scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MILLIY O'ZLIKNI ANGLASHDA MAHMUDXO'JA BEHBUDIY MEROSI

Ashurov Sodiqjon Komil o'g'li

Full text

318 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASHDA MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY MEROSI Ashurov Sodiqjon Komil o‘g‘li Denov tadbirkorlik va pedogogika instituti talabasi E-mail:[email protected] Tel:+998915137504 https://doi.org/10.5281/zenodo.17645535 Annotatsiya: Ushbu maqolada XX asr boshlarida yashab ijod qilgan ma’rifatparvar ziyoli, jadidchilik harakatining yetakchi namoyandalaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ilmiyma’rifiy faoliyati yoritiladi. Unda Behbudiy o‘z davrida milliy o‘zlikni anglash, xalq ongini uyg‘otish, ta’lim-tarbiya tizimini yangilash va jamiyatda milliy g‘ururni shakllantirish borasida qilgan sa’y-harakatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, uning matbuot, kutuxonadagi siyosiy faoliyati, muftiylik martabasi orqali millatning o‘zligini asrab qolish va taraqqiyot yo‘liga yetaklashdagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Maqolada Behbudiy merosining bugungi mustaqil O‘zbekiston jamiyatida ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati ham alohida e’tiborga olinadi. Kalit so‘zi: Mahmudxo‘ja Behbudiy ,Turkiston, Sadriddin Ayniy, Hoji Muin, Behbudxo‘ja Solihxo‘ja o‘g‘li, Ahmad Yassav, Niyozxo’ja, Amir Shohmurod, Muhammad Siddiq, Baxshitepa, Yomini, qorilik maktabi, qorilik diplomi, Parvin. Аннотация: В статье рассматриваются жизнь и научно-просветительская деятельность Махмудходжи Беха, выдающегося интеллектуала, жившего и творившего в начале XX века, одного из основателей движения джадидов. Анализируются усилия Бехбуди по пониманию национальной идентичности, пробуждению общественного сознания, обновлению образования и воспитанию национальной гордости в обществе. Также освещается его роль в сохранении самобытности нации и руководстве ею на пути развития посредством деятельности в печати, библиотеке и муфтии. Особое внимание уделяется духовнопросветительскому значению наследия Бехбуди в современном независимом узбекском обществе. Ключевые слова: Махмудходжа Бехбудий, Туркестан, Садриддин Айний, Хаджи Муин, Бехбудходжа Салихходжа оглы, Ахмад Яссав, Ниезходжа, Амир Шохмурод, Мухаммад Сиддик, Бахшитепа, Ямини, школа корилика, диплом корилика, Парвин. Abstract: This article covers the life and scientific and educational activities of Mahmudkhodja Behbudiy, an enlightened intellectual who lived and worked at the beginning of the 20th century, one of the leading figures of the Jadid movement. It analyzes Behbudiy's efforts to understand national identity, awaken public consciousness, renew the education system, and form national pride in society. It also shows his role in preserving the identity of the nation and leading it to the path of development through his press, political activities in the box office, and his position as mufti. The article also pays special attention to the spiritual and educational significance of Behbudiy's legacy in today's independent Uzbek society. Keywords: Mahmudkhodja Behbudiy, Turkestan, Sadriddin Ayniy, Haji Muin, Behbudkhodja Salihkhodja oglu, Ahmad Yassav, Niyozkhodja, Amir Shohmurod, Muhammad Siddiq, Bakhshitepa, Yamini, qorilik school, qorilik diploma, Parvin. Kirish: Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston jadidchilik harakatining boniysidir. Uning hayoti va ijodiy faoliyati haqida 20-yillarda mahalliy matbuotda Sadriddin Ayniy, Hoji Muin ibn Shukrullo, Laziz Azizzoda kabi zamondoshlari tomonidan bir qator maqola, xotiralar e’lon qilingan. Keyingi yillarda xususan , mustaqillikka erishilgandan so‘ng jadidlar faoliyatini o‘rganishga qiziqishi kuchayishi bilan Behbudiyning faoliyatini ham o‘rganishda katta ishlar amalga oshirildi. Behbudiy tarjimayi holini yoritishda Hoji Muinning 1922-1923-yillarida o‘zi muharrirlik qilgan 319 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc “Mehnatkashlar tovushi” (1922), “Zarafshon” (1923) gazetalarida chop etgan maqolalari muhim ahamiyatga ega. Behbudiy haqida XX asrning 70-yillaridan bugungi kungacha e’lon qilingan ko‘pgina tadqiqotda Hoji Muin ma’limotlari asos qilib olinadi. Hoji Muin Behbudiyning biografiyasini yozar ekan, uni 1875-yilning 19-yanvarida (hijriy 1291-yil 10-zulhijja) Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida diniy olim oilasida Yomini mahallasida tavallud topgan. Olim bu sanani isbot qilish uchun yetarlicha dalil va isbotlarni keltiradi, Hoji Muinning ma’lumot berishicha Mahmudxo‘ja Behbudiyning otasi Behbudxo‘ja Solihxo‘ja o‘g‘li Turkistonlik Ahmad Yassaviyning avlodlaridan, ona tomonidan bobosi Niyozxo’ja Urganchlik bo‘lib Amir Shohmurod hukumronlik qilgan davrda Samarqandga ko‘chib kelgan. Behbudiy 6-7 yoshlarida tog‘asi Muhammad Siddiq huzurida o‘qib savod chiqaradi, otasi Behbudxo‘jadan esa Qur’ondan saboq olib qisqa muddatda qorilik martabasiga erishadi. 15yoshga kirganda yana bir tog‘asi mulla Odil muddarislik qilgan madrasada tahsilni davom ettiradi va arab tili grmmatikasi, aqida va shariat qonunlari bo‘yicha bilimlarni kengaytiradi. 1893-yilda onasi, 1894-yil esa otasi vafot etadi. Otasi vafotidan biroz avval uylangan Behbudiy to‘rt o‘g‘il, bir qiz ko‘rgan 1 Mahmudxo‘ja Behbudiy nomi tilga olinganda zamondoshlari uning ism-sharifi oldiga, albatta, “muftiy” unvonini qo‘shib aytganlar. Oradan qancha davrlar o‘tmasin, bu an’ana hozirga qadar davom etib kelmoqda. Adabiyotshunoslar ham adib nomini hurmat yuzasidan bugun ham “muftiy Mahmudxo‘ja Behbudiy” deb tilga oladilar. Zamonaviy olimlar orasida Behbudiyning muftiylik faoliyatini birinchi bo‘lib yoritgan adabiyotshunos Solih Qosimovdir. U “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” haftaligining 1990 yil 19 yanvar sonida chop etilgan “Behbudiy va jadidchilik” nomli maqolasida mavzuni yoritishdan avval shunday yozadi: “Sobiq Turkistonning har bir qishloq va dahasida qozixonalar, ularda xizmat qilgan qozi va muftiylar san-sanoqsiz bo‘lgan. Ammo Behbudiydek barkamol shaxs — nafaqat diniy ilmlar, balki zamonaviy fanlarning ham bilimdoni, xalqni ma’rifatli qilish uchun kurash yo‘lida o‘z moddiy boyliklarini, hatto jonini ayamagan insonning misli nihoyatda siyrak, hatto yakkadir. Fayzulla Xo‘jayevning so‘zlari bilan aytganda, ‘‘Siyosiy va ijtimoiy faoliyati hamda bilimining kengligi jihatidan o‘sha davr Turkiston jadidlaridan unga teng keladigan kishi bo‘lmasa kerak” 2 . Asosiy qisim: Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, Solih Qosimov jadidchilik mavzusi bilan qiziqib chiqqan 1960-yillarda Samarqand va Dushanbeda Behbudiy bilan uchrashgan yoki uni ko‘rgan odamlar hali bor edi. Olim ana shu imkoniyatdan foydalanib, ular bilan suhbatlashgan va adib haqidagi xotiralarni yozib olgan. Mahmudxo‘ja Behbudiyning qizi Parvin Behbudiyning otasi haqida aytgan xotiralaridan olingan bo‘lib, uni Solih Qosimov yozib olgan. Ushbu matnni sodda va ravon o‘zbekcha qilib qisqa mazmunda aytib bergan: Mahmudxo‘ja Behbudiy yoshligidan diniy ta’lim olgan avval Haftiyak va Chor Kitobni o‘qib, keyin qorilar maktabida ta’limni davom ettirgan. Yaxshi xotiraga ega bo‘lgani bois ikki yil ichida Qur’onni to‘liq yod olib, qori bo‘lgan. Shundan so‘ng Samarqand va Buxorodagi madrasalarda ham vaqt-vaqti bilan ta’lim olgan umri davomida kitobdan ayrilmagan. Qorilar maktabini tugatgach, qishloqlarda qozilar va muftiylar huzurida mirza (kotib) sifatida ishlagan. Fiqh ilmi ustida ko‘p shug‘ullangani uchun tez orada unga “muftiy” unvoni berilgan. Behbudiy umrining oxirigacha Jomboyda muftiylik qilgan. Odatda har shanba kuni Jomboyga borib, qozilar bilan bahsli masalalarni muhokama qilgan. Parvin Behbudiyning bu voqealarni eslaganida “qorilik maktabi”, “qorilik diplomi” kabi iboralarni ishlatgan. Aslida bunday maktab yoki diplom bo‘lmagan, bu faqatgina xalq orasida ishlatilgan tushunchalar bo‘lishi mumkin. Behbudiy 1918-yil may oyida Samarkandda Musulmon ishchilari sho‘rosida viloyat maorif komissari 1 Mahmudxo‘ja Behbudiy. “Jadidlar” Yoshlar Nashriyot uyi –Toshkent: 2022-yil 2 Naim Karimov. “Mahmudxo‘ja Behbudiy” Toshkent:2010-yil 320 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc lavozimida ishlagan Solih Qosimovning yozishicha, u shu davrda ham muftiylik faoliyatini davom ettirgan 3 . Milliy madaniyatimiz tarixiga nazar tashlagan kishi Barcha ma’rifatparvar podshohlarning saroyida kutubxonalar bo‘lgani va shu kutubxonalarda o‘zbek xalqining tarixi, dini va madaniyatiga oid nodir kitoblar saqlanganini yaxshi biladi Ammo bu kutubxonalardan faqat saroy ahli va unga yaqin kishilar foydalanish imkoniga ega bo‘lishgan. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yuzaga kelgan milliy uyg‘onish harakati vakillari esa ma’rifatni ayrim kishilarga emas, balki butun xalq ommasiga yoyishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yganlar. Shu bois ular yangi maktablar ochish bilan birga, keng xalq uchun kutubxonalar tashkil etishga ham kirishdilar. O‘tgan asrning 1910-yillarida Toshkentda Munavvar qori Abdurashidxonov boshchiligidagi jadidlar tashabbusi bilan “Turon” kutubxonasi ochildi. Bir necha yil avval esa Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan “Qiroatxonai Behbudiya” o‘z faoliyatini boshlagan edi. Keyinchalik ushbu kutubxona “Behbudiya” kutubxonasi nomi bilan mashhur bo‘lgan mutolaaxona ikki smenada ertalab soat 9 dan 5 gacha, kechqurun esa 6 dan 12 gacha ishlagan va bir vaqtning o‘zida 60 dan 110 nafargacha kishiga madaniy xizmat ko‘rsata olgan. Behbudiyning “Samarqand kutubxona islomiyasi” nomli maqolasidan (“Turkiston viloyatining gazetasi” 1908-yil noyabr) ma’lum bo‘lishicha, kutubxona fondida o‘sha davrda 600 ta kitob va risolalar, shuningdek undan ham ko‘proq gazeta va jurnallar mavjud bo‘lgan. Behbudiy agar mablag‘ ko‘paytirilsa, diniy va dunyoviy kitoblarni yana ko‘proq sotib olish, shuningdek Istanbul va Qohirada nashr etilayotgan gazeta va jurnallarga obuna bo‘lish mumkinligini aytgan 4 . “Turkiston viloyatining gazetasi” deyarli har bir sonida kitob sotib olib o‘qish imkoniyati bo‘lmagan xalqning kutubxonaga qiziqishi tobora ortib borayotganini yoritib borgan. Masalan, 1909yil 15-yanvar sonida berilgan xabarga ko‘ra, 2000 ga yaqin kishi kutubxonadagi adabiyot va matbuot asarlaridan foydalanib, ma’rifatdan bahramand bo‘lgan. Behbudiy kutubxonaning tashkilotchisigina emas, balki u yerdagi ko‘plab kitob va risolalarning egasi ham edi. Vahdud Mahmud Abduqodir Shakuriyning xotirasiga bag‘ishlangan maqolasida shunday deyiladi: “Behbudiy boy kutubxonaning egasi edi. Unda 1000 jildlik kitob ” fondiga ega bo‘lgan bu mutolaaxona barcha uchun doimo ochiq edi. O‘sha davrda kitoblarning har biri oltin bahosida qadrlanardi Behbudiy mutolaaxonaga tegishli bino va boshqa xarajatlarni o‘z mablag‘idan to‘lab turar edi” deb yozgan. Kutubxonaga bo‘lgan qiziqishning ortishi natijasida keyinchalik unda kitob savdosi bilan shug‘ullanish imkoniyati ham yaratildi. Behbudiy Samarqandlik taraqqiyparvar kishilarning xorijda nashr qilingan kitoblarga bo‘lgan qiziqishlarini e’tiborga olib, Kavkaz, Qrim, Turkiya va boshqa mamlakatlarga safarlarga borganda kutubxona uchun kitoblar, “Oyna” jurnali uchun esa turli klishelar olib kelishga qaror qilgan. U “Qasdi safar” nomli maqolasida bunday yozadi: ‘‘Kutubxonai Behbudiya’’ nomida “Oyna” idorasi qoshida kitob savdosi ochish uchun ruxsat olingan. Istanbul, Misr, Qrim, Kavkaz, Qozon, Orenburg va Hindiston kitoblarini olib kelish kerak. “Oyna”da qo‘yish uchun Rossiya va xorijning mashhur imorat va manzaralari, fan va ilmga oid maqolalar uchun ilmiy hamda tarixiy naqshlarning qoliplari ham keltirilishi lozim.” Behbudiy 1914-yil 29-may kuni boshlangan katta safar davomida Kavkaz, Qrim, Turkiya, Gretsiya, Bolgariya, Avstriya va Germaniyaning turli shaharlarida bo‘lib, u yerdan “Behbudiya” kutubxonasi uchun juda ko‘p kitob va risolalar olib keladi. Afsuski, “Behbudiya” kutubxonasining 1917-yildagi inqilobiy voqealardan keyingi taqdiri haqida matbuotda birorta maqola yoki xotira e’lon qilinmagan 5 . 3 Hoji Muin. “Tanlangan asarlar” Toshkent: “Ma’naviyat” 2005 4 Mahmudxo‘ja Behbudiy. “Tanlangan asarlar” Toshkent: “Ma’naviyat” 1999 5 Naim Karimov. “Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti” Toshkent: “Ma’naviyat” 2004 321 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Xulosa: Xulosa qilib shuni takidlash kerakki, Mahmudxo‘ja Behbudiy nafaqat jadidchilik harakatining peshqadami, balki xalqni ma’rifatli qilish uchun jonini ayamagan ulkan ma’rifatparvar sifatida tarixda qoldi. Uning ilmiy faoliyati, muftiylik martabasi, kutubxona tashkil etish tashabbuslari o‘z davri uchun beqiyos hodisa edi. “Behbudiya” kutubxonasi o‘zbek xalqining milliy uyg‘onish davridagi eng yirik ma’naviy markazlardan biri bo‘lib xizmat qildi. Behbudiy merosi bugungi kunda ham milliy o‘zlikni anglash, ma’rifat va taraqqiyot yo‘lida muhim manba bo‘lib qolmoqda. References: 1. Mahmudxo‘ja Behbudiy. “Jadidlar” Yoshlar Nashriyot uyi –Toshkent: 2022-yil 2. Naim Karimov. “Mahmudxo‘ja Behbudiy” Toshkent:2010-yil 3. Hoji Muin. “Tanlangan asarlar” Toshkent: “Ma’naviyat” 2005 4. Mahmudxo‘ja Behbudiy. “Tanlangan asarlar” Toshkent: “Ma’naviyat” 1999 5. Naim Karimov. “Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti” Toshkent: “Ma’naviyat” 2004