MAHMUDXO'JA BEHBUDIY – JADIDCHILIK HARAKATINING PESHQADAMI VA MA'RIFATPARVAR ISLOHOTCHI
Full text
337 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY – JADIDCHILIK HARAKATINING PESHQADAMI VA MA’RIFATPARVAR ISLOHOTCHI Abdiyeva Sabrina Ravzatillo qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika inistituti talabasi sabrinaziyoratova @gmail.com.uz Tel: +998942941427 Mamasaidova Ruxshona Qarshi qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika inistituti talabasi [email protected] Tel:+998944611363 https://doi.org/10.5281/zenodo.17646001 Annotatsiya: Mazkur maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiy faoliyatining jadidchilik harakati rivojidagi o‘rni tahlil qilinadi. Behbudiy o‘z davrida nafaqat diniy olim va muftiy sifatida, balki millatni uyg‘otishga bel bog‘lagan ulkan ma’rifatparvar sifatida tanilgan. U yangi usul maktablari ochib, o‘quv dasturlarini isloh qildi, Uning safarlari davomida olib kelgan kitoblari, ilmiy maqolalari, dramaturgik asarlari jadidchilik g‘oyalarini keng yoyishga xizmat qildi. Behbudiy o‘zining fidoyiligi, ma’rifatparvarlik faoliyati va millat ravnaqi yo‘lidagi kurashi bilan jadidchilik harakatining asoschilaridan biri sifatida tarixda o‘chmas iz qoldirdi. Kalit so‘zlar: Mahmudxo‘ja Behbudiy, “Padarkush”, “Izvestiya Turkistan”, Fayzulla Xo‘jayev, “Qiroatxonai Behbudiya”, “Oyina”, Kavkaz, “muftiy”, “Turon”, “Samarqand kutubxona islomiyasi”. Abstract: This article analyzes the role of Mahmudkhodja Behbudi's activities in the development of the Jadid movement. Behbudi was known as a national religious scholar and mufti in his childhood, but also as a great enlightener who was determined to awaken the nation. He opened new schools of Usul and reformed curricula. The books, scientific articles, and dramatic works brought from his travels served to widely spread the ideas of Jadidism. Behbudi left an indelible mark in history as one of the founders of the Jadid movement with his dedication, enlightening activities, and struggle for the prosperity of the nation. Keywords: Mahmudkhodja Behbudi, "Padarkush", "Izvestia Turkestan", Fayzulla Khojayev, "Qiroathonai Behbudiya", . "Oyina", Caucasus, "mufti", "Turon", "Islamism of the Samarkand Library". Аннотация: В статье анализируется роль деятельности Махмудходжи Бехбуди в развитии движения джадидов. В детстве Бехбуди был известен как национальный религиозный учёный и муфтий, а также как великий просветитель, стремившийся пробудить нацию. Он открыл новые школы усуля и реформировал учебные программы. Книги, научные статьи и драматические произведения, привезённые из путешествий, способствовали широкому распространению идей джадидизма. Бехбуди оставил неизгладимый след в истории как один из основателей движения джадидов благодаря своей самоотверженности, просветительской деятельности и борьбе за процветание нации. Ключевые слова: Махмудходжа Бехбуди, «Падаркуш», «Известия Туркестана», Файзулла Ходжаев, «Кироатонаи Бехбудия», «Ойина», Кавказ, «муфтий», «Турон», «Исламизм Самаркандской библиотеки». Kirish: O‘tgan asrning 10-yillaridan boshlab bugungi kungacha Mahmudxo‘ja Behbudiy va uning “Padarkush” asari haqida nafaqat o‘nlab gazeta va jurnal maqolalari, balki o‘quv darsliklari va qo‘llanmalari ham nashr etilgan. Afsuski, Behbudiy fojeali ravishda hayotdan ko‘z yumgani bois u o‘zi haqida ilmiy-biografik maqola yozib qoldirmagani haqida maʼlumotlar uchraydi. Shu sababli
338 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc unga bag‘ishlangan ko‘plab maqola va xotiralarda adib hayotining ayrim sanalari turlicha keltiriladi. Masalan Hoji Muinning 1923-yilda yozilgan “Mahmudxo‘ja Behbudiy” nomli maqolasida sarlavhadan keyin qavs ichida 1874–1919 yillar berilgan. Behbudiy vafotining uch yilligi munosabati bilan rus tilida chop etilgan “Izvestiya Turkistan” hamda boshqa gazetalarida esa uning tug‘ilgan sanasi 1873-yil deb ko‘rsatilgan. Adibning qizi Parvin Behbudiy ham 1970-yil 17-oktyabrda Solih Qosimov bilan qilgan suhbatida otasining 1873-yilda Samarqand shahri yaqinidagi Yo‘mini qishlog‘ida qori oilasida tug‘ilganini aytadi. Ammo 1960-yillardan keyin chop etilgan maqola, risola va monografiyalarning aksariyatida esa Behbudiyning tug‘ilgan yili 1875-deb qayd etilgan bo‘lib bu sana haqiqatga yaqinroq hisoblanib kelinmoqda 1 Mahmudxo‘ja Behbudiy yoshligidan diniy ta’lim olgan. Avval Haftiyak va Chor Kitobni o‘qib keyin qorilar maktabida ta’limni davom ettirgan. Yaxshi xotiraga ega bo‘lgani bois ikki yil ichida Qur’onni to‘liq yod olib qori bo‘lgan. Shundan so‘ng Samarqand va Buxorodagi madrasalarda ham vaqt-vaqti bilan ta’lim olgan. Behbudiy umri davomida kitobdan ayrilmagan. Qorilar maktabini tugatgach, qishloqlarda qozilar va muftiylar huzurida mirza (kotib) sifatida ishlay boshlagan. Fiqh ilmi ustida ko‘p shug‘ullangani uchun tez orada unga “muftiy” unvoni ham berilgan. Behbudiy umrining oxirigacha Jomboyda muftiylik lavozimida faoliyat koʻrsatgan. Odatda har shanba kuni Jomboyga borib qozilar bilan bahsli masalalarni muhokama qilish uchun yigʻilishlarda ishtirok etgan. Zamonaviy olimlar orasida Behbudiyning muftiylik faoliyatini birinchi bo‘lib yoritgan adabiyotshunos olim Solih Qosimov hisoblanadi. U “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” haftaligining 1990-yil 19-yanvar sonida chop etilgan “Behbudiy va jadidchilik” nomli maqolasida mavzuni yoritishdan avval shunday yozadi: “Sobiq Turkistonning har bir qishloq va dahasida qozixonalar ularda xizmat qilgan qozi va muftiylar san-sanoqsiz bo‘lgan. Ammo Behbudiydek barkamol shaxs - nafaqat diniy ilmlar, balki zamonaviy fanlarning ham bilimdoni, xalqni ma’rifatli qilish uchun kurash yo‘lida o‘z moddiy boyliklarini hatto jonini ayamagan inson nihoyatda siyrak, hatto yakkadir. Fayzulla Xo‘jayevning so‘zlari bilan aytganda, “Siyosiy va ijtimoiy faoliyati hamda bilimining kengligi jihatidan o‘sha davr Turkiston jadidlaridan unga teng keladigan kishi bo‘lmasa kerak”.” 2 Muhokama va natijalar: Milliy madaniyatimiz tarixiga nazar tashlagan kishi barcha ma’rifatparvar podshohlar saroyida kutubxonalar bo‘lgani va shu kutubxonalarda o‘zbek xalqining tarixi, dini va madaniyatiga oid noyob kitoblar saqlanganini yaxshi biladi. Ammo bu kutubxonalardan faqat saroy ahli va saroyga yaqin kishilargina foydalanganlar. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida vujudga kelgan milliy uyg‘onish harakati namoyandalari esa o‘z oldilariga ayrim kishilarni emas, balki xalqni ma’rifatlantirish maqsadini qo‘yganlari tufayli yangi maktablar ochibgina qolmay, keng xalq ommasi uchun kutubxonalarni ham barpo etishga kirishdilar. O‘tgan asrning 10-yillarida Toshkentda Munavvar qori Abdurashidxonov rahbarligidagi jadidlar tashabbusi bilan “Turon” kutubxonasi tashkil etildi. Bunga qadar esa Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan tashkil etilgan “Qiroatxonai Behbudiya” o‘z faoliyatini boshlagan edi. Bu kutubxonalardan barcha birdek foydalanish huquqiga ega edi. Keyinchalik ushbu kutubxona “Behbudiya” kutubxonasi nomi bilan mashhur bo‘lgan mutolaaxona ikki smenada ertalab soat 9 dan 5 gacha, kechqurun esa 6 dan 12 gacha ishlagan va bir vaqtning o‘zida 60 dan 110 nafargacha kishiga madaniy xizmat ko‘rsata olgan. Behbudiyning “Samarqand kutubxona islomiyasi” nomli maqolasidan (“Turkiston viloyatining gazetasi” 1908-yil noyabr) ma’lum bo‘lishicha, kutubxona fondida o‘sha davrda 600 ta kitob va risolalar, shuningdek undan ham ko‘proq gazeta va jurnallar mavjud bo‘lgan. Behbudiy agar mablag‘ 1 Naim Karimov “Mahmudxo‘ja Behbudiy” – Toshkent: 2010-yil. 2 Mahmudxo'ja Behbudiy “Jadidlar” – “Yoshlar nashriyoti uyi” Toshkent. 2022-yil
339 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc ko‘paytirilsa, diniy va dunyoviy kitoblarni yana ko‘proq sotib olish, shuningdek Istanbul va Qohirada nashr etilayotgan gazeta va jurnallarga obuna bo‘lish mumkinligini aytgan 3 . 1899-1900-yillarda Behbudiy buxorolik doʻsti Hoji Baqo bilan haj safariga chiqadi. Behbudiy safar chogʻida koʻp ajobiy xodisalarga guvoh boʻlib boradi. Xususan safarda u yangi maktab haqidagi qarashlarini mustahkamlaydi. Uning tashabbusi va gʻayrati bilan 1903-yilda Samarqand atrofidagi Halvoyi, S. Siddiqiy, Rajabamin, A. Shakuriy qishloqlarida yangi maktablar tashkil topadi. Adib ushbu maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishib ketadi va ketma-ket uning «Risolai asbobi savod» (1904), «Risolai jugʻrofiyai umroniy» (1905), «Risolai jugʻrofiyai Rusiy» (1905), «Kitobat-ul atfol» (1908), “Amaliyoti islom” (1908), “Tarixi islom” (1909) kabi kitoblari paydo boʻladi. Mahmudxoʻja 1903-1904-yillarda Moskva, Peterburgga boradi 1906-yilda Qozon, Ufa, Nijniy Novgorodda boʻladi. Bular Behbudiy uchun sayohat emas xizmat safari edi. Masalan Nijniy Novgorodda 1906-yilning 23avgustida Rusiya musulmonlarining turmush va madaniyati muammolariga bagʻishlangan qurultoy chaqiriladi. Behbudiy bu qurultoyda Turkistonliklar guruhini boshqaradi va katta nutq soʻzlaydi 4 . Mahmudxoʻja Behbudiy 1913-yildan matbuot ishlarini yoʻlga qoʻygan va shu yilning aprelidan “Samarqand” gazetasi hamda avgust oyidan “Oyina” jurnali chiqa boshlagan. “Samarqand” gazetasi oʻzbek va tojik tillarida, haftada ikki marta, dastlab ikki soʻng toʻrt sahifada chop etilgan. 1913-yil 17-sentyabrda gazetaning 45-soni chiqqan boʻlib bir tomondan mustamlakachilar senzurasi, ikkinchi tomondan yetarli mablagʻ boʻlmagani sabab toʻxtatilgan. “Oyina” haftalik jurnal boʻlib, oʻzbek va tojik tilidagi maqolalar berib borilgan. Uning obunachilari nafaqat Turkiston, balki Kavkaz, Tatariston, Eron, Afgʻoniston, Hindiston va Turkiyada ham bor edilar. 1915-yilgacha nashr qilingan jurnalda Turkiston aholisining haq-huquqi, tarixi, til-adabiyot masalalariga bagʻishlangan gʻoyat muhim maqolalar bahslar berib borilgan. 2024-yilda xalqimiz tarixining murakkab damlarida, maʼrifat mashʼalasini baland koʻtarib chiqqan ulugʻ alloma va jamoat arbobi Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 149-yilligi keng nishonlanadi. Mutafakkirning ilmiy, ijodiy, pedagogik faoliyati va merosi alohida ahamiyatga molik. XX asr oʻzbek adabiyoti va sanʼatida, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida faol ishtirok etgan millat maʼrifati, ozodligi, hurligi yoʻlida mardonavor kurashgan bu ulugʻ allomaning sermashaqqat va sermahsul faoliyati tarix sahifalaridan mangu oʻrin egalladi avlodlar uchun ibrat maktabi boʻlib qoldi. Zero, Mahmudxoʻja Behbudiy nomidagi stipendiyani tashkil etilishi ham yurtimiz yoshlari qalbida yuksak bilim va maʼrifatlik, vatanparvarlik tuygʻulari joʻsh urib turadi faxr va iftixor tuyadi 5 Xulosa: Mahmudxo‘ja Behbudiy XIX asr oxiri va XX asr boshlarida millatning uyg‘onishida, ma’rifat, adabiyot, matbuot va ta’lim sohalarida ulkan xizmat qilgan alloma sifatida tarixda o‘chmas iz qoldirdi. U nafaqat diniy ilmlarni chuqur egallagan muftiy, balki milliy maktablar tashkil etgan ma’rifatparvar, gazeta-jurnal chiqarib xalqni uyg‘otishga harakat qilgan jadidchilik harakatining fidoyi namoyandasi edi. Behbudiy o‘z hayoti davomida ilm-ma’rifatni xalq orasida keng yoyishga, millatning ijtimoiy va madaniy taraqqiyotiga xizmat qildi. Uning asarlari, pedagogik faoliyati, matbuotdagi chiqishlari va jamoat ishlari bugungi avlod uchun ham muhim ibrat maktabidir. Shunday ekan, Behbudiy merosini o‘rganish va uni yoshlarga yetkazish milliy o‘zligimizni anglash, mustaqil tafakkurli avlodni tarbiyalash yo‘lida ulkan ahamiyat kasb etadi. Biz har qachon Mahmudxoʻja Behbudiydek bobolarimiz borligidan faxrlanib ularga munosib farzand boʻlish uchun harakat qilishimiz lozim. 3 Oʻzbekiston tarixi: yangi nigoh. Jadidlar harakatidan milliy mustaqillikka qadar, Toshkent, 1998; 4 Aziz Hakimov “Mahmudxo‘ja Behbudiy: Turkiston jadidchilik harakatining yo‘lboshchisi, milliy ma’rifat rahnamosi” - Buxoro 2020-yil. 5 Alimova D., Rashidova A. Mahmudxo‘ja Behbudiy va uning tarixiy tafakkuri. Toshkent: Akademiya nashriyoti, 1999.
340 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc References: 1. Naim Karimov “Mahmudxo‘ja Behbudiy” – Toshkent: 2010-yil. 2. Mahmudxo'ja Behbudiy “Jadidlar” – “Yoshlar nashriyoti uyi” Toshkent. 2022-yil 3. Oʻzbekiston tarixi: yangi nigoh. Jadidlar harakatidan milliy mustaqillikka qadar, Toshkent, 1998; 4. Aziz Hakimov “Mahmudxo‘ja Behbudiy: Turkiston jadidchilik harakatining yo‘lboshchisi, milliy ma’rifat rahnamosi” - Buxoro 2020-yil. 5. Alimova D., Rashidova A. Mahmudxo‘ja Behbudiy va uning tarixiy tafakkuri. Toshkent: Akademiya nashriyoti, 1999. 6. Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash, Toshkent, 1999; 7. Markaziy Osiyo XX asr boshida: islohotlar, yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash, Toshkent, 2001. 8. Behbudiy M., Tanlangan asarlar, Toshkent, 1999;