scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IMOM MOTURUDIY VA MOTURIDIYA TALIMOTINING ISLOM ILOHIYOTIDAGI O'RNI

Yusupova Ma'rifat Mirzohidovna

Full text

304 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc IMOM MOTURUDIY VA MOTURIDIYA TALIMOTINING ISLOM ILOHIYOTIDAGI O‘RNI Yusupova Ma’rifat Mirzohidovna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi E-mail: [email protected] Tel: +998996806606 https://doi.org/10.5281/zenodo.17645497 Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada Imom Moturudiyning shaxsiyati, uning islom ta’limotiga qo‘shgan hissasi va moturidiya talimotining shakllanishi chuqur tahlil qilinadi. Moturidiya kalomining asosiy g‘oyalari – aql va naql uyg‘unligi, inson iroda va ma’suliyati, iymon va kufrga oid qarashlar tahlil qilinadi. Shu bilan birga, moturidiylikning tarixiy shakllanishi, boshqa kalomiy maktablar bilan farqlari va o‘zaro ta’siri hamda uning Markaziy Osiyo, xususan Movorounnahrdagi ilmiyma’rifiy muhitga ko‘rsatgan ta’siri va bugungi islom tafakkuridagi tutgan o‘rni ham yoritiladi. Kalit so‘zlar: Qur’oni karim, ta’vil, interpritator (ochib, yoritib beruvchi), moturidiya, Abul Yusr Pazdaviy, Abul Muin Nasafiy, hidoyat, kalom, mu’taziliylar. Abstract: This scientific article deeply analyzes the personality of Imam Moturudi, his contribution to Islamic teachings, and the formation of the Moturudiyya doctrine. The main ideas of the Moturudiyya doctrine - the harmony of reason and tradition, human will and responsibility, views on the imam and blasphemy - are analyzed. At the same time, the historical formation of Moturudiyya, its differences and mutual influence with other theological schools, as well as its influence on the scientific and educational environment of Central Asia, in particular, in Movorunnahr, and its place in today's Islamic thought are also highlighted. Keywords: Holy Quran, ta'wil, interpreter (expounder, enlightener), maturidiya, Abul Yusr Pazdavi, Abul Mu'in Nasafi, guidance, kalam, Mu'tazilites. Аннотация: В данной научной статье глубоко анализируется личность имама Мотурудийа, его вклад в исламское учение и формирование учения Мотурудийа. Анализируются основные идеи учения Мотурудийа – гармония разума и традиции, человеческая воля и ответственность, взгляды на имама и богохульство. Также освещается историческое становление Мотурудийа, его различия и взаимовлияние с другими богословскими школами, а также его влияние на научно-образовательную среду Средней Азии, в частности, Моворуннахра, и его место в современной исламской мысли. Ключевые слова: Священный Коран, та'вил, толкователь (толкователь, просветитель), матуридия, Абул Юср Паздави, Абул Муин Насафи, руководство, калам, мутазилиты. Kirish: Tarix isbotlab turibdiki O‘zbekiston diyori qadimdan ilm - ma’rifat , ma’daniyat markazi bo‘lgan. O‘rta asrlarda jahon ilm ahlini lol qoldirgan buyuk allomalar o‘zlarining kashfiyotlari, ta’limotlari bilan nur sochib turgan. Ana shunday mashhur siymolar silsilasida kalom ilmining asoschilaridan biri Imom Abu Mansur alMoturidiy alohida o‘rin tutadi. Allomaning to‘liq ismi Muhammad ibn Mahmud Abu Mansur al-Moturidiy asSamarqandiy bo‘lib, Samarqandning Moturid mahallasida tug‘ilgan. Dastlab maktabda savod chiqarib, keyin madrasada ta’lim olgan. Uning tug‘ilgan yili haqida malumotlar juda kam bo‘lib, aksar hollarda 870-yilda tug‘ilganligi qayd etilgan. Alloma 944-yilda vafot etib, Samarqandning mashhur Chokardiza qabristonida dafn etilgan.Buyuk imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi deb sifatlanadi. “ Imom al -hudo “, “ Imom al – mutakallimon “ nomlari bilan ulug‘lanadi. U dastlabki ma’lumotni otasi Muhammad ibn Mahmuddan so‘ngra o‘sha davrda boshlang‘ich maktab hajmida ta’lim beruvchi Kuttobda oladi.Undan keyin Samarqanddagi Raboti G‘oziyon masjidi qoshidagi madrasada ta’lim olgan. Uning ilohiyot ilmida o‘z davrining yetuk allomasi bo‘lib yetishishida ustozlarining hissasi 305 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc katta bo‘lgan. Imom alMoturudiyning shogirdlari va izdoshlari ham ko‘p bo‘lib, ulardan Abu Ishoq ibn Muhammad ibn Ismoil, AbulHasan Ali ibn Sayyid ar-Rustag‘foniy, Abu Muhammad AbulKarim ibn Muso arPazdaviy, Abul -Muin an-Nasafiy, Abul – lays asSamarqandiy, Abul-Hasan al – Pazdaviy As-Safar al-Buxoriy, Najmiddin Umar an-Nasafiy, As -Sabuniy alBuxoriy, Umar alHanafiylarni zikr etish mumkin. Moturidiya ta’limotining taraqqiy etishiga hissa qo‘shgan Imom alMoturidiy shogirdlarining eng taniqlilaridan biri AbulMu’in an - Nasafiy bo‘lib, u o‘z asarlarida, ayniqsa, “Tabzirat al-adilla” nomli tasnifida Imom al - Moturidiy va unung ta’limoti haqida muhim ma’lumotlar keltiradi. Asosiy qism: Imom alMoturudiy yashagan davr – IX asr ikkinchi yarmi X asrning birinchi yarmi – tom ma’noda islomiy ilmlar va islom ma’rifatining turli sohalari, jumladan kalom ilmi ham gullab - yashnagan hamda ushbu ilmning oltin asri bo‘lgan edi. Zamon taqazosi bilan ayni shu davrga kelib ilm - fanda hurfikrlilik alohida ahamiyat kasb etadi. Olimu ulamolar o‘z qarashlaridan kelib chiqib, diniy e’tiqod va uning usullari haqida o‘z fikrmulohazalarini erkin ifoda qila boshlaydilar. Bu hol, o‘z navbatida, turlituman guruhlar va firqalar, ularning tarafdorlariga o‘z aqidalarini oshkora izhor qilish imkoniyatini ham yaratadi. Aynan shu davrda Movorounnahrda turli diniy guruhlar va firqalar paydo bo‘ldi. Ulardan keng tarqalganlaridan biri mu’tazila oqimi edi. Bu oqim arab xalifaligining diniy-siyosiy hayotida salmoqli o‘ringa ega bo‘lgan. Undan keyin paydo bo‘lgan qator oqimlarjahmiylar, qaramiylar, murji’lar va boshqa toifalar iymon-e’tiqad va bilish nazariyasidagi xató qarashlarga ega edilar. Binobarin Imom al -Moturidiyning ilmiy ma’naviy me’rosida aqliy dalil va isbotlarga tayangan holda islom dini aqidasining sofligini himoya qilish va hidoyat yo‘lidan adashgan mazkur oqimlarga qarshi kurash alohida ahamiyat kasb etgan.Imom alMoturidiy qalamiga mansub asarlarning soni o‘n beshtaga yetib qoladi. Ulardan “ Kitob al-jadal ( dialektika haqida kitob ), “ Kitob moaxaz ashshari’a “ ( shariat asoslari manbai) kabilar fiqh ilmi va uning usuliga bag‘ishlangan. Shu bilan birgalikda, kalom ilmining turli masalalari va to‘g‘ri yo‘ldan adashgan har xil oqimlarga raddiyalar bildirishga bag‘ishlangan asarlar Moturidiy ijodining asosini tashkil qiladi. Uning kalom ilmiga bag‘ishlangan yettita asari mavjud. Ulardan “Kitob attavhid”, Kitob almaqolot”, Kitob radd a’lo – karomita”, “ Kitob bayon vahm almu’tazila”, “ Kitob radd usul alxamsa li -Abi muhammad alBohiliy”, “Kitob radd avoil aladillat liKa’biy” kabilarni ko‘rsatish mumkin. Ushbu asarlardan “Kitob attavhid” kalom ilmiga oid eng adastlabki asar hisoblanib, unda mu’tzila va boshqa oqimlarning noto‘g‘ri nuqtai nazarlari tanqid ostiga olingan. Imom alMoturidiyning boshqa yirik asari “Ta’vilot ahli as-sunna “ yoki “ Ta’vilot alQur’on “ deb ataladi. Mazkur asarning ilmiy va amaliy ahamiyati juda katta bo‘lib, u ahli sunna ulamolari tomonidan Qur’oni karimni sharhlash ( ta’vil ) bo‘yicha qilingan dastlabki jiddiy urinish bo‘lib, bu sharh aql va naql nuqtai nazaridan amalga oshirilganligi bilan ajralib turadi. Boshqacha qilib aytganda Qur’oni karim Imom alMoturidiyning kalaom ilmiga oid ta’limoti nuqtai nazaridan turib tafsir qilingan. Lekin sanab o‘tilgan bu kitoblar haqida to‘liq tasavvurlarga ega emasligimiz tadqiqotchilarga qiyinchilik tug‘diradi. Chunki o‘rta asr mutakkallimlarining ko‘pgina ilmiy merosi kabi Abu Mansur Moturidiy asarlarining aksariyati bizgacha yetib kelmagan. Uning ilmiy me’rosidan faqat “ Kitob attavhid “ , “ Ta’vilot ul-Qur’on” lar saqlanib qolgan. Bulardan tashqari Abu Mansur Moturidiyga boshqa ba’zi asarlarda ham nisbat berilgan. Masalan; Abu Hanifaning “ alFiqhulakbar “ risolasiga sharh tarzida yozilgan “ Sharh alFiqhil – akbar “ nomli asarni olish mumkin. Ushbu asar ham ba’zi manbaalarda Abu Mansur Moturidiyga tegishli deb ta’kidlangan. Hatto Xaydarobod shahrida 1946yil Abu Mnsur Moturidiy nomi bilan nashr etilgan. Ayrim tadqiqotchilar ushbu asarni Moturudiyga emas, balki uning zamondoshi Abu Lys Samarqandiyga tegishli deb e’tirof etganlar. Asarni ko‘zdan kechiradigan 306 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc bo‘lsak, uning bir qancha joylarida ash’ariylarning e’tiqodi tanqid qilingan. Malumki, Imom Moturidiy davrida ash’ariya ta’limoti keng rivojlanmagan edi. Abu Lays Samarqandiy esa, Moturidiydan keyinroq, ya’ni IX-X asrning ikinchi yarmida yashagan. Udavrda ash’ariya ta’limoti tanilib bo‘lgan edi. Shu nuqtai nazardan ushbu asarni Abu Lays Samarqandiyga tegishli deb taxmin qilish mumkin. Lekin olmon tadqiqotchisi U Rudolf “Sharhu-l Fiqhi-akbar” nomli risolaning Abu Laysga ham tegishli emasligini ta’kidlaydi. Uning fikricha risola matnida Abu Lays fikrlarining berilganligi, uning muallif ekaniga asos bo‘lolmaydi. Bu yerda risolaning nomalum muallifi Abu Laysdan iqtibos keltirgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, matnda payg‘ambarlar payg‘ambarligidan oldin kichik gunohlar qilgan bo‘lishi mumkin, degan jumla uchraydi. Abu Lays esa payg‘ambarlar doim har qanday gunohlardan pok bo‘lganligini qat’iy ta’kidlagan. Abu Mansur Moturidiyning eng muhim asarlaridan biri “Kitob atTavhid” bo‘lib, uning asl nusxasi hozirda Kembridj universiteti qo‘lyozmalar fondida saqlanadi. U 206 varoqdan iborat bo‘lib, satrlar soni 21 qatordan, ko‘vhiruvchi Amin Hanafiy Shofeiy deb ko‘rsatilgan. Asar 15 shabon 31dekabr 1735yil ko‘chirilgan. 1970yil misrlik olim Fathulloh Xulayf uzoq davom etgan izlanishlar natijasida Bayrutning “Dorul mashriq” nashriyotida “Kitob at-Tavhid” ning nashriyotini amalga oshirgan. Nashrda bir talay kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganiga qaramay, u o‘zidan keying tadqiqotchilar uchun manba sifatida xizmat qiladi. Shundan so‘ng Moturidiyning bu asari yana bir necha marotaba nashr etildi. Abu Mnasur Moturidiyning “Kitob at-Tavhid” asari kalom ilmiga oid eng muhim manba hisoblanadi va bu asar moturidiylik ta’limotini bilishdagi eng asosiy manba sifatida e’tirof etilgan. “Kitob at-Tavhid” ni moturidiylik ulamolari orasida birinchi bo‘lib Abul Yusr Pazdaviy “Usul ad-din” asarida va Abul Muin Nasafiy “Tabsiratul-adilla” nomli asarida ta’kidlab o‘tganlar hamda undan iqtiboslar keltirganlar. “Kitob at-Tavhid” asarining mazmuniga to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘z davrida unga turlicha munosabatlar bildirilgan. Chunki asar til va mazmun jihatidan nihoyatda qiyin uslubda yozilgan edi. Asarning qiyin tilda, mantiq ilmiga asoslangan holda yozilgani bois, uni ko‘plab olimlar, hatto, moturidiya ulamolari ham tanqid ostiga olganlar. Bu asarni birinchi bo‘lib, Abul Yusr Pazdaviy tanqid ostiga olgan. Lekin u “Tavhid” dagi ma’nolarning yopiqligi, keraksiz jumlalar ko‘p ishlatilganligi borasida so‘z yuritgan, xolos. Moturidiyning asarda ifodalangan aqidaviy qarashlariga e’tiroz bildirmagan. Ayrim sharqshunoslar Abul Yusr Pazdaviyning ushbu tanqidlaridan kelib chiqib, u to‘liq moturidiya ta’limotini tanqid ostiga olgan, degan fikrga kelganlar. Abu Mansur Moturidiy ulamolarining “Kitob atTavhid” asariga bunday munosabatlarining oldini olish maqsadida Abul Muin Nasafiy “Tavhid” ga sharh sifatida “Tabsirat uladilla asarini yozib, undagi murakkab, ma’nosi yopiq jumlalarni sharhlab bergan. Abul Muin Nasafiyning bu harakati natijasida zamonamizning ayrim sharqshunoslari uni moturidiylik ta’limoti interpritatori (ochib, yoritib beruvchi) deb ataganlar[1]. Imom al-Moturidiyning zalolatning har qanday ko‘rinishlaridan yiroq, musulmonlar orasida sog‘lom islomiy tafakkurni targ‘ib qilish borasidagi sayharakatlari hamda uning barhayot ta’limotlari mazmun -mohiyatini to‘liq idrok qilish uchun alloma yashagan davrdagi mavjud diniyma’naviy muhitni yaxshi tasavvur qilish kerak, zero, o‘sha davrda islom dunyosining qator o‘lkalarida diniy mutassiblar va buzg‘unchi guruhlarning harakatlaridan aziyat chekib, iymon - e’tiqod masalasidagi noto‘g‘ri talqinlar va chalkashliklardan musulmonlar jiddiy muammolarga duch kelgan edilar. VIII asrdan e’tiboran islom dinida paydo bo‘la boshlagan turli guruhlarning soni imom alMoturidiy yashagan davrga kelib yanada oshdi. Bu esa iymon -e’tiqod masalalarida katta ixtiloflar 307 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc va parokandaliklarning yanada kuchayishiga olib keldi. Mana shunday guruhlardan biri mu’taziliylar bo‘lib, ular aqidaviy masalalarni sharhlashda ham, o‘z g‘oyaviy raqiblariga qarsi kurashda ham tor, bir tomonlama fikrlarga, faqat aqlga tayanib ish tutdilar. Mu’taziliylar o‘zlarining bu maslaklariga haddan ortiq yopishib olib, hatto jamiyatda yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha muqaddas manba’larda ochiq -oydin keltirilgan ko‘rsatmalarni ham o‘z fikrmulohazalariga mos ravishda talqin qila boshladilar. Mu’taziliylar namoyondalaridan ba’zilari shu darajaga borib yetdiki, ayrim sahobalar va tobi’iylar tomonidan aytilgan hadislar ularning usullariga to‘g‘ri kelmasa, bunday hadislarni noto‘g‘ri deyishdan ham tab tortmadilar. Iymon-e’tiqodning ayrim masalalarida ham mu’tazaliylar noto‘g‘ri yo‘l tutdilar. Mutaziliylarning garchand niyatlari pok, maqsadlari holis bo‘lgani bilan ular aql nilan naql o‘rtasida yoki din bilan falsafa o‘rtasidagi mo‘tadil uyg‘unlikka erisha olmaganlar. Aksincha, ular aksar masalalarda faqat aqlga tayanib ish tutib, yunon falsafasiga yopishib oldilar. Hatto Qur’oni karim oyatlarini idrok etishda boshqalarning qarashlariga ergashib, ayrim hollarda nafaqat Qur’on oyatlariga va payg‘ambar hadislariga, balki oddiy sog‘lom fikrga xilof bo‘lgan g‘oyalarni ilgari surdilar, muqaddas manbalardan falsafaga oid asarlarni afzal ko‘rib, oxir oqibatda, bu asarlarni o‘z aqidalarining ishonchli manbasi sifatida qabul qildilar. Kalom ilmiga oid boshqa masalalarda ham shu tarzda bir tomonlama yo‘l tutdilar. Imom al-Moturidiy fikricha, insonlarning yomon xulqli ishlari, gunohlari Alloh taoloning irodasi bilan, lekin uning roziligisiz amalga oshiriladi. Alloh taolo insonlarga o‘z erkini qo‘liga bergan holda yaratgan, ya’ni uning harakatlari azaldan taqdir etib qo‘yilgan bo‘lsada, insonning ba’zi ishlarga sohin ixtiyorligini ham bergandir. Bu ishlarni Moturidiy “af’oli ixtiyoriy, ya’ni insonda iroda erkinligi mavjud” deb ataydi. Alloma faoliyatida muborak islom dinimizning hayotbaxsh mazmunmohiyatini Ravshan talqin qilish, turli bad’at va xurofotlarga botgan guruh va toifalarga qarshi kurash alohida o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham Moturidiy ilgari surgan g‘oyalar bugungi kunda ham g‘oyatda dolzarb bo‘lib, nafaqat ilmiy, balki katta amaliy ahamiyatga ham ega [2]. Islom dini sunniy yo‘nalishidagi uchta mazhabning asoschilari bo‘lmish imom Molik ibn Anas, imom ash-Shofi’iy va imom Ahmad ibn Hanballar, manba’larda yozilishicha, kalom ilmini umuman tan olmay bu ilm bilan shug‘ullanuvchi olimlarni imkon qadar badnom qilgan ekanlar. Hatto imom Molik: “Bizning yurtimizdagi musulmonlar dinda kalom ilmini rad qilganlar”, “ahl al-kalom ahl albid’atdir” deb aytgan ekanlar. Imom ashShofi’iy esa: “Odamlar agar kalom ilmida qanchalik ko‘p havoyi gaplar borligini bilganlarida edi, undan go‘yo dahshatli sherdan qo‘rqib qochgandek taraqaylab qochardilar” deb bu ilmga o‘z munosabatini bildirgan. Mana shunday murakkab sharoitda kalom ilmining yirik namoyondasi sifatida imom Moturidiy vujudga kelgan qaltis vaziyatni tuzatish bilan shug‘ullanadi. U o‘zining ulug‘vor, hayotbaxsh ta’limoti bilan millionlab musulmon ahli aqidasini bir-biriga zid bo‘lgan buzg‘unchi,fosiq g‘oyalardan saqlab qoldi. Imom Moturidiy ilgari surgan kalom ilmini kuzatar ekanmiz, u asosan ikkita manbaga: aql va naqlga tayanib ish tutganini, agar fikrimizni aniqroq aytadigan bo‘lsak u o‘z nazariyasini mana shu ikki manba oralig‘ida yaratganini ko‘ramiz. Binobarin, muborak islom dinimiz ta’limotida ham diniy va dunyoviy ishlarda o‘rtacha bo‘lish g‘oyasi ilgari surilgan. Uning bu g‘oyalari bizgacha yetib kelgan ikki yirik asari – Kitob atTavhid” , “Ta’vilot ahli as-sunna” da batafsil bayon qilingan. Im om al-Moturidiy faoliyatida muborak islom dinining hayotbaxsh g‘oyalari sofligi uchun fidoiylik, e’tiqodiy masalalarni bir tomonlama va xató talqin qilishga, xalolatga botgan har xil toifalar va oqimlarga qarshi kurash, Qur’oni karim va hadisi sharifga tayangan holda asosli raddiyalar berish salmoqli o‘rinni egallaydi. Shu boisdan allomaning o‘lmas ta’limoti bugungi kun uchun ham katta 308 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc amaliy ahamiyat kasb etib, hidoyat yo‘lidan adashgan ba’zi buzg‘unchi guruhlarni fosh etishda as qotishi shubhasizdir [3]. Imom alMoturidiy haqida yozgan tarixchilar uning tabarruk nomini xilmaxil yuksak va sharafli nomlar bilan bezab zikr qilganlarki, ehtimol, butun musulmon olamidan chiqqan allomalardan birortasiga ham shunday nomlar nasib etmagan bo‘lsa kerak. Taniqli muarrix AlKalaviy va boshqalarning yozishicha Moturidiy o‘z zamonasidayoq “ Qudvat ahl assunna val -ihtido “ (Sunnat va hidoyat ahliga ibrat zot), “ Rofi a’lom al as-sunna val-jamoa” (Ahli sunnat va jamoaning bayrog‘ini baland ko‘taruvchisi), “Qoli azoliyl al-fitna val-bid’at” (Xurofot va bid’atga botgan uydirmalarni ildizi bilan qo‘poruvchisi), Imom al-mutakkallimiyin” (Barcha mutakallimlarning imomi), “Musahhih aqoid al-muslimiyn” (Barcha musulmonlar aqidalarining tuzatuvchisi), ash Shayx al-Imom kabi yuksak nomlarga sazovor bo‘lgan. Bu zotning benazir salohiyotini e’tirof etgan buyuk mutaffakkir Alisher Navoiy ham o‘zining “Nasoyim ul-muhabbat” nomli mashhur asarida: “Shayx Abu Mansur al-Moturidiy o‘z zamonining a’lam ulamosi ermish. Ul vaqt ulamosi alarni “Sulton al-muizzin” der ermishlar. Zohir va botin ulumlari bila orasta ermishlar”,deb lutf qilgan edi. Bu o‘rinda taniqli tarixchi At-Tamimiy ham “Imom al-Moturidiy o‘z zamonasining eng buyuk allomalaridan biri sifatida tan olinib, barcha uning ilmiyu ma’rifatiga iqtido qilib, uning ta’minoti ziyosini ko‘zlariga to‘tiyo sifatida surtganlar. Shu bois Imom al-Moturidiy nafaqat unga hayrixoh kishilar, balki raqiblari nazdida ham “Imom ahl as-sunna val-jamoa”, “Imom al-hudo” degan eng oliy unvonga sazovor bo‘lib, kalom ilmiga o‘ziga xos bir mo‘jiza sifatida dovrugi” doston bo‘lgan” deb ma’lumotlar bergan. Imom al-Moturidiyning o‘ziga xos ta’limotini o‘rganish uchun olimlarimiz oldida katta imkoniyat mavjud. Chunonchi, allomaning asosiy asarlari, qo‘lyozmalari va ularga yozilgan ba’zi sharhlar nafaqat Misr,Turkiya, Hindiston, Angliya kabi mamalakatlarda, balki respublikamizdagi qo‘lyozmalar xazinasida ham saqlanadi. Imom al-Moturidiyning hayoti va me’rosini ilmiy asosda har tomonlama chuqur o‘rganib, keng xalq ommasiga yetkazishda O‘zbekiston Respublikasi Vairlar Mahkamasining “Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlash to‘g‘risida” gi qarori muhim ahamiyatga molik hujjat bo‘ldi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2000-yilda Imom Moturidiy tavalludining 1130 yilligi keng nishonlandi, Toshkent va Samarqandda Moturidiy ta’limoti va uning islom olamida tutgan mavqayiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazilib, imom qabri ustida yangi maqbara barpo etildi.[4] Xulosa: Xulosa qilib shuni keltirish mumkinki, Imom Moturidiy islom ilohiyoti tarixida chuqur ilmiy tafakkuri, aql va naql uyg‘unligini targ‘ib qilgan yondashuvi bilan alohida o‘rin egallaydi. U asos slogan moturidiya ta’limoti sunniy aqida tizimida muhim maktablardan biri sifatida shakllandi va asrlar davomida keng hududlarga, xususan Markaziy Osiyoga o‘zining chuqur ta’sirini ko‘rsatdi. Moturidiy inson erki, iymon, kufr, taqdir kabi murakkab masalalarni aqliy asosda tahlil qilib, islom aqidasi va ilohiyotining ilmiy asoslarini mustahkamladi.Bugungi kunda ham moturidiylik tafakkuri zamonaviy islom ilmi, diniy bag‘rikenglik va ma’rifiy yondashuvda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu jihatdan Imom Moturidiy merosi nafaqat tarixiy, balki dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir. References: 1. Bo‘rixon, L. (2022). Imom Moturidiy. Toshkent. 2. Jumayeva, N. A. (2013). O‘rta Osiyo allomalarining ilmiy me’rosi. Buxoro: “Durdona” nashriyoti. 3. Islomiy, H. (2000). Sulton ulMuizzuddin Abu Mansur Moturidiy asSamarqandiy. Toshkent. 4. Narmanov, F. A. (2022). Sharq allomalari ilmiy me’rosi. Toshkent: Tamaddun.