"KATTA ERGASH: FARG'ONA VODIYSIDA MILLIY OZODLIK HARAKATINING NAMOYANDASI"
Full text
334 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc “KATTA ERGASH: FARG‘ONA VODIYSIDA MILLIY OZODLIK HARAKATINING NAMOYANDASI” Xursanova Farangiz Ulug‘bek qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi Email: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17645673 Annotatsiya: Ushbu tezisda Katta Ergash qo‘rboshining Farg‘ona vodiysidagi milliy ozodlik harakatidagi roli va sovet mustamlakachiligiga qarshi kurashi tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Maqolada uning xalq orasidagi obro‘-e’tibori, diniy va siyosiy faoliyati hamda shaxsiyati yoritiladi. Kalit so‘zlar: Madaminbek, Turkiston Muxtoriyati, Eshmuhammadbek, Amirol Muslіmіn, Bachqir qishlog‘i, Mulla Ergash, Shermuhammadbek. Аннотация: В данном тезисе на основе исторических источников анализируется роль Курбаши Катта Эргаша в национально-освободительном движении в Ферганской долине и его борьба против советского колониализма. В статье освещается его авторитет среди народа, религиозная и политическая деятельность, а также личность. Ключевые слова: Мадаминбек, Туркистон Мухторияти, Эшмухаммадбек, Амирол Муслимин, кишлак Бачкир, Мулла Эргаш, Шермухаммадбек. Abstract: This thesis analyzes Katta Ergash's role in the national liberation movement in the Fergana Valley and his struggle against Soviet colonialism based on historical sources. The article covers his reputation among the people, religious and political activities, and personality. Keywords: Madaminbek, Turkestan Autonomy, Eshmuhammadbek, Amirol Muslimin, Bachqir village, Mulla Ergash, Shermuhammadbek. Kirish: XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida yuzaga kelgan siyosiy va ijtimoiy jarayonlar xalqning milliy o‘zligini saqlash, diniy qadriyatlarni himoya qilish va mustamlakachilikka qarshi kurashish zaruratini kuchaytirdi. Shu davrda Farg‘ona vodiysida Basmachilik harakati keng yoyilgan bo‘lib, xalq orasida o‘zining jasorati va ta’siri bilan ajralib turgan yetakchilar paydo bo‘ldi. Ularning orasida Katta Ergash nomi alohida o‘rin tutadi. Katta Ergash — Turkistonda, xususan Farg‘ona vodiysida Basmachilik harakatining yirik namoyandalaridan biri bo‘lib, xalq ozodligi yo‘lida faol kurash olib borgan sarkardalardan edi. U sovet mustamlakachiligiga qarshi qurolli harakatni tashkil etish, xalqni ozodlik g‘oyasi atrofida birlashtirishda muhim rol o‘ynagan. Katta Ergash (taxminan 1880–1921-yillar) — Farg‘ona vodiysining Bachqir qishlog‘idan chiqqan, o‘z davrining eng obro‘li din arboblaridan biri bo‘lgan. U diniy bilimlarni mukammal egallagan bo‘lib, xalq orasida “Mulla Ergash” nomi bilan shuhrat qozongan. Uning Jome masjidida so‘zlagan va’zlariga yigirma mingga yaqin kishi tashrif buyurgani haqida manbalarda qayd etiladi. Bu holat uning xalq orasidagi e’tibor va ta’sir doirasining naqadar keng bo‘lganini ko‘rsatadi. Ergash o‘zining e’tiqodli musulmonligi, mustamlakachilik siyosatiga nisbatan qat’iy qarashlari bilan ajralib turgan. U Turkistonda Rossiya bosqinini hech qachon oqlamagan va diniy qadriyatlarga nisbatan hurmatsizlikni qat’iyan qabul qilmagan. Shuningdek, Farg‘onadagi fojeali voqealardan avval ham u Turkiston Muxtoriyati tarafdorlari safida faol ishtirok etgan[1]. Katta Ergash atrofida sovet hokimiyatining siyosatidan norozi minglab kishilar birlashgan. Uning qo‘mondonligi ostida Bachqir markaziga ega bo‘lgan Qo‘qon uezdi milliy istiqlol harakatining ilk tayanch nuqtalaridan biriga aylangan. 1918-yilning mart oylariga kelib esa, Katta Ergashning nomi butun Farg‘ona vodiysi aholisiga tanildi. Asosiy qism: 1918 yil 19–21 fevral kunlari Qo‘qon shahrida Turkiston Muxtoriyati hukumatiga qarashli Kichik Ergash qo‘rboshining boshchiligidagi armiya qizil askarlarga qarshi ikki kunlik jang olib bordi. Ushbu urush natijasida Kichik Ergashning taxminan 2 000 kishilik armiyasidan faqat 200
335 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc ga yaqin harbiy omon qoldi va ular Bachqir qishlog‘iga (Qo‘qondan 18 km shimoli-sharq tomonda) chekinishga majbur bo‘ldilar. Bachqir qishlog‘ida Kichik Ergash va uning safdoshlari mustahkam istehkom barpo qilib, mudofaa choralarini kuchaytirdilar. 26 fevral kuni qizil gvardiyachilarning besh otryadi va dashnoqlar drujinasi Bachqirga hujum qildi. 27 fevraldagi janglarda Kichik Ergash shaxid bo‘lgach, uning o‘rnini Katta Ergash qo‘rboshi egalladi va Farg‘ona vodiysida bolsheviklarning mustamlakachilik tartibiga qarshi kurashni davom ettirdi. Shu tariqa milliy istiqlol harakatini tashkil etish va Sovet hokimiyati hamda bolsheviklarga qarshi harakatni boshqarish Katta Ergash zimmasiga tushdi[2]. 1918 yil mart oyida Farg‘ona vodiysida mustaqil ravishda faoliyat yuritayotgan qo‘rboshilar soni 40 dan ortiq bo‘lib, ular har xil hududlarda kurash olib bordi. Masalan: Madaminbek Skobelev uezdida, Shermuhammadbek va Nurmuhammadbek Marg‘ilon atrofida, Omon Polvon, Qobul, Sotiboldi Qozi va Rahmonqul Namangan uezdida, Parpi qo‘rboshi Andijon atrofida, Eshmat qo‘rboshi Qo‘qonning Buvayda qishlog‘ida, Umar Choli Urganji qishlog‘ida, Jonibek Qozi Izganda va Muhiddinbek Novqatda faoliyat ko‘rsatgan. Tarixchi olim Qahramon Rajabovning yozishicha, 1918 yil boshlarida Katta Ergash Qo‘rboshi qo‘l ostidagi 20 dan 2 000 kishigacha bo‘lgan 70 ta qo‘rboshi qizillarga qarshi 50 martadan ortiq zarba berib, bir qator g‘alabalarga erishgan. Shu yilning kuziga kelib uning qo‘shinlari soni 24 000 kishiga yetgan edi. Ergash eshon sifatida joylarda islom shariatini nomidan hukm chiqarish imkoniga ega edi. Qizillar bilan dastlabki to‘qnashuvlar 1918 yil mart oyida boshlandi. Qo‘qonni talab qilgan, bir guruh arman dushmanlar va qizil gvardiyachilar qishloqma-qishloq bosqin qilib, Palahon qishlog‘iga yetib, uyma-uy talonchilik boshlashdi. Bu haqda xabar olgan Eshmuhammadbek o‘z yigitlari bilan jangga kirib, qishloq erkaklari bilan birgalikda dushmanlarni yo‘q qildi: jangda 13 kishi halok bo‘ldi, besh-olti kishi qochib ketdi va to‘rt kishi asir olindi. Eshmuhammadbek ham olti qurbon berdi. Ushbu voqeani Ergashbekka xabar qilish uchun u chopar yubordi. Ertasi kuni Qo‘qondan Sinitsin boshliq jazо otryadi yo‘lga chiqdi. Otryadda 320 jangchi, ikki pulemyot va bitta dala to‘pi bor edi. Ergashbek jazо otryadining kelishini oldindan sezib, 300 yigit bilan Bachqirdan chiqdi. Sinitsin otryadi Bibiubay yaqinidagi Chakalakzorda Eshmuhammadbek bilan to‘qnashdi. Jang qizigan paytda har ikki tomonga yordam yetib keldi: Bachqirdan Ergashbek, Qo‘qondan esa D.E. Konovalovning temiryol qizil gvardiyasi qo‘shildi. Jang Ergashbek foydasiga hal bo‘lib, Konovalov va Sinitsin qolgan yigitlari bilan Qo‘qonga qaytishga majbur bo‘ldilar.[3] Shu tarzda, katta-kichik jаnglarda Ergashbekning obro‘si oshdi, qo‘shinlari soni bir necha barobar ko‘paydi. 1918 yil mart oyida Bachqirda o‘tkazilgan ulamolar va milliy-ozodlik harakati quruvchi kuchlari qurultoyida Katta Ergashbek Amirol Muslіmіn (musulmonlar amiri) etib saylandi. Keyinchalik Ergash Qo‘rboshi Chustni ham zabt etdi. Ergash Qo‘rboshi faqat Farg‘ona vodiysida emas, balki butun Turkistonda ozodlik bayrog‘ini birinchi bo‘lib ko‘targan kurashchi edi. 1918 yilda ham u eng faol qo‘rboshilardan biri hisoblanadi. 1919 yilda bir jangda u yarador bo‘lib, qizil merkanlardan biri uning boshiga o‘q uzadi. Ergashbek boshidan qo‘ymaydigan salfa hayotini saqlab qoldi, ammo jarohat izi qoladi. Tabiblar peshonadagi o‘qni olib tashlashga muvaffaq bo‘ldilar. Shu jarohat sabab, keyingi faoliyati biroz susayadi, ba’zan buyruqlarini unutadi, lekin qurolini tashlamaydi va bir necha bor sovetlar bilan sulh tuzadi. Turkiston xalqlari mustamlakachilik siyosati ostida ezilayotgan bir paytda, mustaqillik g‘oyasining ilk kurtaklari ham vujudga kela boshladi. Shu jarayonda xalq ozodligini istagan har bir vatanparvar kuchlar bosqinchi tuzumga qarshi kurashni o‘zining burchi deb bildi. Ularning orasida Madaminbek va Ergash qo‘rboshi kabi jasur yetakchilar ham bor edi. Madaminbek o‘zining jangovar otryadlari bilan Ergash qo‘rboshi qo‘shini safiga qo‘shilib, milliy istiqlol yo‘lida yelkadosh bo‘ldi.
336 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Biroq, ularning ittifoqi uzoqqa cho‘zilmadi. Garchi dastlabki yillarda hamkorlik natijasida muhim harbiy muvaffaqiyatlarga erishilgan bo‘lsa-da, 1918 yil iyul oylarida Qo‘qon atrofidagi janglarda ziddiyatlar yuzaga chiqdi. Ergash qo‘rboshi boshchiligidagi kuchlar qizil armiya otryadlariga qarshi mardona jang qilgan, biroq safdoshlar orasidagi kelishmovchilik natijasida birligi zaiflashgan edi. Madaminbek o‘zining siyosiy mustaqilligini saqlash tarafdori bo‘lib, Ergashbek bilan ayrim masalalarda kelisha olmadi. Natijada, ikki yetakchi o‘rtasida ishonchsizlik kuchaydi va ular birbiridan ajralib ketdilar.[4] Ergash qo‘rboshi o‘z yo‘lida mustaqillik uchun kurashni davom ettirdi. Madaminbek esa Namangan tomonlarga chekinib, yangi kuch to‘plashga kirishdi. Shu tariqa, Turkiston istiqlol harakatining muhim bosqichlaridan biri bo‘lgan bu ittifoq ichki nizolar tufayli zaiflashdi. 1918-yil oxirlariga kelib, Farg‘ona vodiysidagi milliy ozodlik harakati safida Madaminbekning nufuzi ortib, u mujohidlar qo‘shinining asosiy rahbariga aylandi. Shu davrda Ergash qo‘rboshi ham harakatning faol ishtirokchisi sifatida maydonga chiqdi. Biroq, Qizil Armiya bilan kechgan janglardan birida u og‘ir yarador bo‘lib, 1921-yilgacha yirik harbiy to‘qnashuvlarda qatnashmagan.[5] Manbalarda keltirilishicha, 1921-yilda Ergash qo‘rboshi o‘z qarorgohida Qizil Armiya tomonidan o‘ldirilgan. Shu bilan birga, ayrim tarixiy adabiyotlarda bu voqea sanasi turlicha — 1919yoki 1920-yillarga nisbat berilgan holda ham tilga olinadi. Xulosa: Katta Ergash qo‘rboshi Turkiston muxtoriyati ag‘darilgach, Farg‘ona vodiysida sovet mustamlakachilik tartibiga qarshi kurashni davom ettirgan yirik milliy ozodlik harakati yetakchilaridan biri bo‘ldi. Uning rahbarligidagi qo‘zg‘olonlar xalqning mustaqillik va adolat yo‘lidagi intilishlarini aks ettirdi. Garchi Katta Ergash 1918-yil Bachqir jangida shahid bo‘lgan bo‘lsa-da, uning jasorati va fidoyiligi keyingi istiqlol harakatlariga ruhiy kuch bag‘ishladi. References: 1. Q.Rajabov, M.Haydarov. Turkiston tarixi. Toshkent “Universitet” 2002.116-117-bet; 2. Isoqboyev Alisher Ahmadjonovich. Istiqlolchilik harakati tarixi. Namangan2008. 33-34-bet; 3. Mansurxo‘ja Xo‘jayev. Shermuhammadbek qo‘rboshi «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent — 2008. 19-20-bet; 4. Alisher Ibodinov.Qo‘rboshi Madaminbek (hujjatli qissa). Toshkent “Yozuvchi” nashriyoti – 1993. 23-24-bet; 5. Internet sayt: https://uz.wikipedia.org/wiki/Katta_Ergash