ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING HINDISTONDA MARKAZLASHGAN DAVLAT BARPO ETISHDAGI TARIXIY ROLI
Full text
281 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING HINDISTONDA MARKAZLASHGAN DAVLAT BARPO ETISHDAGI TARIXIY ROLI Nаzirov Bахtiуor Sаfаrovich Tаriх fаnlаri bo‘уichа fаlsаfа doktori (РhD), dotsеnt. Dеnov tаdbirkorlik vа реdаgogikа instituti. Telefon raqami: +99899 677 60 22 E-mail: b.nаzirov@dtрi.uz ORCID: https://orcid.org/0000-0002-8580-4299 Ibragimova Manzura Mahmasiddiq qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika institut talabasi E-mail: [email protected] Tel:+998994838206 ORCID: https://orcid.org/0009-0007-4206-6795 https://doi.org/10.5281/zenodo.17645447 Annotatsiya: Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning Hindiston hududida markazlashgan davlat barpo etish va uni mustahkamlash yo‘lidagi siyosiy hamda ma’naviy faoliyati tahlil qilingan. Unda Boburning harbiy strategiyasi, davlat boshqaruvi tizimini tashkil etishdagi islohotlari, iqtisodiy va madaniy hayotni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi yoritilgan. Shuningdek, maqolada Boburning ilm-fan, san’at va me’morchilik sohalariga bo‘lgan e’tibori, Hindistonning siyosiy barqarorligi va madaniy taraqqiyotida tutgan o‘rni ilmiy asosda tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari Bobur shaxsining nafaqat buyuk sarkarda, balki bunyodkor davlat arbobi sifatidagi tarixiy rolini ochib beradi hamda uning davlatchilik tajribasining bugungi kun uchun ham dolzarbligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar. Umar Shayx Mirzo, Andijon, Qutlug‘ Nigorxonim, Boburnoma, Samarqand, Amir Temur, Shayboniyxon, Mubayyin, “Bog‘i vafo”, “Bog‘i Kalon”, Xo‘ja Ahror, Hindiston, Agra, Dehli. Абстрактный. В данной статье анализируется политическая и духовная деятельность Захириддина Мухаммада Бабура по созданию и укреплению централизованного государства на территории Индии. Рассматриваются военная стратегия Бабура, его административные реформы, а также вклад в развитие экономики и культуры страны. Особое внимание уделяется интересу Бабура к науке, искусству и архитектуре, его роли в обеспечении политической стабильности и культурного прогресса Индии. Результаты исследования раскрывают Бабура не только как выдающегося полководца, но и как государственного деятеля-созидателя, чьи идеи и управленческий опыт сохраняют актуальность и в наши дни. Ключевые слова. Умар Шейх Мирза, Андижан, Кутлуг Нигорханим, Бабур-Наме, Самарканд, Амир Темур, Шейбани Хан, Мубаййин, «Годи Вафо», «Годи Калон», Ходжа Ахрар, Хиндустан, Агра, Дели. Abstract. This article analyzes the political and spiritual activities of Zahiriddin Muhammad Babur in establishing and consolidating a centralized state in India. It explores Babur’s military strategy, his administrative reforms, and his contribution to the economic and cultural development of the country. Special attention is given to Babur’s interest in science, art, and architecture, as well as his role in ensuring India’s political stability and cultural progress. The research results reveal Babur not only as a great military leader but also as a visionary statesman and builder whose experience and ideas remain relevant today. Key words. Umar Sheikh Mirza, Andijan, Kutlug Nigorkhanim, Babur-Name, Samarkand, Amir Temur, Sheibani Khan, Mubayin, "Godi Wafo", "Godi Kalon", Khodja Akhrar, Hindustan, Agra, Delhi.
282 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Kirish. Jaxonga mashxur davlat arbobi , buyuk sarkarda olim, shoir va adib Zaxiriddin Muhammad Bobur Mirzo Umar Shayx Mirzoning kata o‘g‘li bo‘lib, 1483-yil 14-fevralda Andijonda tug‘ilgan. Onasi Qutlug‘ Nigorxonim Toshkent xoni Yusufxonning ikkinchi qizi, Sulton Maxmudxon va Sulton Axmadxonlarning egachisi edi. Zaxiriddin Muhammad Bobur Mirzoning bolalik va yoshlik davri Andijon hamda Axsi shaharlarida o‘tgan. U yoshligidanoq o‘z otasining saroyida yaxshi ma‘lumotga ega bo‘lgan. Garchi Andijon ilm-ma’rifatda Samarqandchalik ravnaq topmagan bo‘sada biroq Umar Shayx Mirzo Samarqand hukmdori akasi Sulton Axmadga taqlidan o‘z saroyini olimlar, adib va shoirlar bilan bezashga harakat qilgan. Umar Shayx Mirzo vafot etgach, 1494-yil 10-iyunda, xali balog‘atga yetmagan 12 yoshli Zaxiriddin Muhammad Bobur Fag‘ona ulusining hukmdori sifatida taxtga o‘tiradi [1]. Bobur otasi yo‘lidan borib, mashhur tasavvuf namoyondasixoja Ubaydulla Ahrorga ixlos qo‘yadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi, umrining oxiriga qadar shu e’tiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik Bobur “Boburnoma” ( “Vaqoyi”) asarida Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar halokatdan, xastalik va og‘ir sharoitlarda rahnomalik qilganligini ta’kidlaydi. Boburning dastlabki siyosiy maqsadi Amir Temir davlatining poytaxti, strategik va geografik jihatdan muhim bo‘lgan Samarqand shahrini egallash va Movarounnahrda markazlashgan kuchli davlatni saqlash, mustahkamlash hamda Amir Temur saltanatini qayta tiklashdan iborat edi. Shu maqsad yo‘lida Bobur Samarqandga ikki marta muvaffaqiyatsiz yurish qiladi. 1497yilda kuzida u Samarqand atrofidagi bir qancha joylarni egallab 7 oylik qamaldan so‘ng Samarqand shahrini egallaydi lekin bu yerdan ketishga majbur bo’ladi. Chunki Andijonda Boburning ukasi Jahongir Mirzo tomonidan qo‘zg‘alon ko‘tarilgan edi. Katta qiyinchiliklar bilan 1498yilda Andijonni qayta egallaydi, akauka o‘rtasida sulh tuziladi. Bu vaqt ichida Samarqand shahri Shayboniyxon tomonidan jangsiz egallandi( 1500yil). Biroq, shahar aholisi va zodagonlarining ma’lum qismi temuriylar hukmdorligini tiklash tarafdori edi. Ular Farg‘ona hokimi Boburga maktub yo‘llab, Samarqandni ishg‘ol qilishga da’vat etadilar. Bobur 1500-yil kech kuzida o‘z qo‘shini bilan Samarqandni egallaydi. Shayboniyxon tomonidan Samarqand shahri qamal qilinishi sababli shahar aholisining ochlikdan tinkasi quriydi, shu sababli Bobur Samarqandni tark etib , Toshkentga , Mahmudxon huzuriga yo‘l oladi. Bobur Temuriylar saltanatini himoya qilish va uni saqlab qolishga astoydil harakat qilib, Shayboniyxonga qarshi bir necha yil davomida muttasil kurash olib bordi. Ammo o‘z maqsadiga erisha olmadi. 1504yilda Bobur Afg‘oniston hokimiyatini egallaydi bu hududda obodanlashtirish ,kasb-u hunar qishloq ho‘jaligini rivijlantirish ishlarini boshlab yuboradi. “Bog‘i Shahroro”, “Bog‘i Kalon”, “O‘rta bog‘”, “Bog‘i vafo”, “Bog‘i safoi” va “Bog‘i Bobur” kabi orongohlar tashkil etadi[2]. Asosiy qism. Bobur siyosiy markazni Kobuldan Hindistonga ko‘chirilgandan so‘ng (1526-yil) o‘z imperiyasidagi iqtisodiy va madaniy hatotini jonlantirishga astoydil bel bog‘laydi. Boburning Hindistonni olishidan maqsadi bu yerda undan oldin kelgan fotixlar Iskandar Zulqarnayn, Mahmud G‘aznaviylar kabi mamlakatni talash, boylik ortirish emas edi. Bu haqda uning o‘zi: Beqayd menu xarobi sim ermasmen, Xam mol yig‘ishtirur laym ermasmen. deydi. Hindistonni olishdan Bobur tarqoq hind feodallarini birlashtirishni, markazlashgan kuchli davlat tuzishni maqsad qilgan edi. Darhaqiqat Bobur Hind daryosidan to Bengaliyagacha bo‘lgan viloyatlarni o‘z ichiga olgan Shimoliy Hindiston davlatini tuzdi. Boburning Kobuldagi kabi Hindistonda ham keng xalq ommasi oldida obodonchilik, qurilish-me’morchilik hamda bog‘chilik soxasidagi faoliyati hurmat-e’tiborga loyiqdir. Bobur ham bobolari Temur, Shohruh, Ulug‘bek kabi o‘z panohiga e’tiborli ulamolar, olim va fozillar, shoir va masavvirlar, me’mor va san’atkorlarni
283 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc yig’ib ularni boshpana, ish va maosh bilan taminlaydi. Bobur davrida Hindistonning qator shaharlari, ayniqsa Agra va Dehli kabi shaharlar yanada obod qilinadi. Bobur Agra qo’rg’oni ichidagi Ibrohim saroyi bilan ichki devor orasidagi ancha yerlik joyning betartib holda qaqrab yotganligini ko’rib, bu joyda katta chorbog’ tashkil etmoqga jazm qiladi. Buning uchun u dastlab o’sha joyda sug’orish inshoati – “voyin’’ qurdiradi . Boburning “Bobur noma “ asaridan tashqari “Mubayyin” risolasi ham mavjud. Bu asarda o’z farzandlari va nabiralariga atab yozilgan, Amir Temurning “Tuzuklari“ ga o’xshash ruh bilan yaratilgan. [3] Hindistoning buyuk davlat arbobi Javoxarlal Neru “Hindistonning kashf etilishi” asarida Bobur haqida shunday yozgan edi: “Bobur dilbar shaxs . Uyg‘onish davrining tipik hukmdori, mard va tashabbuskor shaxs bo‘lgan. U san’atni va adabiyotni sevgan... Boburning Hindistonga kelishi tufayli Hindistonda buyuk o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, san’atda, hayotda, me’morchichilikda va madaniyatning boshqa sohalarida yangicha taraqqiyot yuz berdi” [4]. Zaxriddin Muhammad Boburning Hindistonda davlat va siyosiy arbob sifatida asosiy xizmati shundan iboratki, u ba’zi bir ijobiy o‘zgarishlarga imkon berdi. Hindistonning taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan siyosiy birlikni ko‘p hollarda amalga oshirdi, savdoni rivojlantirdi. Bu ulug‘ mamlakatning ko‘p asrlik tarixida eng muhim etaplardan biri bo‘lgan. Javoharlal Neruning ta’kidlashi bo‘yicha 200 yillik umri davomida Hindiston davlat mustaqilligi hisoblangan, hind milliy hodisasiga aylanib ketgan va o‘sha davr sharoitida mamlakatdagi ijtimoiy hayotining deyarli barcha sohasining rivojlanishida ijobiy ro‘l o‘ynagan imperiyaga asos soldi, shunday imperiyani boshlab berdi. Bu imperiya Bobur nabirasi Akbarning 50 yillik podsholigi davrida ayniqsa, o‘z taraqqiyotining eng yuksak bosqichiga chiqdi. Bobur tomonidan barpo qilingan, uning avlodlari tomonidan mustahkamlangan imperiya, feodal imperiyasi bo‘lsa ham, mehnatkashlar ommasini eksplutatsiya qilishni saqlab qolgan bo‘lsa ham, biroq har narsadan oldin markazlashgan hokimiyat sifatida, o‘sha davr sharoiti uchun muhim voqea hisoblangan. U imperiya mamlakatda ekonomikani, savdoni, madaniyatni rivojlantirishga, kishilarning aqliy doirasini kengaytirishga, bir qator boshqa xalq va mamlakatlar, shu jumladan Hindistonga ko‘p foyda keltirgan Rossiya hamda O‘rta Osiyo bilan Hindiston o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni kengaytirish va mustahkamlashga ma’lum darajada imkoniyat ochdi. Masalan, Bobur Moskva shahriga o‘zining elchisi Xo‘ja Husaynni Rossiya bilan Hindiston orasida do‘stlik va qardoshlik haqida bitim tuzib kelishga yuboradi. Keyinroq Volgada Hindistonlik savdogarlar ko‘plab joylashib oldilar, Astraxanda hind karvonsaroyi paydo bo‘ladi, hind ustalari, shu jumladan to‘quvchilari Moskvaga taklif qilinadilar. Shunday qilib, Bobur va u barpo qilgan imperiya Hindistonni O‘rta Osiyo va Rossiya bilan bog’laydigan vositalardan biri bo‘lib qoldi [5]. Bobur tomonidan davlat boshqaruvida ko‘pgina xalqparvar amru farmonlar e’lon qilindi. Ularning eng namunalisi “ikki azimush-shan” farmonlari edi. Birinchi farmonda Boburning davlatchilik maqomi, podshoh sifatida yetuklikka erishgani, eng muhimi qo‘l ostidagi fuqarolarning kim qaysi millat, dinga taalluqli bo‘lishidan qat’i nazar tamg‘a solig‘idan ozod etdi. Ikkinchi farmoni vafotidan ikki yil oldin butun saltanatida sharob ichishni man etilgani bo‘ldi. Boburning bu ikki farmoni xalqparvarligi, inson manfaati, uning sog‘liq va ahloqiy barkamolli kabi xususiyatlarini shaxs xarakterida mujassamlashishiga qaratilganligi bilan bugungi kunda ham qimmatini yuqotgani yo‘q. Xulosa. Boburning Hindiston tarixiga qo‘shgan hissasi juda kata va ko‘p qirrali bo‘lgan. U nafaqat harbiy rahbar sifatida, balki madaniy, siyosiy va iqtisodiy sohalarda ham muhim iz qoldirgan. Bobur Hindiston madaniy rivojiga katta hissa qo‘shgan. Uning davrida sanoat rivojlanishiga e’tibor
284 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc qaratilgan. Bobur hamda uni vorislari tomonidan yaratilgan san’at, arxetuktura va ilmiy yutuqlar Hindiston tarixining muhim qismi hisoblanadi. References: 1. Farziyev T. Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari. Toshkent: Yozuvchi nashriyoti, 2014. 12-b. 2. Aminov M., Husanov F. Buyuk ajdodlarimiz. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2010. 208 b. 3. O‘ralov A., Safarov N. Boburiylar va bunyodkorlik. Samarqand, 1955. 4. Неру Д. Открытие Индии. Москва: Издательство иностранной литературы, 1955. 272 с. 5. Porso Shamsiyev, Sodiq Mirzayev. Zahriddin Muhammad Bobur: Boburnoma. Toshkent: O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi nashriyoti, 1960. 6. Qudratullayev H. Boburning davlatchilik siyosati va diplomatiyasi. Toshkent: Sharq nashriyoti, 2011.