scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BUYUK ALLOMA ABU RAYHON BERUNIYNING HAYOT YO'LI VA ILMIY MEROSI

Rahmatullayeva Fotima Otabek qizi; Norto'rayeva To'xtabibi Sayriddin qizi; Toshmamatova Dilorom Abdurashid qizi

Full text

341 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc BUYUK ALLOMA ABU RAYHON BERUNIYNING HAYOT YO‘LI VA ILMIY MEROSI Rahmatullayeva Fotima Otabek qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi [email protected] Tel:998887679009 Norto‘rayeva To‘xtabibi Sayriddin qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi [email protected] Tel:998941166603 Toshmamatova Dilorom Abdurashid qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi [email protected] Tel:998930780703 https://doi.org/10.5281/zenodo.17646092 Annotatsiya: Ushbu maqolada Abu Rayhon Beruniyning hayot yo‘li, ijodiy faoliyati, Allomaning yozgan asarlari haqida so‘z boradi. Abu Rayhon Beruniy oʻzining VI tomlik tanlangan asarlari, “Tafhid”, “as-Saydana fit-tib” asarida Sharq, ayniqsa Markaziy Osiyoda oʻsadigan dorivor oʻsimliklarning toʻla tavsifini bergan. Jumladan “Saydana” asarida Abu Rayxon Beruniy dorishunoslikni o‘zi alohida fan ekanligini ta’kidlab, shu bilan farmokologiya fanini asoslaydi. Kalit so’zlar: Qomusiy olim, Geograf, Mutafakkir, Tabiatshunos, Faylasuf, “As-Saydana”, “Tafhid”, G‘azna, Yogasutra Patandjal, Sano, Qarafs, Mavrak, Jut. Аннотация: В статье рассматриваются жизненный путь, творчество и труды Абу Райхана Беруни. Абу Райхан Беруни в своём труде «Тафхид ас-Сайдана фит-тиб» (том VI) даёт полное описание лекарственных растений, произрастающих на Востоке, особенно в Средней Азии. В частности, в труде «Сайдана» Абу Райхан Беруни выделяет себя как самостоятельную науку-фармацевта, тем самым положив начало науке фармакологии. Ключевые слова: Энциклопедист, Географ, Мыслителъ, Натуралист, Философ, “АсСайдана”, “Тафхид”, Газна, Йогасутра Патанджали, Сано, Карафс, Маврак, Джут. Abstract: This article discusses the life path, creative activity, and works of Abu Rayhan Beruni. Abu Rayhan Beruni in his work "Tafhid as-Saydana fit-tib" in his volume VI gives a complete description of medicinal plants growing in the East, especially in Central Asia. In particular, in the work "Saydana" Abu Rayhan Beruni emphasizes himself as a separate science pharmacist, thereby founding the science of pharmacology. Keywords: Encyclopedist, Geographer, Thinker, Naturalist, Philosopher, “AsSaydana”, “Tafhid”, Ghazna, Yogasutra of Patanjali, Sano, Qarafs, Mavrak, Jut. Kirish. Buyuk vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy Xorazmning asl farzandi, ulug‘ allomaning hayoti va faoliyati avlodlarga shunday ta’sir qiladiki, uning asarlarini o’qigan kitobxon o‘zini asarning ichiga tushib qolgandek his qiladi va asarlar ichidagi ilm sadaflaridan unumli foydalanishga harakat qiladi 1 . Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy ismidagi «Abu Rayhon» qismi Rayhonning otasi, «Muhammad» mutafakkirning o‘z ismi, «ibn Ahmad» Ahmadning o‘g‘li ekanligini anglatadi. Beruniy esa uning nisbasidir. Beruniy o‘z hovlisida turli gullarni parvarishlashni yoqtirgani uchun unga Rayhon laqabini ham berishadi. Al-Beruniy hayotining dastlabki 25 yilini Xorazmda oʻtkazdi, u yerda islom, fiqh, ilohiyot, grammatika, riyoziyot, falakiyot, tibbiyot va falsafa, fizika va boshqa ilmlar bilan ham shugʻullandi. 1 O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 1-jild, Toshkent, Davlat ilmiy nashriyoti, 2000 342 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Beruniy ona tili boʻlgan xorazmiy tilidan tashqari fors, arab yunon, ibroniy vasuryoniy tillarini bilgan va 50 yoshida sanskrit tilini oʻrgandi. Beruniyning ilmiy merosi matematika, astronomiya, jo‘g‘rofiya, minerologiya, tarix, etnografiya, filologiya va falsafaga doir 150 ta asarni o‘z ichiga olgan. Beruniy O‘rta Sharqda ilk bora Yer Quyosh atrofida aylanishi mumkinligini aytib, Yerning aylana o‘lchamini aniqlagan. Al-Beruniy — Xorazmning buyuk allomasi, tarix, geografiya, filologiya, astronomiya, matematika, geodeziya, mineralogiya, farmakologiya, geologiya va boshqa ko‘plab fanlarga oid qomusiy asarlar muallifidir. Beruniyni chinakam o‘rta asrlar Sharqining ilm-fan qomusiy olimi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Amerikalik tarixchi Dj.Sarton buyuk olim haqida: “Astronomiya va matematika, astrologiya va jo‘g‘rofiya, antropologiya va etnografiya, arxeologiya va falsafa, botanika va minerologiya uning buyuk nomisiz qashshoqlashib qolgan bo‘lardi” degan. Beruniy 362 yilning 3 zulhijjasi/973 yil 9 sentyabrida Xorazmning qadimiy poytaxti hisoblangan Kot (Kat) shahrida tug‘ilgan. Ayrim manbalarda Beruniyni Kot shahrining tashqarisida tug‘ilgan, shu sababli uni «Beruniy», ya’ni «tashqarilik» degan taxallus bilan atashgan deyishadi. Abu Sa’d Abdulkarim as-Sam’oniy (vaf. 1165) «Nasablar kitobi» nomli asarida shunday deb yozadi: «Beruniy degan nisba Xorazm (ya’ni uning poytaxti Kot shahri)ning tashqari qismiga oiddir. Kimki shahardan tashqarida tug‘ilgan bo‘lsa, bunday odamni «fa-lonchi beruniy» deydilar. Munajjim Abu Rayhon shunday nisba bilan mashhurdir». Umukammal matematik va falsafiy bilim egasi bo’lgan. Beruniyning birinchi ustozi astronomiya, matematika va trigonometriya bo‘yicha tayanch asarlar muallifi Abu Nasr Mansur ibn Iroq al-Jadiy bo‘lgan. Beruniyning oila a’zolari, ota-bobolari va nasl-nasabi haqida ma’lumotlar saqlanmagan. Beruniyning o‘zining yozishicha, onasi o‘tin terish bilan tirikchilik qilgan. Bu ma’lumot Beruniyning muhtojlikda kun kechiruvchi oilada voyaga etganligidan dalolat beradi. Beruniyning fikricha, tabiatda barcha narsa tabiat qonuniyati asosida o‘zgaradi, bu qonuniyatlarni esa faqatgina ilm-fan yordamida anglash mumkin. Uning asosiyasarlari matematika va astronomiyaga bag‘ishlangan, Xorazmning xo‘jalik hayotidaulkan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan - yer sug‘orilishi va savdo sayohatlari haqida bayon qilgan 2 . U davrda astronomiya fani oldidagi masalalar solnomani mukammallashtirish hamda osmondagi yulduzlar orqali Yerning joylashuvini aniqlashdan iborat bo‘lgan. Quyosh va Oyning osmondagi aniqroq joylashuvini belgilab, ekliptikning ekvatorgaengashishi, quyosh va yulduz yillarining uzunligi va boshqalar kabi astronomik doimiyliklarni o‘lchay olish muhim bo‘lgan. Bu esa o‘z o‘rnida, matematika fani rivojini, xususan, bir tarafadan yassi va sferik trigonometriya, boshqasidan aniqroq belgilash uchun asaboblarni talab qilar edi. Beruniyning bu sohalardagi yutuqlari bir necha asrlar davomida tengsiz yutuq bo‘lib xizmat qildi. Beruniy Yer radiusini uning aylana shaklga egaligidan kelib chiqqan holda, deyarli aniq belgilagan (6000 km dan ortiq). Beruniy Yerning tortish kuchini o‘rgangan. Beruniy Quyosh Yer atrofida emas, balki Yer uning atrofida aylanishini tasdiqlab, Ptolomeyning dunyo geosentrik tizimini ma’qullashga doir barcha gumonlarga nuqta qo‘ygan. U shafaq va kun botishi ufq orqasida yashiringan quyosh nurlaridagi chang zarralarining chiqishi oqibatida yuzaga kelishini tushuntirib bergan. Quyosh tutilishi vaqtida (Quyosh toji) atrofida paydo bo‘luvchi yorqin tarovat haqida “Tutunga o‘xshash” tabiat fikrini aytgan. Beruniy geodezik o‘lchovlarning astronomik usullarini ishlab chiqqan. V.Snelliusdan 600 yil avval masofada trigonometrik o‘lcham usulini taklif qilgan. O‘sha davrlarda foydalanilgan (astrolyabiya, kvadrant, 2 . Аbu Rayxan Beruniy, Kitob as-saydana, tarjima U.Karimova «Farmakognoziya», 343 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc sekstant) asosiy astronomik asboblarni mukammallashtirgan. 400 yil davomida dunyodagi eng katta hisoblangan radiusi 7,5 metrlik birinchi siljimas kvadrantni Quyosh va sayyoralarni kuzatish uchun ixtiro qilgan. U tomonidan olib borilgan ekliptikaning ekvatorga egilganligini o‘lchash ishlari aniqligi bo‘yicha ko‘p asrlar davomida tengsiz bo‘lgan. “Qadimiy xalqlar xronologiyasi” nomli ilk asarida (1000 yil) Beruniy o‘sha davrlarda ma’lum bo‘lgan barcha xalqlarga tegishli solnoma tizimlarini ta’riflab chiqqan. U tomonidan qilingan astronomik tadqiqotlar va boshqa ilmiy ishlar “Astronomiyaning asosiy boshlanish sharhlari kitobi”da keltirilgan. Abu Rayhon Beruniy “Tafhim” asarida “olam tuzilishini hamda osmon bilan yer shakllarining va ular orasidagilarning qay kayfiyatda ekanligini takrorlash bilan olingan malumotlar yordamida bilish munajjimlik san’atida juda foydalidir. Chunki shu tariqa olayotgan tajriba orttiriladi va bu san’at ahli orasida so’zlarga o’rganadi. Shunday qilib unga bu so‘zlarni tasavvur qilish ma’nolarni anglash osonlashadi. Agarda u bu tushunchalarga ularni ma’nosini bilgan holda ularning sabab va isbotlarini o’rganib qaytsa, u bu kishiga erkin fikr bilan har narsani o’zlashtirishda charchamagan holda yondashadi. Shuning uchun men bu eslatma (kitob)ni bu san’atning tolibasi Xorazmlik Rayhona Al Hasanning qizi uchun savol-javob tarzida tuzdim. Alloh o’z rahmati bilan haqiqatga yo’llovchidir” 3 . Kot va Qo‘rg‘on shaharlarida mahalliy boshqaruvchilar saroylarida, keyinroq shoh Ma’mun saroyida Xorazmda yashagan, taniqli olimlar jamlangan akademiyani boshqargan. Unda Ibn Sino hamda al-Xorazmiylar algebra fani asoschilari bo‘lishgan. Ibn Sino bilan o‘zaro yozishmalari saqlanib qolgan. Unda Arastu kitobi haqida mulohazalar keltirilgan. 1017-yildan boshlab, ya’ni Xorazm sulton Mahmud G‘aznaviy tomonidan bosib olingach, G‘azna shahrida sulton Mahmud va uning vorislari Ma’sud hamda Ma’dudlar saroyida yashaydi, Mahmudning Hindistonga qilgan safarlarida qatnashib, bir necha yil shu yerlarda yashaydi ham. Al Beruniy ijodida “G‘azna” bosqichi eng sersamara bosqich bo‘lgan. Shu yillar Hindistonga qilingan safarlari uning tayanch asari bo‘lmish “Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarini aniqlash kitobi” dan joy olgan. Sulton Mahmudning o‘limidan so‘ng taxtni uning o‘g‘li Ma’sud egallaydi. U Beruniyga juda iltifotli bo‘lgan. Beruniy Ma’sud haqida shunday deydi: “U menga butunday ijod bilan shug‘ullanishim uchun sharoit yaratib berdi, meni o‘z rahnamoligiga oldi...” 4 . Bu yillar Beruniy umumiy jahon xaritasi keltirilgan eng asosiy asari“Ma’sudning astronomiya va yulduzlarga oid qonuni” asarini yozadi. Sharq manbalariga tayangan holda H.Hasanovning yozishicha, «Abu Rayhonyozgan kitob va risolalar qopga solinganida bir tuyalik yuk bo’lar ekan». XIII asrgeografi Yoqut Hamaviy Marv shahridagi (hozirgi Turkmaniston hududida) Jome’ masjidining vaqfnomasida Beruniy asarlarining 60 sahifaga mayda qilib yozilgan ro’yxatini ko’rgani haqida yozadi. Olim bu ro‘yxatni 65 yoshida tuzgan bo‘lib, u «Fixrist» nomi bilan mashhurdir. Unda Beruniyning 113 asari ko‘rsatilgan bo’lib, har bir asar kim va nima uchun yozilgani keltiriladi. Shuningdek, 70 asarning hajmi ham ko‘rsatilgan. Sharqshunoslarning taxminicha, Beruniy 150 tacha asar muallifidir, ba’zi mutaxassislar esa olim 180 tacha kitob yozgan, degan fikrdalar 5 . Sharqshunos Olimlarning ohirgi ma’lumotlariga ko’ra, Beruniy asarlari quyidagicha taksimlanadi: astronomiyaga oid 70 ta, matematikaga 20 ta, geografiyageodeziyaga 12 ta, kartografiyaga 4 ta, iqlim va ob-havoga 3 ta, mineralogiyaga 3 ta, falsafaga 4 ta, fizikaga 1ta, 3 Abu Rayhon Beruniy “Tafhim” (Astrologiya). Tanlangan asalari, VI qism, Toshkent-Urganch-Xiva 2006, 16-bet. 4 Jumayeva Nilufar Ahmatovna SHARQ ALLOMALARINING ILMIY MEROSI O’quv qo‘llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro - 2022 5 .Musurmonov, R., Khimmataliev, D. O., Sultanova, D. A., qizi Tursunbaeva, Y. R.Khakimova, I. K., & Musurmonova, M. (2023). In the Conditions of NewUzbekistan the Main Issues of Science and Modern Education. Telematique, 76867694 344 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc dorishunoslikka 2 ta, tarix etnografiyaga -15 ta, adabiyotga oid asari esa 28 tadir . Islom olamida astronomiya, matematika va geografiya sohalarida qimmatli asarlar bergan Al-Beyruniyning dunyoda birinchi dorixona kitobi sifatida tanilgan Kitob as as-Saydana Fit-Tib deb nomlangan ushbu asari bilan birga taqdim etildi. uning faksimili va turkchasi nafaqat dorixonada, balki til jihatidan ham qimmatlidir. Bu san’at asaridir. Ish o'simlik dori vositalariga qaratilgan bo‘lsa-da, mineral va hayvonlardan kelib chiqqan dori vositalari haqida ham muhim ma‘lumotlarni o'z ichiga oladi . 1030-yil yakunlangan “Hindiston” asarida hindlarning yashash tarzi, madaniyati va ilm-fanlari haqida batafsil ma’lumot bergan, ularning diniy-falsafiy tizimlarini bayon qilgan. Al Beruniy o‘z ishlarida taqqosiy usuldan foydalangan: “Men hindlarning borlik nazariyasini keltirmoqdaman, bir vaqtning o‘zida yunonlar nazariyasini ham keltirib o‘tmoqdamanki, bu ikki xalqning o‘zaro bog‘liqligini yoritmoqchiman”, deb yozadi. Shu bilan birga u Gomer, Platon, Arastu, Galen va boshqa yunon olimlarini ham eslab o‘tgan, hind va islom fikrlarini taqqoslagan, ayniqsa, so‘fiychilik ta’limotini alohida ajratib, hindlardagi sankxi va yoga nazariyalariga juda yaqinligini aytgan. Turli xalqlar an’analarini taqqoslar ekan, slavyanlar, tibetliklar, xazar, turk va boshqa xalqlarning turmush tarzi an’analari haqida aytib o‘tgan. Al-Beruniy tomonidan arab grafikasi asosida yaratilgan transkripsiya tizimi ko‘p jihatdan hind tilidagi so‘zlarni urdu tiliga o‘girish bo‘yicha zamonaviy tizimidan ilgarilagan. Abu Rayhon Beruniy hayoti so‘ngida tibbiyotga oid asarlar yozdi. Ulardan “Mineralogiya” va “Kitob as-Saydana fit-tib” asarlari hisoblanadi. Mineralogiya asarida madanlar va ularni ishlatilishi haqida dastlabki ma’lumotlarni berib o‘tgan. “Kitob as-Saydana fit-tib” asari “Saydana”, “Kitob as-Saydana” va hozirda “Farmakognoziya” nomi bilan mashhur. Asarda Beruniy Markaziy Osiyo, Osiyo, Sharqda o‘sadigan dorivor o‘simliklar haqida ma’lumotlar bergan. “Saydana” asarida 1116 tur dorivorni tavsiflaydi. Jumladan 750 turi o‘simliklardan, 101 turi hayvonlardan va qolgan 255 turi minerallardandir. “Saydana” asarining asosiy ahamiyatlaridan biri shundaki, unda Abu Rayxon Beruniy bu asari orqali dorishunoslik o’zi alohida fan bo‘lishligini aytib, shu bilan “Farmakognoziya” fanini asoslaydi. Beruniyning ushbu asarida keltirilgan dorilari hozirda tibbiyotda keng qo‘llanilmoqda 6 “Saydana” asarida keltirib o‘tilgan ba’zi dorivor o‘simliklar Mavrak, QarafsJut, Sano mazkur dorivor o’simliklar Beruniy davrida tabobatda iste’molda bo’lgan va tibbiyotda keng qo‘llanilgan, hozir ham dorishunoslikda muhim axamiyat kasb etadi. A.R.Beruniy butun umri davomida bilim olishni va tabiatni o’rganishni kanda qilmagan. Bu haqda “Saydana” asarida shunday hikoya qiladi: “Yoshligimdanoq qandoq bo’lsa ham ma’rifat olishga qattiq berilgan va shundan lazzatlangan edim. Shohid keltirish yuzasidan shuni aytish kifoya: yerimizga bir rumlik kelib qolgan edi. Men unga donlar, urug’lar, mevalar, o‘simliklar va boshqa narsalar keltirib nomlarini so‘radim va ularni yozib oldim”. “Saydana” asari 1927yili Turkiyaning Bursa shahridagi kutubxonadan topilgan. 1973-yili rus tiliga tarjima qilinib, izohlar bilan nashr etilgan Abu Rayhon Beruniy fanning hamma sohalarida samarali ijod qilgan. Uning ilmiy merosi juda keng va rang-barang. Beruniyning ilmiy ish sohasidagi zo’r qobilyati uning ko’pchilik zamondoshlari va keyingi olimlar tomonodan e’tirof etilgan. Beruniy yozgan kitob va risolalari ko’rsatilgan. Allomaning eng yirik asarlari “Mas’ud qonuni”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”,“Mineralogiya”, “Geodeziya”, kabilardir. Beruniyning ilmiy va falsafiy ulkan merosi shubhasiz jahon fani va madaniyati xazinasiga qo’shilgan ulkan hissa bo’ldi. Beruniyning 6 Ahmedov A. Beruniy va uning «Geodeziya»si haqida. Beruniy. Tanlangan asarlar. 3-tom, «Fan», 19821. 345 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc astranomiyaga oid “AlQonun alMas’udiy” (“Mas’ud qonuni”), asarini Sulton Mas’udga bag’ishlaydi. Bu asar falakiyotga doir bo’lib, olimlar tomonidan juda yuksak bahoga sazovor bo’lgan. Tabiiy fanlar tarixida Beruniyning abadiy qoldirgan xizmati shundaki, u o‘zining ilmiy tadqiqot ishlarida o‘zi ishlab chiqan ilmiy tadqiqot metodiga, tajriba va kuzatishlariga suyandi. Kuzatish va tajriba metodikasini misli ko‘rilmagan darajada yuqori ko‘tardi, bu uning tajribaviy bilimlar sohasidagi zo‘r yutig‘idir. Olim o‘z oldiga fanni aniq ma’lumotlar bilan boyitish, nazariyalarni ishlab chiqish, yangi usul va qonunlarini ochish vazifalarini qo‘ygan. Xulosa: Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida keltirilgan ma’lumotlar O’zbekistonlik buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining nihoyatda boyligidan dalolat beradi. Beruniyning ilmiy merosi O‘zbekiston va undan tashqarida ham chuqur o‘rganilmoqda. Bugungi kunda ham allomaning ilmiy merosi jamiyatimizning ko’plab sohalarida muhim ahamiyat kasb etadi. Uning asarlari lotin, fransuz, italyan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima qilinmoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqorolik ongini shakllantirmoqda, axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda. Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o’zida mujassam etgan buyuk arboblar ko’p bo’lgan. Shunday buyuk qomusiy bilim egasi bo‘lgan Beruniyning olamshumul kashfiyotlari, ko‘plab fan sohalariga qo’shgan hissasi va u yozib qoldirgan buyuk asarlar hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda. References: 1. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 1-jild, Toshkent, Davlat ilmiy nashriyoti, 2000 2. Аbu Rayxan Beruniy, Kitob as-saydana, tarjima U.Karimova «Farmakognoziya», doktorskaya dissertatsiya, Tashkent, 1971 3. Abu Rayhon Beruniy “Tafhim” (Astrologiya). Tanlangan asalari, VI qism, Toshkent-UrganchXiva 2006, 16-bet. 4. Jumayeva Nilufar Ahmatovna Sharq allomalarining ilmiy merosi. O’quv qo‘llanma. “Durdona” nashriyoti Buxoro - 2022 5. Musurmonov, R., Khimmataliev, D. O., Sultanova, D. A., qizi Tursunbaeva, Y. R. Khakimova, I. K., & Musurmonova, M. (2023). In the Conditions of NewUzbekistan the Main Issues of Science and Modern Education. Telematique, 7686-7694 6. Ahmedov A. Beruniy va uning «Geodeziya»si haqida. Beruniy. Tanlangan asarlar. 3-tom, «Fan», 1982, 21.