ANQARA JANGI (1402): SIYOSIY SARITANING QAYTA SHAKLLANISHI VA TEMURIYLAR SALTANATINING OʻSISHI
Full text
226 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc ANQARA JANGI (1402): SIYOSIY SARITANING QAYTA SHAKLLANISHI VA TEMURIYLAR SALTANATINING OʻSISHI Jonqobilov Jaxongirbek Normumin o‘g‘li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Tarix fani o‘qituvchisi, [email protected] https://orcid.org/0009-0006-5480-4102 Turg‘unboyev Kamron Ilhom o’gli Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Tarix yo‘nalishi 2 kurs talabasi [email protected] https://orcid.org/0009-0003-1431-1942 https://doi.org/10.5281/zenodo.17643069 Annotatsiya: Anqara jangi (1402-yil 20-iyul) Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Kavkaz mintaqasining siyosiy xaritasini tubdan oʻzgartirgan hal qiluvchi voqealardan biri bo‘ldi. Bu jang nafaqat ikki buyuk hukmdor - Temur va Boyazid I oʻrtasidagi shaxsiy kurash, balki ikki buyuk imperiya - Temuriylar va Usmonlilar saltanatlarining mintaqaviy hukmronlik uchun kurashi edi. Jangning natijalari nafaqat darhol oʻz taʼsirini koʻrsatdi, balki keyingi asrlar davomida mintaqaning siyosiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga chuqur taʼsir koʻrsatdi. Ushbu maqola Anqara jangining sabablari, borishi va oqibatlarini tarixiy manbalar va zamonaviy tadqiqotlar asosida kompleks tahlil qilishni maqsad qilgan. Tadqiqotning asosiy savollari: Jang oldi siyosiy sharait va ziddiyatning asosiy maqsadi; Qoʻshinlar tarkibi va harbiy strategiyalar, Jang taktikasi va uning borishi, Jangning qisqa va uzoq muddatli oqibatlari, mintaqaviy siyosiy xaritaning qayta shakllanishi kabi mavzularni o‘rganishdan iborat. Kalit so‘zlar: Temuriylar Saltanati, Usmonli Turklar Davlati, Kondurcha, Terek, harbiy strategiya, savdo yo‘llari, Fetret davri. Abtract: The Battle of Ankara (July 20, 1402) was one of the decisive events that fundamentally changed the political map of Central Asia, the Middle East, and the Caucasus region. This battle was not only a personal struggle between two great rulers - Timur and Bayezid I, but also a struggle for regional dominance of two great empires - Timurid and Ottoman kingdoms. The results of the battle not only had an immediate impact, but also had a profound effect on the political, economic and cultural development of the region for centuries to come. This article aims to provide a comprehensive analysis of the causes, progress and consequences of the Battle of Ankara based on historical sources and modern research. The main questions of the research: Pre-war political conditions and the main goal of the conflict; The composition of the troops and military strategies, the battle tactics and its course, the short and long-term consequences of the battle, the reshaping of the regional political map are studied. Key words: Sultanate of Timurids, State of Ottoman Turks, Kondurcha, Terek, military strategy, trade routes, Fetret period. Аннотация: Битва при Анкаре (20 июля 1402 г.) стала одним из решающих событий, коренным образом изменивших политическую карту Средней Азии, Ближнего Востока и Кавказского региона. Эта битва была не только личной борьбой двух великих правителей — Тимуром и Баязидом I, но и борьбой за региональное господство двух великих империй — Тимуридов и Османского королевств. Результаты битвы не только оказали непосредственное влияние, но и оказали глубокое влияние на политическое, экономическое и культурное развитие региона на столетия вперед. Целью данной статьи является предоставление всестороннего анализа причин, хода и последствий битвы при Анкаре на основе исторических источников и современных исследований. Основные вопросы исследования: Предвоенная
227 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc политическая обстановка и основная цель конфликта; Изучены состав войск и военная стратегия, тактика боя и его ход, ближайшие и долгосрочные последствия сражения, перекройка региональной политической карты. Ключевые слова: Султанат Тимуридов, Государство турок-османов, Кондурча, Терек, военная стратегия, торговые пути, период Фетрета. Kirish. Amir Temur Sohibqironning To‘xtamishxon bilan qilgan janglari (Kondurcha 1391, Tarak janglari 1395 yillar) hamda Hindistonga yurishidan so‘ng (1398/99-yillar) bevosita dunyo siyosiy xaritasida ikki buyuk Turkiy mamlakatlar Usmonli Turk davlati( Anadolu, Bolqon, va unga tutash orollar) va Temuriylar Saltanati (Movarounnahr, Xuroson, Fors, Hind va Ozarbayjon) katta maydonga keldi. Usmonli Turk Sultoniti Boyazid Yildirimning Amir Temurga qarshi Misr Sultoni Barquq va Oltin O‘rda hukmdori To‘xtamish bilan o‘zaro ittifoq tuzish masalasi, Oltin O‘rdaning Tarak jangidan so‘ng siyosiy maydonda ketishi sababli nihoyasiga yetmay qoldi. Amir Temurning yuqorida keltirilgan siyosiy ittifoqni o‘z davlati kelajagi uchun xavf sifatida baholagani va voqelikka to‘g‘ri baho berolgani uning keyinchalik o‘z davlatinong raqiblari hisobiga kengayishiga olib keldi. Dastavval, Amir Temur Ozarbayjonga bir necha marotaba yurish qildi va 1387-yilda uni to‘la bo‘ysundirishga muyassar bo‘ldi. Armaniston va Gruziyani Amir Temur 1392yilda bo‘ysundirdi.[1. 28-30.] Natijada Boyazid va Usmonli Turklar xududiga Temur davlatining ilk tutashuvlari kuzatildi. Tarixning guvohlik berishicha, Amir Temur oʻz qoʻshini bilan Sharqiy Anadolu sarhadlariga 1386 yil qadam qoʻygan va Arzinjon shahri yaqinida turklarning katta harbiy kuchlarini magʻlub etgan. 1395 yil Sohibqiron bu oʻlkalarga ikkinchi bor yurish qiladi, Sivosni qoʻlga kiritadi.[2.194-195-betlar]. Sohibqiron 1399-yil Rumga yuzlanadi va Boyazid tomonidan fath qilingan Kamoh qal’asini qamal qiladi. Kamoh fath etilgach, koʻp fursat oʻtmay Amir Temur Anqarani qamal qiladi. Sohibqironning bu harakati aslida taktik tadbir boʻlib, tajribali sarkardaning asosiy maqsadi Boyazidni asosiy kuchlarini shahar mudofaasiga tashlashga majbur etib, soʻng unga qaqshatqich zarba berish edi. Toʻqat shahri yonida asosiy harbiy kuchlari bilan tur-gan Boyazid I Sohibqiron askarlarining Anqarani muhosara qilganligidan xabar topadi va qamaldagilarga koʻmak berishga oshiqadi. Amir Temur Anqara qamalini bekor qiladi va raqibini kutib olish taraddudini koʻradi.[3.3jild, 25,26,27-boblar] Adabiyotlar sharxi va metadologiya: Ushbu maqolaning asosiy manbalari deb Ibn Arabshoh tomonidan yozilgan “Ajoib ul maqdur fi tarixi Taymur”, Sharafiddin Ali Yazdiy tomonidan yozilgan “Zafarnoma” asosiy va birlamchi manba sifatida tanlab olindi. Shuningdek Temuriylar harbiy tarixi bo‘yicha yetuk mutaxasis H.Dadaboyev, Usmonli Turk tarixi bo‘yicha yetuk manbashunos olim H.Inalcik hamda Amir Temur va Temuriylar davri to‘g‘risida bir qator zamonaviy tadqiqotlar tahliliytarixiy yo‘nalish asosida o‘rganildi. ➢ Asosiy Manbalar (Zamonaviy Tadqiqotlar): Ibn Arabshoh. "Ajoib al-Maqdur fi tarixi Taymur"- Dushman nuqtai nazaridan yozilgan boʻlsada, jangning bevosita guvohi hisoblanadi. Muallifning Temurga nisbatan keskin munosabati manbani tanqidiy oʻqishni talab qiladi. Sharafiddin Ali Yazdiy. "Zafarnoma"- Rasmiy temuriylar tarixi sifatida yozilgan, ammo muallifning Temurga sadoqati ba'zi voqealarni idealashtirishga olib kelgan. ➢ Harbiy Tarix Manbalari: Hamidulla Dadaboyev. "Amir Temurning Harbiy Mahorati" (1996) - Jangning harbiy jihatlarini chuqur tahlil qilgan, temuriylar harbiy san'atining noyob xususiyatlarini ochib bergan. ➢ Usmonli Manbalari:
228 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Halil Inalcık. "Devlet-i Aliyye" (2009) - Usmonli tarixshunosligining klassik asari boʻlib, jangning Usmonli imperiyasiga ta'sirini batafsil yoritgan. ➢ Xalqaro Tadqiqotlar: Beatrice Forbes Manz. "The rise and rule of Tamerlane" (1989) - Gʻarb tarixshunosligida Temur va uning imperiya qurish strategiyasini eng yaxshi tahlil qilgan asarlardan biri. Natijalar: Jangga olib kelgan tarixiy-siyosiy sharait. Temuriylar saltanatining kuchayishi. XIV asrning oxiriga kelib, Temur Movarounnahr va Eron hududida kuchli markazlashtirilgan davlat barpo etdi. 1370-1400-yillar davomida u Xorazm, Qashqar, Hindiston, Fors, Iroq, Suriya va Kichik Osiyoning bir qismini oʻziga boʻysundirdi. Temurning harbiy yurishlari nafaqat harbiy gʻalabalardan iborat boʻlib, balki savdo yoʻllarini nazorat qilish va mintaqaviy iqtisodiy ustunlikni taʼminlashga qaratilgan edi.[4.97-114 betlar] 1.2. Usmonlilar saltanatining kuchayishi. Usmonlilar saltanati XIV asr davomida Anadoluda oʻz hududlarini sezilarli darajada kengaytirdilar. Boyazid I (1389-1402) Bolqon yarim orolida muvaffaqiyatli harbiy yurishlar olib borib, Bolgʻoriston, Serbiya va Bosniyani bosib oldi. 1396-yilda Nikopol jangida xristian ittifoqchilar qoʻshinini magʻlubiyatga uchratgan Boyazid "Yildirim" laqabini oldi 1 .[5.] 1.3. Ziddiyatning asosiy sabablari. Ikki imperiya oʻrtasidagi ziddiyatning asosiy sabablari quyidagilardan iborat edi: Gʻarbiy Anadoludagi turk beyliklarining taʼsir doirasi uchun kurash. Germiyon O‘g‘ullari, Karaman O‘g‘ullari, Mentesha beyliklari kabi mahalliy hokimliklarni har ikki turk davlati o‘z qaramog‘ida saqlashga va ushlab turishga harakat qilgani bu hududlardagi turkman qabilalarining siyosiy kelajagini ham aynan kelgusida bo‘lishi mumkin bo‘lgan jang taqdiriga dahldor qilib qo‘yadi. Ipak yoʻli va xalqaro savdo yoʻllarini nazorat qilish istagi. Xitoydan boshlangan va to O‘rta yer dengiziga qadar cho‘zilgan “Buyuk ipak yo‘li” o‘rta asrlar siyosiy tarixida shubhasiz xal qiluvchi tamoillardan biri edi ya’ni ushbu savdo yo’lini nazorat qilish ayni vaqtda undan birinchi navbatda yaxshi daromad olishni va xalqaro darajada mustaqil subyekt sifatida e’tirof etilishni taminlar edi. Yuqoridagi har ikki turk davlati buni yaxshi tushungan Boyazid Anadolu va Kavkaz orqali Buyuk ipak yo‘lining g‘arbiy tarmog‘ini o‘z qol ostida ushlab turishga harakat qilgan, Temuriylar davlatida ham deyarli shunga o‘xshash struktura takrorlanadi. Amir Temur davlat boshiga kelganidan to hayotining so’ngi kunlariga qadar qilgan harbiy yurishlarining asosida Buyuk ipak yo‘lini nazorat qilish masalasi turganligini ko‘ramiz. Ikki hukmdorning shaxsiy ambitsiyalari va dunyo yakka hokimligi uchun kurash. Boyazid Yildirim (1359-1403)ning Anadolu va Bolqondagi janglarda bir qator g‘alabalarga erishishi, kuchli va yaxshi qurollangan qo‘shinning mavjudligi unga garchi o‘zidan tajribali va o’zini Chingizxondan so‘ng turkiy davlatchilik homiysi hamda davomchisi deb hisoblagan Amir Temurga qarshi turishiga olib keldi. Amir Sohibqiron Chig‘atoy ulusini boshqarish orqali butun turkiylar va qadim turk davlatchilik g‘oyalarini davom etirayotgan hamda bu vaqtgacha hali biror jangda mag‘lub bo’lmagan edi. Natijada bu ikki turk davlatlari o’rtasidagi jang nafaqat turkiy xalqlar taqdiriga ayni vaqtda butun dunyo xaritasiga daxldor bo‘lishi hamda kuch muvozanatini o‘zgartirib yuborishi lozim edi. Amir Temur va Boyazid Yildirim Anqara jangigacha 4 marotaba maktub almashishadi, maktubda Amir Temur bir vaqtlar Chingizxon Muhammad Allouddin Xorazmshohga qo’llaganidek sharq diplomatyasining nozik belgilarini qo’llaydi ammo javob maktublarida Boyazid tomonidan Temur 1 Inalcık, Halil. Devlet-i Aliyye: Osmanlı İmparatorluğu Üzerine Araştırmalar. 1-jild. Istanbul: Türkiye İş Bankası Kültür Yayınları, 2009. 470-bet.
229 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc va uning sulolasiga nisbatan haqoratli so’zlar ishlatiladi. Yuqorida keltirilgan har uchala sababda ham umumiy holat ikki turk davlati o’rtasidagi jangga qarab ketayotgandi va amalda bu sodir bo’ldi. Qoʻshinlar tarkibi, strategik taktikasi va jangning borishi. 2.1. Qoʻshinlar tarkibi va tayyorgarligi Temur qoʻshini asosan koʻchmanchi chorvadorlar va mahalliy yollanma askarlardan tashkil topgan edi. Uning asosiy kuchi harakatchan otliq qoʻshinlar va aniq kamonchilardan iborat boʻlib, ular tezkor harakatlar va aylana harakat taktikasini amalga oshirishga moslashtirilgan edi. Turli manbalarga koʻra, Temur qoʻshinining soni 140,000 dan 200,000 gacha askardan iborat boʻlgan.[6.76-bet] Boyazid I qoʻshini esa anadolu va yevropa askarlaridan, shu jumladan yengil va ogʻir otliqlar, nizomli yeniçeri piyodalari va chekka hududlardan yollangan askarlardan tashkil topgan. Usmonli qoʻshinining soni 85,000 dan 120,000 gacha askardan iborat boʻlgan. 2.2. Jang taktikasi va borishi Jang 1402-yil 20-iyulda Anqara shimolidagi Chubuk tekisligida boshlangan. 2 Temur qoʻshinni anʼanaviy markaz, qanot va zaxira qoʻshin tartibida joylashtirdi. Uning asosiy strategiyasi dushman qoʻshinini chalgʻitish va zaif tomonlariga zarba berishdan iborat edi. Raqiblar Temuriylar davlati. Usmoniylar imperiyasi Moraviya Serbiyasi Branković tumani Qoʻmondonlar Amir Temur • Shohrux Mirzo (chap qanot) • Sulton Mahmud (chap qanot) • Xalil Sulton (chap qanot) • Mironshoh (oʻng qanot) • Abu Bakr (josus quvvati) • Amir Jalol Islom (asos quvvati) • Pirmuhammad Mirzo (asos quvvati) Boyazid I Yildirim • Chandarli Ali posho (asos quvvati) • Süleyman Çelebi (chap qanot) • Stefan Lazarević (chap qanot) • Kara Timurtaş Paşa (oʻng qanot) • Mehmed Çelebi (ehtiyot quvvatlari) 2 Ushbu QR kodni skanerlash orqali siz Anqara jangi strategiyasi haqidagi video animatsiyani tomosha qilishingiz mumkin.
230 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc • Muhammad Sulton Mirzo (ehtiyot quvvati) • Eson Buga (fil quvvati) • Sultan Husayn Tayichiud Kuchlar 200,000 • Ogʻir zirxli suvoriylar • Turkiy va mogʻul kamonchilari • Piyodalar • 32 ta jangovar fil 160,000 • 5,000 ta yanicharlar • 10,000 ta serb piyodalari • Sipohiylar • Qora tatarlar Yoʻqotishlar 15,00-25,000 oʻlgan va yaralanganlar 40,000-50,000 oʻlgan va yaralanganlar Umumiy yoʻqotishlar 55,000-75,000 Lashkargoh atrofida xandaklar qazilib, xavfsizlik choralari koʻriladi. Natijada Boyazid I qoʻshini oʻzi uchun oʻta noqulay shart-sharoitda jangga kirishga majbur boʻladi. Sulton qoʻshini ayniqsa, suv tanqisligi tufayli vujudga kel-gan tashnalikdan qattiq azob chekadi. Sohibqiron qoʻshini oʻzining an’anaviy jangovor tartibi – yasodda harakat qiladi. Qoʻshinning qirq qismdan tashkil topgan markazi – qoʻliga Amir Temur bevosita rahbarlik qiladi. Soʻl qoʻl – juvangʻorga Shohrux mirzo va Xalil Sulton mirzo, juvangʻor hiravuli – ilgʻoriga Sulton Husayn mirzo, oʻng qoʻl – barangʻorga Mironshoh mirzo, barangʻar hiravuliga Abu Bakr mirzo yetakchilik qiladi. Markaz – qoʻlning oʻng tarafida Umarshayx mirzoning oʻgʻli Ahmad mirzo, Toshtemir oʻgʻlon, Shohsuvor singari sarkardalar joylashadi. Qoʻlning chap tomonidan Jalol Islom, Tavakkal qarqara, Ali Muhammad kabi bahodirlar oʻrin oladi. Qoʻshinning saflari oldida 30 ta jangovar fil muhorabaga shay qilingan edi. Qarshi tarafda Boyazid I Rum va Farang mamlakatlaridan jamlan-gan cherikiga tartib berib, jangga hozir boʻlib turdi. Qoʻshinning oʻng qanoti – barangʻorda serb Qiroli Stefan Lazerevich (Boyazid Ining qaynisi) 20 ming kishilik farangliklar bilan, chap kanoti – juvang‘orda esa Musulmon (Sulaymon) Chalabiy (Boyazid Ining oʻgʻli) Rum lashkari bilan saf tortib turdi. Sulton Boyazid Ining oʻzi qoʻshin markazida qolib, uch oʻgʻli Muso, Iso va Mustafolarni chagʻdavul (qoʻshin orti)ga qoʻydi. Jang Mironshoh mirzo qoʻl ostidagi barangʻorning dushman juvangʻariga qilgan shiddatli hujumi bilan boshlandi. Boyazid I qismi amir Jahonshoh va amir Qora Usmon rahbarligidagi qilingan hujumga bardosh bera olmay jang maydonini tashlab qochadi. Boyazid I qoʻshini saflarida paydo boʻlgan sarosimalikni payqagan Amir Temur barcha amirzodalar, umarolar, noʻyonlarning birgalikda dushmanga hujum qilishlariga hukm qiladi. Shiddatli toʻqnashuv uzoq va keskin davom etadi. Nihoyat, Sohibqiron kuchlarining qisuviga bardoshi qolmagan sulton askarlari chekina boshlaydi. Boyazid I qoʻmondonligidagi jangchilar soʻnggi damgacha qarshilik koʻrsatadilar. Yanicharlar bitta qolmay qirib tashlangandan soʻng Boyazid I va uning ikkinchi oʻgʻli Musoni Amir Temur
231 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc tomonidan 1388 yil Chigʻatoy ulusi xonligiga koʻtarilgan Sulton Mahmudxon ibn Suyurg‘atmishxon asir oladi. Ushbu asirlikdan so‘ng Boyazid ko‘p yashamaydi va 1403-yilda surunkali hastalik oqibatida vafot etadi. Ushbu voqeadan so‘ng Usmonli turklar davlatida “Fetret Davri” deb ataluvchi davr boshlanadi. Jangning qisqa va uzoq muddatli oqibatlari 1. Qisqa muddatli oqibatlar Jangning darhol koʻrinadigan oqibatlari: • Usmonli saltanatida "Fetret Davri" (1402-1413) boshlanishi[7.44-45-betlar] • Boyazid I ning asirlikda vafoti (1403) • Anadolu beyliklarining qayta tiklanishi • Usmonlilar saltanatining Bolqondagi mavqei zaiflashishi 3.2. Uzoq muddatli oqibatlar Jangning uzoq muddatli oqibatlari yanada keng qamrovli boʻldi: • Temuriylar saltanatining Gʻarbiy Osiyodagi eng kuchli davlatga aylanishi[8. ] • Usmonlilar saltanatining Yevropaga borish yoʻlidagi ekspansiyasining vaqtincha toʻxtashi. • Konstantinopol (Istanbul) ning qulashining 50 yilga kechikishi • Markaziy Osiyoda Temuriylar madaniyati va sanʼatining yuksalishiga yoʻl ochildi[11.] • Iqtisodiy oqibatlar: Savdo yoʻllarining sharqqa qaytishi va Samarqandning boyishi[9. ] Xulosa. Anqara jangi (1402) nafaqat ikki buyuk hukmdor - Amir Temur va Boyazid I oʻrtasidagi shaxsiy kurash, balki ikki buyuk imperiyaning mintaqaviy hukmronlik uchragan strategik toʻqnashuvi boʻldi. Jang natijasida: Harbiy jihatdan: Temurning ajoyib harbiy mahorati, harakatchan qoʻshini va psixologik urush usullari ustunlik qildi. Uning aniq razvedka tizimi, suv manbalarini nazorat qilish strategiyasi va qoʻshinlarning yuqori motivatsiyasi gʻalabaning asosiy omillari boʻldi.[10.] Siyosiy oqibatlar: Usmonlilar imperiyasi "Fetret Davri"ga kirib, 10 yillik fuqarolar urushi boshlandi. Konstantinopolning qulashi 50 yilga kechiktirildi. Anadolu beyliklari qayta tiklanishi mumkin boʻldi. Temuriylar saltanati Gʻarbiy Osiyodagi eng kuchli davlatga aylandi. Iqtisodiy taʼsir: Savdo yoʻllari nazorati sharqqa qaytdi, Samarqandning iqtisodiy rivojlanishi tezlashtdi. Usmonlilarning Yevropa bilan savdoda monopoliyasi sindirildi. Madaniy meros: Jang Temuriylar madaniyati va sanʼatining yuksalishiga yoʻl ochdi. "Temuriylar Uygʻonish Davri" boshlanib, Samarqand, Buxoro va Hirot dunyoning yetakchi ilmiy va madaniy markazlariga aylandi. Uzoq muddatli taʼsir: Voqea nafaqat Turkiy dunyo, balki butun Yevrosiyo tarixiga chuqur taʼsir koʻrsatdi. Yevropaning geografik kashfiyotlar davriga tayyorgarlik koʻrishiga bilvosita taʼsir qildi va mintaqaviy kuchlar muvozanatini tubdan oʻzgartirdi. Anqara jangi tarixda harbiy gʻalabadan koʻra strategik aql-idrok, geosiyosiy kurash va madaniy taraqqiyotning oʻzaro bogʻliqligini namoyish etuvchi muhim tarixiy burilish nuqtasi sifatida qolmoqda. References: 1. B. J. Eshov, A. A. Odilov. O‘ZBEKIST0N TARIXI II kitob (XIV asr o‘rtalaridan - XIX asr ikkinchi yarmigacha). Toshkent.Donishmand Ziyosi. 2020. ISBN978-9943-5686-5-5. 403-bet. 2. Ibn Arabshoh. Ajoib al-Maqdur fi tarixi Taymur. Amir Temur Tarix. U.Uvatov tarjimasi. Toshkent. Fan nashriyoti, 2019-yil. 512 bet
232 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 3. Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma.tarjima I.Shog‘ulomov Toshkent. Sharq NMIU. 1997y. 339 bet. 4. Usmonov B.A. Ўзбекистон тарихи. Amir Temur va temuriylar siyosiy tarixi: O‘quv qo‘llanma. – Farg‘ona: 2024y.299 bet. 5. Inalcık, Halil. Devlet-i Aliyye: Osmanlı İmparatorluğu Üzerine Araştırmalar. 1-jild. Istanbul: Türkiye İş Bankası Kültür Yayınları, 2009. 470-bet. 6. Hamidulla Dadaboyev. Amir Temurning Harbiy Mahorati.Toshkent. Yozuvchi.1996y96 bet. 7. Dimitris J, Kastritsis: Boyazidning o'g'illari. 1402-1413 yillardagi Usmonli fuqarolar urushida imperiya qurilishi va vakillik. Boston.2007y.250 bet. 8. Manz.B.F The rise and rule of Tamerlane. Cambridge University Press, 1989. 9. KATE FLEET. Byzantium to Turkey, 1071–1453.VolumeI. Cambridge University Press 2009.522 bet 10. Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. forschadan tarjima Yunusxon Hakimjonov. O’zbekiston NMIU.Toshkent.1996.527 bet. 11. Barthold, V.V. "Ulugʻbek va uning davri". Toshkent: Fan, 1994.