scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

JAMIYATDA AXBOROT MANIPULATSIYASI

Ruyiddinova, Aisha

Abstract

Ushbu maqolada axborot manipulatsiyasi jarayonlari va ularning jamoatchilik fikri shakllanishidagi o‘rni ijtimoiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ishonch darajasining axborot manbalariga ta’siri o‘rganiladi hamda jamiyatdagi turli guruhlarning axborot manipulatsiyasiga nisbatan munosabati sotsiologik kuzatuvlar orqali yoritiladi. Maqolada, shuningdek, ishonch va manipulatsiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ijtimoiy tarmoqlar faoliyati, algoritmik filtrlash va mikroma’lumotlardan foydalanish jarayonlari tahlil etiladi.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 18 DOI: https://10.5281/zenodo.17644859 JAMIYATDA AXBOROT MANIPULATSIYASI Aisha Ruyiddinova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat siyosati va boshqaruv akademiyasi tayanch doktoranti ANNOTATSIYA Ushbu maqolada axborot manipulatsiyasi jarayonlari va ularning jamoatchilik fikri shakllanishidagi o‘rni ijtimoiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ishonch darajasining axborot manbalariga ta’siri o‘rganiladi hamda jamiyatdagi turli guruhlarning axborot manipulatsiyasiga nisbatan munosabati sotsiologik kuzatuvlar orqali yoritiladi. Maqolada, shuningdek, ishonch va manipulatsiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ijtimoiy tarmoqlar faoliyati, algoritmik filtrlash va mikroma’lumotlardan foydalanish jarayonlari tahlil etiladi. Kalit so‘zlar: axborot manipulatsiyasi, jamoatchilik fikri, ishonch darajasi, axborot manbalari, algoritmik filtrlash, mikroma’lumotlar АННОТАЦИЯ В данной статье анализируются процессы информационной манипуляции и их роль в формировании общественного мнения с социальной точки зрения. Исследуется влияние уровня доверия на источники информации, а также отношение различных групп общества к информационной манипуляции через социологические наблюдения. В статье также рассматривается взаимосвязь доверия и манипуляции, деятельность социальных сетей, алгоритмическая фильтрация и использование микро-данных. Ключевые слова: информационная манипуляция, общественное мнение, уровень доверия, источники информации, алгоритмическая фильтрация, микроданные ABSTRACT This article analyzes the processes of information manipulation and their role in shaping public opinion from a social perspective. The study examines the impact of trust levels on information sources and the attitude of various social groups toward information manipulation through sociological observations. The article also explores the interrelationship between trust and manipulation, the activities of social networks, algorithmic filtering, and the use of microdata. Keywords: information manipulation, public opinion, trust level, information sources, algorithmic filtering, microdata. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 19 KIRISH Kundalik hayotimizda manipulatsiya so‘zini ko‘p eshitganmiz, hattoki o‘zimiz bilmagan holda uni qurboni bo‘lgan bo‘lishimiz ham mumkin. Manipulatsiya lotincha so‘z bo‘lib “manipulation” – “qo‘l bilan boshqarish”, “yashirin boshqaruv” degan ma’noni anglatadi {1} Ilmiy nuqtai nazardan esa manipulatsiya – bu insonlarning fikri, hissi, yoki hatti-harakatiga yashirin, ta’sir o‘tkazish orqali ularni kerakli yo‘nalishda boshqarish jarayonidir. Sergey Kara-Murza shunday degan, “Manipulatsiya – inson ongiga shunday ta’sir ko‘rsatish jarayoniki, natijada u o‘z manfaatiga zid bo‘lgan qarorni o‘z xohishidek qabul qiladi” {2} masalan kimdir sizga bir mahsulotni “eng foydali, eng sifatli” deb reklama qiladi, siz uni sotib olasiz, lekin keyin bilasizki, aslida u sizga kerak emas, yoki foydasiz. Ishonchli manbalar orqali amalga oshirilishi esa yanada natijali bo‘lishi mumkin, masalan, televizor, biror bir siz yaxshi ko‘rib kuzatadigan bloger, taniqli shaxs yoki expert sifatida. Yoki ovoz berish jarayonlarini olsak, aytaylik siz ishxonangizda rahbar tayinlash uchun ovoz beryapsiz, manipulyatorlar his-tuyg‘ularingizga ta’sir o‘tkazish orqali sizni qaroringizni o‘zgartirishi mumkin. Qo‘rquv, achinish, yoki muhabbat uyg‘otish orqali maqsadlariga yetishadi. Siz esa bu qarorni o‘zim qabul qildim deb o‘ylaysiz. Robert Cialdini manipulatsiya haqida shunday deydi – bu insonning ong osti mexanizmlari ( ishonch, emotsiya, qo‘rquv, majburiyat hissini ishga solib, uni kerakli qarorga yo‘naltirish san’ati.” {3} Ho‘sh bu xavflimi? Albatta, manipulatsiya insonning erkin fikrlashini tortib oladi. Inson o‘zi mustaqil qaror qilyapman deb o‘ylaydi, ammo aslida uning ongini kimdir “boshqarib” turadi. Shu sababli jamiyatda noto‘g‘ri qarorlar, soxta ishonch, yolg‘on axborotlar tarqaladi. Qanday yo‘llar orqali? 1. Reklama: “Siz bu mahsulotni sotib olmasangiz, orqada qolib ketasiz” ya’ni his-tuyg‘u orqali manipulatsiya. 2. Ijtimoiy tarmoq: Faqat ma’lum bir fikrni targ‘ib qiladigan postlar sizga ko‘rinadi, boshqacha fikr yashiriladi, yoki o‘zingiz ham kuzatgan bo‘lishingiz mumkin, biror narsaga qiziqish bildirsangiz sizga shunga oid ma’lumotlar yoki mahsulotlar ko‘p ko‘rsatiladi, bu ijtimoiy tarmoq algoritmlari bilan bog‘liq. 3. Yangiliklar: Biror voqea faqat bir tomondan yoritiladi, shunda siz uni to‘liq haqiqat deb qabul qilasiz. Yoki faqat ijobiy ma’lumotlar tarqatilishi aksincha faqat norozilik kayfiyatidagi yangiliklar tarqatilishi mumkin. Uch kun, bir hafta, boring bir oy davomida ketma ket salbiy axborotlar qabul qilsangiz, natijada atrofdagi hamma voqea hodisalar salbiydek,sotsiologik muammolar ko‘pdek, insonlar oqibatsizdek, siyosat sizga noto‘g‘ridek ko‘rinaveradi. Bunday vaziyatda axborot balansi buzilgan bo‘ladi. Nega axborot balansi muhim? Bu insonlar voqeani noto‘g‘ri anglashiga, va xató qarorlar chiqarishiga olib keladi. Salbiy INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 20 axborotlarning ko‘payishi xattoki insonlarda qo‘rquv va pessimizmni oshiradi, natijada ular xavotirga tushib, haddan ortiq ehtiyotkor bo‘lib qolishadi, haddan ortiq ehtiyotkorlik esa odamlarni passiv qilib qo‘yishi mumkin, ya’ni hech bir ish, yangilik qilmaydi, har tomonini o‘ylayverib muhim bir ishga qo‘l urishmaydi. Oxir oqibat, hukumatga, jamiyatga, insonlarga ishonch zaiflashadi. Aksincha, ijobiy axborotlarning haddan ortishi esa, jamiyatdagi real muammolarni chetda qoldiradi, hal qilinishi kerak bo‘lgan haqiqiy muammolarga zarur choralar ko‘rilmasligiga olib keladi. Yakunda haqiqatda mavjud bo‘lgan xavflar e’tibordan chetda qolishi mumkin. Shuning uchun ham jamiyatda axborot balansi muvozanatda bo‘lishi muhim. Jamiyatda axborot balansining buzilishi saylovlar, sog‘liqni saqlash, favqulodda vaziyatlar kabi muhim yo‘nalishlarda insonlarning noto‘g‘ri reaksiyasini yuzaga chiqarishi ehtimoli bor. Bunday vaziyatda nima qilish mumkin? • O‘qiyotgan manbalaringizni xilma-xilligini oshirish: turli mahalliy va xorijiy manbalarni kuzatib boring, taqqoslash uchun kerak bo‘ladi. • Savol berish: “Bunda nima yashirin?” kabi, va imkon boricha boshqa taraflarini ko‘rishga harakat qiling, • Fact-checking: ishonmagan, yoki shubha qilgan xabaringizni tekshiring • Manba homiysini tekshiring: ko‘p hollarda media va OAV da pullik post va maqolalar, teleradio ko‘rsatuv va eshittirishlar bo‘ladi. Kim moliyalashtirganini, va kim muallif ekanligini bilish orqali siz axborotga munosib baho bera olasiz. Noam Chomsky shunday degan: “Manipulatsiyabu axborotni tanlab, yo‘naltirib taqdim etish orqali jamoatchilik fikrini boshqarish.” {4} Chomsky bu jarayonni siyosiy va iqtisodiy manfaatlar bilan bog‘laydi – ya’ni axborot oqimini kim nazorat qilsa, u odamlarni fikrini ham boshqaradi. Mediada hukmdor doiralar qaysidir yangilikni e’lon qiladi, qaysidirni esa yashiradi, aniqrog‘i yangiliklar tanlanadi. Chomsky “ommaviy axborot vositalari siyosiy va iqtisodiy elitalar tomonidan boshqarilsa, u holda jamoatchilik fikri ham ularning manfaatiga mos shakllanadi” degan fikrni ham ilgari suradi. Agar media ayrim siyosiy va tijoriy kuchlar ta’sirida bo‘lsa, ular faqat o‘sha tomonga foydali ma’lumotni ko‘rsatadi. Jean Baudrillard – “zamonaviy axborot jamiyatida haqiqat o‘rnini tasvir egallaydi. Odamlar endi voqelikni emas, balki voqelikning media orqali yaratilgan nusxasini iste’mol qilishadi.” {5} odamlar haqiqiy hayotdan ko‘ra media tasvirga ko‘proq ishonadi. Shuning uchun ham demokratik jamiyatlarda axborot manbalari erkinligi, mustaqil OAV, tahliliy jurnalistika va ochiqlik juda muhim qadriyat hisoblanadi. Raqamlashgan, sun’iy intellektli va zamonaviy jamiyatda axborot manipulatsiyasi algoritmlar va mikroma’lumotlar orqali ham amalga oshirilmoqda. Manuel Castells o‘zining “Axborot davri: tarmoqli jamiyat” asarida: “Axborot manipulatsiyasi endi markazlashtirilgan emas, balki tarmoqli shaklda – ijtimoiy tarmoqlar, algoritmlar va INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 21 mikroma’lumotlar orqali amalga oshmoqda” deb yozadi.{6} Ya’ni bir foydalanuvchiga individual ta’sir o‘tkazish imkoniyati yaratilgan. Ijtimoiy tarmoq, algoritmlar va mikroma’lumotlar (microdata) bugungi kundagi axborot manipulatsiyasining eng kuchli vositalaridir. Mikroma’lumot bu har bir foydalanuvchining izi, qaysi postni ko‘rishingiz, qaysi videoda uzoqroq to‘xtashingiz, nimalarga yoqtirish belgisi (like) bosishingiz, kim bilan yozishib hatto telefondan foydalangan vaqtingizgacha. Bu ma’lumotlar orqali sizning qiziqishlaringizdan tortib emotsional holatingizgacha taxmin qila olish imkonini beradi. Ijtimoiy tarmoqlarning algoritmlari sizga aynan sizni qiziqtiradigan yoki sizni ma’lum yo‘nalishda fikr bildirishga undaydigan kontentlarni chiqaradi. Masalan: Agar siz moda, san’atga oid ma’lumotlarni ko‘p o‘qisangiz shunga oid mahsulotlar sizga ko‘rsatiladi. Natijada, bir yo‘nalishga qaratilgan axborotlar bilan chegaralanib qolasiz, sizga aynan mavzuga yaqin ma’lumotlar chiqaveradi. Natijada inson o‘z fikriga o‘xshash fikrlarni ko‘radi, boshqa qarashlardan esa uziladi. Bu ommaviy manipulatsiyadan individual manipulatsiyaga o‘tishdir. Avval, ommaviy manipulatsiya bitta xabar orqali millionlab odamlarga yo‘naltirilgan bo‘lsa, hozirda har bir inson uchun alohida xabar yuboriladi. Agarda siz siyosatga qiziqsangiz siyosiy xabarlar ko‘rsatiladi, yoki sportga qiziqish bildirsangiz unga oid ma’lumotlarga duch kelasiz. Natijada har birimiz o‘ziga xos manipulatsiyaga uchraymiz. Muammo va yechimlar: Axborot manipulatsiyasi orqali jamoatchilik fikri buzilishi mumkin, odamlar real voqealarni emas tanlab olingan va buzilgan axborotni ko‘radi. Jamiyatda esa, soxta fikrlar ko‘payadi, steriotiplar va haqiqatdan uzoq xulosalar shakllanadi. Axborot o‘yinlari kuchayishi esa oxir oqibat hech kim va hech nimaga ishonchni qoldirmaydi. Ishonchsizlik yuzaga chiqadi, haqiqat tushunchasi yo‘qoladi. Erkin fikr yo‘qoladi, ongli ravishda tanlov qilish qobilyati kamayadi, o‘z manfaatiga zid qarorlar qabul qilib o‘zim tanladim deb o‘ylaydi. Doimiy axborot oqimi, shov shuvli sarlavhalar, yolg‘on ma’lumotlar esa ongni charchatadi, natijada odamlar fuqarolik pozitsiyasidan uzoqlashadi, hech nimaga aralashmay qo‘yadi, har qanday voqea ularni qiziqtirmay qo‘yishi mumkin. Insonlarni, yoshlarni axborotni tanqidiy tahlil qilishga o‘rgatish juda muhim, manbalarni tekshirib manipulatib belgilarni aniqlash orqali ular axborot manipulatsiyasiga uchrashi kamayishi mumkin. OAV esa ko‘rishlar soni (prosmotr)ni emas jamiyat manfaatini ham o‘ylashi kerak. XULOSA Axborot manipulatsiyasi – bu ko‘rinmas boshqaruv shakli. U insonni majburlamaydi, balki uning ongini o‘zi sezmagan holda yo‘naltiradi. Shuning uchun unga qarshi kurashishning eng samarali yo‘li, tanqidiy fikr, media savodxonlik va ishonchli axborot tizimini shakllantirishdir. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 22 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Merriam-Webster Dictionary. — “Manipulation” entry: https://www.merriamwebster.com/dictionary/manipulation 2. Кара-Мурза, С. Г. Манипуляция сознанием: Современная психология воздействия на человека. – Москва: АСТ, 2004. 3. Cialdini, R. B. (2001). Influence: Science and Practice (4th ed.). Boston: Allyn & Bacon. (Birinchi nashr 1984 yilda chiqarilgan, keyingi nashrlarda yangilangan.) 4. Херман, Э. С., & Чомски, Н. Производство согласия: Политическая экономика массовых медиа. – М.: Издательство «Прогресс», 1992. 5. Baudrillard, J. (1981). Simulacres et Simulation. Paris: Éditions Galilée. 6. Castells, M. (1996). The Rise of the Network Society. Vol. 1: The Information Age: Economy, Society and Culture. Oxford: Blackwell.