TURK DUNYOSINING BIRINCHI IMPERATORI – METEXON
Full text
233 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc TURK DUNYOSINING BIRINCHI IMPERATORI – METEXON Asqarov Ehson Furqatovich tel: 998941380 Email: [email protected] G’aniyeva Fotima G’ulomjonova tel :998991245507 Email: [email protected] Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.17643089 Annotatsiya: Ushbu maqola miloddan avvalgi 209-174 yillarda hukmronlik qilgan buyuk turk sarkardasi va davlat arbobi Metexon (Moʻtun)ning harbiy yurishlari va siyosatini tahsil qiladi. Tadqiqotda Metexon tomonidan amalga oshirilgan harbiy islohotlar, jumladan, oʻnlik tizim asosida qoʻshin tashkil etilishi, "hushtak chaladigan oʻq" yordamida qattiq intizom joriy qilinishi oʻrganilgan. Maqolada, shuningdek, Metexonning Tung-xu, Yuechji qabilalari va Xitoy imperiyasi ustidan qozonilgan gʻalabalari, shuningdek, Markaziy Osiyoda keng hududni qamrab olgan imperiyani barpo etishdagi roli tahsil qilinadi. Xitoy bilan tuzilgan "Doʻstlik va tinchlik shartnomasi" (miloddan avvalgi 197-yil)ning xalqaro ahamiyati va turk davlatchiligiga taʼsiri tahlil qilingan. Tadqiqot tarixiymanbaviy tahlil usuli asosida olib borilgan boʻlib, turk va xitoy manbalari, shuningdek, zamonaviy ilmiy adabiyotlar qiyosiy tahliga tortilgan. Kalit soʻzlar. Metexon, Hun imperiyasi, turk harbiy tashkiloti, oʻnlik tizim, Tung-xu, Yuechji, Xitoy, "Doʻstlik va tinchlik shartnomasi", Markaziy Osiyo, qabilalar birlashmasi, harbiy strategiya, davlatchilik tamoyillari. Аннотация. В данной статье исследуются военные походы и политика великого тюркского полководца и государственного деятеля Мете-хана (Модунь), правившего в 209– 174 годах до нашей эры. В исследовании рассматриваются военные реформы, проведенные Мете-ханом, включая создание армии на основе десятичной системы и введение строгой дисциплины с использованием «свистящей стрелы». Также в статье изучаются победы Метехана над племенами Тунгу-ху, Юэчжи и Китайской империей, а также его роль в создании обширной империи в Центральной Азии. Анализируется международное значение «Договора о мире и дружбе» (197 г. до н.э.) с Китаем и его влияние на тюркскую государственность. Исследование проведено на основе историко-источниковедческого анализа, с привлечением тюркских и китайских источников, а также современных научных трудов. Ключевые слова. Мете-хан, империя Хунну, тюркская военная организация, десятичная система, Тунгу-ху, Юэчжи, Китай, «Договор о мире и дружбе», Центральная Азия, объединение племен, военная стратегия, принципы государственности. Abstract. This article examines the military campaigns and policies of the great Turkic commander and statesman Mete Khan (Modun), who reigned from 209–174 BC. The study investigates the military reforms implemented by Mete Khan, including the organization of an army based on the decimal system and the introduction of strict discipline using the "whistling arrow." The article also explores Mete Khan's victories over the Tung-hu and Yuechji tribes, as well as the Chinese Empire, and his role in establishing a vast empire in Central Asia. The international significance of the "Peace and Friendship Treaty" (197 BC) with China and its impact on Turkic statehood are analyzed. The research is based on historical and source analysis, utilizing Turkic and Chinese sources, as well as modern scholarly works.
234 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Keywords. Mete Khan, Xiongnu Empire, Turkic military organization, decimal system, Tunghu, Yuechji, China, "Peace and Friendship Treaty," Central Asia, tribal unification, military strategy, principles of statehood. Kirish. Tarixda maʼlum boʻlgan birinchi Turk davlati – Buyuk Hun Imperiyasining asoschisi Metexon (Mo‘tun) (m.a. 209–174) jahon siyosiy xaritasini oʻzgartirgan liderlardan biridir. Uning mardligi, qatʼiyati va adolatparvarligi tufayli tarqoq Osiyo qabilalari yagona Hun bayrogʻi ostida birlashib, buyuk imperiyaga asos solindi (4, B 9). Ushbu tadqiqot Metexonning hokimiyatga kelish jarayonini, harbiy yurishlarini va uning turk davlatchiligi tushunchasiga qoʻshgan ulkan hissasini ilmiy asosda tahlil qilishga qaratilgan. Adabiyotlar sharxi. Metexon va uning davri haqidagi ilmiy adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, bu mavzu turkologiya va markaziy osiyo tarixi sohasida keng qamrovli oʻrganilgan. Quyida ushbu tadqiqotda asosiy foydalanilgan manbalarning tanqidiy tahlili keltirilgan: Koca, S. (1983). "Mete Han ve Zamanı" - Ushbu asar Metexon davrining dastlabki va eng muhoffal tadqiqotlaridan hisoblanadi. Muallif oʻz ishida xitoy manbalariga tayanib, Metening harbiy islohotlari va siyosiy strategiyalarini batafsil yoritgan. Biroq, isteʼdodning baʼzi tahlillari oʻz davri uchun anʼanaviy yondashuv bilan chegaralangan. Pamir, A. (2022). "Mete Han ve Eski Türk OrtaAsya Kamu Hukukundaki Yeri" - Zamonaviy tadqiqot boʻlib, Metexonning huquqiy islohotlariga qaratilgan. Muallif Mete tomonidan joriy qilingan davlat tuzilmasining turk huquqiy anʼanalariga taʼsirini chuqur oʻrgangan. Asarning kuchi xalqaro huquq va davlatchilik tamoyillarini qiyosiy tahlil qilishidadir. Atalay, C. (2014). "Asya Hun Devletinde Mao-Tun (Metehan) Dönemi" - Ushbu maqola Metexon davridagi harbiy va siyosiy voqealarni tizimli tahsil qilgan. Muallifning xitoy manbalaridan keng foydalanishi ishonchlilik darajasini oshirgan, ammo turk manbalaridan cheklangan foydalanish maʼlum bir bir tomonlamaliklikka olib kelgan. Baykuzu, T. D. (2024). "Mete Han" - Türk Dünyası Ansiklopedisidagi eng soʻnggi maqolalardan biri sifatida, mavzuning zamonaviy talqinini aks ettiradi. Qisqa boʻlishiga qaramasdan, ilmiy jihatdan aniq va manbalarga asoslangan. Alpay, E. & Çakır, G. Ö. (2024). "Mete Han ve Zamanı" - Nashr etilgan eng yangi monografiya boʻlib, arxeologik topilmalar va yangi tarixiy tahillarni oʻz ichiga oladi. Asarning keng qamrovliligi va chuqurligi uni soha boʻyicha muhim manbaga aylantiradi. Yildiz, H. va boshq. (2024). "IV. Genç Türkologlar Çalıştayı Bildiriler Kitabı" - Kollektiv monografiya sifatida turkologlarning turli perspektivalarini ifodalaydi. Har bir maqola mustaqil ilmiy qiymatga ega boʻlib, ularning yigʻindisi mavzuni har tomonlama oʻrganish imkonini beradi. Adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, soʻnggi yillarda Metexon va uning davri haqidagi tadqiqotlar sezilarli darajada rivojlangan. Zamonaviy tadqiqotchilar anʼanaviy manbalarni yangi metodologik yondashuvlar bilan uygʻunlashtirishga intilmoqda. Biroq, baʼzi sohalar, xususan madaniy va iqtisodiy tarix, nisbatan kam oʻrganilganligi kelajakdagi tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilaydi. Metodologiyasi. Ushbu ishda tarixiy tahlil usuli qoʻllanilgan. Maʼlumotlar toʻplash jarayonida Xitoyning Xan sulolasi manbalari va zamonaviy turk tarixchilari (Atalay, Koca, Pamir) ilmiy asarlariga tayandik. Tadqiqot manbalarni tanqidiy solishtirish, ulardagi ziddiyatli maʼlumotlarni (masalan, Teomanning vafoti) kontekstual tahlil qilish va Metexon davri siyosiy qarorlarining uzoq muddatli oqibatlarini oʻrganish orqali olib borildi. Muhokama va natijalar. Tadqiqot natijalariga koʻra, Metexon hukmronligi (m.a. 209–174) quyidagi uch asosiy natija bilan tavsiflanadi:
235 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Metexon otasi Teoman (Tu-man, m.a. 221-yilgacha) tomonidan garov sifatida Yuechjilar hukmdoriga yuborilgan. Teomanning oʻzining kenja oʻgʻlini voris qilish istagi Mete uchun xavf tugʻdirgan (Alpay va Çakır, 2024). Yuechjilar qoʻlidan qutulgan Mete, oʻzi ixtiro qilgan "hushtak chaladigan oʻq" yordamida askarlarni shafqatsiz intizomga oʻrgatdi. U oʻz otiga va sevimli xotiniga oʻq otishga jurʼat etmagan askarlarni qatl qilib, soʻzsiz itoatkor armiya shakllantirdi (Atalay, 2014, b. 109). M.a. 209-yilda Mete ov paytida otasini oʻldirib, taxtni egalladi va oʻzini "Ch'an-yu" deb eʼlon qildi (Baykuzu, 2024, B. 2). Mete taxtga oʻtirgach, uning davlatida zaiflik bor deb hisoblagan Tung-hular (Sharqiy varvarlar) turli talablar qoʻya boshladi. Mete ot va xotindan voz kechdi, ammo "Davlatga tegishli yerdan qanday voz kechishimiz mumkin?" deya, millatga tegishli boʻsh yerdan voz kechishni rad etdi. Bu yer masalasidagi qatʼiylik Turk davlatchiligi tushunchasiga asos boʻldi (3, B 17). Shundan soʻng, Mete Tung-hularga hujum qilib, ularni deyarli yoʻq qildi. M.a. 201-yilgacha boʻlgan yurishlar natijasida gʻarbdagi qudratli Yuechjilar magʻlub etilib, Hindistonning shimoli-gʻarbiy qismiga koʻchib oʻtishga majbur boʻldi. Bu migratsiya keyinchalik Yevropadagi qabila koʻchishlariga zamin yaratdi. Yuechjilarni magʻlub etgach, Mete eʼtiborini Xitoyning Xan sulolasiga qaratdi. M.a. 200-yilda imperator Kao-tszi 320 000 kishilik armiya bilan Metega qarshi yurish qildi. Mete aldash va notoʻgʻri yoʻnaltirish taktikasini qoʻllab, Kao-tszini Pingcheng (Baiden) shahrida tuzoqqa tushirdi. Yetti kunlik qamaldan soʻng, Kao-tszi xotinining maslahati bilan ("Xitoyni boshqarishga kuchingiz yetmaydi") sharmandalarcha qochishga majbur boʻldi. Natijada, m.a. 197-yilda "Doʻstlik va tinchlik shartnomasi" (Xo Ch'in) imzolandi. Bu shartnoma Markaziy Osiyo tarixidagi birinchi xalqaro shartnoma boʻlib, Xitoyni Hunlarga har yili oʻlpon (qimmatbaho sovgʻalar) toʻlashga va imperator qizini Metega xotin sifatida berishga majbur qildi. Metexonning harbiy yutuqlari uning buyuk siyosiy va harbiy islohotlari bilan chambarchas bogʻliq. Harbiy Islohot: U qoʻshinni 10, 100, 1000 va 10 000 kishilik boʻlinmalarga boʻlishga asoslangan oʻnlik sanoq sistemasini joriy etdi. Bu tashkiliy tuzilma bugungi kungacha Turk harbiy tizimida saqlanib qolgan yuksak intizomli va tezkor qoʻshinni yaratishga imkon berdi (6, B. 109). Davlat Boshqaruvi: Mete davrida hukmdorning iltimosiga binoan chaqiriladigan maslahat Kengashi (Kurultoy) amaliyoti mustahkamlandi. Bu Markaziy Osiyo jamoat huquqi uchun model boʻldi (2, B 22). Geosiyosiy Nufuz: M.a. 192-yildagi maktubida imperator Lyuga turmush qurish taklifi orqali Mete oʻzining Xitoy imperatori bilan teng maqomda turishini va Xitoy ustidan nazorat oʻrnatish istagini bildirgan. Xitoy tomonidan shartnomaning davom ettirilishi uning Hun Imperiyasidan qoʻrqqanidan dalolat beradi. Metexon m.a. 174-yilda vafot etguniga qadar oʻz imperiyasini sharqdan Yaponiya dengizidan gʻarbdagi Volga daryosigacha, shimoldan Sibirdan janubdagi Tibet va Kashmirgacha choʻzilgan taxminan 18 million kvadrat kilometr hududda barpo etdi (4, B 12). Xulosa. Metexon (mil.av. 209-174) nafaqat harbiy sarkarda, balki daho davlat arbobi sifatida ilk Turk imperiyasining asoschisiga aylangan. Uning joriy qilgan harbiy islohotlar - oʻnlik tizim asosida qoʻshin tashkili va "hushtakli oʻq" orqali mutlaq intizom - nafaqat oʻz davrida, balki keyingi asrlar davomida turk harbiy an'analarining asosini tashkil etdi. Metexonning strategik yutuqlari uning chegaralarni Yaponiya dengizidan Volgagacha kengaytirishga, shu bilan birga Xitoy kabi yirik davlat bilan teng huquqli shartnomaga imzo chekishga imkon berdi. Uning "davlatchilik tamoyillari" - xususan, milliy manfaatlarni shaxsiy
236 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc manfaatlardan ustun qoʻyish printsipi - bugungi kungacha turk davlatchiligining asosiy qadriyati boʻlib qolmoqda. Metexon merosi shundan iboratki, u nafaqat kuchli harbiy qudratni, balki barqaror siyosiy tizimni yaratishga muvaffaq boʻldi. Uning yaratgan imperiya nafaqat oʻz davri, balki butun Markaziy Osiyo tarixi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlib, turk davlatchiligining kelajakdagi yoʻnalishini belgilab berdi. References: 1. Yildiz, H., O‘zturk, A., Şentürk, M., & Aktaş, S. N. (Eds.). IV. Genç Türkologlar Çalıştayı (1617 Mayıs 2024, Ordu / Türkiye) Bildiriler Kitabı]. Ordu: Ordu Universiteti Nashriyoti. 2. Pamir, A. (2022). Mete Han ve Eski Türk Orta-Asya Kamu Hukukundaki Yeri. Çukurova Üniversitesi Hukuk Araştırmaları Dergisi (ÇÜHAD), 1, 1-31. e-ISSN: 2822-4809. 3. Koca, S. (1983). Mete Han ve Zamanı [Metexan va Uning Davri]. Millî Kültür, (40), 1-31. 4. Baykuzu, T. D. Mete Han [Metexan]. Türk Dünyası Ansiklopedisi. Atatürk Araştırma Merkezi. (2024). https://turkdunyasiansiklopedisi.gov.tr/%20detay/ 5100/Mete_Han_ 5. Alpay, E. (Bosh muh.). & Çakır, G. Ö. (Bosh nashr muh.). (2024). Mete Han ve Zamanı. İstanbul: Ötüken Neşriyat A.Ş. ISBN: 978-625-408-727-1. Yayın Nu: 2113. Editör: Ayşegül Karayama. Kapak Tasarımı: Tevfik Soyyiğit. Grafik Uyarlama: Damla Acar. Baskı: Çınar Matbaacılık. İletişim: İstiklâl Cad. Ankara Han 65/3 34433 Beyoğlu-İstanbul. www.otuken.com.tr 6. Atalay, C. (2014). Asya Hun Devletinde Mao-Tun (Metehan) Dönemi. KMÜ Sosyal ve Ekonomik Araştırmalar Dergisi, 16 (Özel Sayı II), 107-109. ISSN: 2147-7833.Yıldız, H., Öztürk, A., Şentürk, M., & Aktaş, S. N. (Eds.). (2024). IV. Genç Türkologlar Çalıştayı (16-17 Mayıs 2024, Ordu / Türkiye) Bildiriler Kitabı. Ordu: Ordu Üniversitesi Nashriyoti.