scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MANG'ITLAR DAVRI TARIXSHUNOSLIGI

Boqijonova, Sarvinozxon Bahromjon qizi; Dadamirzayeva, Gulchehra Abdunabiyevna

Abstract

Maqola Mangitlar sulolasi hukmronligi davrining (1756–1920) tarixshunoslikda aks etish jarayonini ilmiy tahlil qiladi. Unda davr manbalari va ularni tadqiq etgan tarixchilarning yondashuvlari solishtirma asosda ko‘rib chiqilib, tarixiy baholashlarning o‘zgarishi izchil ochib beriladi. Mangitlar davriga oid siyosiy, ijtimoiy va tashqi siyosiy jarayonlarning tarixshunoslikda qanday talqin qilingani tahlil qilinib, zamonaviy yondashuvlar bilan uyg‘unlikda baholanadi. Maqola mavzu bo‘yicha izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 85 DOI: https://10.5281/zenodo.17650804 MANG‘ITLAR DAVRI TARIXSHUNOSLIGI Boqijonova Sarvinozxon Bahromjon qizi Namangan davlat universiteti, tarix yo‘nalishi E-mail: boqijonova[email protected]om Ilmiy rahbar: Dadamirzayeva Gulchehra Abdunabiyevna t.f.b f.d ANNOTATSIYA Maqola Mangitlar sulolasi hukmronligi davrining (1756–1920) tarixshunoslikda aks etish jarayonini ilmiy tahlil qiladi. Unda davr manbalari va ularni tadqiq etgan tarixchilarning yondashuvlari solishtirma asosda ko‘rib chiqilib, tarixiy baholashlarning o‘zgarishi izchil ochib beriladi. Mangitlar davriga oid siyosiy, ijtimoiy va tashqi siyosiy jarayonlarning tarixshunoslikda qanday talqin qilingani tahlil qilinib, zamonaviy yondashuvlar bilan uyg‘unlikda baholanadi. Maqola mavzu bo‘yicha izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Mang‘itlar sulolasi, Buxoro amirligi, tarixshunoslik, manbashunoslik, Ahmad Donish,“Tarixi Amir Haydar”, rus tadqiqotchilari, sovet davri, mustaqillik davri tadqiqotlari, davlat boshqaruvi, madaniy hayot, Markaziy Osiyo tarixi. ABSTRACT This article presents a scholarly analysis of how the Manghit dynasty’s rule (1756–1920) has been reflected in historiography. It examines key historical sources related to the period and the approaches adopted by researchers in studying it. Through comparative analysis, the evolution of historical interpretations concerning the political, social, and foreign policy developments of the era is explored. Special attention is given to contemporary historiographical perspectives. The article provides a methodological foundation for further research in this field. Keywords: Manghit dynasty, Emirate of Bukhara, historiography, source studies, Ahmad Donish, “Tarikh-i Amir Haydar”, Russian researchers, Soviet period, postindependence research, state governance, cultural life, history of Central Asia. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 86 АННОТАЦИЯ В статье представлен научный анализ отражения периода правления династии мангытов (1756–1920) в историографии. Рассматриваются основные источники по данной эпохе и подходы исследователей, изучавших этот период. На основе сравнительного анализа раскрывается эволюция исторических оценок, связанных с политическими, социальными и внешнеполитическими процессами того времени. Особое внимание уделяется современным историографическим подходам. Статья служит методологической основой для дальнейших исследований в данной области. Ключевые слова: Династия мангытов, Бухарский эмират, историография, источниковедение, Ахмад Дониш, “Тарихи Амир Хайдар’’, русские исследователи, советский период, исследования периода независимости, государственное управление, культурная жизнь, история Средней Азии. KIRISH Mang‘itlar sulolasi davri O‘rta Osiyo, xususan, Buxoro amirligi tarixida o‘ziga xos o‘rin tutadi. XVIII asrning o‘rtalarida Muhammad Rahimbiy tomonidan asos solingan ushbu sulola deyarli ikki asr vaqt davomida siyosiy hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab turgan. Mang‘itlar hukmronligi yillarida davlat boshqaruvi tizimida ma’lum islohotlar amalga oshirildi, iqtisodiy hayotda o‘zgarishlar yuz berdi, ilm-fan va madaniyat sohalarida sezilarli yuksalishlar kuzatildi. Shu bilan birga, ichki siyosiy ziddiyatlar, tashqi bosimlar va Rossiya imperiyasi bilan munosabatlarning murakkabligi bu davr tarixini yanada ko‘p qirrali va tahlilga boy holatga keltirgan.Mazkur davr tarixshunosligi masalalari bugungi kunda milliy tarix fanining dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki Mang‘itlar davriga oid manbalar – “Tarixi Amir Haydar”, “Tarixi Rahimiy”, “Tuhfayi shohiy”, “Tuhfat ul-xoniy” kabi asarlar – nafaqat siyosiy tarixni, balki o‘sha davr jamiyatining ma’naviy va madaniy qiyofasini ham o‘zida aks ettiradi. Ahmad Donish, Mirzo Abduazim Somiy, Muhammad Sharif Buxoriy singari mahalliy tarixchilar o‘z asarlarida davlat boshqaruvi, amirlar siyosati va ijtimoiy hayot haqida muhim ma’lumotlar qoldirganlar. Sovet davrida Mang‘itlar tarixi asosan sinfiy yondashuv asosida, ideologik mezonlarga tayangan holda o‘rganilgan bo‘lsa, mustaqillik yillarida bu davrga nisbatan yangicha, obyektiv ilmiy qarashlar shakllandi. Bugungi tadqiqotlarda Mang‘itlar siyosiy merosi, davlat tuzumi, xalqaro aloqalari, madaniy hayoti va ijtimoiy tuzilmalari chuqur tahlil qilinmoqda. Shu sababli Mang‘itlar davri tarixshunosligini o‘rganish — nafaqat o‘tmish tajribasini anglash, balki milliy davlatchilik an’analarining shakllanish jarayonini yanada chuqurroq yoritish imkonini beradi. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 87 Buxoroda mang‘itlar sulolasi hukmronligi davri tarixini o‘rganishda yozma manbalar asosiy o‘rinni egallaydi. Olimlar manbalarning tasnifida ularning mazmuni, davri, muammosiga qarab guruhlashtiradilar. Amirlik tarixiga oid asarlar ko‘p bo‘lgani sababli faqat amirlik tashkil topishidan to qulagunigacha bo‘lgan davr (1756– 1920-yillar)da yozilgan manbalarni quyidagi tizimga bo‘lib guruhlashni lozim topdik. Birinchi guruh: zamondash va saroy tarixchilari tomonidan yozib qoldirilgan mahalliy manbalar; ikkinchi guruh: sayohatchi, elchi, savdogar,shuningdek, shu davrda yashagan siyosiy arboblarining esdalik va memuarlari; uchinchi: arxiv manbalar .(1,7) Mulla Muhammad Vafo Ibn Muhammad Zohir Karminagiy (1685-1769). Buxoroning o‘qimishli va taniqli kishikaridan; mashxur tarixshunis olim. Muhammad Vafo Karminagiy Buxoro xonligining 1722-1782 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o‘z ichiga olgan “Tuxfat ul-xoniy” (“Xonning tuxfasi”) yoki “ Tarixi Rahimxoniy” (“[Muhammad] Rahimxon tarixi”) nomli asar yozib qoldirgan. Bu o‘rinda shuni ham aytish kerakki, mulla Muhammad vafo asarning faqat 17221768 yil voqealarini o‘z ichiga olgan qisminigina yozib ulgurgan(1769y.) Uning davomini, ya’ni 1768-1782 yillar voqelarini bayon etuvchi qismini nasaflik domla Olimbek ibn Niyozqulibek yozgan. Asar Buxoro xonligida XVIII asrning 20-yillaridan boshlab kuchayib ketgan iqtisodiy va siyosiy tanglikni, ijtimoiy-siyosiy tarqoqlikning kuchayishi va buning natijasida markaziy davlat boshqaruvining zaiflashuvi, mang‘it humkdorlarining uluslar va qabilalarni bo‘ysundirish maqsadida olib brogan tinimsiz urushlari va buning oqibatida ko‘plab shaharlar hamda qishloqlarning vayron etilishi, mehnatkash xalq turmushining og‘irlashib borishi va uning asosiy sabablarini aniqlashga yordam berishi mumkin bo‘lgan daliliy ma’lumotlarga o‘ta boydir. “Tuxfat ul-xoniy” ning qo‘lyozma nusxalari ko‘p. Masalan, SanktPeterburg, O‘zbekiston, Tojikiston kutubxonalarida undan 23 nusxa saqlanmoqda. Shunga qaramay, bu muhim asar kam o‘rganilgan. Asar biror tilga to‘liq tarjima qilinmagan ham. Asardan kichik bir parcha, ya’ni Muhammad Rahimxonning 1747-yili Saraxs atrofida Eron qo‘shinlari bilan to‘qnashuvi rus tilida (1938y.) e’lon qilingan, holos. (2, 236-237-238) Mir Olim Buxoriyning "Fathnomayi sultoniy" asari. Mir Olim Buxoriy (XIX ası) buxorolik tarixchi olim bo‘lib, Buxoro amiri Nasrulloxon (1826-1860) davrida G‘uzor hokimi Muhammad Olimbekning xizmatida bo‘lgan va uning topshirig‘i bilan "Fathnomayi sultoniy" ("Sultonlar fathnomasi") tarixiy kitobini yozgan. Asar muqaddima va 29 bobdan iborat. U amir Shohmurod (1785-1800) davridan to Amir Nasrulloxon hukmronligining dastlabki yillarigacha Buxoro amirligida bolib o‘tgan voqea-hodisalarni o‘z ichiga oladi. Amir Shohmurod va amir Haydar davri qisqa, INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 88 Nasrulloxon davri voqealari esa bataf-sil yoritilgan. Muallifning vafoti tufayli asarning ikkinchi qismi yozilmay qolgan. Asar O‘zR FA Sharqshunoslik institutida qo‘lyozmalar fondida inv. №1838 raqam ostida saqlanadi. Ushbu asarning birinchi qismi O.D. Chexovich tomonidan rus tiliga tarjima qilingan. Tarjima qo‘lyozmasi shu institutning kutubxonasida saqlanmoqda.(3,255) Mang‘itlar sulolasi tarixiga oid qimmatli manbalardan yana biri –bu Muhammad Ya’qubning "Gulshan ul-muluk" nomli asaridir. Muhammad Ya’qub (uning ikkinchi ismi - Kenja Alibek) amir Doniyol (1756-1785) ning o‘n ikkinchi o‘g‘li edi. Muhammad Ya’qubning tug‘ilgan va vafot etgan sanasi noma’lum. Uning "Gulshan ul-muluk" asari umumiy tarix tipida yozilgan. Asarda Shayboniylar, Ashtarxoniylar va Mang‘itlar sulolalari hukmronligi davriga doir alohida boblar mavjud. Muallif asosiy e’tiborni Mang‘itlar sulolasi (amir Nasrullogacha) hukmronligini yoritishga qaratadi. O‘zbeklarning mang‘it urug‘i tarixiga doir etnografik ma’lumotlar ham alohida e’tiborga molik. O‘zR FA Sharqshunoslik institutining Sharq qo‘lyozmalari markazida "Gulshan ul-muluk"ning 4 ta qo‘lyozma nusxalari saqlanmoqda. Muhammad Ya’qubning ushbu asaridan olingan ayrim parchalar O‘. Sultonov tomonidan o‘zbekchaga o‘ girilib, "O‘zbekiston tarixi xrestomatiyasi" (2014) to‘plamida e’lon qilindi. (7,186) Buxoro amirligi tarixining ma’lum jihatlari haqida bir qator sayyoh, elchi va davlat arboblari o‘z esdaliklarini yozib qoldirgan bo‘lib, ularning uslubi saroy tarixchilarinikidan farq qiladi. Ular ko‘p hollarda vaziyatni real sharhlashga, manfaat yuzasidan olinadigan ma’lumotlarga jiddiy e’tibor qaratishga, shu bilan birga, saroy tarixi, hukmdorlar silsilasidan ko‘ra, xalq turmushiga ko‘proq ahamiyat beradi. Elchi va sayyoh esdaliklari orasida rus va ingliz elchilarining kundaliklari yetakchilik qiladi.(1,15) Biz uchun Ye.K.Meyendorfining asari muhin ahamiyatga ega. XIX asrning 20yillari Chor Rossiyasi Buxoro amirligiga o‘z ekspeditsiyasini yuboradi. 1820-1821 yillardagi A.F.Negri boshchiligidagi ekspeditsiya tarkibida tabiatshunos Ye.K. Meyendrof ham bo‘lgan. U sayohati maxsuki sifatifa 1826-yilda “Путешествие из Оренбурга в Бухару” deb nomlangan kitobini nashr qildirgan. Asarda ko‘proq Buxoroning ichki va tashqi savdo aloqalari yoritilgan. U Buxoroni savdo-sotig‘i rivojlangan, Afg‘oniston, Eron, Hindiston va boshqa mamlakatlar bilan doimiy qizg‘in savdo aloqalarida bo‘lgan, aholisi zich joylashgan shahar deb hisoblagan.(6,36) XIX asrning 40-yillarida muhim natijalar bergan K.F. Butenov ekspeditsiyasida (1841-1842) ishtirok etgan geograf N.V. Xanikov Buxoro amirligi, Qizilqum va Zarafshon vodiysi to‘g‘risida boy material to‘pladi. Bu materiallar N.V.Xanikovning "Buxoro xonligi tavsifi" ("Описание Бухарского ханства") nomliensiklopedik INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 89 mazmunli yirik asarida ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilinib, umumlashtirildi. Asar 1843-yilda dastlab Sankt-Peterburgda nashr etilgan bo‘lib, jami 229 sahifadan iborat. "Buxoro xonligi tavsifi" asarining birinchi qismida geografik, topografik, ma’lumotlar va mamlakat aholisi haqida dalillar keltirilgan. O‘zbeklarning 97 ta urug‘ining ro‘yxati ilova qilinib (ulardan 28 tasi Buxoroda), yashash joylari ham ko‘rsatilgan. "Xonlikning topografiyasi" qismida Buxoro shahridagi jamoat binolari, saroylar, masjid va madrasalar, karvonsaroylar, hammomlar, bozorlar, qamoqxona haqida, Buxorodan Samarqandgacha bo‘lgan yo‘llar, Samarandning inshootlari va yodgorlikları, yana Samarqanddan Qarshiga eltuvchi yo‘llar, Qarshining arki, madrasalari va masjidlarining tavsifi berilgan.(4, 81-82) Buxoro amirligi tarixining ma’lum jihatlari xususida bir qator davlat arboblari ham esdaliklar yozib qoldirgan. Shunday kundalik shaklidagi asarlardan biri amirlikning bosh zakotchisi, ba’zi viloyatlar hokimi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan Mirza Salimbek bo‘lib, u “Tarixi Salimiy” (“Salimiyning tarixi”) asari muallifidir.(1,17-18) Salimbek inoq serqirra ijod sohibi edi. Tarixchi olim sifatida uning yozgan ikki kitobi bizgacha yetib kelgan. L.P. Yepifanova o‘zining risolasida «Tarixi Salimiy» haqida hikoya qiladi. Uning aytishicha, manbaning yozilgan yili noma’lum, kitob Qo‘qon qog‘ozida nasta’liq, ikki shaxsning dastxati, 211 saxifalardan iborat, shundan 62 saxifasi O‘rta Osiyo tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, Mug‘ullar, Temuriylar, Shayboniylar, Ashtarxoniylar va amir Muzaffarxongacha keladi. Qolgan 169 saxifasida esa muallifning o‘zi guvox bo‘lgan voqyealar bayon etiladi, deb yozadi .”Muttakadimin va muttaaxirin” asarida Odam alayxissalomdan Isoalayxissalomgacha utgan ayrim payg‘ambarlar, Peshdodiyon tabaqasining zikri, Ashkoniyon, Sosoniylar Hazrat Hotam al-Nabiy salolloxu alayxivassalam, Roshiddin xalifaligi Ummaviylar, Abbosiylar, Somoniylar, Gʻaznaviylar, Saljuqiylar, Xorazm shoxlar, Chingizxon, Soxibqiron Amir Temur, o‘zbek podshohlari, Ashtarxoniylar, Mang‘itlar Amir Abdulahad podshoxligi, Rossiya davlati podshohlari va imperatorlari, Tatar xonligining rus knyazlariga hujumi, Usmonli turk davlati tarixi bayon etilgan. Bu kitob ilmiy jihatdan puxta o‘rganilib, 2003 yilda nashr qilindi. “Tarixi Salimiy” deb nomlangan asari 1917-1920 yilda yozilgan bo‘lib, unda Chingizxon davridan inqilob to‘ntarishigacha bulgan Buxoro amirligi tarixi voqealari xususida fikr yuritiladi. Mazkur asardan Mirza Salimbekning shaxsiy xayoti to‘g‘risida ham ma’lumotlar uchraydi. Olimning tarixchi sifatidagi faoliyati Naim Norqulov tomonidan maxsus tadqiq etilgan. “Tarixi Salimiy” asari rus tiliga xam tarjima qilingan edi. Akademik Voxid Abdullayev va professor Rasul Hodizoda INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 90 asarlarida Mirza Salimbek adabiyotshunos sifatida qayta-qayta tilga olinadi.(3,258259) Uchinchi guruhdagi manbalar rasmiy hujjatlarni tashkil etib, hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxivi, Buxoro Davlat badiiy arxitektura muzey qo‘riqxonasida amirlik tarixiga tegishli amir farmonlari, muboraknomalar, amir farmoyishi, vaqfnoma, ishonchnoma, yorliqlar, ariza, hukm, qaror, shuningdek, Turkiston general gubernatorligi hujjatlari I-126, I-323, I-3 kabi fondlarda saqlanmoqda.(1,19) XULOSA Buxoro amirligi tarixini o‘rganishda manbashunoslik asosiy ilmiy tayanch sifatida xizmat qiladi. Amirlik davriga oid mahalliy manbalar, xorijiy elchilar esdaliklari va arxiv hujjatlari Buxoro siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy hayotining ko‘p qirralarini yoritishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Mahalliy mualliflar tomonidan yaratilgan asarlar davlat boshqaruvi, ijtimoiy tuzilma va dini-ma’rifiy muhit haqida ichki nuqtai nazardan to‘liq tasavvur beradi. Shu bilan birga, xorijiy elchilar va sayyohlarning kuzatuvlari o‘sha davr Buxorosining xalqaro nufuzi va tashqi siyosatini tahlil etishda muhim manba sifatida xizmat qiladi. Arxiv hujjatlari esa amirlikdagi ma’muriy boshqaruv, soliqlar tizimi, diplomatik yozishmalar hamda xalq xo‘jaligi holatini hujjatli dalillar asosida ochib beradi. Ushbu manbalarni o‘zaro solishtirib o‘rganish orqali tarixiy voqealarning haqqoniy manzarasini tiklash, Buxoro amirligining mintaqaviy hamda global tarixdagi o‘rnini ilmiy asosda belgilash imkoniyati yaratiladi. Shu bois, mazkur manbalar majmuasi Buxoro amirligi tarixini chuqur o‘rganish va uning merosini to‘laqonli baholashda eng muhim manbashunoslik poydevorini tashkil etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1.A.Zamonov, A.Egamberdiyev.”Buxoro amirligi tarixi” ( XVIII asr o‘rtalari-XIX asr o‘rtalari)-T.: “Tamaddun”,2022, 181 b. 2.B. Ahmedov. “O‘zbekiston tarixi manbalari” (Qadimgi zamon va o‘rta asrlar)-T.: “O‘qituvchi”, 2001, 349 b. 3. “Buxoro tarixi masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy amaliy ( onlayn) konferensiya materiallari-B.: 2021 4. B. Mirzzayev, A Majidov. “Manbashunoslik”-T.: 2022,114 b. 5. “Manbashunoslik”-T.: “Turon-iqbol”, 2019, 481 b. 6. R.A.Arslonzoda.”Manbashunoslik”-F.: “Classic”,2022,346 b. 7.R. Alimova. “O‘rta Osiyo xonliklarining qo‘shni davlatlar bilan diplomatik va savdoiqtisodiy munosabatlari”-T.:2017,145 b