scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SURXONDARYO VILOYATIDA INGICHKA TOLALI PAXTA YETISHTIRISHNING YO'LGA QO'YILISHI

Yoqubova Dilaram Tadjiyevna

Full text

274 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc SURXONDARYO VILOYATIDA INGICHKA TOLALI PAXTA YETISHTIRISHNING YO‘LGA QO‘YILISHI Yoqubova Dilaram Tadjiyevna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti professori Tel: 90 920-34-78 https://doi.org/10.5281/zenodo.17643634 Annotatsiya: Sovet hokimiyati paxta yakkahokimligini rivojlantirish maqsadida paxta navlarni mintaqaga mos navlarini ekish borasida ham muhim amaliy ishlarni bajardilar. Ayniqsa, sanoat uchun muhim hisoblangan ingichka tolali paxta navlarni yaratish ishlariga alohida e’tibor berib. Bu ishlar uchun zaruriy mablag‘larni ajratish va issiqga chidamli navlarni ko‘paytirish ishlari uchun ilmiy tadqiqot institularni tashkil etdi. Ushbu ilmiy tadqiqot ishlariga tajribali ilmiy xodimlarni va agronom mutaxassislarni ham jalb etdi. Surxon vohasida ingichka tolali pakta navlarini yaratishda alohida xizmat qilgan M.S.Istominning ilmiy tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning xizmatlari tufayli ingichka tolali paxta navlari yaratildi va sinovdan o‘tkazildi. Uning tinimsiz izlanishlari natijasida Surxondaryo oblastining ingichka tolali paxta yetishtirishga moslashgan Sherobod dashtining janubiy qismida o‘ziga xos tabiiy sharoitlar aniqlanib, bu hududda temperaturalarning yig‘indisi 6 ming gradus (daraja)ni tashkil etib, bu esa paxta uchun 3200 gradusga yaqin ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan temperaturalarning yig‘indisini mavjudligi bilan ajralib turar edi. Kalit so‘zlar: Sovet, yakkahokimligi, paxta, ingichka tola, sinov, tadqiqot, “qish”, afg‘onka,garmsel, kanal, sug‘oriladigan, to‘qimachilik, urug‘lik, sentner, seleksiyasi. Kirish. Sovet hokimiyati paxta yakkahokimligini rivojlantirish maqsadida paxta navlarni mintaqaga mos navlarini ekish borasida ham muhim amaliy ishlarni bajardilar. Ayniqsa, sanoat uchun muhim hisoblangan ingichka tolali paxta navlarni yaratish ishlariga alohida e’tibor berib. Bu ishlar uchun zaruriy mablag‘larni ajratish va issiqga chidamli navlarni ko‘paytirish ishlari uchun ilmiy tadqiqot institularni tashkil etdi. Ushbu ilmiy tadqiqot ishlariga tajribali ilmiy xodimlarni va agronom mutaxassislarni ham jalb etdi. Surxon vohasida ingichka tolali pakta navlarini yaratishda alohida xizmat qilgan M.S.Istominning ilmiy tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning xizmatlari tufayli ingichka tolali paxta navlari yaratildi va sinovdan o‘tkazildi. Uning tinimsiz izlanishlari natijasida Surxondaryo oblastining ingichka tolali paxta yetishtirishga moslashgan Sherobod dashtining janubiy qismida o‘ziga xos tabiiy sharoitlar aniqlanib, bu hududda temperaturalarning yig‘indisi 6 ming gradus (daraja)ni tashkil etib, bu esa paxta uchun 3200 gradusga yaqin ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan temperaturalarning yig‘indisini mavjudligi bilan ajralib turar edi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida o‘rtacha kunlik temperaturali kunlarning yillik miqdori – 10 (gradus) dan yuqorisi 261 kun, 5 (gradus) dan yuqorisi 44 kun bo‘lib, noldan pasti bir kun ham yo‘q. Bulutsiz kunlar va quyoshli soatlarning miqdori Birlashgan Arab Respublikasidagiga nisbatan bu yerda ko‘p bo‘lib, dastlabki ko‘saklarning ochila boshlaganidan to kuzgi sovuqlar tushgangacha yana 120 kun issiq vaqt bo‘lib, bu davrda barcha ko‘saklar ochilib ulguradi. May va sentabr oylarining temperatura sharoitlari bir xil; “qish” degan narsa bo‘lmaydi, minimal o‘rtacha kunlik issiqlik temperatura butun qish bo‘yi plyus ikki gradus (daraja)dan past tushmaydi. Yog‘ingarchiliklar juda kam bo‘ladi. Sherobod va Termizda ular yil mobyhaynida 150 millimetrdan oshmaydi, shu jumladan dekabrdan to may oyigacha 90 millimetrni tashkil etadi. Havoning nisbiy nami juda ham oz bo‘lib, O‘rta Osiyoning paxta yetishtiriladigan birorta mintaqasida uchramaydi; bir yilning 200 kunida havoning nisbiy havo nami 30 foizdan kam bo‘ladi, yoz oylarida esa u 18-20 foizgacha pasayadi, janubi-g‘arbadn esadigan garmsel (afg‘onka) havoning nisbiy namligi 13-16 foiz bo‘ladi.[7: 5b] 275 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Ingichka tolali paxta (ITP) Surxondaryo viloyatida yetishtirish masalasi Oʻzbekiston agrar siyosatining yuqori qoʻshimcha qiymatli mahsulotga oʻtish strategiyasining muhim qismidir. Bu dissertatsiya oʻz dolzarbligini nafaqat iqtisodiy zaruriyatdan, balki mavjud ilmiy adabiyotlarda aniqlangan kompleks metodologik boʻshliqni toʻldirish ehtiyojidan ham oladi. Mavzuning oʻrganilganlik darajasi tahlil qilinar ekan, uchta asosiy ilmiy qatlam aniqlandi. Birinchidan, fundamental agronomik va seleksionerlik asarlari (S. S. Mirahmedov, A. A. Avtonomov) mavjud boʻlib, ular Gossypium barbadense L. turining genetik xususiyatlari va umumiy agrotexnik talablarini chuqur yoritadi. [1:22 b] Bu ishlar ITP yetishtirishning biologik imkoniyatlarini nazariy jihatdan asoslaydi. Biroq, bu tadqiqotlar Surxondaryo viloyatining spetsifik subtropik iqlimi (yuqori harorat, yengil tuproqlar, garmsel xavfi) sharoitlarida iqtisodiy jihatdan optimal natijaga erishish uchun zarur boʻlgan differensiallashgan agrotexnikani toʻliq modellashtirmaydi. Ikkinchidan, iqtisodiy adabiyotlar (R. R. Gʻulomov, I. G. Sarayev) klaster tizimi, paxta sanoatining rentabelligi va qiymat zanjiridagi umumiy muammolarni yoritadi. [5: 70 b] Ushbu manbalar ITPga oʻtishning umumiy iqtisodiy ratsionalini va jahon bozori talabini tasdiqlaydi. Lekin bu tahlillar, aynan Surxondaryo viloyatining paxta maydonlarini ITP navlariga oʻtkazishda yuzaga keladigan xarajatlar, resurs taqsimoti va suv resurslaridan foydalanishdagi oʻzgarishlarni kompleks ravishda oʻrganmagan. Tadqiqotda ITP rentabelligini, resurs (suv, oʻgʻit) sarfini va mehnat unumdorligini oʻrta tolali paxtaga nisbatan qiyosiy baholash uchun korrelyatsion, regresyon tahlil metodlari qoʻllaniladi. Bu xarajatlar va foyda oʻrtasidagi matematik aloqalarni ilmiy asoslash uchun zarurdir. Muhokama va natijalar. Sherobod dashtining yoki Surxon-Sherobod vodiysi janubiy qismi iqlimining bu alohida sharoitlari agrotexnika usullarida qat’iy hisobga olib, bu yerlarda asrlar bo‘yi suv kamchil bo‘lganligi sababli Surxon-Sherobod vodiysining juda katta yer massivlaridan, uning iqlim sharoitlari qanchalik qulay bo‘lishiga qaramasdan, juda kam foydalanilganligini hisobga olib yangi paxta maydonlarini yaratish uchun tuproq tarkibni o‘rganishga oid tadqiqotlar olib bordi. Surxon daryosi orqali esa har yili 2,5 milliard kubometr suv bekorga boshqa yoqlarga oqizib yuborilar, vaholanki bu suv bilan mazkur boy o‘lkani jonlantirib yuborish mumkin edi. Faqat 1966 yiligina Sherabod nasos stansiyasi orqali Qiziriq Dara dashtiga birinchi marta suv berildi. Zang kanali endilikda batamom rekonstruksiya qilingan va sekundiga 86 kubometr yoki qurilayotgan paytidagi o‘tkazish quvvatidan 5 baravar ko‘p suv o‘tkazadi. Janubiy Surxon suv ombori kompleksida bajarilgan barcha ishlar va ob’ektlar yaxshi bahs bilan qabul etilgan. Natijada oblastning janubida yilning istalgan davrida sug‘orish uchun yetarli miqdorda suv bor. [2:143b] M.S.Istominni olib borgan xizmatlari tufayli O‘zbekistonda paxta bo‘yicha, ayniqsa ingichka tolali paxta bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar juda og‘ir sharoitlarda ro‘yobga chiqarilib, Sovet ittifoqining rivojlanib borayotgan to‘qimachilik sanoati yuqori sifatli va pishiq gazmollar ishlash uchun paxtaning yuqori tip tolalarini talab qilgan bir vaqtda ingichka tolali paxta yetishtirish ishi juda yangi qiyinchilik evaziga bajarildi. [3:121b] Dastlabki yillarida sinov asosida ingichka tolali paxta urug‘ini iqlimning qanday sharoitlarida ekish; u suvga, o‘g‘itga, g‘o‘za tuplari oralarining tig‘izligiga, yuqori temperaturalarga, xavoning namligi va hokazolarga qanday munosabatga bo‘lishi va paxtaning qachon pishib yetilishi ma’lum emas edi. Shu maqsadda chet mamlakatlardan keltirilgan Misr paxta chigiti (bu paxta navi o‘sha vaqtda shunday deb atalardi) SSSRning barcha paxta ekiladigan zonalarida ekilib, bundan mazkur nav paxta uchun eng optimal iqlimiy sharoitlarni aniqlash maqsad qilib olindi. Eng og‘ir mehnat ingichka tollali chigit yerga qo‘l bilan qadalardi. 276 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Chunki urug‘lik chigit juda kamligi sababli ular ba’zan xatto ko‘chat qilib o‘tkazilardi. Shu bilan birga u vaqtlarda seyalka ham juda kam edi. Surxondaryo oblastida bu nav Sherobod, Termiz va Jarqo‘rg‘on rayonlarida sinovdan o‘tkazilib, 1933 yili bu yerda 3,5 ming gektar yerga shunday nav paxta ekilib, 2 ming tonnadan ziyod ingichka tollali paxta yetishtirildi. 1934 yilning bahorida Surxondaryo oblastining mazkur rayonlarida barcha maydonlarga ikki nav: Pima va Maarad navlari ekilib, Maarad navi bu joylarning sharoitiga ancha muvofiq sinovdan o‘tib, ancha yuqori hosil va sifatli tola berdi.1934 yilnig ko‘klamida boshlab bu rayonlarda faqat ingichka tolali nav paxta ekila boshladi. 1933 yildan boshlab Surxondaryo oblastining bu rayonlarida eng yaxshi va yuqori hosilli uchastkalardan urug‘lik chigit tayyorlash bo‘yicha katta sinov tadqiqot ishlar o‘tkaziladi. 1934 yilning bahorida esa Sherobod rayonidagi Chuyunchi qishlog‘idagi Kirov nomli kolhozda elit urug‘chilik xo‘jaligi tashkil etiladi. Bu xo‘jalik Surxondaryo va Buxoro oblastlaridagi hamda Farg‘ona vodiysidagi xo‘jaliklarni urug‘lik chigit bilan ta’minlanadi. Bu o‘rinda shuni qayd etish kerakki, ingichka tolali kechpishar Pima va Maarad navlarinig hosili amalda ingichka tolali bo‘lmagan paxta gruppalaridan ekilgan navlarining hosilidan kam bo‘lmadi. [4:83-84b]. Ingichka tolali paxtadan yuqori hosil yetishtirganliklari uchun kolxozchilardan, xo‘jaliklar va rayon raxbarlaridan 9 kishi Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvonini olishga musharraf bo‘ldi. Qishloq xo‘jaliginig ko‘pgina mehnatkashlari SSSR orden va medallari bilan taqdirlandi, yuqori faxriy unvonlar oldi. 35-1; 5476-I paxta navlari fuzarioz vilti bilan kuchli darajada zararlanganliklari munosabati bilan bu navlar ekiladigan yer maydonlari keskin qisqara boshladi. Bunga uning sifatini hisobga olmay paxta yetirishga intilish ham kuchli darajada yordam berdi. 1964 yili bu nav hammasi bo‘lib oblast’ bo‘yicha 12365 gektar maydonda qoldi, atigi 23.178 tonna paxta yetishtirildi. Bu, oblastda tayyorlanadigan umumiy paxta miqdorining 9 foizga yaqinini tashkil etdi.[6:19 b] Xulosa qilib shuni alohida ta’kidlash keraki, sovet hokimiyati yillarda Surxondaryo viloyati hududi paxtachilikni keng rivojlantish mantaqasiga aylantirilib, vohada ingichka tolali paxta ekish imkoniyatlari to‘liq o‘rganib chiqildi. Natijada voha paxta navlari uchun sinov maydoniga aylanib, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishuvchi hudud sifatida tanlandi. Bu kabi davlat siyostini amalga oshirishda S.M.Istomin kabi tadqiqotchilarni mehnatidan keng foydalanildi. Viloyatda ekiladigan asosiy ingichka tolali paxta navi 5904-I bo‘lib, 3 tip tola berib, bu nav paxta fuzarnoz vilti va qora ildiz chirish kasalliklariga chidamli bo‘lmagani sababli uning o‘rniga S6002 navi ekildi. Bu nav 2 tip tola beradi, fuzarioz kasalligiga chidamli bo‘lsa-da, ammo makrosporioz kasalligiga bardosh berolmadi. Oblast qishloq xo‘jalik tajriba stansiyasi tomonidan chiqarilgan T3, T7, T8 navlari 2 ildiz chirish kasalliklariga chidamli , 5904-I naviga nisbatan ancha yuqori hosilli bo‘lib, bir necha kun erta yetilganligi bilan iqtiosdiy foyda keltirdi.. References 1. Avtonomov, A. A., Abdullayev, A. O. Oʻzbekistonda ingichka tolali gʻoʻza navlarini yaratish va ularni joylashtirishning ilmiy asoslari. Toshkent: Innovatsiya nashriyoti, 2018. 2. Mirahmedov, S. S. Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi. Toshkent: Fan, 2005. 140 b. 3. Sarayev, I. G. Paxta-toʻqimachilik klasterlarining iqtisodiy samaradorligi. Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi. Toshkent, 2021. 4. Gʻulomov, R. R. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (paxta) yetishtirishda resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy mexanizmlari. Toshkent: Iqtisodiyot, 2019. 5. Olimjonov, B. M. Oʻzbekiston paxtachiligini innovatsion rivojlantirishning agroekologik va iqtisodiy muammolari. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Samarqand, 2023. 277 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 6. Surxondaryo VDA, 18 jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 141-ish, 15-varaq. 7. Surxondaryo viloyati davlat arxivi.Fond-48, opis Surxondaryo VDA, 19 jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 45-ish, 6-varaq.