scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"JEK LONDON ASARLARIDA INSON RUHIYATI VA TABIAT UYG'UNLIGINING BADIIY TALQINI"

Muxammadiyeva, Mashhura Nasim qizi

Abstract

Ushbu maqolada amerikalik yozuvchi Jek Londonning qahramon yaratish mahorati, oʻziga xos uslubi “Hayot qonuni” va “Hayotga muhabbat” hikoyalari qahramonlari keksa Koskush, Sit-Kum-To-Xa, Klondayk, shuningdek, katta ozob-uqubatni boshdan kechirgan yoʻlovchi va uning sherigi Bill kabi insonlar taqdiri misolida yoritib berilgan.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 112 DOI: https://10.5281/zenodo.17651024 “JEK LONDON ASARLARIDA INSON RUHIYATI VA TABIAT UYG‘UNLIGINING BADIIY TALQINI” Muxammadiyeva Mashhura Nasim qizi JDPU Filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi Email: muxammadiye[email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada amerikalik yozuvchi Jek Londonning qahramon yaratish mahorati, oʻziga xos uslubi “Hayot qonuni” va “Hayotga muhabbat” hikoyalari qahramonlari keksa Koskush, Sit-Kum-To-Xa, Klondayk, shuningdek, katta ozobuqubatni boshdan kechirgan yoʻlovchi va uning sherigi Bill kabi insonlar taqdiri misolida yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: Hikoya, qahramon, boʻri obrazi, ijodkor, oʻquvchi, badiiy adabiyot, uslub. ABSTRACT This article explores the artistic mastery of the American writer Jack London in creating vivid characters and his distinctive literary style. It analyzes the destinies of such characters as the old Koskoosh, Sit-Cum-To-Ha, Klondike, as well as the traveler and his companion Bill — individuals who endure great suffering – in his stories “The Law of Life” and “Love of Life.” Keywords: Short story, character, image of the wolf, writer, reader, artistic literature, style. KIRISH Jek London amerikalik yozuvchi, publitsist, jamoat arbobi, mashhur hikoyalar va romanlar muallifi. Kambagʻal oiladan chiqqan adib XIX asr oxiri va XX asr boshlarida butun jahon xalq ommasining diqqatini oʻziga qaratdi. Jek London hayotning butun mashaqqatlari, ziddiyatlari bilan toʻqnash keladi va keyinchalik hayot haqiqatlarini oʻz asarlarida badiiy qayta gavdalantiradi. 1897-yilning bahorida “oltin vasvasasi”ga berilgan ijodkor do‘stlari bilan Alyaskaga yo‘l oldi. Avvaliga ularning omadi chopdi – boshqalardan avvalroq Yukon daryosining yuqorisidagi joyni egallab, qoziq bilan chegaralab oldilar. Biroq oltindan darak yo‘q, kelgusi bahorgacha qolib bo‘lmas, buning uchun imkoniyatlari yetmasdi. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 113 Ustiga-ustak, qishda London milk kasalligi bilan og‘rib qoldi. U San-Frantsiskoga qaytdi. Shimol taassuroti bir olam, taqdir oltin o‘rniga Jek Londonni bo‘lajak asarlarining qahramonlari bilan uchrashtirgan edi. Jek London 23 yoshida, Alyaskadan qaytganidan so‘ng adabiyot bilan jiddiy shug‘ullana boshladi. U shu yo‘lni mahkam tutishga ahd qilgandi. Dastlab yozuvchi kuniga 1000 ta so‘z yozishni qoida qilib oldi va butun umr shunga amal qilishga intildi. Jek Londonning “Shimol hikoyalari” qahramonlarining deyarli barchasida kelajakka ishonish hissi kuchlidir. MUHOKAMA VA NATIJALAR Hayot, hayotga muhabbat bilan yashash, unga teran nigoh bilan boqish va idrok etish badiiy adabiyotning muhim muammolaridandir. Inson hamisha shukronalik hissi bilan yashashi, tiriklik neʼmatining qadriga yetishi lozim. “Jek Londonning qahramonlari oʻzining kuchli irodasi, metindek bardoshi bilan ajralib turadi” [1]. Ularning hayotga boʻlgan muhabbati shunchalar yuqoriki, shu sababli hayot qiyinchilikalari ustidan mardonavor kurash olib boradilar. Yozuvchining “Hayot qonuni” hikoyasi qahramoni keksa Koskush ham bu mashaqqatlar bilan umri davomida olishib boradi, ammo hayotining soʻnggi daqiqalarda hayot qonuniga taslim boʻladi. Hikoyada u shunday tasvirlanadi: “Keksa Koskushning butun vujudi quloqqa aylandi. Uning ko‘zdan qolganiga ancha bo‘lgan, lekin quloqlari avvalgidek sezgir, tiq etgan tovushni payqaydi. Yillar to‘zonidan xira tortgan onggi esa ro‘y berajak voqealarga nisbatan mutlaqo befarq” [2]. Bir vaqtlar qabila sardori boʻlgan bu inson endi qarib, kuchdan qolganida boshqalarga "yuk" boʻldi. Buyuk ochlik azobi butun qabiladoshlarni qiyin ahvolga solib qoʻyganligi uchun ular, boshqa joyga koʻchib ketishayotgan edi. Butun qabila narsalarini yigʻib boʻldi hamki, biror inson keksa cholni olib ketishni hayoliga keltirmasdi. Bir ijodkor: “Jek Londonning baʼzi muhlislari aytganidek, uning asarlarida murakkab mantiqiylik yetakchilik qiladi, yaʼni bir oʻqishda tushuniladigan maʼno emas, uning ichiga yashiringan maʼnoni anglab olish juda muhim hisoblanadi”, – deydi. Shu kabi keksa Koskushning ahvoli haqida aytilgan “aftodahol” taʼrifidan anglash mumkinki, uning oʻzi qolishni xohlamaydi, u majburlik yuzasidangina rozi ammo uni olib ketadigan hech bir zot yoʻq. Chol qurigan navdalarni yonayotgan olov parchasiga tashlar ekan, oʻz otasi Kolondaykni yuqori oqimida qanday qoldirib ketganini, chuqur hayollar ichida onasini yoʻqotgan oʻsha ochlik davrini eslaydi: “Go‘daklar ojiz ingrashar, tunning tubsiz va zimiston qo‘ynida jon taslim etishar, ochlik ayollar va keksalarga ham ayovsiz chang solardi. Natija shunday bo‘ldi-ki, quyosh bu joylarga qaytib kelganida, har o‘n odamdan bittasigina tirik qolgan edi. Ha, bu dahshatli ochlik davri edi!” Bu oʻrinda “qaytar dunyo” degan naql oʻz isbotini topganligining guvohi boʻlamiz. Umri davomida ne-ne mushkulotlarni koʻrgan bu qariya umrining soʻnggi pallasida tiriklik va oʻlim qarshisida ojiz turardi. Bir zum oʻgʻlining kelganini koʻrib endi meni ham olib ketadi, INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 114 hech kimning oʻgʻli oʻz otasi yoki onasini olib ketmadi, ammo mening oʻgʻlim olib ketadi, deya suyunayotgan cholning oʻylari barbod boʻldi. Oʻgʻli uning ahvolidan birrov xabar olishga kelgan ekan, hammasi yaxshiligini koʻrib, ketishi lozimligini aytadi va yoʻlga ravona boʻladi. Qanchalik achinarli boʻlmasin, endi uning hayoti nabirasi Sit-kum-to-xaning yigʻib ketgan oʻtini miqdori bilan oʻlchanadi. Oʻtin tugashi bilan daxshatli sovuq oʻz hukmronligini oʻtkazadi. Dastlab oyoqlari, soʻng qoʻlllari muzlab butun tanasi muzlay boshlaydi. Asarda keksa bugʻuning oʻz toʻdasidan ayrilib boʻrilar changaliga tushishi, soʻnggi daqiqada keksa bugʻuning vafoti aytiladi. Hikoya soʻnggida cholning oʻlimi haqida keltirilmaydi, ammo keksa bugʻuning boʻrilar tomonidan mahv etilishi keksa Koskushga ishora deb tushunish mumkin. Anʼanaviy boʻri obrazi, u bilan hayot uchun kurashish sahnasi yozuvchining boshqa asarlarida ham aks etsa-da, boshqa hikoyalaridan farqli oʻlaroq bunda keksa Koskushning oʻlimi bilan yakunlanadi. Hikoyaning “Hayot qonuni” deb atalishi bejiz emas. Baʼzida odam bolasi keksayganda farzandiga ham kerak boʻlmay qolishi, keksa bugʻuning ham boʻrilar toʻdasi tomonidan magʻlub etilishi, ochlik davrida insonlarning faqat har oʻndan biri tirik qolishi, ayollarning goʻzal latofatli boʻlishi-yu, ularning farzand tugʻib oʻz chiroyidan ayrila borishibarchasi hayot qonunidir! Jek Londonning insonni oʻyga toldiruvchi, oʻquvchini bevosita oʻz domiga olib etini junbushga soluvchi “Shimol hikoyalari” turkumiga kiruvchi yana bir hikoyasi “Hayotga muhabbat” idir. Asarda boylikka ruju qoʻygan ikki yoʻlovchi oltin ortidan quvib inson uchun eng muhim narsa tiriklik, hayot ekanligini unutib qoʻyishadi. Koʻrishimiz mumkinki, odamzod hatto doʻstini ham oltin-u zarga sotadi, xuddi asar qahramoni Bill kabi. U oʻz yoʻldoshini ogʻir ahvolda tashlab ketib, boʻrilar toʻdasiga yem boʻldi. Yolgʻiz kasal ahvolda choʻl-u biyobon, kimsasiz orolda qolib ketgan sherigi boʻlsa, shu oltinni deb ne-ne azoblarni koʻrmaydi. Hayotga boʻlgan muhabbati uni har qadamda yurishga, ochlik azobini yengishga, mardonavor kurashishga undaydi. U hatto tirik qolish uchun yovvoyi oʻt ildizlarini chaynashga ham rozi, kuchli ochlik sabab jimjiloqdek keladigan kaklik bolasini ham ishtaha bilan qasur - qusur qilib yeyishi – bular haqiqiy yashash uchun kurash edi. “Koʻp oʻtmay u choʻkka tushdi-da, suyaklarni kemira boshladi, suyaklarga qizgʻish tus berib turgan hayotning oxirgi nishonalarini soʻrmoqqa tutindi. Goʻshtning oʻtmishdan qolgan xotira singari boʻlib tuyulgan sezilar-sezilmas mazasi uni oʻzini yoʻqotar darajada hayajonga soldi Suyakni tishlari orasiga olib, gʻajiy boshladi. Goh suyak sinar, goh uning tishi sinardi. Keyin u suyakni tosh bilan yanchib, ochkoʻzlik bilan yuta boshladi. Shoshilganidan toshni barmoqlariga urar, ammo qancha hovliqmasin, nima uchun ogʻriqni sezmayotirman, deb ajablanib qoʻyardi”. Yoʻlovchi biroz oldin chopqillab yurgan bugʻu bolasining boʻrilar toʻdasi tomonidan tozalab tashlangan suyaklarini ham gʻajilashga tayyor, tirik INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 115 qolsa bas. “Hayot qonuni” hikoyasida ham koʻrganimiz kabi hayot va tiriklik, hayot uchun kurash boʻrilar obrazi bilan birga olib boriladi. Oʻzi kasal boʻrining ham yashashga umidi shunchalik yuqoriki, odam bilan birgalikda, yonma -yon yurib qachondir oʻz oʻljasiga yetishga, tirik qolmoqlikka tirishadi. Ikki tirik murdaning qaysi biri taslim boʻlsa, biri ulardan birining oʻljasi boʻlmoqligi muqarrar. Ammo: “U qimirlamasdi, chalqancha yotganicha kasal boʻrining xirillagan tovushi tobora yaqinroq eshitilayotganiga quloq soldi. Boʻrining nafasi juda yaqindan eshitila boshladi-yu, qurgʻab qolgan til xuddi shildiroq qogʻoz singari uning yuzini tim-daladi. Qoʻllari yuqoriga choʻzildi, barmoqlari xuddi changak singari bukildi, lekin mehnati zoye ketdi. Tez va ishonch bilan harakat qilish uchun kuch kerak, unda esa kuch yoʻq”. Boʻri sabrli edi, lekin odam undan ham sabrli edi. Boʻrining unga hamla qilishini kutib odam yarim kun yotdi, va oxir oqibatda borini yengdi: “Boʻri bazoʻr oʻzini himoya qilardi, odam bir qoʻli bilan uning jagʻini qisardi, ikkinchi qoʻlini ham uzatib boʻrining tomogʻidan boʻgʻa boshladi. Besh minutdan keyin odam oʻzining butun ogʻirligi bilan boʻrini bosib tushdi. Boʻrini boʻgʻib oʻldirish uchun uning kuchi yetmas, shunda odam tishi bilan boʻrining tomogʻiga yopishdi, uning ogʻzi yungga toʻldi. Yarim soat oʻtdi, odam oʻz tomogʻiga issiq qon quyilayotganini sezdi”. XULOSA Hayotni oliy neʼmat bilib, uning qadriga yetish, har on shukronalik hissi bilan yashash insonning oliy burchidir. Jek Londonning bir hikoyasida hayot va tiriklik qonuniyatlari barchaga barobar ekanligi, bu dunyo qaytar dunyo, barcha oʻzi uchun oʻzi kurashmogʻi lozim ekanligini keksa Koskush misolida yoritib bergan boʻlsa, ikkinchi hikoyasida hayotga boʻlgan muhabbat odamni har qanday mashaqqatlarda ham umid berib, oldinga undashini koʻrishimiz mumkin. Inson boshiga mushkulot tushganida har doim ham moddiy boylik manfaat keltirmaydi, bunga yoʻlovchi yorqin misol. Hatto u ham oltinning unga hech qanday foyda keltirmasligini, unga ortiqcha yuk ekanligini anglab oxir -oqibat barchasini tashlab yuborib, yoʻlida davom etadi. Zero Shavkat Mirziyoyev: Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir”, – deya taʼkidlaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Jek London. Hayot qonuni. 2. Bobonazarova Gulxayo. Jek London hayotining “Martin Iden” asaridagi aksi. Golden Brain. 2023 3. Jek London. Shimol hikoyalari. – Toshkent, 2019 4. Yangi Oʻzbekiston. 2021 5. https://www.scribd.com/document/693258458/Jek-London-Hayotga-muhabbat-ekutubxona