scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SHARQ MADANIYATIDA MITRA XUDOSI HAQIDAGI TASAVVURLARNING AKS ETISHI

Rahmonberdiyeva Mahkamoy Jo'ra qizi

Full text

393 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc SHARQ MADANIYATIDA MITRA XUDOSI HAQIDAGI TASAVVURLARNING AKS ETISHI Rahmonberdiyeva Mahkamoy Jo‘ra qizi Termiz davlat universiteti 3-bosqich tayanch doktaranti. O‘zbekiston. Теl: +998 99 5132113. e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17646365 Qadimgi Turon xalqalari bosh xudolaridan bo‘lgan Mitra haqida tarixiy, arxeologik va numizmatik manbalar ko‘plab ma’lumotlarni taqdim etadi. Taxminan V asrning ikkinchi yarmiga tegishli bo‘lgan Mitraga oid avesto madhiyasi mazkur xudoga sig‘inish odatlari, xususiyatlari keltirilgan ilk yozma manbalardan biri bo‘lib, e’tiqod geografiyasi kengayib madhiya yaratilganidan taxminan besh-olti yuz yil o‘tgach Yevropagacha tarqaldi [9, P-33]. “Shohnoma” da Siyovushning Farangiz bilan nikohi Quyoshning Anaxita bilan nikohiga o‘xshatiladi. Yu. Rapoport Xorazmda Quyoshga e’tiqod Mitrada Mujassamlashgan deb e’tirof etadi. Shuningdek, Mitra chavandoz siymosida ifodalangan. Xorazmdan topilgan bir ossuariyda uchida anor o‘rnatilgan tug‘ yonida turgan sherlar tasvirlangan. Sher Mitra ramzi, anor esa Anaxita ramzi bo‘lib, Siyovush Xorazmda Mitra bilan uyg‘unlashgan. Gerodot ham massagetlarda Quyosh ot bilan tenglashtiriladi degan. Avestoda Mehr Yasht Ahura mazda Mitrani yaratgan va uni “men kabi qurbonlikka, ibodatga loyiq” qilgani haqidagi bayonot bilan boshlanadi. Mehr Yashtda Mitra ming ko‘zli deya ta’kidlanishi ham u bilan bog‘liq mifologik jihatlarni aks ettiradi. Hatto zardushtiylarning olovli ibodatxonalari “Mitra darvozasi” deb ataladi. Buni Mitraning xudo sifatida odamlar orasida ahamiyati yuqori bo‘lganligi bilan bog‘lash mumkin. Mitra shuningdek uy-joy, ayollar, aravalar, boylik, salomatlik va nasl qoldirish bilan bog‘liq ne’matlarni ato etuvchi xudo sanalgan. U kishilarni ajdodlarga bog‘lovchi va oilaviy barqarorlikni mustahkamlovchi kuch sifatida talqin etilgan. Zardushtiylik diniy qarashlarida Mitra to‘kin-sochinlik ma’budasi Ardvisura Anaxita hamda adolat va ma’naviyat xudolari Rashn va Sraosh bilan birgalikda Chinvat ko‘prigida - ya’ni o‘limdan keyingi ruhiy sinov joyida - insonlarning amallarini baholovchi, ularni oxirat taqdiriga yetaklovchi xudo sifatida ham tasvirlanadi. Shuningdek, arxeologik manbalarda ham Mitra bilan bog‘liq mifologik qarashlarni ko‘rishimiz mumkin. Movarounnahrda topilgan ossuariylar faqat mahalliy aholi emas, balki yahudiylar va nasroniylarga ham tegishli. Yahudiylarda ham marhumni tashqariga olib chiqib, eti suyagidan ajralganida xokdonga solishga ruxsat etilgan. To‘rtta burchagidagi teshikka taxtiravon o‘rnatilib, Anaxitaning ramzlari va Mitra Siyovushning doira va salib ramzlari tushirilgan. [6, 401-b]. Bunday ossuariylarning yuzasida ramzlar uyg‘unligi — diniy sintez, ya’ni bir hududda turli e’tiqodlar yonma-yon yashab, bir-biridan estetik va falsafiy ta’sirlanganini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, Jarqo‘ton, Marg‘iyona va Baqtriyaning barcha ibodatxonalariga yuqori rivojlangan qurilish tizimi xarakterlidir. Jarqo‘ton, Togolok, Gonur, Dashtli ibodatxonalari qalin devor va yarim doira shaklli burjlarga ega bo‘lib, umuniy ko‘rinishda “nur sochib turgan quyosh” shaklini eslatadi. Jarqo‘ton ibodatxonasiga oid ma’lumotlarga ko‘ra, bu jamoada quyosh ya’ni Mitra obrazi ulug‘lanib, bosh xudo vazifasini bajarganini tasdiqlaydi. Ibodatxona ham aynan Quyoshga Mitraga atab qurilgan. Marg‘iyona va Baqtriyaning barcha ibodatxonalariga yuqori rivojlangan qurilish tizimi xarakterlidir. Jarqo‘ton, Togolok, Gonur, Dashtli ibodatxonalari qalin devor va yarim doira shaklli burjlarga ega bo‘lib, umumiy ko‘rinishda “nur sochib turgan quyosh” shaklini eslatadi. Jarqo‘ton ibodatxonasiga oid ma’lumotlarga ko‘ra, bu jamoada quyosh ya’ni Mitra obrazi ulug‘lanib, 394 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc bosh xudo vazifasini bajarganini tasdiqlaydi. Ibodatxona ham aynan Quyoshga Mitraga atab qurilgan. [5, 114-118-b]. Shu kabi ko‘plab arxeologik yodgorliklar Mitraga e’tiqod xalqlar orasoda yuqori ahamiyatga ega bo‘lganini tasdiqlaydi. Mitra bilan bog‘liq marosimlarni o‘rganishda ham mifologik, ham hayotiy jihatlarni aks ettirishini ko‘rishimiz mumkin. Ulardan biri Mehrjon ya’ni Mehragon bayramidir. Kuzgi hosil bayrami bo‘lgan Mehrjonni kelib chiqishi Mitra bilan bog‘lanadi. Bir paytlar Eron an’analarining quyosh taqvimi bilan bog‘liq bo‘lgan festival, shubhasiz, Eron xalqlari tomonidan qo‘llaniladigan ushbu kalendarning turli shakllarining murakkab evolyutsiyasining barcha oqibatlarini boshdan kechirgan. Dastlab ehtimol, ilk sosoniylar davrigacha Mehrag‘an bir kun edi [11, 518-19-b], lekin u islom davrida bir marta takrorlangan ko‘rinadi. Navro‘z va boshqa bayramlarda bo‘lgani kabi kichik yoki umumiy Mehrag‘an va Buyuk yoki maxsus Mehrag‘on [2, 223-24-bet]. Ushbu ikki bayram o‘rtasida besh kunlik masofani keltirib chiqaradigan bunday takrorlash Eron taqvimidagi umumiy intervensiyalar masalasi bilan aniq bog‘liq bo‘lib, ular bo‘yicha olimlarning fikrlari har doim birbiridan farq qilgan. Meri Boysning so‘zlariga ko‘ra, asl bayram "Mitraning Mesopotamiyalik hamkasbi Shamash himoyasi ostida" bo‘lgan Bobil kuz festivali ta’siri ostida o‘zgartirilgan bo‘lishi mumkin [12, 35-bet]. Ammo Mehragʻon bayramiga oid barcha maʼlumotlarimiz asli eronlik boʻlmagan manbalar tomonidan berilgan. Yunon mualliflarida biz faqat umumiy bayramlar haqida eslatib o‘tamiz: "Hukmron jihati shoh bayrami yangi yil yoki yangilanish, tantanalar, sovg‘alar, hayvonlarni qurbon qilish bilan nishonlanadi". Ktesiasning so‘zlariga ko‘ra, bu Fors shohi uchun mast bo‘lish to‘g‘ri bo‘lgan yagona yillik voqea edi [qarang. Boyce, 1975, I, p. 173, u amaliyotni soma/haomadan foydalanish bilan bog‘laydi]. Shunga qaramay, festivalning yana bir ustun xususiyati uning shohona va quyosh jihati bo‘lganga o‘xshaydi; Mehrag‘on kuni, quyoshning o‘zi yaratilgan kuni podshoh quyosh tasviri o‘yilgan toj kiyar edi [2 , 222-bet]. Islom dini o‘rta asrlarda turli qadimgi marosimlarga tanqidiy yondashgan bo‘lsa-da, ayrim bayramlar, xususan Navro‘z va Mehrg‘on, aholining an’anaviy madaniyatida chuqur ildiz otgani sababli ularni to‘liq bekor qilish mushkul bo‘lgan. Shu bois, musulmon hukmdorlar ularni shariat asosidagi diniy bayramlar sifatida emas, balki dunyoviy, madaniy yoki siyosiy mazmunga ega bayramlar sifatida qabul qilgan. "Navro‘z va Mehragon sovg‘alari" tushunchasi shundan kelib chiqqan bo‘lib, tarixiy manbalarda bu sovg‘alar hukmdorga topshiriladigan rasmiy hadyalar sifatida tilga olinadi. Ba’zan ular shariat qonunlarida belgilangan majburiy soliqlardan (masalan, zakot yoki jizya) farqli ravishda, urfdan kelib chiqqan, ammo tizimli tusga ega bo‘lgan ixtiyoriy-yarimmajburiy to‘lov sifatida qaralgan[7, 411-12-betlar;]. Mitraistlar marosimlarida asosiy mazmuni o‘limdan keyin qayta tirilishga bag‘ishlanib, ruxning o‘zga shakl olishi muhim o‘rin egallagan. Mitra ibodatxonalarida odamni qurbonlik etish orqali uning o‘limi va qayta tirilishi sahnalashtirilgan. Uning kulgusi hayotdagi mavqeyini belgilas uchun she’r, sirtlon, qarg‘a, burgut, qirg‘iy kabi hayvonlar va qushlarning nomi ishlatilgan. IV asr muarrixlari ma’lumotlariga ko‘ra, bu marosimlarda “ayrimlari qushlarga o‘xshab qanot qoqqan, qarg‘aga o‘xshab qag‘illagan yoki sher kabi o‘kiradi”. Mitra ibodatxonalarida qush va hayvon boshli mitraistlarning tasvirlari saqlanib qolgan. Siyovush o‘lkamizda Quyosh ilohi Mitra bilan uyg‘unlashib, ularga qurbonlikka ot va kiyiklarni keltirganlar. Mitra nomi qadimgi Turon xalqlarining boshqa dinlarida ham uchrashini kuzatishimiz mumkin. Mitra timsoli faqat zardushtiylik doirasidagina emas, balki manixiylikda ham o‘z aksini topgan. Eronlik manixiylar o‘z e’tiqodlaridagi ilohlar tizimida zardushtiylikdagi Mitra (Avesta. Mithra; o‘rta forscha: Mihr) nomidan foydalangan bo‘lib, bu holat diniy ta’sirlar va ma’naviy merosning davomiyligini ko‘rsatadi. Manixiylikda Mitra "yozad", ya’ni ilohiylik darajasidagi mavjudot sifatida 395 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc tilga olinadi. Bu esa Avestodagi "yazata" (ibodatga loyiq mavjudot) tushunchasi bilan uyg‘unlik hosil qilsa-da, qadimgi forsdagi "baga" (xudo) tushunchasidan farqlanadi. Tilshunoslik nuqtayi nazaridan, Mitra nomining o‘rta fors tilida Mihr, parfiycha Mihr, so‘g‘dcha Miši shakllarida uchrashi, bu kultning turli hududlar va etnoslar orasida keng yoyilganini bildiradi. Manixiy so‘g‘d tilida Mitraning "Miši bayi" shaklida nomlanishi esa qadimgi fors an’analariga yaqinlikni ko‘rsatadi. Bu farqlar shuni ko‘rsatadiki, turli dinlarda bir xil nom ostida mazmun jihatidan turli xil ilohiy timsollar shakllangan. Shu bois, Mitra nomining zardushtiylik va manixiylikda turli xil vazifalarga ega bo‘lishi bu ikki dindagi teologik jihatlar yaqinligini emas, balki nomlardagi o‘xshashlik mavjudligini anglatadi. Bundan kelib chiqadiki, Mitra timsolining keyingi dini tizimlarda saqlanib qolishi uning qadimiy e’tiqodlardagi turli madaniy ildizlarini ifodalaydi. Biroq, nomning o‘zi ko‘p hollarda tashqi o‘xshashliknigina anglatishini bilish mumkin— mazmun, rol va ilohiy maqom jihatdan har bir din Mitrani o‘ziga xos tarzda talqin qilgan. Ko‘kturklarning kelib chiqishi haqidagi afsonalarda olovning ahamiyati uni birinchi bo‘lib kashf etgan to‘rt kishida namoyon bo‘ladi. Aka-ukalardan biri o‘z xalqini sovuqdan himoya qilish uchun olovni kashf etadi, qolgan uch aka-uka esa bu voqeadan keyin unga Tu-je(Turk) deb nom qo‘yib, o‘zlariga rahbar etib saylaydi. Qadimgi Turon xalqlarida olov mana shuning uchun ham yuqori ahamiyatga ega hisoblangan deyish mumkin. Qadimgi odamlarning ongida qizil rang olov degan ma’noni anglatadi. Quyosh bilan birga u yovuz ruhlardan himoya qila oladigan sehrga ega edi. [8, 1998. С. 199–200]. Buyuk Doro va uning vorislarining dafn yodgorliklarida Pasargadalar bilan bir xil ko‘rinishga ega otashparastlar paydo bo‘ladi. U yerda podshohning oldida olov salovchi piramidasini ya’ni otashdonni ko‘tarib turgan. Otashdon yana uch pog‘onali ustki va poydevorga ega bo‘lib, mil esa uch qavatli chuqurlashtirilgan vertikal panellar bilan bezatilgan . Seistandagi Dahan-i Xolamon yaqinidagi dehqon qishlog‘idagi uydan so‘nggi Ahamoniylar davriga oid kamtar g‘ishtli o‘t o‘chiruvchi topildi. Bu kichik, tekis poydevordan ko‘tarilgan nozik dumaloq milga o‘rnatilgan oltita pog‘onali katta keng tepaga ega. Yuqorida "olov uchun markaziy yarim sharik idish" [14, 727-bet]. Ahamoniylar davri muhrlarida uchragan otashparastlarning tasvirlari ikki turga bo‘linadi. Ulardan biri qirollik yodgorliklariga o‘xshaydi. Ikkinchisi keng to‘rtburchaklar ustundan iborat bo‘lib, odatda tepasi qirrali bo‘lib, uning merlonlari, ehtimol, cho‘g‘ni saqlash funktsiyasiga ega. Ba’zi vakilliklarda ular orasida yupqa olov ustuni paydo bo‘ladi; va ba’zan ustun yonida olovga hurmat ko‘rsatadigan odam yoki odamlar paydo bo‘ladi. Ammo olovni o‘zida saqlovchi ibodatxonalar va otashdonlar hozirgacha kam saqlanib qplgan. Buning asosiy sababi shundaki, aksariyat olov ibodatxonalari oxir-oqibat Islom kelganidan keyin vayron qilingan yoki masjidlarga kiritilgan; lekin oxir - oqibat zardushtiylarga qoldirilgan qorong‘u, pastkash ibodatxonalarda otashdon hali ham muhim xususiyat edi. Yazd, Kermon va ularning qishloqlarida haligacha saqlanib qolgan nisbatan qadimgi namunalar katta, yaxlit ustunli, beli baland yoki biroz balandroq, shakli yumaloq, olti burchakli yoki sakkizburchakdir. Deyarli barchasi g‘ishtdan yasalgan bo‘lib, ular toshga o‘xshab, nozik qattiq gips bilan qoplangan. Bundan tashqari Olov zardushtiylik dinida asosiy tozalovchi manba hisoblanib, uning izlari diniy e’tiqod hududlarida, koʻmish bilan bogʻliq urf-odatlarda, Qadimgi Turon xalqlarining yashash tarzi va diniy marosimlarida muhim ahamiyat kasb etgan. Bronza davri arxeologik yodgorliklarida olovning ahamiyati juda yuqori bo‘lganki, buni qay darajada ekanligi Dashli-3, Jarqoʻton, Gonur kabi yodgorliklarda monumental ibodatxona qurilishida yaqqol koʻzga tashlanadi. 396 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Bundan shuni tushunish mumkinki, arxeologik dalillar ham Mitra e’tiqodining keng tarqalganini ko‘rsatadi. Xorazm, Jarqo‘ton, Marg‘iyona va Baqtriya hududlaridagi ibodatxonalar, Mitra ramzlari tushirilgan ossuariylar, sher va anor, quyosh nurlari, doira va salib ramzlari kabi belgilar diniy sintezning yuzaga kelganini isbotlaydi. Ayniqsa, Jarqo‘ton ibodatxonasi “nur sochuvchi quyosh” shaklida barpo etilgani, Mitra timsolining arxitekturaviy tasvirlar orqali ham markaziy o‘rinda bo‘lganini ko‘rsatadi. Numizmatik manbalarda Mitra chavandoz yoki otliq siymosida gavdalantirilgan. Bu siymolar e’tiqodda ot va Quyosh ramzlari birligi mavjudligini bildiradi. Gerodot massagetlar Quyoshni ot bilan tenglashtirganini ta’kidlab, bu qarashlarning qadimiy ildizlarini ochib beradi. Mitraizm marosimlari o‘lim va qayta tirilish g‘oyasiga asoslanib, inson ruhining o‘zga shaklga o‘tishi tasavvuri bilan uyg‘unlashgan. Marosimlarda odam qurbonlik qilish, hayvonlar va qushlar ramzlaridan foydalanish orqali insonlarning ruhiy holatlari ifodalangan. Bu holatlar qadimgi insonlarning hayot, o‘lim va oxirat haqidagi qarashlarida muhim falsafiy mazmun kasb etgan. Mitra bilan bog‘liq diniy me’morchilik, ramzlar, marosimlar va yozma yodgorliklar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu xudo qadimgi Turon xalqlari ongida faqat diniy emas, balki siyosiy, madaniy va axloqiy qadriyatlar timsoli sifatida mustahkam o‘rin egallagan. Mitra xudosi ham diniy, ham ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lish bilan bir qatorda, unga e’tiqod jamiyatda insonlar hayot tarzi tartibda saqlanishini ham ta’minlagan. References: 1. A. Balinski, “‘Intercalation’” of the ‘Zoroastrian’ Calendar in Ancient Iran,” Folia Orientalia 27, 1990, pp. 97-106. 2. Abu Rayḥān Biruni, Ketāb al-āṯār al-bāqia ʿan al-qorun al-ḵālia, ed. and tr. C. Eduard Sachau, as The Chronology of Ancient Nations, London 1879; New ed., Frankfurt, 1984. 3. Аскаров А. Древнеземледельческая культура эпохи бронзы юг Узбекистана. Ташкент. 1977. С. 67-68. 4. Аскаров А. А., Абдуллаев Б. Н. Джаркутан (к проблеме протогородской цивилизации на юге Узбекистана). Ташкент. 1983. С. 24. 5. А.Ш.Шайдуллаев, Cополли маданиятининг глиптикаси ва сфрагистикаси Фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация, Cамарқанд – 2018 Б-114118 6. Ҳ.Кароматов Ўзбекистонда мозий еътиқодлар тарихи. Монография. – Тошкент:” Ғофур Ғулом”-2008 Б-401 7. Ḥasan b. Moḥammad Qomi, Tāriḵ-e Qom, ed. Moḥammad-Reżā Anṣāri Qomi, Qom, 2006, pp 411-12 8. История таджикского народа, 1998. С. 199–200] 9. I. Gers’hevitch, The Avestan Hymn to Mithra. Cambridge, 1959.p-33 10. Mary Boyce “On the Calendar of Zoroastrian Feasts,” BSOAS 33/3, 1970, pp. 513-39 11. Mary Boyce“Mihragān among the Irani Zoroastrians,” in John R. Hinnells, ed., Mithraic Studies: Proceedings of the First International Congress of Mithraic Studies, 2 vols., Manchester, 1975, I, pp. 106-18 12. Mary Boyce. A History of Zoroastrianism I-II, Leiden, 1975a, 1982. 13. Mary Boyce, “On Mithra in the Manichaean Pantheon,” in Walter B. Henning and Ehsan Yarshater, eds., A Locust’s Leg:Studies in Honour of S. H. Taqizadeh, London, 1962, pp. 44-54. 397 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 14. U. Scerrato, South Asian Archaeology 1977, ed. M. Taddei, Naples, 1979, II, pp. 727-29, for the Dahān-e Ḡolāmān fire-holders.