamluklarning Misri (1250-1517)" asarida Ayn Jalut gʻalabasi muhokama qilinadi [5, B 28]. Biroq muallif asosan gʻalaba sharafini Baybarsga bagʻishlab, Qutuzning rolini cheklab koʻrsatishga urinadi. Aksincha, Ibn Kasir kabi anʼanaviy islom tarixchilari Ayn Jalut gʻalabasining asosiy omili sifatida aynan Qutuzning xarizmatik rahbarligini, jangchilarni birlashtirish va ularga motivatsiya berish qobiliyatini taʼkidlaydilar [2, B 390]. Adabiyotlar sharhi: Mamluklar davri va Ayn Jalut jangi haqidagi mavjud adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, ushbu davr haqidagi ilmiy tadqiqotlar asosan ikki yo'nalishda rivojlangan. Birinchidan, an'anaviy islom tarixshunosligi (Ibn Kasir, Ibn Tagʻribardiy, Zahabiy) asarlarida 215 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Sayfiddin Qutuzning roli va qahramonligi alohida ta'kidlangan bo'lsa [2, B 389; 3, B 37], ikkinchidan, zamonaviy G'arb tarixshunosligida (A. Klot) ko'pincha Baybarsning hissasi ustun qo'yilgan [5, B 28]. Turkiy mualliflarning (Aktan, Özbek, Şeşen) ishlarida Ayn Jalut jangining strategik ahamiyati chuqur o'rganilgan [8, B 185; 10, B 13; 12, B 24]. Rashiduddin Fazlullohning "Jami'u-t-Tavarikh" asari mo'g'ul manbalaridagi ma'lumotlarni tahlii qilish imkonini beradi [9, B 55]. O'zbekiston tarixshunosligida esa bu mavzu hali yetarlicha o'rganilmagan. Tadqiqot metodologiyasi: Tarixiy-taqqosiy metod - turli manbalardagi ma'lumotlarni qiyosiy tahlii qilish, manbashunoslik - dastlabki manbalarning ishonchliligini tekshirish, strukturaviy tahlii - harbiy strategiya va siyosiy tuzilmalarni o'rganish, xronologik usul - voqealar ketma-ketligini aniq belgilash. Asosiy e'tibor birinchi darajali manbalar (Ibn Kasir, Ibn Tagʻribardiy) va ularning zamonaviy talqinlariga qaratilgan. Natijalar va muhokama. Qutuzning strategik qobiliyati: Ayn Jalut jangidagi g'alaba nafaqat son ustunligi, balki Qutuzning aqlli strategiyasi natijasida erishilgan [3, B 39]. Uning qo'shin boshqarishdagi innovatsion usullari (musiqa signallari orqali boshqaruv) o'z davri uchun noyob edi. Siyosiy rahbarlik: Qutuz mo'g'ul elchilarini o'ldirish orqali [7, B 575] va soliqlarni joriy etish orqali [8, B 189] qat'iy niyatini namoyish etdi. Bu uning qiyin vaqtda qaror qabul qilish qobiliyatini ko'rsatadi. Harbiy ittifoqchilik: Salibchilar bilan tuzilgan shartnoma [10, B 16] va Xorazmlik qo'mondonlardan foydalanish [9, B 55] uning diplomatiya va resurslardan foydalanish mahoratini namoyish etadi. Tarixiy ahamiyat: Ayn Jalut g'alabasi nafaqat mo'g'ullarning g'arbiy yurishini to'xtatdi [12, B 24], balki butun mintaqaning keyingi siyosiy taraqqiyotiga ta'sir ko'rsatdi. Tragik tugal: Qutuzning taqdiri mamluklar tizimidagi ichki raqobat va siyosiy beqarorlikni aks ettiradi [1, B 36]. Sayfiddin Qutuzning nasl-nasabi haqidagi maʼlumotlar Zahabiy, Ibn Xaldun, Yununiy va Suyutiy kabi oʻrta asr musulman tarixchilarining asarlarida qayd etilgan [6, B 200]. Ushbu manbalarda keltirilgan maʼlumotlar ishonchli hisoblanadi. Uning kelib chiqishi haqidagi asosiy manbalar orasida Ibn Kasir va Baybars Mansuriyning yozuvlari alohida oʻrin tutadi [2, B 391]. Qutuzning ilk hayoti va ozodlikka chiqarilishi haqida turli manbalarda bir nechta rivoyatlar mavjud. Ibn Kasirning yozishicha, Qutuz dastlab Damashqda Ibn al-Zayim ismli shaxsga qarashli qul boʻlib, keyinroq Amir Izzaddin Oybek al-Turkmani tomonidan sotib olingan va Qohiraga olib kelingan [2, B 392]. Boshqa bir manba (Yununiy) esa boshqa bir voqeani keltiradi. Unga koʻra, Izzaddin Oybek sulton boʻlganida uning huzuriga bir munajjim keladi. Sulton undan moʻgʻullarga qarshi kurashda kim muvaffaqiyat qozonishiga ishonishini soʻraydi. Munajjim Qutuzni koʻrsatadi va uning nasabi haqida soʻralganda, Qutuz oʻzini Xorazmshohlar sulolasidan boʻlgan Mamdudshohning oʻgʻli ekanligini aytadi [3, B 38]. Moʻgʻullarning tahdidi Misr chegarasigacha yetib kelgach, Sulton Sayfiddin Qutuz shoshilinch harbiy kengash chaqirdi. Mamluk amirlari, garchi istamasalar ham, urush muqarrar ekanligiga rozi boʻlishdi. Qutuz moʻgʻul elchilarini qatl qilish va ularning jasadlarini Qohira darvozalariga osib qoʻyishni buyurib, moʻgʻullarga qarshi kurashishdagi qatʼiy niyatini namoyish qildi [7, B 575]. Urushga moliyaviy mablagʻ yigʻish maqsadida maxsus soliqlar joriy qilindi. Har bir kishidan bir dinor, badavlat kishilardan esa oldindan zakot soligʻi undirildi [8, B 189]. Sulton Sayfiddin Qutuz moʻgʻullarga qarshi kurashish uchun muhim strategik qadam sifatida Xorazmshohlar qoʻshinidan omon qolgan va Misrda boshpana topgan qoʻmondonlardan foydalandi. 216 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Ular bilan yaqin aloqalar oʻrnatib, ularning ishonchini qozongan Qutuz, moʻgʻullar urush uslubi haqida qimmatli razvedmaʼlumotlar oldi [9, B 55]. 1260 yil 15 iyulda mamluk qoʻshinlari harakatlana boshladi. Qutuzning muhim strategik yutugʻi Salibchi davlatlari, xususan Akka qirolligi bilan tinchlik shartnomasi tuzishga erishishi boʻldi. Ushbu kelishuvga koʻra, mamluk qoʻshinlari salibchi yerlaridan xavfsiz oʻtish huquqiga ega boʻldi va salibchilar moʻgʻullar bilan ittifoq tuzmaslikka vaʼda berishdi [10, B 16]. Garchi salibchilar hatto Qutuzga oʻz qoʻshinlaridan bir qismini taklif qilgan boʻlsalar ham, u bu taklifni ehtiyotkorlik bilan rad etdi va dastlabki kelishuv bilan kifoyalanishni maʼqul koʻrdi [8, B 192]. Bu harakat salibchilar va moʻgʻullarning mumkin boʻlgan ittifoqi xavfini bartaraf etdi. Sayfiddin Qutuz Baybarsni oldingi qoʻriqchi otryad qoʻmondoni etib tayinlab, uni Gʻazaga yoʻlladi [1, B 34]. Gʻazoda joylashgan moʻgʻul qoʻmondoni Baydara bu haqda Katbugʻaga xabar berib, yordam soʻradi. Biroq Baybars boshchiligidagi qism ularga toʻsatdan hujum qilib, Gʻazoni egallab oldi. Baybars asosiy moʻgʻul armiyasining joylashgan oʻrnini anilabgach, Sayfiddin Qutuzga xabar yubordi. Ikki asosiy qoʻshin 1260 yil 3 sentyabrda Falastindagi Ayn Jalut vohasida toʻqnash keldi [11, B 13]. Ayn Jalut jangi Sayfiddin Qutuzning qoʻmondonlik qobiliyatini namoyish etdi. U Katbugʻani oʻz qoʻshini soni kam deb ishonishga majburlash uchun bir qism qoʻshinini yashirinishgan holda oʻrmon atrofida joylashtirdi. Qutuz, shuningdek, qoʻshin harakatlarini boshqarish uchun innovatsion usuldan foydalandi: har bir manevr (masalan, chap qanot, oʻng qanot, hujum, chekinish) oldindan belgilangan maxsus musiqa ovozlari (masalan, nogʻoralar yana burgʻular) orqali amalga oshirilar edi. Bu unga jang maydonidagi barcha boʻlinmalarni samarali boshqarish imkonini berdi [3, B 39]. Baybars boshchiligidagi oldingi qoʻriqchi otryad moʻgʻul qoʻshiniga bir necha bor zarba berib, keyin atrofdagi tor daraga qarab stsenariy asosida chekina boshladi. Katbugʻa hal qiluvchi xatoga yoʻl qoʻydi: daraning kirish joyini toʻliq nazorat qilmasdan, butun qoʻshini bilan quvgʻinda davom etishga buyruq berdi. Natijada, moʻgʻul qoʻshinlari tuzoqqa tushib, qurshovga olindi. Qurshovdan chiqishga urinayotgan moʻgʻullar asosiy zarbani mamluklarning chap qanotiga qaratdilar. Shu lahzada Sayfiddin Qutuz shaxsan oʻz qoʻshinlari oldiga otlanib, hal qiluvchi qarshi hujumni boshqardi [12, B 24]. Jangning hal qiluvchi lahzasida Sulton Sayfiddin Qutuz uch marta baland ovozda "Islom uchun!" degan shior ostida hujumga oʻtdi. Sultonning shaxsan jangga kirganini koʻrgan mamluk qoʻshini jasorat va jangovarligi bilan dushmanqa qarshi kurashdi [2, B 395]. Tarixchi Ibn Kasir jang paytida sodir boʻlgan bir voqeani shunday hikoya qiladi: "Qutuzning oti jang paytida oʻldirilgan. Oʻsha paytda zaxira otlarini ushlab turish uchun masʼul boʻlganlarning birortasi uning yonida yoʻq edi. U otidan tushdi va bir muddat yerda harakatsiz qoldi, jang esa davom etmoqda edi. Amirlardan biri uni shu holatda koʻrib, sultonga oʻz otiga minishni taklif qildi. Biroq Qutuz bu taklifni rad etib: «Men musulmonlarni sizning foydangizdan mahrum qila olmayman», dedi. Nihoyat, zaxira otlardan biri keltirilgach, amir unga murojaat qilib: «Ey sulton, nega siz bu amirning otiga minmadingiz? Agar dushmanlardan biri sizni shunday koʻrsa, oʻldirishi mumkin edi. Sizning oʻlimingiz sababli Islom ham yoʻq boʻlib qolgan boʻlar edi». Sulton esa javoban: «Agar meni oʻldirsalar, shahid boʻlaman. Islomga kelsak, uning egasi bor. Mengacha ham din uchun kurashgan sultonlar oʻldi, lekin Islomni Yarotganning izni bilan himoya qilish uchun boshqa hukmdorlar paydo boʻldi»" [2, B 396]. Natijada, mamluk qoʻshini moʻgʻullarni tor-mor etdi. Moʻgʻullar ogʻir yoʻqotishlar bilan orqaga chekinishga majbur boʻlishdi. Sayfiddin Qutuz qochib ketayotgan moʻgʻul askarlarini taʼqib qilish uchun Baybarsni yubordi. Bu harakat natijasida koʻplab moʻgʻullar asir olindi yoki yoʻq qilindi 217 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc [1, B 35]. Moʻgʻul qoʻmondoni Katbugʻa noyon ham jang maydonida halok boʻldi. Ibn Kasir va Ibn Tagʻribardiyning yozishicha, Katbugʻani oʻldirgan qoʻmondon Jamoliddin Oqqush edi [3, B 39]. Katbugʻaning oʻgʻli bilan boʻlgan suhbat haqida rivoyat qilinadiki, Qutuz undan "Otang qochib ketdimi?" deb soʻragan. Yigit "Otam qochmaydi" deb javob bergan. Jang maydonidan Katbugʻaning jasadi olib kelinganda, uning oʻgʻli faryod qilgan, Sayfiddin Qutuz esa shukrana namozini oʻqigan [9, B 58]. Moʻgʻullarga qarshi bu gʻalaba butun Islom olamida katta quvonch bilan kutib olindi. Ilgari moʻgʻullar bilan hamkorlik qilgan baʼzi Ayyubiylar maliklari magʻlubiyatdan soʻng Sulton Qutuzning huzuriga kelib, avf soʻrashdi. Qutuz moʻgʻullar tarafida musulmonlarga qarshi kurashgan Banyas va Subayda amiri Malik Said Xasandan boshqa barcha ayyubiylik amirlarni afv etdi [9, B 59]. Ayn Jalutdagi magʻlubiyat xabarini olgan Xulogu xon gʻazablanib, Tabriz yaqinida boʻlgan suriyalik Ayyubiylar sultoni Nosir Yusuf va unga hamroh boʻlgan baʼzi odamlarni oʻldirdi [13, B 181]. Urushdan soʻng Halab va Damashq mamluklar davlati tarkibiga qoʻshib olindi, bu esa Ayyubiylar davlatining rasman tugatilishini belgilab berdi [13, B 182]. Suriyadagi maʼmuriy ishlarni tartibga solib, Halab va Damashqqa noiblar tayinlaganidan soʻng, Sulton Sayfiddin Qutuz Qohiraga qaytish yoʻlga chiqdi [3, B39]. Biroq, uning amir Baybars bilan munosabatlarida keskinlik yuzaga keldi. Gʻalabadan oldin Sulton Baybarsga Halab va uning atrofidagi hududlarni hokimiyati sifatida vaʼda qilgan boʻlsa-da, keyinchalik oʻz fikrini oʻzgartirdi va bu lavozinni Mosul qozisi Alovuddin Aliga berdi [14, B-28]. Bu harakat Baybarsda chuqur norozilik uygʻotdi. Ular oʻrtasidagi ziddiyatning ildizi ancha oldingi voqealarga borib taqaladi. Aslida, Baybarsning sobiq rahbari Amir Fahriddin Oʻqtoy, Sulton Qutuzning buyrugʻi bilan qatl etilgan edi. Shu voqeadan soʻng, Baybars boshchiligidagi Bahriy mamluklari Ayyubiylar shahzodasi Nosir Yusuf qoʻl ostiga oʻtishgan. Ammo Nosir Yusufning moʻgʻullar oldida zaif siyosati tufayli, Baybars oxiroqibat Qutuzga boʻysunishga majbur boʻlgan. Garchi ular Ayn Jalut jangida birga kurashgan boʻlsalar ham, gʻalaba Baybarsning shaxsiy maqsadlariga xizmat qilmagani uchun, u Sultonga nisbatan ichki gʻazabi tobora kuchayib bordi [1, B 36]. Tarixchi Ibn Tagʻribardiyning "An-Nujum az-Zahira" asarida keltirilishicha, Sulton Qutuz Damashqda hokimiyatni tashkil etgach, Misrga qaytish uchun yoʻlga chiqdi. Solihiya yaqinidagi Qusayr deb ataladigan joyga yetib kelganlarida, lager tashkil qilishdi. Sulton oʻz qoʻriqchilari va bir qancha amirlar, jumladan Najmiddin ar-Rumiy, Sayfiddin Anas, Alamiddin Shanogʻli va Sayfiddin Balaban Horuni bilan birga edi. Qohiraga yaqinlashganda, amirlar Sultonga ov qilish uchun joy maqul ekanligini aytishdi. Aslida, ular Baybars bilan til biriktirib, suiqasd rejasini tuzgan edilar [3, B 40]. Sulton Qutuz otiga minib, quyon quvib ketayotgan bir paytda, suiqasdchilar uning orqasidan borishdi. Sulton ulardan biroz uzoqlashib, yonida hech kim qolmagan paytda, Baybars uning yoniga kelib, kechirim soʻradi. Qutuz uni afv etdi va qoʻlini oʻpishiga ruxsat berdi. Baybars oʻzini Sultonning qoʻlini oʻpmoqchi boʻlib koʻrsatdi, lekin toʻsatdan uning qoʻlini ushlab, hujum boshladi. Ortidan Amir Sayfiddin Anas kelib hujumga qoʻshildi, soʻngra boshqalar ham hujum qilib, Sultoni otidan tushirib oʻldirdilar. Sultonning yaqin qoʻriqchilari ham qirgʻin qilindi [7, B 576]. Sayfiddin Qutuz 1260-yil 16-oktyabrda shafaqsiz oʻldirilgan. Uning jasadi dastlab Qohirada Shayx Takiyyuddinning hali qurilmagan turar joyi atrofiga, keyin esa Karafa qabristoniga dafn qilindi. Keyinchalik qabri Ibn Abud uyi atrofiga koʻchirildi va u ziyoratgohga aylandi [7, B 577]. Biroq, Baybars taxtga oʻtirgach, Sulton Qutuzning qabr joyi aniqligi yoʻqotildi. Bu harakat yangi 218 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Sulton tomonidan oʻz hokimiyatini mustahkamlash va oldingi hukmdorning xotirasini yoʻq qilishga qaratilgan siyosiy chora boʻlgan. Xulosa. Ayn Jalut gʻalabasi nafaqat moʻgʻullarning gʻarbiy tomonga yurishini toʻxtatdi, balki butun dunyoga "moʻgʻullarni magʻlub etish mumkin emas" degan afsonani barbod qilishga xizmat qildi [12, B 24]. Bu gʻalaba nafaqat mintaqa, balki jahon tarixining keyingi yoʻnalishini belgilab beruvchi hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻldi. Qullik insoniyat tarixi qadari qadimiy hodisa boʻlib, turli madaniyatlar va jamiyatlar tomonidan turli maqsadlarda, jumladan harbiy sohada qoʻllanilgan. Islom dunyosida harbiy qullar "Mamluk" nomi bilan mashhur boʻlib, ular oʻzlarining harbiy mahorati va sadoqati bilan ajralib turishgan [5, B 28]. Ayyubiylar sulolasi qoʻl ostida xizmat qilgan Mamluklar, vaqt oʻtishi bilan Misrdagi hokimiyatni qoʻlga kiritib, mustaqil Mamluklar sultonligiga asos solishgan. Mamluklar, xususan Misrda, salibchilar va moʻgʻullarning keng koʻlamli tahdidlariga qarshi turib, Islom tsivilizatsiyasining asosiy himoyachilariga aylanishdi. Ushbu himoya kurashidagi eng muhim shaxslardan biri, shubhasiz, Sulton Sayfiddin Qutuz boʻlgan [8, B 197]. Qutuz birinchi Mamluk sultoni Izzaddin Oybek tomonidan qabul qilingan va oʻzining qobiliyati bilan tezda yuqori lavozimlarga koʻtarilgan. U Sulton Izzaddin Oybekka qarshi chiqqan Bahriy Mamluklari qoʻzgʻolonini bostirishda, shu jumladan ularning rahbari Fahriddin Oʻqtoyni zararsizlantirishda muhim rol oʻynadi. Uning sadoqati va muvaffaqiyatlari unga saltanat nuyobi (naibu-s-saltana) – sultonlikdan keyingi eng yuqori maqomga erishish imkonini berdi. Shunday qilib, u qullikdan boshlangan yoʻlini sultonlik darajasigacha olib chiqdi [1, B 36]. Garchi Oʻzbekiston hududida uning ismi keng yoritilmagan boʻlsa-da, Sulton Sayfiddin Qutuzning hayoti va yutuqlari arab dunyosida bir qancha filmlar va romanlar uchun ilhom manbai boʻlib kelgan [14, B 28]. Uning Ayn Jalutdagi qasamyod gʻalabasi nafaqat mintaqaviy, balki butun dunyo tarixiga chiziq tortuvchi hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻldi. References: 1. Baybars al-Mansuriy, A. At-Tuhfatu-l-Mulukiyya fi-d-Davlati-t-Turkiyya [Sultonlar sovg'asi: Turk davlati haqida]. (H. Po‘lat, Ed.). Ankara: Turk Tarih Kurumu. (2016). s. 33-36. 2. Ibn Kasir, A. Al-Bidoya va-n-Nihoya. (M. Keskin, Trans., Vol. 13). Istanbul: Çağrı Yayınları. (1995). s. 389-399. 3. Ibn Tagʻribardiy, A. An-Nujumu-z-Zahira fi muluk Misr va-l-Qahira (D. A. Batur, Trans.). Istanbul: Selenge Yayınları. (2013). s. 37-39. 4. Ibn Tagʻribardiy, A. Al-Manhalu-s-Safi va-l-Mustavfi ba'da-l-Vafi. Jild 9. Qohira: Daru-lKutub va-l-Vasaʼili-l-Qavmiyya. (2002). s. 74. 5. Rashiduddin Fazlullah. Jami'u-t-Tavarikh. (İ. M. Ersan & A. H. Khalejini, Trans.). Ankara: Turk Tarih Kurumu. (2013). s. 55-59. 6. Zahabiy, S. Siyaru A'lami-n-Nubala. Jild 23. (B. A. Ma'ruf & M. H. es-Serhan, Eds.). Bayrut: Muassasatu-r-Risala. (1985). s. 200. 7. Abul-Faraj, G. Abu'l-Faraj Tarihi. Jild 2. (Ö. R. Doğrul, Trans.). Ankara: Turk Tarih Kurumu. (1987). s. 575-578. 8. Aktan, A. Sultan Kutuz ve Ayn-ı Calût Zaferi. Atatürk Üniversitesi İlahiyat Fakültesi Dergisi, 10, 185–198. (1991). 9. Clot, A. Kölelerin İmparatorluğu: Memlüklerin Mısır'ı (1250–1517). Istanbul: Epsilon Yayıncılık. (2005). s. 28. 219 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 10. Kaşgarlı, M. Divânü Lügati't-Türk. Jild 1. (B. Atalay, Trans.). Ankara: Türk Dil Kurumu. (1985). s. 365. 11. Kuşçu, A. D. Eyyûbî Devlet Teşkilâtı. Ankara: Turk Tarih Kurumu. (2013). s. 181. 12. Özbek, S. Moğol İstilasının Zirve Noktası: Ayn-Calut. Askeri Tarih Bülteni, 31, 13–24. (1991). 13. Şeşen, R. Sultan Baybars. Istanbul: Yeditepe Yayınevi. (2013). s. 24. 14. İlgaz, T. Memlükler. Istanbul: Epsilon Yayıncılık. (2005). s. 28. UDK: 930.85(575.1)