scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YOSHLAR ONGIDA MA'NAVIY AXLOQIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISH

Ibadullayeva, Maftuna Ilhomboy qizi

Abstract

Ushbu maqolada yoshlarni ma’naviy axloqiy jihatdan shakallantirishning samarali omillari, umumiy tushunchalar, axloqiy tarbiya, ularning mazmunmohiyatini yoshlarga singdirish, tengdoshlariga bo‘lgan madaniy va axloqiy munosabatlarni rivojlantirish, shaxs sifatidagi nuqtayi nazarini qaror toptirish, ma’naviy axloqiy tarbiya metodlari va yo‘nalishlari belgilab berilgan.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 108 DOI: https://10.5281/zenodo.17650984 YOSHLAR ONGIDA MA’NAVIY AXLOQIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISH Ibadullayeva Maftuna Ilhomboy qizi OʻzMPU Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi(huquq ta’limi) 1-kurs magistranti ANNOTATSIYA Ushbu maqolada yoshlarni ma’naviy axloqiy jihatdan shakallantirishning samarali omillari, umumiy tushunchalar, axloqiy tarbiya, ularning mazmunmohiyatini yoshlarga singdirish, tengdoshlariga bo‘lgan madaniy va axloqiy munosabatlarni rivojlantirish, shaxs sifatidagi nuqtayi nazarini qaror toptirish, ma’naviy axloqiy tarbiya metodlari va yo‘nalishlari belgilab berilgan. Kalit so‘zlar: axloq, ma’naviyat, marifat, ta’lim, tarbiya, odob, madaniy munosabatlar. Bugungi globallashuv jarayonida dunyoning har yerida inson ongi va tafakkuri uchun jiddiy kurash ketayotgani barchamizga yaxshi ayon. Gohi yovuz, gohi madaniy ko‘rinishdagi bu kurash har birimizdan atrofga teran nazar tashlash, jahonda kechayotgan turli xil jarayonlarni aql va tafakkur bilan sarhisob etishga chorlaydi. Ma’naviyat va axloq o‘zaro bir-biriga juda yaqin tushunchalar bo‘lib, ma’naviyat individ mansub bo‘lgan guruhlar axloqi ta’sirida yuzaga keladi.O‘z navbatida axloq guruh a’zolari bo‘lgan individlar ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi hisoblanadi. Zero, axloqiy me’yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan yetukligining mezoni bo‘lgan, ma’naviy kamolotga erisha olmaydi. Ma’lumiki, davlatimiz rahbarining 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 2020-yil 29-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga Murojaatnomasida hamda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda vazirliklar, qator davlat va jamoat tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlashga chorlaydi. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 109 Davlatimiz rahbarining “Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni, ruhi ma’naviyatdir”, degan so‘zlari mohiyatidagi uyg‘onish nafasi Hazrat Navoiy da’vatlariga mohiyatan uyg‘un bo‘lib, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga azm-u shijoat bilan kirishgan xalqimiz uchun tarbiya, yaxshi xulq, aqlidrok, bilim, ma’naviyat naqadar tengsiz qudrat va ruhiy manba ekanligini yana bir bor anglatdi. Zero, yuksak ma’naviyat bilan jamiyat hayotining tanasi bo‘lgan iqtisodiyot vujudiga jon, ruh kiradi, unga tiriklik, tengsiz yaratuvchi qudrat baxsh etadi. Adolatlilik, ezgulik, haqqoniylik, rostgo‘ylik, tartiblilik, mehnatsevarlik kabi sifat va fazilatlarni o‘zida birlashtirgan shaxs tavsifi axloqiy tamoyillar deb ataladi.Axloqiy ongning o‘ziga xos tushunchalari sifatida yaxshilik va yomonlik, burch vijdon, sha’n, qadr-qimmat kabilarni aytib o‘tish joiz. “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda ta’kidlanganidek, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni jaholat soyasidan asrash, tinimsiz chiranib yotgan ma’naviy tahdidlardan himoya qilish uchun tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlarini yangi talablar asosida yo‘lga qo‘yish, bu yo‘nalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligini mustahkamlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishi turgan gap. Mavjud muammolarni hal etish yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda ma’naviyma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida Vatanimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha yagona tizim yaratish, yoshlarning ma’naviy-axloqiy sifarlarini rivojlantirishni talab qiladi. Bu borada nafaqat respublikamizda, balki jahon ta’lim tizimida yoshlarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash mexanizmi, yoshlarning axloqiy sifatlarini rivojlantirishning amaliy pedagogik tizimi, o‘qitish modellari texnologik taraqqiyot g‘oyalari bilan uyg‘unlashtirilgan interfaol dasturlar ta’lim jarayoniga tatbiq qilingan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining “XXI asrning Oliy ta’limi” Butunjahon deklaratsiyasi, UNESCOning “Oliy ta’limni isloh qilish va rivojlantirish” dasturiy hujjatlarida dunyo miqyosida ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga, modulli ta’limni tashkil etishga, o‘qitishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali talabayoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash metodikasini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qartigan.Ma’lumki, tarbiya yosh avlodni jamiyatda yashashga maqsadli tayyorlash jaroyoni bo‘lib, maxsus tashkil etilgan davlat va jamoat institutlariorqali amalga oshiriladi, jamiyat tomonidan nazorat qilinadi va jamiyat tomonidan tuzatishlar kiritib turiladi. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 110 Jahon oliy ta’lim tizimida yoshlarni kasbiy ijtimoiylashtirish, ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish, ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligini tarbiyalash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Koreya, Xitoy, AQSH, Rossiya, Germaniya, Fransiya kabi rivojlangan mamlakatlarda talabayoshlarning tafakkurini o‘stirish, qobiliyatlarini erta aniqlash, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mexanizmlari samaradorligini oshirish metodikasini takomillashtirishda modulli o‘qitish, “blended learning” (aralash o‘qitish), mahorat darslari, vebinarlar tashkil etilib kelinmoqda. Respublikamizda ko‘pgina olimlar tomonidan ma’naviyaxloqiy tarbiya jarayonining turli jihatlari o‘rganilgan hamda ushbu tadqiqotlar natijalarini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash imkoniyatlari tavsiya qilingan. Bu tadqiqotlarning ba’zilari keng qamrovli bo‘lgan ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonining ma’lum bir qirrasini tahlil etishga qaratilgan bo‘lsa, boshqalari ta’limtarbiya jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyaning mazmunini boyitishga va turli o‘quv kurslarida yangi usullarini qo‘llashga yo‘naltirilgan bo‘lib, ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish masalalari tadqiq qilingan. Ma’naviy-axloqiy tarbiya – yagona ijtimoiy tarbiya jarayonining bir qismi hisoblanadi. Ma’naviyat va axloqning mohiyati, uning me’yorlari va tamoyillari mazmunini tushunish yoshlarning ma’naviy axloqiy jihatdan fikr yuritishlariga imkon yaratadi. Ma’naviy-axloqiy tushunchalar ,baholash va muhokama yuritish asosida ma’naviy axloqiy e’tiqod shakllanadi va inson xatti-harakati va xulqi baholanadi. Ma’naviy-axloqiy e’tiqodga ega inson axloqiy me’yorlar talablarni ongli bajaradi va ularga hurmat oshadi.Jamiyatda ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonining mazmuni uning maqsadlari bilan belgilanadi.Ya’ni , bu maqsadlar ijtimoiy munosabatlar tavsifi bilan belgilanadi. Yoshlarda ma’naviy-axloqiy hislarni shaxsiy sifatlarni va xulqini tarbiyalash hamda rivojlantirishni taqozo etadi. Natijada ular o‘zlari va boshqalarning xatti-harakatlarini ana shu nuqtai nazardan boholaydilar. Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik kabi asosiy g‘oyalar talaba shaxsini axloqiy shakllantirish mezoni sifatida belgilangan. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning asosiy xususiyatlari bo‘lgan oila, mahalla, el-yurt tushunchalari muqaddasligi, ota-ona, mahalla-ko‘y, umuman, jamiyatga yuksak hurmat-e’tibor, millatning o‘lmas ruhi bo‘lgan ona tiliga muhabbat, sabr-bardoshlilik, mehnatsevarlik, halollik kabilar talaba-yoshlar shaxsini axloqiy shakllantirishning asosiy omillari ekanligi e’tirof etilgan.Yosh avlod tarbiyasi, avvalo, pedagogning kasbiy mahoratiga bog‘liq. Shu o‘rinda, yurt kelajagi va istiqboli ko‘p jihatdan o‘qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liqligini qayd etish mumkin. O‘qituvchi kasbiy axloq va odob normalarini mukammal egallasagina, o‘z kasbining fidoyisi bo‘la oladi. Bugungi kunda ana shunday fidoyilik har qachongidan ham muhim ekanligi INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 111 ushbu sohada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining dolzarbligini yanada oshiradi. Ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirish boshqichlari: - maqsad qo‘yish,mazmunini aniqlash va tizim tashkil etish - ijtimoiy - baholash, korreksiyalash Yoshlarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirish o‘ziga xos bosqichlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Bunda, avvalo, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad hamda vazifalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya bilish, ish mazmunini aniqlash, maqsadga erishish uchun tizimli yondashuvni tashkil etish kerak. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi quyidagicha belgilandi: ta’lim muassasalarida izchillik asosida olib boriladigan ta’lim-tarbiya natijasida ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan kasbiy kompetentli mutaxassis tayyorlash. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1.Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 48 b. 2.Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2016. – 56 b. 3.Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz (1-jild). – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 592 b. 4.Ismoilova Z.Q. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning nazariy va eksperimental-metodik asoslari (Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar). Ped. fan. dokt. …dis. avtoref. – Toshkent: O‘zPFITI, 2006. – 46 b. 5.Quronov M. Milliy tarbiya. – Toshkent: Ma’naviyat, 2007. – 240 b. https://doi.org/10.31838/jcr.07.05.80