INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 28 DOI: https://10.5281/zenodo.17644882 BOSHQARUV HISOBIGA BLOKCHEYNNI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI N.R. Pulatova EMU instituti Buxgalteriya kafedrasi dotsenti Email:
[email protected] ANNOTATSIYA Blokcheyn texnologiyasi axborot xavfsizligi, ma’lumotlarning o‘zgarmasligi va shaffofligi tamoyillariga asoslangan holda moliyaviy va boshqaruv hisobi sohasida inqilobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega. Ushbu maqolada boshqaruv hisobiga blokcheynni joriy etishning ilmiy asoslari, uning afzalliklari va cheklovlari tahlil qilinadi. Shuningdek, texnologik rivojlanishlar, tarmoq arxitekturasi, smart-kontraktlar va buxgalteriya tizimlarining integratsiyasini hisobga olgan holda blokcheynning samaradorligi baholanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, blokcheyn asosidagi boshqaruv hisobi korporativ shaffoflikni oshirish, hisob-kitob tizimlarini avtomatizatsiya qilish va ta’minot zanjiri monitoringini takomillashtirishda muhim vosita bo‘lishi mumkin. Biroq, uning amaliyotda keng qo‘llanilishi huquqiy, texnologik va iqtisodiy cheklovlarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Kalit so‘zlar: boshqaruv hisobi, blokcheyn texnologiyasi, raqamli buxgalteriya, xavfsizlik, shaffoflik, avtomatizatsiya, smart-kontraktlar, buxgalteriya tizimlari integratsiyasi. АННОТАЦИЯ Технология блокчейн, основанная на принципах информatsiонной безопасности, неизменности данных и прозрачности, обладает потенциалом для революционных изменений в области финансового и управленческого учета. В данной статье анализируются научные основы внедрения блокчейна в управленческий учет, его преимущества и ограничения. Также оценивается эффективность блокчейна с учетом технологических разработок, сетевой архитектуры, смарт-контрактов и интегрatsiи бухгалтерских систем. Результаты исследования показывают, что управленческий учет на основе блокчейна может стать важным инструментом для повышения корпоративной прозрачности, автоматизatsiи расчетных систем и совершенствования мониторинга цепочки поставок. Однако его широкое
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 29 применение на практике остается зависимым от правовых, технологических и экономических ограничений. Ключевые слова: управленческий учет, технология блокчейн, цифровая бухгалтерия, безопасность, прозрачность, автоматизatsiя, смарт-контракты, интегрatsiя бухгалтерских систем. ABSTRACT Blockchain technology, grounded in the principles of information security, data immutability, and transparency, holds the potential to revolutionize financial and managerial accounting. This article analyzes the scientific foundations of implementing blockchain in managerial accounting, its advantages, and limitations. The effectiveness of blockchain is also evaluated, considering technological developments, network architecture, smart contracts, and the integration of accounting systems. Research findings indicate that blockchain-based managerial accounting can serve as a crucial tool for enhancing corporate transparency, automating accounting systems, and improving supply chain monitoring. However, its widespread practical application remains contingent upon legal, technological, and economic constraints. Keywords: managerial accounting, blockchain technology, digital accounting, security, transparency, automation, smart contracts, accounting systems integration. KIRISH Rakamlashtirish jarayonlari bugungi kunda moliyaviy hisobot va boshqaruv hisobi tizimlariga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Buxgalteriya va moliyaviy hisobotda raqamli texnologiyalardan foydalanish kompaniyalarning samaradorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va ma’lumotlar manipulyatsiyasining oldini olish imkonini beradi. Blokcheyn texnologiyasi hisob-kitob jarayonlarini avtomatizatsiya qilish va ma’lumotlarning o‘zgarmasligini ta’minlash orqali buxgalteriya tizimlarini modernizatsiya qilish imkonini taqdim etadi. Ushbu maqolada blokcheynning boshqaruv hisobiga joriy etilishi, uning iqtisodiy va texnologik samaradorligi, shuningdek, qonunchilik va amaliyotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar tahlil qilinadi. TADQIQOT ASOSLAR VA METODOLOGIYA Blokcheyn texnologiyasining mohiyati xaqida to‘xtalib o‘tamiz. Blokcheyn – tarqatilgan reestr texnologiyasi bo‘lib, ma’lumotlarni xavfsiz saqlash va qayta ishlash imkonini beradi. Bu tizimda har bir yangi operatsiya oldingi blok bilan bog‘lanadi, bu esa ma’lumotlarni o‘zgartirish yoki soxtalashtirish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi.Boshqaruv hisobi korxonalarda moliyaviy holatni tahlil qilish, xarajatlarni
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 30 nazorat qilish va strategik qarorlar qabul qilish uchun asosiy vosita hisoblanadi. Uning asosiy vazifalari: • ma’lumotlarning tezkorligi va aniqligini ta’minlash; • avtomatizatsiya va raqamlashtirish orqali samaradorlikni oshirish; • moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash, blokcheyn buxgalteriya va boshqaruv hisobi jarayonlarini shaffof va xavfsiz qilishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Blokcheynning boshqaruv hisobiga joriy etilishi: istiqbollar Blokcheyn texnologiyasining boshqaruv hisobiga joriy etilishi dunyo bo‘ylab turli davlatlarda turlicha rivojlanmoqda. Ayrim mamlakatlar bu texnologiyani faol qo‘llabquvvatlayotgan bo‘lsa, boshqalari hali tajriba bosqichida turibdi. AQSh va Yevropa davlatlari blokcheynni moliyaviy hisobot va boshqaruv hisobi sohalarida faol qo‘llamoqda. Ko‘plab yirik kompaniyalar va moliyaviy institutlar blokcheyn asosidagi hisob-kitob tizimlarini joriy etish orqali ma’lumotlarning shaffofligi va xavfsizligini ta’minlashga harakat qilmoqda. Osiyo mamlakatlari, xususan, Yaponiya va Janubiy Koreya ham blokcheyn texnologiyasini faol tadbiq etmoqda. Bu davlatlardagi moliyaviy texnologiyalar (FinTech) kompaniyalari buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish va raqamlashtirishda blokcheyndan foydalanishni yo‘lga qo‘ygan. NATIJALAR O‘zbekistonda ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish doirasida blokcheyn texnologiyasini joriy etishga e’tibor qaratmoqda. 2020 yil 5 oktyabrda qabul qilingan “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturida raqamli texnologiyalarni, jumladan, blokcheynni turli sohalarga, shu jumladan, davlat boshqaruvi va moliyaviy hisobot tizimlariga joriy etish vazifasi belgilangan. Shu bilan birga, blokcheyn texnologiyasini boshqaruv hisobiga to‘liq joriy etish ko‘plab davlatlarda hali ham huquqiy, texnologik va iqtisodiy cheklovlar sababli to‘liq amalga oshirilmagan. Biroq, global tendensiyalar shuni ko‘rsatmoqdaki, kelgusida ko‘plab mamlakatlar bu texnologiyani o‘z buxgalteriya va boshqaruv hisobi tizimlariga integratsiya qilishga tayyorlanib kelmoqda. Raqamlashtirilgan davrda blokcheyn texnologiyasi boshqaruv hisobi tizimida quyidagi ustunliklarga ega 1. Ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligi Blokcheyn tizimidagi har bir operatsiya o‘zgarmas reestrga yoziladi, bu esa ma’lumotlarning haqiqiyligini kafolatlaydi. Bu, ayniqsa, audit jarayonlari va korporativ moliyaviy hisobotlarda muhim ahamiyatga ega. 2. Hujjatlarning avtomatik tasdiqlanishi va smart-kontraktlar
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 31 Smart-kontraktlar orqali avtomatik ravishda moliyaviy shartnomalar, to‘lovlar va xarid jarayonlari amalga oshirilishi mumkin. Bu operatsiyalarni tezlashtirish va inson omilini kamaytirish imkonini beradi. 3. Xavfsizlik va shaffoflik • Tizimning markazlashtirilmaganligi sababli, hech qanday markaziy organ ma’lumotlarni o‘zgartirish yoki ularni soxtalashtirish imkoniyatiga ega emas. • Har qanday o‘zgarishlar blokcheynda qayd etilishi sababli, ichki audit va tashqi nazorat jarayonlari soddalashadi. 4. Xarajatlarni kamaytirish va avtomatizatsiya • Raqamli buxgalteriya tizimlari bilan integratsiya qilinishi orqali kompaniyalar qo‘shimcha vositalardan voz kechishi va operatsion xarajatlarni kamaytirishi mumkin. • Kassa harakatlarini real vaqtda kuzatish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Shu bilan birgalikda blokcheynni joriy etishda bir necha xavf xatar va muammolar yuzaga kelishi mumkin. Boshqaruv hisobiga blokcheynni joriy etishdagi cheklovlar.Texnologik muammolar katta hajmdagi moliyaviy ma’lumotlarni qayta ishlashda blokcheyn tizimlarining masshtablashtirish muammosi mavjud va ko‘plab an’anaviy buxgalteriya dasturlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilish murakkablik kasb etadi. Huquqiy va me’yoriy blokcheyn bilan bog‘liq qonunchilik hali ko‘plab mamlakatlarda rivojlanmagan,regulyatorlar kriptovalyutalar va blokcheyn orqali moliyaviy hisobot yuritish masalalariga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. Xarajatlar va resurs talablari, blokcheynni joriy etish katta sarmoya talab qiladiva mutaxassislarni tayyorlash va tizimni testdan o‘tkazish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi kerak. XULOSA Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, blokcheyn buxgalteriya va boshqaruv hisobi tizimlarini yanada samarali, xavfsiz va shaffof qilish imkoniyatiga ega. Biroq, uning amaliyotda keng qo‘llanilishi texnik, huquqiy va iqtisodiy to‘siqlarga bog‘liqshu sababli 1. Pilot loyihalar asosida joriy etish – kompaniyalar dastlab cheklangan doirada blokcheynni sinab ko‘rib, keyinchalik uning qamrovini kengaytirishi kerak. 2. Qonunchilikni takomillashtirish – blokcheynni moliyaviy hisobotda qo‘llash bo‘yicha aniq qoidalar ishlab chiqish zarur. 3. Kadrlar malakasini oshirish – buxgalterlar va moliyaviy mutaxassislar blokcheyn texnologiyasi bo‘yicha qayta tayyorgarlikdan o‘tishi lozim.Shu sababli, blokcheynning buxgalteriya va boshqaruv hisobiga tatbiq etilishi kelajakdagi raqamli transformatsiyaning muhim yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 32 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Лю Аоди, Ду Сюэйи, Ван На, Ли Шаочжо. “Влияние и проблемы технологии блокчейн на управленческий учет.” // Вестник университета, 2019. 2. Баева, Е. В. “Блокчейн-технология в бухгалтерском учете и аудите.” // Учет и контроль, 2020. 3. Gorlov, S., Semina, M. “Инновatsiи в системе управленческого учета: блокчейн в бухгалтерии.” // Экономические исследования, 2018. 4. Wamba, S. F., Queiroz, M. M., Trinchera, L. “Dynamics between blockchain adoption determinants and supply chain performance: An empirical investigation.” // International Journal of Production Economics, 2020. 5. Bhimani, A. “Accounting Disrupted: How Digitalization is Changing Finance.” // Wiley, 2021. 6. Kanaparthi, V. “Exploring the Impact of Blockchain, AI, and ML on Financial Accounting Efficiency and Transformation.” // arXiv preprint arXiv:2401.15715, 2024. 7. “Blockchain, Cryptocurrency, and Management Accounting. ” // Institute of Management Accountants (IMA) Report, 2021. 8. “The use of blockchain technology in enterprise financial accounting information sharing.” // Journal of Enterprise Information Management, 2022. 9. “Blockchain Technology for Secure Accounting Management.” // Mathematics, 2021. 10. “Implementation of Blockchain Technology in Managerial Accounting.” // ResearchGate, 2023.