scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SUG'DNING QANG' DAVLATI TOMONIDAN EGALLANISHI XUSUSIDA FIKRLAR TAHLILI

Xolmatova Umida

Full text

265 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc SUG’DNING QANG’ DAVLATI TOMONIDAN EGALLANISHI XUSUSIDA FIKRLAR TAHLILI Xolmatova Umida Samarqand davlat universiteti tayanch doktaranti. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17643552 Annotatsiya: Ushbu ishda Markaziy Osiyodagi mil.avv. II-I milodiy I-II asrlarda yirik siyosiy kuch bo’lgan Qang’ davlati yuksalishi hamda qo’shni hududlarni bosib olishi, Sug’d konfederatsiyasining Qang’ davlati tarkibiga kiritilishi, ushbu masala yuzasidan qator olimlarning fikrlari tahlili ko’rib chiqiladi. Bu mavzuni yoritishda bundan tashqari Xitoy qo’yozma manbalaridan ham foydalanildi. Kalit so’zlar: Qang’ davlati, Sug’d konfederatsiyasi, yabg’u, sarmat-alan, Xitoy yilnomalari. Аннотация: В данной работе рассматриваются политический подъём государства Кангюй, являвшегося крупной силой в Центральной Азии в II–I веках до н.э. и I–II веках н.э., а также его завоевательные походы и присоединение соседних территорий. Особое внимание уделено включению согдийской конфедерации в состав государства Кангюй и анализу мнений ряда исследователей по данному вопросу. При освещении темы также были использованы древние китайские рукописные источники. Ключевые слова: Государство Кангюйб, Согдийская конфедерация, Ябгу, Сарматыаланы, Китайские летописи Annotation: This study examines the political rise of the Kangju state, which was a major power in Central Asia during the 2nd–1st centuries BCE and the 1st–2nd centuries CE, as well as its territorial expansion and conquest of neighboring regions. Special attention is given to the incorporation of the Sogdian confederation into the Kangju state and to the analysis of various scholars’ views on this issue. Ancient Chinese manuscript sources were also used in the preparation of this research. Key words: Kangju State, Sogdian Confederation, Yabghu, Sarmatians-Alans, Chinese Chronicles. Siyosiy tuzilma sifatida Qang’ davlati qang’ar qabilalari boshliqlari homiyligida birlashgan ko’chmanchi va yarim o’troq qabilalarning konfederatsiyasi bo’lib, ular miloddan avvalgi II asrgacha ham shakllangan bo’lishi mumkin. Dastlab bu kichik ittifoq bo’lib, janubda yuechjilar hokimiyatini tan olgan, sharqda esa xunlargaqaraam bo’lgan.ammo asta-sekin, miloddan avvalgiII asrdan eramizning II asrigacha u qudratli davlatga aylangan, unga ko’plab qo’shnilari qarm bo’lib qoldi. Jumladan Xoy Xan-shu yilnomasiga ko’ra, sarmat-alan (Yantsay) qabila ittifoqi ham Qang’ davlati tarkibida bo’lgan. G’arbda u Xitoyga qarshi urushda Davanning kuchli ittifoqchisi sifatida harakat qilgani ma’lum. [1:1819] Mil.avv. II-I va milodiy I-II asrlarda Qang’ davlati kengayib, qator o’troq vohalarni, jumladan, Choch, Kesh, Markaziy Sug’d (Samarqand), Buxoro va Xorazmni bo’ysundirgan. Mamlakat ma’muriy jihatdan bir qancha el, yurt va o’troq dehqonchilik viloyatlariga bo’lingan. Davlatni xoqon boshqargan. Davlat boshqaruvida qabila oqsoqollari va xarbiy sarkardalar yoki jamiyatning zodagon qatlamidan iborat bo’lgan “Oqsoqollar kengashi” muhim o’rin tutgan. El va yurtlar esa, odatda xoqon urug’iga mansub qarindoshlardan, yirik urug’ va qabila boshliqlaridan tayinlangan “yabg’u” (jabg’u)lar tomonidan boshqarilgan. Qang’ davlatiga tobe viloyatlar mahalliy hokimlar qo’lida bo’lib, ular markaziy hokimiyatxoqonlikka boj to’lash orqali o’zlarining sohdiqliklarini ko’rsatishgan. 266 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Tobe viloyatlar mahalliy hoimlar qo’lida bo’lib, ularning markaziy hokkimiyatga bo’ysunishi konfederativ asosda bo’lgani ma’lum. [2:37]. Qang’ davlati o’z kuch qudratining cho’qqisiga erishganda o’zining kuchli armiyasiga ega bo’lgan. Bu imkoniyat o’z navbatida qo’shni hududlar qabilalarni o’z davlat tasarrufiga qo’shish siyosatini faol yurgizgan. O’z qudratining cho’qqisida 120 mingdan ortiq qo’shini mavjudligi va bu orqali o’z mavqeyini mustahkamlagani ma’lum. Hatto Xitoy (Xan imperiyasi) ham Qang’ davlati bilan o’z diplomatiyasini qayta ko’rib chiqqan edi. Xitoy ayg’oqchilarining “Qang’ xalqi mag’rur va jasur” degan ta’riflari ham ularning jangovorligi nazarda tutib ta’kidlagan. [ 3:184-186]. Xitoy yilnomalarida keltirilishicha Qang’ davlati o’troq xo’jalikka ega bo’lgan beshta mintaqani o’z tarkibiga birlashtirgan. Ular Suse, Fumu, Yuni, Gi, Yugyan hisoblanib, konfederatsiyaning teng huquqli a’zolari hisoblangan. Ushbu nomlanishlar mulklarning xitoycha shakli bo’lib ushbu mulklarning xar biri o’zining bosh shahriga ega bo’lgan. Mazkur mulklarning lokalizatsiyasi maslasida ham turlicha qarashlar mavjud. S.P. Tolstovning keltirgan ma’lumotlariga ko’ra Suse-Kesh, Fumu-Kushoniya (O’rta Zarafshon), Yuni-Choch(Toshkent vohasi), GiBuxoro,YuegyanXorazm zaminlari [6:144] hisoblansa, M. Filanovich arxeologik tadqiqotlar natijasida Yuni – Choch, Suse – Sirdaryoning o‘rta oqimi, Fumu esa Yangqorgon’dan Kazalinskga qadar, Gi – quyi Sirdaryo va Yuegyan’ – Xorazm ekanligini ilgari suradi. Yuni – Choch va Yuegyan’ – Xorazm hududlariga to‘g‘ri kelishi bugungi kunda ko‘proq tarafdor topgan va shubhaga o‘rin qoldirmaydi. Shuningdek, Markaziy Sug‘d – Kushoniya (Miyonqol vohasi – hozirgi Kattaqorgon hududlari) bilan lokalizatsiyalashtirilgan Fumu ham anchayin ishonchli hisoblanadi. X asrlarga oid Tan imperiyasi tarixi aks etgan xitoy yilnomalari ma’lumotlarida ham bu ma’lumot o‘z tasdiqini topgan. Yilnomada keltirilishicha, qadimgi Fumu shahri He hukmdorligining bosh shahri bo‘lib, Kanguyga tegishli hisoblanadi. Buesa Qang konfederatsiyasining Xorazm Choch, va Sug’d kabi yirik madaniy vohalarni birlashtirgan quyi Amudaryo va Orol dengizining shimoliy hududlari bilan chegaralangan davlat bo’gani boarsidagi fikrlar tarixiy jhaqiqatga yaqin bo’lganini ifodalaydi. Aynan mana shu manbadan foydalanadigan bo’lsak aynan Sug’dning ham Qang’ davlati tarkibiga kirilishi Qang’ning xarbiy kuch qudratining cho’qqisiga erishgan paytda amalga oshirilganini xulosa qilsak bo’ladi. Qang’ davlatchiligi bililmdoni olim K. Shoniyozov o’z tadqiqotlarida xulosa qilishicha Sug’d konfederatsiyasi mil.avv. 175-yilda Qang’ davlati tarkibiga kirgan. [4:5] Tarixchi olim A. Muhammdjonov Qang’ davlati el-urug’larining “yabg’u” yoki “jabg’u” unvnidagi shaxslar tomonidan boshqarilganini aytib o’tishiga bog’lasak [4:37], “Yabg’u” unvonining mil.avv. II asrdan boshlab Sug’d hukmdorlari unvoni sifatida qo’llanganini e’tiborga bo’sa, ayni davrdan boshlab Qang’ davlatining Sug’dni egallagani aniqlanadi. Kushon podsholigi tashkil topishi va uning hududi kengayishi munosabati bilan Qang’ davlatining janubiy chegaralari o’zgargan bo’lishi mumkin. Bu haqida E.Rtveladze o’z tadqiqotlarida to’xtalib o’tgan.[5: 67-68] Qang’ davlati tarkibiga Sug’d konfederatsiyasi batamom vassal bo’lmagan, aksincha yuqorida aytib o’tganimizdek Qang’ davlati bosib olgan, o’z hududi tarkibiga olgan mulklarni to’la –to’kis boshqarish siyosatini olob bormagan. Bosib olingan hududlarda ularning mahalliy hokimiklari saqlanib qolgan, hamda bu mulklar yirik soliq to’lovlarini doim amalga oshirib kelishgan. Sug’d ham o’z navbatida iqtisodiy erkin siyosat yuritganligini Sug’dning Buxoro va Samarqand mulklarida Yunon-Baqtriya podsholaridan Yevtidem hamda Girkod tangalarining Qang’ davlati tarkibida bo’lgan davrda ham amalda ishlatilganligini ko’rsatuvchi dalillar isbotlaydi. 267 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc References 1. Литвинский Б.А. Кангюско-сарматский фарн (к историко-культурным связям племен России и Средней Азии). Душанбе: Дониш, 1968. С. 1819 2. Муҳаммаджонов А. Қанғ – қадимги Тошкент ва тошкентликлар (тарихий лавҳалар). ... Б. 37. 3. Бичурин Н.Я. (Иакинф) Собрание сведений о народах, обитавших в Средней Азии в древние времена. В 3-х томах. Москва-Ленинград: Изд. АН СССР, 1950. Том II. С. 184-186. 4. Муҳаммаджонов А. Қанғ – қадимги Тошкент ва тошкентликлар (тарихий лавҳалар). ... Б. 37. 5. Ртвеладзе Э.В. Кушанское царство. Династии, государство, народ, язык, письменность, религии. Ташкент: Историческая библиотека, 2019. С. 67-68. 6. Толстов С. П. По следам древнехорезмийской цивилизации. Москва, 1948. С. 144