scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHQARUV FAOLIYATIGA OID QARASHLAR: ABU NASR FAROBIY, ABU RAYHON BERUNIY VA AMIR TEMUR ASARLARIDA

Qodiraliyev Abror Tojimurot o'g'li; Akramova Dilshoda Nuriddinovna

Full text

313 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc BOSHQARUV FAOLIYATIGA OID QARASHLAR: ABU NASR FAROBIY, ABU RAYHON BERUNIY VA AMIR TEMUR ASARLARIDA Qodiraliyev Abror Tojimurot o‘g‘li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tarix va falsafa kafedrasi katta o‘qituvchisi [email protected] Tel: +998975353007 Akramova Dilshoda Nuriddinovna Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi [email protected] Tel: +998975353007 https://doi.org/10.5281/zenodo.17645524 Annotatsiya: Ushbu maqolada mutafakkirlarning boshqaruv faoliyatiga oid qarashlari, ularning boshqaruvga yondashuvi va zamonaviy rahbarlik bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – tarixiy qarashlarni o‘rganib, ularni zamonaviy boshqaruv va menejment konsepsiyasiga tatbiq etish imkoniyatlarini aniqlashdir. Maqolada boshqaruv faoliyatiga oid qarashlar Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy va Amir Temur asarlari misolida tahlil qilinadi. Tadqiqot tarixiy-filologik va komparativ metodlarga asoslangan bo‘lib, mutafakkirlarning boshqaruvga yondashuvi, ularning nazariy va amaliy tamoyillari o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: boshqaruv faoliyati, tarixiy nazariya, menejment, rahbarlik nazariyasi, tarixiy boshqaruv qarashlari, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur, axloqiy rahbarlik, ilmiy asoslangan boshqaruv, ijtimoiy va siyosiy boshqaruv. Аннотация: В данной статье анализируются взгляды мыслителей на управленческую деятельность, их подход к управлению и их связь с современным руководством. Основная цель исследования - изучить исторические взгляды и определить возможности их применения к современной концепции управления и менеджмента. В статье анализируются взгляды на управленческую деятельность на примере трудов Абу Насра Фараби, Абу Райхана Беруни и Амира Темура. Исследование основано на историко-филологических и компаративных методах, изучены подходы мыслителей к управлению, их теоретические и практические принципы. Ключевые слова: управленческая деятельность, историческая теория, менеджмент, теория лидерства, исторические взгляды на управление, Абу Наср Фараби, Абу Райхан Беруни, Амир Темур, этическое руководство, научно обоснованное управление, социальное и политическое управление. Abstract: This article analyzes the views of thinkers on management activities, their approach to management, and their connection with modern leadership. The main goal of the research is to study historical views and determine the possibilities of their application to the concept of modern management and administration. The article analyzes views on management activities using the works of Abu Nasr Farabi, Abu Rayhan Beruni, and Amir Timur as examples. The research is based on historical-philological and comparative methods, the approach of thinkers to management, their theoretical and practical principles are studied. Keywords: management activity, historical theory, management, leadership theory, historical management views, Abu Nasr Farabi, Abu Rayhan Beruni, Amir Timur, ethical leadership, scientifically based management, social and political management. Kirish: Boshqaruv insoniyat tarixi davomida jamiyatni tartibga solish, davlat va tashkilotlarni samarali boshqarish vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etgan. Sharq olimlari va davlat arboblari boshqaruvning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur tahlil qilgan. Xususan, Abu Nasr Farobiy, Abu 314 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Rayhon Beruniy va Amir Temur asarlarida boshqaruvga oid qimmatli g‘oyalar mavjud bo‘lib, ular zamonaviy menejment nazariyasi va rahbarlik amaliyotining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Ushbu maqolada ushbu mutafakkirlarning boshqaruv faoliyatiga oid qarashlari tahlil qilinadi. Mutafakkir ajdodlarimiz ta’limotida xalq ijodiy mahsullarida adolatli va adolatsiz munosabatlarning yuzaga kelishi rahbar shaxsi, yangi shoxga bog’liq ekanligi to’g’risidagi fikrlarga egamiz. Metodologiya va adabiyotlar tahlili: Maqola tarixiy-filologik tahlil va komparativ metodga asoslangan. Tadqiqotda quyidagi manbalar ishlatildi: • Abu Nasr Farobiy asarlari: Fozil odamlar shahri, Al-Madina al-Fadila va boshqa siyosiyfalsafiy risolalar; • Abu Rayhon Beruniy asarlari: Hindiston , Al-Athar al-Baqiyah va Kitab al-Saydana; • Amir Temur faoliyati va tarixiy manbalari: Zafarnoma, Temur tuzuklari. Tahlil orqali mutafakkirlarning boshqaruvga oid nazariyalari, ularning prinsiplari va amaliy qarashlari solishtirildi. Tadqiqotda shuningdek zamonaviy menejment nazariyasi bilan integratsiyalash imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi. Natijalar: 1. Abu Nasr Farobiy va ideal davlat boshqaruvi haqida: Abu Nasr Farobiy boshqaruvni nafaqat siyosiy, balki axloqiy va falsafiy faoliyat sifatida ko‘radi. Abu Nasr Farobiy “Ideal davlat” konsepsiyasida rahbarning ma’naviy va aqliy fazilatlariga urg‘u bergan. Uning fikriga ko‘ra, rahbar: • Adolatli va bilimdon bo‘lishi; • Jamiyatni farovonlik va tartib bilan ta’minlashi; • Xodimlar va fuqarolarni tarbiyalashga e’tibor berishi; • Axloqiy tamoyillar asosida qarorlar qabul qilishi. Shuningdek Abu Nasr Farobiy Al-Madina al-Fadila asarida ideal davlatni tashkil etishning asosiy mezonlarini belgilaydi. U boshqaruvni ma’naviy fazilat va bilim bilan uyg‘unlashtirilgan tizim sifatida ko‘radi. Zamonaviy menejment nuqtai nazaridan, Abu Nasr Farobiy yondashuvi etika va rahbarlik kompetensiyasini birlashtirish modeli sifatida qaraladi. Abu Nasr Farobiy boshqaruvni axloqiy va falsafiy prinsiplar bilan uyg‘unlashtirilgan faoliyat sifatida ko‘radi. [1] 2. Abu Rayhon Beruniy asarlarida boshqaruv va ilmiy yondashuvni birlashtirishga harakat qilgan. Abu Rayhon Beruniy boshqaruvni ilmiy asosda tashkil etishni tavsiya qiladi. Uning qarashlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: • davlat ishlarida ob’ektiv kuzatuv va tajribaga asoslanishni; • iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilishni; • qonunlar va tartib-qoidalarni ilmiy asosda ishlab chiqishni ta’kidlaydi. Abu Rayhon Beruniy boshqaruvni tajribaviy va ilmiy asoslangan qaror qabul qilish jarayoni sifatida tavsiflaydi. Uning metodologiyasi zamonaviy menejmentda analitik qaror qabul qilish va data-driven management prinsiplariga to‘g‘ri keladi. 3. Amir Temur o‘z davlat boshqaruvini qat’iy tartib-intizom va markazlashuv orqali amalga oshirgan. Uning qarashlarida: • Ijtimoiy va harbiy strukturalarni samarali boshqarish; • Byurokratiya va hududiy vakolatlarni aniq taqsimlash; • Xodimlar va amaldorlarning mas’uliyatini oshirish; • Qarorlar qabul qilishda qat’iy va tizimli yondashuv. 315 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Amir Temur boshqaruvini praktik va samarali tizim sifatida tavsiflash mumkin. Zamonaviy nuqtai nazardan, Amir Temur yondashuvi protsessual menejment va markazlashgan boshqaruv tizimi bilan mos keladi. Muhokama: Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy va Amir Temur boshqaruvga turlicha yondashgan: Abu Nasr Farobiy nazariy va axloqiy tamoyillarni ilgari sursa, Abu Rayhon Beruniy ilmiy va tajribaviy asosni ta’kidlagan, Amir Temur esa amaliy va qat’iy tizimga urg‘u bergan. Shu bilan birga, barcha uch mutafakkir boshqaruvni jamiyat farovonligi va tartibini ta’minlash vositasi sifatida ko‘rgan. Ularning qarashlarini zamonaviy menejment nazariyasi bilan solishtirsa, axloqiy liderlik, ilmiy asoslangan qaror qabul qilish va samarali tizimni yaratish prinsiplariga to‘g‘ri keladi. Bu uch tamoyilni uyg‘unlashtirish orqali zamonaviy rahbarlik modeli yaratilishi mumkin: etika, ilmiy asos va tizimli yondashuv. Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida aholining ma’naviy va psixolgik jihatdan boshqarilishida fozil odamlar shahrida shahar aholisining stratometrik xususiyatlarga ko‘ra tabaqalanishi uqtiriladi. Bunda jamiyat a’zolarining o‘zlarining boshqarishlarida jamiyatning o‘zinio‘zi boshqarilishiga olib kelishi lozim, lekin bu bilan bir vaqtning o‘zida har bir a’zo o‘z psixologikma’naviy kamolotini, usul hamda yo‘nalishiga ko‘ra yakkahol tarzda mavjud bo’ladi. “Shularning hammasini ikki yo‘l bilan olish mumkin. Birinchidan, yuqoridagi hodisalar aslida qanday mavjud bo‘lsa, inson qalbiga, ko‘ngliga o‘shanday o‘rnashib qolsa, boshqalarning ko‘nglida bu bilimlar qiyosiy yohud taqlid asosida vujudga keladi. Ba’zi odamlar o‘sha narsalarni o‘zlari his etishlari tufayli ko‘ngillarida shu bilimlar vujudga keladi”.[2] Abu Nasr Forobiy bu fikrni davom ettirib, ushbu sifatlarga ega bo‘lmagan odamlar birikmasi esa jaholatdagi va adashgan shaharlarning aholisini tashkil qiladi. Fikrlashlar, g‘azab, hasad, nafratga asoslangan bunday shaxslar doimo bir-birlariga qarshi kurashib, bir-birlariga dushmanlik qiladilar, eng kuchlilari boshqalariga nisbatan mukammalroq tuzilgan bo‘ladi. G‘olib kelganlar ham bir-birlarini yo‘qotishga urinadilar, go‘yo boshqa mavjudotlar nomukammalday, ularning borligi bularga zarar kelritadiganday, yohud boshqalar ularga qulday hizmat qilish uchun yaratilganday. Barchasi bir-birini ezib ishlatishadi. Abu Nasr Forobiy shuningdek insonlarning yaxshi hayot kechirishi boshqaruvchi, yangi rahbar shaxsiga bog‘liq ekanligi, uning turli fazilatlari, bu borada unga yordam berishni uqtiradi. Uning fikricha, bu o‘rinda rahbar shaxsi uning gumanistik insonparvarlik xususiyatlari muhimdir: “Kimki birovni baxt va saodatga erishtirish uchun zarur bo‘lgan ish-harakatlarga ruhlantira olish qobiliyatiga ega bo‘lmasa va bu ish harakatni bajara olishga qudratsiz bo‘lsa, bunday odam sira ham rahbar bo‘la olmaydi. Ular bu yo‘l-yo‘riqlarni o‘tmishda yashab o‘tgan boshliqlaridan o’rganadilar, lekin shu bilan birga, rahbar kelajak o‘tmishdagi rasm-rusm, yo‘l - yo‘riqlarni isloh qilishni lozim topsa, turmush sharoiti taqozosiga qarab o‘zgartiradi. Shuningdek, yomon odatlarni o‘zida ifodalovchi o‘tmishni ham o‘zgartirmog‘i kerak. Aks holda o‘tmishning talablariga rioya etib, uning kayfiyati saqlansa, turmushda hech qanday o‘zgarish va o‘sish ham bo‘lmaydi”. Abu Nasr Forobiyning bu fikrlaridan ko‘rinadiki, rahbar shaxsi birinchi navbatda, o‘zining yomon odatlaridan ozod qila olishi, boshqalarni yaxshi ishlarga ruhlantra olishi kerak ekan. Bu fikrlarni bugungi kunimiz uchun ham ahamiyati pasaymaganligini kuzatishimiz mumkin. O‘rta Osiyoning buyuk donishmandlaridan bo‘lmish Abu Rayxon Beruniy ham boshqaruv faoliyati va boshqaruvchi shaxsi xususida o‘zining bir qator fikr-mulohazalarini bayon etgan. U har bir kishiga baho berish uchun uning qilgan ishini kuzatish mumkinligini ta’kidlaydi: “Har bir odamning bahosi o‘z ishini ajoyib bajarilishidadir”.[3] 316 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Abu Rayhin Beruniy o‘zining “Hindiston” asarida ushbu g‘oyani ilgari surib: “Tabiati jihatidan boshqarish va siyosat ishlariga qiziquvchi boshliq bo‘lishga fazilat va kuchi bilan haqli fikr va maqsadda savodli, davlatni o‘zidan keyingilarga qoldirib, ularning o‘z ota-bobolariga qarshi bo‘lmasliklarini maqsad qilib olgan kishi tomonidan berilgan har bir buyruq, buyurilgan kishi oldida turg‘un tog‘lar singari mahkam bo‘lib, u buyruqqa ko‘p vaqtlar va uzoq zamonlar o‘tsada, keyingilar ham bo‘ysinadi”. Uning fikricha tabiatan boshqarishga moyil bo‘lgan hokim o‘z fikri va qarashlarida qat’iy bo‘lishi, o‘z ishlarini amalga oshirishda donishmandlar tomonidan bildirilgan ilg‘or mulohazalarga bo‘ysunishi lozim. Odil hokimning asosiy vazifasi oliy va past tabaqalar, kuchlilar va kuchsizlar orasida tenglik va adolat o‘rnatishdan iboratdir. Hokimning muhim vazifalaridan yana biri fan taraqqiyotiga, olimlarga g‘amxo‘rlik qilishdir.[4] Demak, Abu Rayhon Beruniy o‘z insonparvarlik g‘oyalari bilan boshqaruv va rahbarlik ta’limotlari rivojiga o‘z hissalarini qo‘sha oldi. U insonlar orasida o‘zaro tushunish, tenglik va boshqaruvda adolatni himoya qilib chiqdiki, bu fikrldar domo qadrlidir. Buyuk sarkarda, davlat arbobi sohibqiron Amir Temur ham katta bir saltanatning asoschisi, rahbari sifatida boshqarish va rahbarlik masalalariga oid kuchli tamoyillarni yaratgan. Uning tuzuklari o‘z davrining ijtimoiy voqeligiga xos bo‘lgan stratametrik tuzilma hamdir. U o‘z tuzuklarida 12 ta ijtimoiy tabaqani farqlab berganini ko‘rishimiz mumkin: - sayyidlar, ulamo, moshayih fozil odamlar; - ishbilarmon, donishmand odamlar; - xudojo’y, tarkidunyo qilgan kishilar; - noyonlar, amirlar, mingboshilar; - sipoh va rayiyat; - mahsus ishonchli kishilar; - vazirlar, sariq kotiblar; - hokimlar, tabiblar; - tavsir va hadis olimlar; - axli hunar va san’atchilar; - so’fiylar; - savdogar va sayyohlar. Amir Temur fikricha bu toifa kishilarning taqdirini podshoh, hazina va askarlar hal qiladi. Ko‘rinib turibdiki, bu turlanish asosini tabaqaning ijtimoiy voqyelikka nisbatan bo‘lgan munosabatlari va xulqatvorlari tashkil etadi. Ijtimoiy hayotni boshqarishda bunday yondashuv Amir Temur uchun o‘z davrida katta bir saltanatga asos solish imkoni bergan edi.[5] Amir Temur davlatni boshqarish vositalari haqida to‘xtalib shunday yozadi: “Saltanat ishlarida to’rt narsaga amal qilish lozim: - kengash: - mashfaratu-maslahat; - qat’iy qaror, tadbirkorlik, xushyorlik; - ehtiyotkorlik”. Uning fikricha “Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va xushyor bir kishi ming – minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir”.[6] Bundan tashqari, o‘rta bo‘g‘in rahbarlari tanlash ulardan hukumatni boshqarish ishlarida samarali foydalanishda uni nafaqat sinab ko‘rish lozimligi, balki rahbarning individual xususiyatlari, shaxsiy yo‘nalganligi, e’tiqodi, ehtiyoji, motivi kabilarni inobatga olish bu rahbarlarni 317 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc rag‘batlantirish, yuqori lavozimlariga ko‘tarish yoki jazolash turlaridan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi ham Amir Temur tuzuklarida bayon etib berilgandir. Ko‘rinib turibdiki, bundan 600 – 700 yil avval davlatni boshqarish va rahbarlik tamoyillariga oid g‘oyalar nihoyatda dolzarb bo‘lgandir. Chunki bu tamoyillar hozirgi zamon demokratik huquqiy davlatlar xarakteriga mos keladi. Bu donishmandlarimizning rahbarlik uchun zarur bo‘lgan fazilatlar davlatni idora etish uslubi va rahbarlik odobiga doir fikrlari ulkan ahamiyatga ega. Xulosa: Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy va Amir Temur asarlari boshqaruv nazariyasi va amaliyotining tarixiy ildizlarini ko‘rsatadi. Farobiy axloqiy va ma’naviy fazilatga, Beruniy ilmiy va tajribaviy asosga, Amir Temur esa amaliy va qat’iy tartibga urg‘u bergan. Ushbu qarashlar zamonaviy rahbarlik va boshqaruv faoliyatini shakllantirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, tarixiy qarashlar asosida etika, bilim va tizimiy yondashuvni uyg‘unlashtirgan rahbarlik modeli yaratilishi mumkin. tarixiy qarashlarni zamonaviy menejmentga tatbiq etish orqali etika, ilmiy asos va tizimli yondashuvni uyg‘unlashtirgan rahbarlik modeli yaratish mumkin. Ushbu yondashuv rahbarlarga nafaqat strategik va operatsion qarorlar qabul qilishda, balki xodimlar bilan samarali ishlash, tashkilot madaniyatini shakllantirish va ijtimoiy mas’uliyatni amalga oshirishda ham yordam beradi. Shu bilan birga, maqola natijalari shuni ko‘rsatadiki, tarixiy boshqaruv prinsiplari zamonaviy rahbarlik va menejment nazariyasi uchun boy ilmiy manba hisoblanadi. Ularni o‘rganish va integratsiyalash rahbarlarga uzoq muddatli strategik rivojlanish va tashkilot samaradorligini oshirish imkonini beradi. References: 1. Farobiy, A. N. (1985). Al-Madina al-Fadila (Ideal State). Toshkent: Fan. 2. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. 3. Beruniy, A. R. (2000). Al-Athar al-Baqiyah. Toshkent: Sharq. 4. Beruniy, A. R. (1965). Hindiston. Toshkent: Fan. 5. Zafarnoma. (1996). Toshkent: Sharq. 6. Temur tuzuklari. (1989). Toshkent: Fan