O'QITUVCHILARNING IJODIY KOMPETENTLILIGINI INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK TA'LIMNING KONSEPTUAL ASOSI SIFATIDA
Abstract
Maqolada integrativ yondashuv asosida о‘qituvchilarning ijodiy kompetentliligini rivojlantirish pedagogik ta’limning konseptual asosi ekanligi tahlil qilingan.
Full text
newjournal.org zenodo.org 1 O‘QITUVCHILARNING IJODIY KOMPETENTLILIGINI INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK TA’LIMNING KONSEPTUAL ASOSI SIFATIDA To‘rayeva D.E. Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM dotsenti Annotatsiya. Maqolada integrativ yondashuv asosida о‘qituvchilarning ijodiy kompetentliligini rivojlantirish pedagogik ta’limning konseptual asosi ekanligi tahlil qilingan. Tayanch tushunchalar: integratsiya, o‘quv faoliyati, ijod, kompetensiya, ko‘nikma, malaka, bilim, metodika, aql, ta’lim. Абстрактный. В статье анализируется, что развитие творческой компетентности учителей на основе интегративного подхода является концептуальной основой педагогического образования. Основные понятия: интеграция, учебная деятельность, творчество, компетентность, умение, компетенция, знание, методология, интеллект, образование. Abstract. The article analyzes that the development of creative competence of teachers based on an integrative approach is the conceptual basis of teacher education. Basic concepts: integration, learning activities, creativity, competence, ability, competence, knowledge, methodology, intelligence, education. «Kompetentlik» tushunchasi iqtisodiyot va insonning jadal sur’atlarda о‘zgaruvchan hayot sharoitlariga moslashish ehtiyojidan yuzaga kelgan inson zaxiralariga yangicha yondashuvning natijasi hisoblanadi. «Kompetensiya»
newjournal.org zenodo.org 2 tushunchasi esa ta’lim amaliyotiga kiritishni A.V.Xutorskoy ta’kidlaganidek, maktab uchun odatiy bо‘lgan, о‘quvchilar nazariy bilimlar majmuini egallab, ma’lum vazifalar yoki muammoli vaziyatlarni yechishda sezilarli qiyinchiliklarni his etishlari muammosini hal etish imkonini beradi [4]. Tadqiqotchi I.A.Zimnyaya tomonidan kompetensiyaviy yondashuv muammosi bо‘yicha tadqiqotlarni umumlashtirib, uning rivojlanishining uch bosqichlarini quyidagicha ajratgan: birinchi bosqich(1960-1970 yillar) ilmiy apparatga «kompetensiya» toifasini kiritish bilan tavsiflanadi; ikkinchi bosqich(1970-1990 yillar) ona tilini о‘qitish nazariyasi va amaliyoti, boshqaruv sohasida «kompetentlik» / «kompetensiya» toifalaridan foydalanish bilan tavsiflanadi; uchinchi bosqich(1990-2001 yillar) ta’limda «kompetentlik» / «kompetensiya» toifalaridan faol foydalanish bilan tavsiflanadi [3]. 1990 yillardan О‘zbekistonda kompetensiyaviy yondashuvning talab etilganligi, undan foydalanish ta’lim tizimidagi kamchiliklarni hamda uning jamiyat ehtiyojlariga mos emasligini bartaraf etishning istiqbolli yо‘li sifatida, ta’limning amaliyot bilan va jamiyatning haqiqiy ehtiyojlari bilan aloqadorligini kuchaytirish sifatida qaralgan (S.Y.Batishev, E.F.Zeyer, A.M.Novikov, I.D.Frumin va boshqalar. 1980-1990 yillarning ijodiy ta’lim nazariyasi sohasidagi tadqiqotlar tahlillari mazkur davrlardagi yuzaga kelgan ijodiy kompetentlikning mohiyati va rolini aniqlash mazmunidagi kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirishning uch yо‘nalishlarini ajratish imkonini beradi. Birinchi yо‘nalish – texnologik yо‘nalish bо‘lib, uning doirasida mutaxassisning ijodiy kompetentligini rivojlantirishda uning ijodiy bilim, kо‘nikma va malakalarini, kasb yо‘nalishiga mos va texnologik kompetentlik tarkibiga kiruvchi funksional kompetensiyalarni rivojlantirish sifatida о‘rganilgan.
newjournal.org zenodo.org 3 Ikkinchi yо‘nalish – shaxsga yо‘naltirilgan bо‘lib, bо‘lajak mutaxassisni umumta’lim, gumanitar tayyorlashda mustaqil ta’lim, axborotli, kommunikativ kompetensiyalari birinchi о‘ringa chiqadi. Ikki yо‘nalishni birlashtiradigan yо‘nalish istiqbolli hisoblanadi, ijodiy kompetentli mutaxassisni tayyorlashdamaxsus ijodiy, texnologik, aktual, ijtimoiy, fuqarolik kabi barcha kompetentliklari bilan yaxlit shaxsni rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, ijodiy ta’limda universal va maxsus kompetensiyalar majmuini rivojlantirishga yо‘naltirilishi kerak. Kompetensiyaviy yondashuvning mazkur yо‘nalishi nuqtai nazaridan ijodiy kompetentlik ijodiy tayyorgarlik sifatining integrativ mezoni sifatida tashabbuskor va ijodiy yechishni bilish, shuningdek, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, yangi ta’lim faoliyati sharoitlariga moslashishga tayyorlik xos bо‘lgan shaxs sifatlari tariqasida tushuniladi. 2000 yildan boshlab Yevropa ta’limida kompetensiyaviy ta’limni amalga oshirish sohasidagi xalqaro integratsion jarayonlar faollashdi. Masalan, modulli ta’lim hozirgi vaqtda ijodiy ta’lim tizimini isloh qilishning asosi hisoblanadi. YA’ni quyidagi vazifalar belgilangan: ijodiy ta’lim sohasidagi yagona Yevropa muhitini yaratish; malakalarning shaffofligini, axborot tarqatish, almashish va kasbga yо‘naltirish rivojlanishini ta’minlash; kompetensiyalar va malakalarni tan olish muammosini hal etish, kredit birliklari (ballar)ni kо‘chirish yagona tizimini yaratish, norasmiy ta’limni tan olish umumiy prinsiplarini ishlab chiqish, tarmoqlar darajasida malakalarni ishlab chiqish, butun hayot davomida ijodiy yо‘naltirish siyosati va amaliyotini rivojlantirish; ijodiy ta’lim sifatini ta’minlash va investitsiyalarning iqtisodiy samarasini oshirish uchun uning umumiy mezonlari va sifatini baholash prinsiplarini ishlab chiqish;
newjournal.org zenodo.org 4 ijodiy ta’lim о‘qituvchilari va ustalarini о‘qitishda ehtiyojlarni qondirish [5]. O.YE.Lebedev kompetensiyaviy yondashuvning asosiy tamoyillarini quyidagicha aniqlangan: о‘qitishning mazmuni ta’lim oluvchilarda о‘quvchilarning shaxsiy tajribalari elementi hisoblangan ijtimoiy tajribadan foydalanish, turli faoliyat sohalari va kо‘rinishlaridagi muammolarni mustaqil yechish qobiliyatini rivojlantirish tamoyili; ta’lim mazmuni bilishga oid, dunyoqarashga oid, axloqiy, siyosiy, ijodiy muammolarni yechishning didaktik moslashtirilgan ijtimoiy tajribasini aks ettirish tamoyili; ta’lim oluvchilarda bilishga oid, kommunikativ, tashkiliy, axloqiy, ijodiy va boshqa ta’lim mazmunini tashkil etuvchi muammolarni mustaqil yechish tajribasini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish tamoyili; ta’lim natijalarini baholash о‘quvchilar ta’limning ma’lum bosqichida erishgan ma’lumotlilik darajalarining tahliliga asoslanish tamoyili [4]. Zamonaviy ta’lim nazariyasi va amaliyotida kompetensiyaviy yondashuvni rivojlantirish xususiyatlariquyidagicha: fan va ta’lim amaliyotida istiqbolli yо‘nalish; ijodiy ta’lim tizimida jadal rivojlanish; «bilimlar»dan «faoliyat usullari»ga о‘tishni nazarda tutish; kadrlarni tayyorlashga ahamiyatli resurslar ajratish. Hozirgi vaqtga qadar ta’limda kompetensiyaviy yondashuv asosiy tushunchalarining umumqabul qilingan ta’riflari mavjud emasligi ham bu bilan bog‘liq bо‘lib, bizni ishchi ta’riflardan foydalanishga majbur etadi. Shuningdek, jahon va milliy ta’lim amaliyotida kompetensiyaviy yondashuvning rivojlanishi kuzatilmoqda. Asosan standart ijodiy vazifalarni (kо‘pincha nostandart vaziyatlarda) amalga oshirishga an’anaviy funksional tayyorlashga yо‘naltirilgan ijodiy ta’limda esa
newjournal.org zenodo.org 5 kompetensiyaviy yondashuv bugun modulli-kompetensiyaviy shaklda xizmat qilmoqda. Kasb ta’limi jarayonida ta’limning kognitiv natijalari - bilim, kо‘nikma va malakalar –umumiylikda mutaxassisning ijodiy kompetentligini tashkil etuvchi turli ijodiy kompetensiyalarga aylanaо‘zgartiriladi. Ijodiy kompetentlilik mutaxassis faoliyati va uning ichki tuzilishini aks ettirgan holda ijodiy kompetentlilik tuzilmasining asosiy komponentlarini tavsiflash mumkin[3]. Universal (umumiy) kompetensiyalar - ijodiy sohalardagi faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur asosiy kompetensiyalar ajratiladi. Xorijiy tajribalarga asoslanib, quyidagi universal kompetentliklarni ajratadilar: maktabdan tashqari manbalaridan bilimlarni egallash usullarini о‘zlashtirishga asoslangan mustaqil bilishga oid faoliyat sohasidagi kompetentlik; fuqarolik-ijtimoiy faoliyat sohasidagi kompetentlik (fuqaro); ijtimoiy-mehnat faoliyati sohasidagi kompetentlik; maishiy sohadagi kompetentlik; madaniy-xordiq faoliyati sohasidagi kompetentlik. Kompetentlikni egallash ta’lim oluvchining faoliyat tajribasiga asoslanadi. Ta’lim nazariyasi yutuqlariga asoslangan mazkur nuqtai nazarni (J.Piaje, L.S.Vigotskiy, P.Bryuner, P.Y.Galperin, N.F.Talizina va boshqalar), kо‘pgina xorijiy va mahalliy olimlar qayd etadilar. Ishlashga о‘rganish uchun ishlash kerak. Muloqotga о‘rganish uchun muloqot qilish kerak. Ingliz tilida sо‘zlashmasdan, ingliz tilini о‘rganib bо‘lmaydi. Ijodiy kompetentliklarni egallash, shuningdek, ta’lim oluvchilarning faolliklariga ham bog‘liq. Kompetensiyalarni rivojlantirish asosi ta’lim oluvchilarning tajribalari, ya’ni darslarda loyihaviy faoliyat, rolli о‘yinlar, psixologik
newjournal.org zenodo.org 6 treninglar. Bunda tajriba о‘quvchining subyektiv holatining asosiga (va mos ravishda asosiy kompetentlikka) о‘z-о‘zidan emas, balki uni anglash jarayonidagina aylanadi. Ijodiy ta’limda shaxsiy yо‘nalgan va kompetensiyaviy yondashuvlarni izchil amalga oshirish mazkur sxemani faqatgina bir ishlab chiqarish ta’limidan fanlarning umumta’lim bо‘limiga, ijodiy kompetentlikni (shuningdek, uni tashkil etuvchi maxsus kompetentliklarni) rivojlantirish jarayonidan umuman ta’lim jarayoniga tarqatishni talab etadi. M.R.Tabatabaning tadqiqotida oliy ta’lim ta’lim muassasalari ta’lim oluvchilarida universal kompetensiyalarni rivojlantirish ishlari olib borilgan. Tadqiqotchi tomonidan quyidagilar amalga oshirilgan: ta’lim oluvchilarning universal (asosiy) kompetensiyalarini rivojlantirishga yо‘naltirilgan oliy ta’lim muassasalari ta’lim jarayonining modeli tajriba-sinovda tekshirilgan; kompetensiyalarni baholashga uchta yondashuvlar aniqlangan; ta’lim oluvchilar о‘z kompetensiyalarini о‘zlari baholashlaridan foydalanilishi mumkin; OTMlari mutaxassisining universal kompetensiyalarini samarali rivojlantirishni ta’minlovchi loyihalar metodi, ta’lim oluvchining portfoliosi kabi pedagogik texnologiyalar majmui aniqlangan.Ta’lim oluvchilarning loyihaviy faoliyatlari texnologiyasi tizim hosil qiluvchi element sifatida foydalanilishi mumkinligi kо‘rsatilgan bо‘lib, bu muassasalari amaliyotining protsessual komponentini takomillashtirish uchun ahamiyatli hisoblanadi [2]. Ifodalangan qoidadan kelib chiqqan holda kompetensiyaviy yondashuv an’naviy ravishda amaliy yо‘nalganlikka ega bо‘lgan oliy ta’lim hisoblanadi. Bu mazkur yondashuvdan biz tomonimizdan ishlab chiqilgan oliy ta’limmuassasalarilarida integrativ yondashuv asosida bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarining ijodiy kompetentliligini rivojlantirish pedagogik ta’limning konseptual asosi sifatida modelining konseptual asosi sifatida foydalanishga imkon berdi va о‘z navbatida,
newjournal.org zenodo.org 7 dastlab boshlang‘ich ta’lim о‘qituvchisining ijodiy kompetentligi modelini ishlab chiqishni talab etdi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1.О‘zbekiston Respublikasining Ta’lim tо‘g‘risida Qonuni. 2020 yil 23 sentabr О‘RQ-637 son Qonuni. 2. Abdullayeva B.S. Akademik litsey о‘quvchilarining matematik tafakkurlarini rivojlantirish (umumlashtiruvchi darslar misolida). Dis....ped.fan.nom.–Toshkent: TDPU,2002.–146b. 3.Masharipova U. Innovatsion ta’lim sharoitida boshlang‘ich sinf о‘quvchilarining nutq madaniyatini rivojlantirish metodikasi: Dis. ... ped. fan. nom. – T., 2017. – 163 b. 4. Qosimova K., Fuzailov S., Ne`matova A. Оna tili. 2-sinf uchun darslik. – Т.: Cho`lpon, 2018. – 144 b. 5. Bonimar T. Afalla, Fitzgerald L.Fabelico. Pre-service teacher`s pedagogical competence and teaching efficiency // Journal of Critical Reviews. – Vol 7. – Issue 11. – 2020. – Р. 223-227.