TOG'AY MURODNING "OT KISHNAGAN OQSHOM" ASARIDA BADIIY USLUB VA INSONIYLIK
Abstract
Mazkur maqola Tog‘ay Murodning “Ot kishnagan oqshom” asarida inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, qishloq hayoti, milliy qadriyatlar va insonning ichki dunyosini badiiy tasvirlash usullari tahliliga bag‘ishlangan. Asarda tabiat manzaralari va qahramonlarning ruhiy kechinmalari orqali milliy o‘zlik va hayotiy haqiqatlarning chuqur talqini yoritilgan.
Full text
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 120 DOI: https://10.5281/zenodo.17651178 TOG‘AY MURODNING “OT KISHNAGAN OQSHOM” ASARIDA BADIIY USLUB VA INSONIYLIK Mamatqulova Shaxnoza Ikrom qizi JDPU Filologiya fakulteti talabasi Ilmiy rahbar: Tulishova Gulzina Ravshanovna JDPU Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Email: [email protected] ANNOTATSIYA Mazkur maqola Tog‘ay Murodning “Ot kishnagan oqshom” asarida inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, qishloq hayoti, milliy qadriyatlar va insonning ichki dunyosini badiiy tasvirlash usullari tahliliga bag‘ishlangan. Asarda tabiat manzaralari va qahramonlarning ruhiy kechinmalari orqali milliy o‘zlik va hayotiy haqiqatlarning chuqur talqini yoritilgan. Kalit so‘zlar: Tog‘ay Murod, Ot kishnagan oqshom, milliy o‘zlik, qishloq hayoti, inson va tabiat, badiiy uslub, ruhiy kechinmalar, adabiy talqin, milliy qadriyatlar, hayot falsafasi. ABSTRACT This article is devoted to the analysis of the harmony between human and nature, rural life, national values, and the artistic depiction of the human inner world in Tog‘ay Murod’s work “The Evening When the Horse Neighed.” The novel vividly portrays national identity and life’s profound truths through the depiction of natural landscapes and the psychological experiences of the characters. Keywords: Tog‘ay Murod, The Evening When the Horse Neighed, national identity, rural life, human and nature, artistic style, psychological experiences, literary interpretation, national values, philosophy of life. KIRISH Yozuvchining “Ot kishnagan oqshom” qissasi ham muallif tomonidan folklorga yanada yaqinlashish ro‘y berganligini ko‘rsatadigan asardir. Qissa quyidagi jumla bilan boshlanadi: “Birodarlar, ko‘rgilik-da, ko‘rgilik! Bir erta uyg‘onib, kallamga qo‘l
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 121 yugurtirsam, sochlarim orasida yara-chaqa uch beribdi. Parvoyi palak yuraverdim. Onagayam aytmadim”[1]. Keltirilgan matn parchasidan ko‘rinib turibdiki, bu jumlalar xalq dostonlarini baxshilarning bayon usulini eslatadi. Shuning uchun asar bir o‘tirishda o‘qiladi. Asar kitobxonni o‘zi bilan ergashtirib, dashtga yetaklaydi, qaxramonlar bilan qo‘shilib, dashtning sof havosidan to‘yib-to‘yib nafas olgandek, ular bilan qo‘shilib uloq chopgandek bo‘lasiz. Tog‘ay Murod hech bir ijodkorga xos bo‘lmagan uslubda qalam tebratadi. Yozuvchi ustozlariga ham taqlid qilmaydi. Dunyoni, uning voqea hodisalarini, kishilar orasidagi munosabatlarini, ularni yuzaga keltiruvchi fikr-o‘ylar, orzu niyatlar, ularning samarasi bo‘lmish his-tuyg‘ularni o‘ziga xos ko‘z bilan, aniqrog‘i xalq ijodkorlariga xos tarzda ko‘radi va ta’riflaydi. MUHOKAMA VA NATIJALAR “Ot kishnagan oqshom” qissasi qahramoni oddiy qishloq yigiti. U o‘zi va tibbiyot xodimlarining e’tiborsizligi sababli sil bo‘lib qolgan, bunga orlanib, maktabni beshinchi sinfdayoq tashlab ketgan, biroq toza qalb egasi, xalqimizning barcha sara an’analarini o‘zida mujassam etgan mardona yigit. Asar o‘sha Ziyodulla kal tilidan hikoya qilinadi. Shu tufayli uning xarakteridagi dangallik, halollik, mardlik kabi qirralar asar matnida ham sezilib turadi. Mana, Ziyodulla kalning uylanishi bilan bog‘liq voqealar ifodasi. “Men baribir shashtimdan qaytmadim. Bosib sovchi qo‘yaberdim. Aytinglar, men hali ot olib, ko‘pkari chopaman, dedim. Noz qilib-qilib oxiri ko‘ndi. To‘y-tomosha bo‘ldi. U mastona-mastona qadam qo‘yib, chimildiqqa kelin bo‘lib kirdi. Men mardona-mardona odim qo‘yib, kuyov bo‘lib kirdim. Unga ko‘rgan tushimni aytdim. Sen ham shunday tush ko‘rib edingma, dedim. Ko‘rib edim, dedi. Lekin taniy olmay qoldim, chiroq o‘chiq edi, dedi. O‘sha men edim, dedim ko‘kragimga urib. Siz ekanligingizni, bilib tegdimda, dedi. Axay! Birodarlar, Momosuluv tushimda Cho‘lpon edi, hushimda Oy edi, qo‘ynimda Oftob bo‘ldi” [2]. Bu lavhalar bizga xuddi doston va ertaklardagi manzaralarni eslatadi. Qahramonning voqalardan ta’sirlanish natijasida jo‘shqin kayfiyatining samarasi sifatida nomayon bo‘layotgan hayajon esa, matnni ertak va dostonlarda farqlantirib, unga originallik baxsh etadi. Tog‘ay Murodning indiviudal ijodkor sifatidagi uslubini belgilaydigan omil sifatida namoyon bo‘ladi. Ulkan rus tanqidchisi N.G.Chernishevskiy san’atning vazifasi insonning, konkret shaxsning turmushini badiiy ifodalash orqali ijtimoiy hayotning muhim qirralarini yoritishdir, deb ko‘rsatgan edi. Darhaqiqat, har bir realist san’atkor ma’lum davr hodisalarini aniq bir nuqtai nazardan kuzatish orqali ular haqda ma’lum bir xulosaga keladi. Asarning to‘qimasiga singib ketuvchi ana shu fikr, qarash ijodkorning hayot to‘g‘risidagi konsepsiyasi sifatida xilma-xil badiiy vositalar orqali o‘z aksini topadi. Hayotni ifodalashda, uning ta’sirchanligini ta’minlashda inson xarakterini namoyon qila bilish yozuvchidan katta mahorat talab qiladi. Yozuvchi yaratgan insoniy xarakter barkamol, originalligiga qarab mazmundorlik yorqinlik,
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 122 estetik ta’sirchanlik kasb etadi.Shu ma’noda Tog‘ay Murod yaratgan Ziyodulla kal xarakteri realistik san’at talablariga to‘liq javob beradi, deya olamiz. Ma’lumki, xalq og‘zaki ijodi asarlarida qahramonlar xarakteri individual xususiyatlari bilan hamisha ham namoyon bo‘lavermaydi. Ziyodulla kal esa, o‘zining belgilovchi xususiyatlari bilan xalq og‘zaki ijodi qahramonlariga o‘xshab ketsa-da, yozuvchi tomonidan individual qirralar bilan ta’minlanganligi tufayli o‘quvchida muayyan shaxs sifatida taassurot qoldiradi, kitobxonning doimiy hamrohi, do‘stiga aylanadi. Ziyodullaning kalligi uni xalq og‘zaki ijodi an’analari bilan bir bahya yaqinlashtiradi. Ma’lumki, ertak va dostonlarda kallar obrazi juda ko‘p. Ular aksariyat holda kambag‘al, quyi tabaqa vakillaridan bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zlarining uddaburronligi, zakovati bilan, ayrim ertaklarda baxtli tasodif tufayli orzulariga erishadilar. O‘ziga qarshi turgan kuchlar ustidan ba’zan jiddiy kurashlar natijasida, ba’zida tasodifiy hodisalar natijasida g‘alabaga erishadilar, murod-maqsadlariga yetishadilar. Ziyodulla kal mohiyat hech qanday sehru sinoatga, baxtli tasodifga tayanmaydigan, o‘z kuchi, mehnati va ifodasiga ishongan realistik xarakterdagi qahramon. Uni ham barcha oqil kishilar singari tabiat va jamiyatdagi salbiy voqea-hodisalar ranjitadi. Kishilar orasida urug‘ otib borayotgan aldamchilik, ijtimoiy hayotdagi salbiy holatlar larzaga soladi, uzun tunlar uyqusizlik chekib, xayol suradi. Odamlar orasidagi g‘iybat, birbirlarini ko‘ra olmaslik, hukumat tomonidan go‘sht topshirish rejasini uddalash bahonasida otlarni yig‘ib olish, ot egalarini tuzumga qarshi kishilar deb bekorga ayblashga urinib, huquq-tartibot organlari xodimlarining nohaqligi kabi illatlar Ziyodulla kal obrazi orqali kitobxon qalbinixam larzaga soladi: “– Biz sotsialistik jamiyatda yashayapmiz. To‘g‘rimi o‘rtoq rais? –To‘g‘ri, to‘g‘ri! – Yo, ot minib bosmachi bo‘lmoqchimisan? Kechirib qo‘yasan! – O‘zi ijodingda bosmachi o‘tganmi? Bir tekshirib ko‘rish kerak… – Katta unday demang, mening otam bechora sovet tuzumini deb qurbon bo‘lgan. Otga kelsak, ot yigitning yo‘ldoshi, katta. Qolabersa ko‘pkari chopamiz. Il, sen o‘zi qaysi jamiyatda yashayapsan, miya? Shu paytgacha eshakning qulog‘iga tanbur chertayapmanmi? Ko‘pkaring eskilik sarqiti! Yovvoyining o‘yini. – Katta, o‘zi kal kalla-kalla emas ekan-da. Bir mening kallam shundaymikin, desam, siznikiyam menikidan qolishmaydi. – O‘chir-e…”[3] Parchadan ko‘rinib turibdiki, mahalliy xo‘jalik raisi, rayon militsiyasi va boshqa boshqaruv tashkilotlaridan kelgan kishilar davr jamiyatining oynasi sifatida vazifa bajarib kelmoqda. Shu o‘rin ta’kidlash kerakki, sobiq sho‘rolar davrida mahalliy xalqlarimizni milliy qadriyatlarimizdan, g‘ururimizdan ajratish niyati ko‘pkari, kurash, navruz singari ming yillardan beri xalq hayotiga singib ketgan urfodatlar, sport o‘yinlarimiz ta’qiqlab qo‘yildi. Bu shunchaki bir siyosat emasdi. Buning
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 123 zamirida mahalliy xalqlarni iskanjada tutish, o‘tmishini unutdirish kabi mudhish bir maqsad yashiringan edi. Darhaqiqat, chavondozlik, davralarda kurash tushib, o‘z kuchini oshirish, g‘alabalaridan g‘ururlanish mahalliy xalqlarda o‘ziga xos ishonch tuygusini uyg‘otishi va tarbiyalash mumkin edi. Yoki navro‘zlarda sayr qilishib, milliy ashulalar, sport o‘yinlar, xilma-xil taomlar, pishiriqlar va urf-odatlarni namoyish qilish millatda bizxam millat ekanmiz, kuchqudratimiz bor ekan-ku, degan g‘urur uyg‘otishi mumkin edi. Bu esa mamlakatni boshqarayotgan “og‘a”larimizga mutlaqo yoqmas harakatlar edi. T.Murodning yozuvchi sifatidagi fazilatlaridan eng asosiysi mana shu masaladir, desak xato bo‘lmasa kerak. Buni baralla aytishga ma’naviy xuquq beradigan bir narsa bor. U ham bo‘lsa, “Ot kishnagan oqshom” qissasidagi muallifning o‘ziga xos e’tirofi. Mana shu o‘rindan bir parchani kuzataylik: “– Botir aka, bo‘lgan ish bo‘ldi, bo‘yog‘i singdi. Qo‘ying, shu arizabozlikni, – dedim. –Iya-iya! Hey, og‘izga qərab gapirilsin! Kim arizaboz? Bizmi? Biz yozuvchimiz, bilib qyay, yozuvchi! Xalq yo‘lidagi, haq yo‘lidagi yozuvchimiz! Anavi g‘azal, roman… yozuvchilar yana nima yozadi, o‘rtoqxamidov? Qabatidagi adabiyot muallimi o‘z ulushini qo‘shdi: –Poema, ballada… – Ha-ha poema, ballada yozuvchilarning yozuvchi, emas, biz yozuvchi! Mana biz! Yozuvchilaringning aqidalarida fakt yo‘q, adres yo‘q. Masalan, mana o‘zimizning Tog‘ay! Bo‘ri bechoraning o‘g‘li! Olishni kitob qilib yozdi. Endi ko‘pkarini ham kitob qilayotgan emish. Yozishga yozdi, lekin tekshirtirmadi, chora ko‘rdirmadi. Xalqqa nafi tegmadi. Xalq yozuvchining asarlarini pul sarf qilib oladi. Vaqtini isrof qilib erinmay o‘qitdi. Keyin… qayg‘uli asarni nima deydi o‘rtoqxamidov? Ha, ha tragediya! Tragediya bo‘lsa, ta’sirlanib yig‘laydi… Bari quruq safsata! Xalqning biron-bir ishini bitkazib bermaydi. Xalqning kam-ko‘sti esa, achib yotibdi. Xalqqa kim amaliy yordam beradi? Biz! Demak, asl yozuvchi biz!... Ikkinchi marta og‘izdan arizabozga degan gap chiqarilmasin, ha! – Tavba qildim aka, tabba qildim. – Shunday bo‘lsin! Endi gapirilsin. Boshidan gapirilsin!”[4]. Matn parchasidan ko‘rinib turganidek, T.Murod “arizabozlar sultoni” Botir mirob tilidan sho‘rolar davridagi ahvolni o‘ziga xos tarzda fosh qilmoqda. O‘ziga xos usul bilan o‘zining birinchi qissasida ko‘tarilgan masala kattaroq davrlar diqqatini jalb qilmaganligi pisanda qilmoqda. Asarning 1977yilda, sho‘rolar siyosatining ayni gurkirab turgan pallasida yozilganligini e’tiborga olsak, bu juda katta ijodiy jasoratdir. T. Murodning ushbu qissasida xalq dostonlaridagi yana bir an’ana juda ustalik bilan puxta ishlanib asar to‘qimasiga singdirib yuborilgan. “Alpomish” dostonidagi Boychibor, “Go‘ro‘g‘li”dagi G‘irot, G‘irko‘k nomli otlar o‘sha dostonlar qahramonlarining yaqin yo‘ldoshi, turli balolardan o‘z egalarini asrab qoluvchi,
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 124 egasining barcha g‘am-tashvishlari, quvonchlarini his qiluvchi jonivorlar sifatida aks ettiriladi. “Ot kishnagan oqshom”dagi Ziyodulla kalning oti Tarlon ham xuddi shu otlar singari qissa qahramonlarining tayanchi va hamdard do‘sti sifatida talqin qilinadi. Mana, yozuvchining ot haqidagi Ziyodulla kal tilidan bergan ta’rifi: “Dunyoda nima ko‘p, to‘rt oyoqli jonivor ko‘p!… To‘rt oyoqli jonivorni ot qilishning o‘zi bo‘lmaydi. Dumli hayvonni odamga el qilish, barchaning-da qo‘lidan kelmaydi! To‘rt oyoqli jonivorni ot qilishning o‘zi bo‘lmaydi. Dumli hayvonni ot qilish uchun avvalambor, ko‘ngilda bo‘lmog‘i lozim… Dostonchi doston aytadi. Xato aytsa, shartta bas qiladi. Boshqatdan, tuzatib aytadi. Shoir kitob bitadi. Kitobdida bir joyi yoqimsiz bo‘lsa, shoir qalam bilan shartasharta o‘chiradi, yoqimli qiladi. Rasmchi surat chizadi. Suratda odam qoshi qoshday bo‘lmaydi. Ot yosh yolday bo‘lmaydi. Qiyomiga kelmaydi. Rasmchi darhol odam qoshini qoshday qiladi, ot yolini yolday qiladi. Chavondoz bo‘lsa, otni tuzata olmaydi. To‘rt oyoqli jonivor ot bo‘layotib… haha, ot bo‘la yotib… nima fe’l-atvor topsa, shu fe’l-atvorida qoladi. Nima qilish topsa, shu qilig‘ida qoladi. Nima ko‘rsa, nima bilsa, nima o‘rgansa, barcha, barchasi tanasida qoladi, miyasida qoladi. Ana shundan keyin chavandoz otni tuzataman, desa, o‘ziga javr qiladi, Otni tuzatib bo‘lmaydi! Birodarlar, sara ot chavandoz zakovatidan bino bo‘ladi! Sara ot chavondoz qalb qo‘ridan bino bo‘ladi!”[5]. Ot ta’rifi bilan bog‘liq yana bir parcha: “Birodarlar, bo‘z ot kanday bo‘ladi? Surpday oppoq bo‘ladi! Bordi-yu, ajdodida bo‘lsa, to‘qqizga to‘lganda tarlon bo‘ladi. To‘qqiz yoshida bo‘zning badanida xoldayxolday qora donalar paydo bo‘ladi. shundek boshlab u bo‘z emas, Tarlon ot bo‘ladi. Tarlon xol-xol ot! Tarlon-otlar sarasi! Birodarlar, to‘riq otning yuzdan biri yaxshi bo‘ladi, tarlon otning yuzdan biri yomon bo‘ladi! Birodarlar, ot tanimasang. Tarlon ol! Bizning bo‘z to‘qqizga to‘ldi, to‘qqizda tarlon bo‘ldi. Shunda, shunda bir orzum, o‘n orzu bo‘lib bolaladi. Bir quvonchim o‘n quvonch bo‘ldi! Birodarlar, bo‘z otim Tarlon bo‘ldi! Men Tarlon otli bo‘ldim! Otning sarosi menda, quling o‘rgilsin, menda!”[6]. Ushbu satrlarni o‘qigan ustoz yozuvchi Said Ahmad shunday yozadi: “Talantli adib qalamidan to‘kilgan ushbu starlarni o‘qirkanman, xayolimdan bir gap o‘tdi. “Dom”da yashab, umrini o‘tkazgan shaharliklarni o‘yladim. Inson bolasining uzog‘ini yaqin, mushkulini oson qilgan bu
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 125 jonivorni faqat sirkda, kinoda ko‘rgan shaharlik ukalarimizga adibning bu so‘zlari qanchalik ta’sir qilishini bilaman. Shahar bolalarining tabiatdan, jonivorlardan qanchaliku uzoqlashib qolganliklariga achinib ketaman. “Chinakam katta adib oʻz xalqiga katta bir qoʻshin keltirgandan ham ulkanroq zafar va shuhrat keltirishi mumkin. Faqat buning uchun adib oʻzidagi isteʼdodni xuddi qoʻshin bayrogʻini avaylab qoʻriqlaydigan yalovbardor kabi asrashi kerak, bu bayroqni oldirib qoʻymasligi, unga gʻubor yuqtirmasligi, dogʻ tushirmasligi kerak.”[7Pirimqul Qodirov] XULOSA Tog‘ay Murodning har bir qissasida millatning yaqin yuz yillikdagi fojiasini fosh qilib beradi, uning asarlarida madaniyatlar to‘qnashadi, zulmning bor qiyofasi ochiladi, xo‘rlangan va xorlangan ruh, milliy madaniyat ohanglari tirilib millatga qaytariladi. Millatga har bir qaytarilgan ruh kitobxonga “yuqadi”. Shu jumaladan, “Ot kishnagan oqshom” asarida ham sevgi, yurt, millat tushunchalari qoliplangan so‘zlar shaklida emas, tabiiy, oddiy, kamtarona, ming yillar mobaynida shakllangan madaniyat qanday bo‘lsa, sof tuyg‘ular ham shunday “tiriltiriladi” Yozganlari o‘quvchi qalbiga kiradi. Qishloqning oddiy, o‘qimagan, chapani insonining ham ko‘ksida urib turgan, ulkan yuragi “milliy ruhni” singdiradi. Tog‘ay Murod otni shu qadar mehr bilan ta’riflaydiki, adib qo‘shiq aytayotibdi, deb o‘ylaysiz. Adib ko‘ngli kitobxon ko‘ngliga ko‘chib o‘tadi. Ot minib, adirlarda yeldek uchgingiz, ot yollarini silagingiz keladi. Tog‘ay Murod o‘zbek tilini kuylatadi. O‘zbek tilining jomi jilvalarini oftobga solib ko‘rsatadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Togʻay Murod, Ot kishnagan oqshom, “Sharq” nashriyot-matbaa konsernining Bosh tahririyati. 1994. 464bet. 2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Ot_kishnagan_oqshom 3. https://teletype.in/@hayotimiz_charogboni/yJGSP2tz 4. https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/qozoqboy-yoldoshev-togay-murodbadiiyati-bu-dunyoda-olib-bolmaydi-audiokitob.html