scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

JALOLIDDIN MANGUBERDI OBRAZI: TARIXIY MANBALAR VA ZAMONAVIY TALQINLARDA VATAN FIDOYILIGINING ABADIY TIMSOLI

Xasanova Nodira Ibragimovna; Ravshanova Marjona Karimovna

Full text

330 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc JALOLIDDIN MANGUBERDI OBRAZI: TARIXIY MANBALAR VA ZAMONAVIY TALQINLARDA VATAN FIDOYILIGINING ABADIY TIMSOLI Xasanova Nodira Ibragimovna Denov tadbirkorlik va pedogogika instituti o‘qituvchisi E-mail: [email protected] Tel:+998915749450 Ravshanova Marjona Karimovna Denov tadbirkorlik va pedogogika instituti talabasi E-mail:[email protected] Tel: +998993761903 https://doi.org/10.5281/zenodo.17645656 Annotatsiya: Ushbu maqolada XIII asrning buyuk sarkardasi, Xorazmshohlar sulolasining so‘nggi hukmdori Jaloliddin Manguberdining hayoti, faoliyati va qahramonlik yo‘li yoritilgan. Tarixiy manbalar asosida uning ilmga, adolatga, xalq sadoqatiga tayanib shakllangan shaxsiy fazilatlari, shuningdek, mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi olib borgan mardona kurashi tahlil qilinadi. Maqolada Shayx Najmiddin Kubro, Temur Malik, Aminalmulk kabi siymolarning ta’siri, Parvon jangi va Ind daryosi bo‘yidagi mashhur to‘qnashuv tafsilotlari o‘z ifodasini topgan. Shuningdek, mustaqillik yillarida Jaloliddin Manguberdi siymosining qayta tiklanishi, san’at va adabiyotdagi obrazining milliy g‘urur, jasorat va vatanparvarlik timsoli sifatida talqin etilishi ham yoritiladi. Qahramonning tarixiy haqiqat va badiiy ifoda uyg‘unligidagi siymosi bugungi yoshlar uchun ibrat manbai sifatida ko‘rsatiladi. Kalit so‘zi: Xorazmshohlar davlati, Najmiddin Kubro, Temur Malik, Aminalmulk Parvon jangi, mo‘g‘ullar, vatanparvarlik, jasorat, O‘zbekiston mustaqilligi, milliy qahramon, san’atda talqin. Abstract: Three articles cover the life, work and heroic path of the great commander of the 13th century, the last ruler of the Khorezmshah dynasty, Jalaluddin Manguberdi. Based on historical sources, his personal characteristics, formed on the basis of science, justice, and loyalty to the people, and his courageous struggle against the Mongol invaders are analyzed. The article reflects the influence of figures such as Sheikh Najmiddin Kubro, Temur Malik, and Aminalmulk, the power of the Battle of Parvan and the famous clash on the banks of the Indus River. The revival of the figure of Jalaluddin Manguberdi, the interpretation of his image in art and literature as a symbol of national pride, courage, and patriotism are also covered. The figure of the hero, in the harmony of historical truth and artistic expression, serves as an example for today's youth. Keywords: State of Khorezmshahs, Najmiddin Kubro, Temur Malik, Aminalmulk, Battle of Parvan, Mongols, patriotism, courage, independence of Uzbekistan, national hero, interpretation in art. Аннотация: В трех статьях освещаются жизнь, деятельность и героический путь великого полководца XIII века, последнего правителя династии Хорезмшахов Джалалуддина Мангуберди. На основе исторических источников анализируются его личные характеристики, сформированные на основе науки, справедливости и преданности народу, и его мужественная борьба с монгольскими завоевателями. В статье отражено влияние таких деятелей, как шейх Наджмиддин Кубро, Темур Малик и Аминальмульк, мощь Парванской битвы и знаменитого столкновения на берегах реки Инд. Также освещается возрождение фигуры Джалалуддина Мангуберди, интерпретация его образа в искусстве и литературе как символа национальной гордости, мужества и патриотизма. Фигура героя, в гармонии исторической правды и художественного выражения, служит примером для современной молодежи. 331 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Ключевые слова: Государство Хорезмшахов, Наджмиддин Кубро, Темур Малик, Аминальмульк, Парванская битва, монголы, патриотизм, мужество, независимость Узбекистана, национальный герой, интерпретация в искусстве. Kirish: Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, bo‘lajak hukmdor uchun ilm ayniqsa, hisob-kitob, miqdor, hajm va koinot ilmlarini bilish hayotiy zarurat sanalgan. Har bir harakatda aniqlik, yo‘nalishda ishonch, qarorlar qabulida donolik zarur edi, shu boisdan ham Jaloliddin Manguberdi yoshligidan buyuk alloma va ruhiy pir Shayx Najmiddin Kubro tarbiyasida komillik yo‘liga kiradi. Ustoz uni nafaqat islomiy ma’naviyat va ma’rifatning sirlariga, balki hukmdorlik madaniyati, adolat va xalq sadoqati ruhiga ham o‘rgatadi shayxning “Shoh — Vatanning bosh qo‘riqchisi, xalq osoyishtaligining kafolati va adolat ustunidir” degan fikri Jaloliddinning butun hayot mezoniga aylangan. Jaloliddin o‘z xalqiga, o‘z yurtiga sadoqatni iymon-e’tiqod darajasiga ko‘tardi unga singdirilgan “Vatan tuyg‘usi” uning yuragida so‘nmas mash’ala bo‘lib yonib turadi. Bu tuyg‘u uni dushmanlarga qarshi mislsiz jasoratga, Vatanni himoya qilish yo‘lida o‘z hayotini ham qurbon qilishga undadi shuningdek, Jaloliddin Manguberdi harb-u zarb san’atining barcha sir-asrorlarini ham o‘zlashtirgan. Uning harbiy mahorati va jismoniy komillik falsafasi ustozi Temur Malik va Aminamulk kabi mohir sarkardalar maktabida shakllangan bu bilimlar unga nafaqat janglarda, balki butun hayotida mustahkam tayanch bo‘lgan. Bugungi san’at asarlarida Jaloliddin Manguberdi obrazi Vatanga muhabbat, jasorat va mardlik timsoli sifatida tasvirlanadi. Kinofilmlar, teatr asarlari, haykallar va adabiy asarlarda uning obrazida insoniy qadr-qimmat, erkparvarlik va xalqparvarlik g‘oyalari uyg‘un tarzda ifodalangan. Jaloliddin siymosi bugungi yoshlar uchun ham ibrat manbaiga aylangan, ularni milliy g‘urur, sadoqat va fidoyilik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.Shunday qilib, tarixiy manbalardagi haqiqatlar va zamonaviy san’atdagi talqinlar birlashgan holda, Jaloliddin Manguberdi obrazini abadiyat sahifalariga yozilgan milliy qahramon darajasiga ko‘tardi. 1 Asosiy qism: Jaloliddin Manguberdi qadimgi davrdan XIII asr o‘rtalarigacha Xorazm hududida mavjud bo‘lgan Xorazmshohlar davlatining so‘nggi hukmdori (1220–1231), mohir sarkarda. U O‘zbek davlatchiligi tarixida chuqur iz qoldirgan, anushteginiylar sulolasining yirik vakillaridan biridir Takash vafotidan so‘ng taxtga Qutbiddin Muhammad o‘tirdi, u Otasining Alouddin laqabini, keyinchalik esa Sanjar (ikkinchi) nomini qabul qildi Onasi Oychechak turkman kanizaklardan bo‘lgan. Jaloliddin burnida xoli (mank) bo‘lgani uchun “Mankburni” deb atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda o‘zgarib “Manguberdi” shaklida mashhur bo‘lib ketgan. Jaloliddin voyaga yetgach, otasi uni G‘azna, Bomiyon, G‘ur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha bo‘lgan yerlarga hokim va taxt vorisi etib tayinlagan, ammo Muhammad Xorazmshohning onasi Turkon xotun va qipchoq amirlarining noroziligi sababli Jaloliddin vorislikdan mahrum etilgan. Shunga qaramay, u otasining harbiy yurishlarida faol qatnashib, jasorat va harbiy mahoratini namoyon etgan. Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shinlari Movarounnahrga bostirib kirganida, Xorazmshoh Muhammad Kaspiy dengizi bo‘yidagi Ashurada orolida edi. Og‘ir betoblik chog‘ida u o‘g‘li Jaloliddinni o‘z o‘rniga Xorazmshoh etib tayinlagan, Jaloliddin ukalari Oqshoh va Qutbiddin O‘zloqshohlar bilan Gurganjni himoya qilishga oshiqadi, biroq Gurganjdagi qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumorteginni sulton deb e’lon qilib, Jaloliddinga qarshi fitna uyushtiradi. Buni bilgan Jaloliddin sadoqatli sarkarda Temur Malik boshchiligidagi 300 suvoriy bilan Gurganjni tark etib, Xurosonga yo‘l oladi Niso yaqinida 700 nafar mo‘g‘ul suvoriylariga duch kelgan Jaloliddin ularni qattiq jangda tor-mor etib, Nishopurga yetib boradi. U yerdan barcha viloyat hokimlariga 1 Jumaboy Rahimov. “Jaloliddin Manguberdi” – O‘qituvchi nashriyoti:2001 332 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc murojaat qilib, mo‘g‘ullarga qarshi birlashishga da’vat etadi. Oradan bir oy o‘tib, u G‘azniga yo‘l oladi. Yo‘lda unga qaynotasi, Hirot hokimi Aminalmulk 10 ming askari bilan qo‘shiladi. Qandahorni qamal qilgan mo‘g‘ul qo‘shinlariga qarshi uch kunlik jangda Jaloliddin ulkan g‘alabaga erishadi 2 Jaloliddin Manguberdi 1221-yilda G‘azniga yetib kelgan bu yerda unga xalajlar sardori Sayfiddin Agʻroq, Balx hokimi A’zam Malik, afgʻonlar rahnamosi Muzaffar Malik, qarluqlar boshligʻi Hasan ularning har biri 30 minglik qoʻshin bilan Jaloliddin bayrogʻi ostida birlashdilar. Shu yerda Jaloliddin Amin Malikning 318 qiziga uylanib, qarindoshlik va ittifoqchilik rishtalarini mustahkamladi bu hodisa nafaqat siyosiy, balki harbiy-axloqiy jihatdan ham birlashuvning mustahkam poydevorini yaratdi. Jaloliddin o‘z qoʻshinini Gʻaznadan olib chiqib, Parvon tomonga yoʻl oldi yoʻlda moʻgʻullar Valiyon qal’asini qamal qilayotganlarini eshitib, ularni to‘satdan bosib kiradi. Chingizxon Jaloliddinga qarshi o‘zining tajribali sarkardalaridan biri Shiki Xutuxu boshchiligidagi 45 minglik qoʻshin yuborgan edi. Ikki kun davom etgan shiddatli jang moʻgʻullarning yakson etilishi bilan yakun topdi bu gʻalaba Movarounnahr va Xuroson xalqlari uchun gʻoyat katta ahamiyatga ega bo‘ldi chunki moʻgʻullarning “ilohiy” va “yengilmas” kuch haqidagi afsonalariga butunlay chek qoʻyildi. Bu gʻalabaning ruhiy ta’siri o‘ta kuchli bo‘lib Saraxs, Marv, Hirot hatto Buxoroda ham xalq mo‘g‘ullarga qarshi isyon ko‘tardi aholi o‘z ozodligi uchun kurashish mumkinligiga ishonch hosil qildi shu bois Jaloliddin Manguberdi nomi xalq qalbida ozodlik, jasorat va Vatan fidoyiligining timsoliga aylandi 3 . Kuchayib borayotgan Jaloliddin xavfini sezgan Chingizxon bu safar unga qarshi o‘zi boshchilik qilgan katta qo‘shin bilan yo‘lga chiqadi Parvon jangining Juvayniy keltirgan tavsifi o‘sha davr harbiy usullarini tasavvur etish imkonini beradi. Tarixchining yozishicha, jangning birinchi kuni yakunlangach, tunda Shiki Xutuxu o‘z askarlariga kigizdan odam haykalini yasashni buyuradi ertasi tongda jang qayta boshlangan paytda Jaloliddin lashkarlari moʻgʻul qoʻshini ko‘payganini ko‘rib “dushman madad oldi” degan gumonga boradilar ammo sarkardaning o‘tkir zakovati va dalda so‘zlari ularning ruhini qayta tiklaydi Jaloliddin jangchilarga: “Kimki jonini Vatan uchun fido qilsa, uning nomi abadiy yashaydi!” degan mazmundagi so‘zlar bilan murojaat qiladi shu ondayoq jangchilarning ruhiyati yuksaladi, ular yangi kuch bilan dushmanga tashlanadilar sulton suvoriylari otlaridan tushib, dushmanni o‘q-yoylardan nishonga olish taktikasi orqali jang taqdirini o‘zgartirib yuboradi. Bu voqea Jaloliddin Manguberdi nafaqat jasur sarkarda, balki mohir strateg, xalq ruhini anglay olgan yetakchi bo‘lganini yana bir bor isbotlaydi uning Parvondagi g‘alabasi tarixda adolat, erk va vatanparvarlik g‘oyalarining yorqin ramzi sifatida qolgan 4 . Oʻzbekiston hukumati Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda ko‘rsatgan mislsiz jasorati, vatanga va o‘z xalqiga sadoqati hamda cheksiz muhabbatini yuksak qadrlab uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida 1998-yilda “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida” qaror qabul qildi. Ushbu qaror asosida uning tug‘ilib o‘sgan yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga haykal o‘rnatildi, yirik ko‘cha va maydonlarga, jamoa korxonalariga uning nomi berildi shuningdek, qahramon shaxs haqida videofilmlar, dostonlar va pyesalar yaratildi. 2000-yil 30-avgust kuni esa “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etildi bu buyuk sarkardaning xalq qalbidagi o‘chmas nomini yanada mustahkamladi. Jaloliddin Manguberdi o‘zining qahramonligi va mardligi bilan tarixda o‘ziga xos iz qoldirgan buyuk siymo hisoblanadi u O‘rta Osiyo yerlarini bosib olgan mo‘g‘ullarga qarshi kurashda faqat sarkarda sifatida emas, balki 2 Jahongir Yursinboyev. “Jaloliddin Manguberdi Hayoti” – Chirchiq davlat pedagogika instituti:202 3 Shahobiddin Muhammad an-Nasaviy.Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti. Matyoqubov K. tarjimasi. –T: Oʻzbekiston. 2006 4 Toshev Nuryogʻdi. Jaloliddin Manguberdi. –T: Abu matbuot konsult. 2011. 333 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc haqiqiy vatan farzandi sifatida namoyon bo‘ldi uning har bir jangdagi qat’iyati, Vatan ozodligi uchun olib borgan kurashdagi jasorati xalq qalbida abadiy o‘rnashdi. Jaloliddin Manguberdi siymosi, eng avvalo vatanparvarlikning ulug‘ timsoli sifatida e’tirof etiladi u o‘z xalqini himoya qilish yo‘lida nafaqat jasorat, balki aql-idrok, donishmandlik va strategik tafakkurini ham namoyon etdi ayniqsa, Ind daryosi bo‘yida kechgan mashhur jangda u o‘z mardligi va sarkardalik mahorati bilan dunyo tarixiga “Vatan himoyachisi” degan yuksak nom bilan kirib qoldi. Bugun ham Jaloliddinning siymosi har bir avlod uchun o‘lmas ibrat manbai uning fidoyiligi, el-yurt manfaatini shaxsiy orzularidan ustun qo‘yganligi, xalq ozodligi yo‘lida jonini fido etgani har bir inson uchun haqiqiy vatanparvarlikning eng yuksak namunasi hisoblanadi 5 . Xulosa: Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkunki, Jaloliddin Manguberdi o‘zining yurtga muhabbat, jasorat va sadoqat bilan yo‘g‘rilgan hayoti orqali tarix sahifalarida o‘chmas iz qoldirgan. Uning mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashi nafaqat harbiy g‘alabalar, balki milliy o‘zlik va erk tuyg‘usining yuksak namunasidir. Bugungi O‘zbekiston taraqqiyoti sharoitida Jaloliddin Manguberdi siymosi milliy g‘urur va vatanparvarlik timsoli sifatida e’zozlanmoqda uning jasorati, donoligi va xalqiga sadoqati har bir avlodni Vatan oldidagi burchni sidqidildan bajarishga da’vat etadi. References: 1. Jumaboy Rahimov. “Jaloliddin Manguberdi” – O‘qituvchi nashriyoti:2001 2. Jahongir Yursinboyev. “Jaloliddin Manguberdi Hayoti” – Chirchiq davlat pedagogika instituti:2022 3. Shahobiddin Muhammad an-Nasaviy. “Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti” - Matyoqubov K. tarjimasi –T. Oʻzbekiston:2006 4. Toshev Nuryogʻdi. “Jaloliddin Manguberdi” – T. Abu matbuot konsult:2011. 5. Masharipov Qudrat. “Jaloliddin Manguberdi - Buyuk vatanparvar sarkarda” - T. Navroʻz:2019 5 Masharipov Qudrat. Jaloliddin Manguberdi - Buyuk vatanparvar sarkarda. T. Navroʻz. 2019