scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOBUR MIRZO SHE'RIYATINING ASOSIY G'OYASI

Ne'matova, Sapura Mustafaqulovna

Abstract

Maqolada o‘zbek tilimizning va adabiyotimizning yaxlit bir ma'naviy-ruhiy olamligi, har bir so‘zning mazmundorligi va rang-barang xususiyatlarini buyuk so‘z san'atkori Zahiriddin Muhammad Boburning teran fikrlari misolida ko‘rsatib beriladi. Shoirning yor va diyor mavzusidagi go‘zal misralari yoritilgan va tahlil etilgan.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 126 DOI: https://10.5281/zenodo.17651223 BOBUR MIRZO SHE’RIYATINING ASOSIY G‘OYASI Ne’matova Sapura Mustafaqulovna JDPU Filologiya fakulteti O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Email: sapuranema[email protected]om ANNOTATSIYA Maqolada o‘zbek tilimizning va adabiyotimizning yaxlit bir maʼnaviy-ruhiy olamligi, har bir so‘zning mazmundorligi va rang-barang xususiyatlarini buyuk so‘z sanʼatkori Zahiriddin Muhammad Boburning teran fikrlari misolida ko‘rsatib beriladi. Shoirning yor va diyor mavzusidagi go‘zal misralari yoritilgan va tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: badiiy ijod qonuniyati, anʼana va tadrijiy rivojlanish, so‘z sanʼati, tasvir imkoniyati, muqobil istiloh, islomiy maʼrifat, din millat, tafakkur, til boyligi va ravnaqi, mumtoz adabiyot. ABSTRACT The article highlights the unity of the spiritual and emotional world of the Uzbek language and literature, emphasizing the depth and diversity of each word through the profound thoughts of the great master of words, Zahiriddin Muhammad Babur. The poet’s beautiful verses on the themes of love and homeland are illuminated and analyzed. Keywords: laws of artistic creativity, tradition and gradual development, art of words, imagery potential, alternative terminology, Islamic enlightenment, religion and nation, thinking, richness and prosperity of the language, classical literature. KIRISH Zahiriddin Muhammad Bobur o‘z ijodida ruboiy janridan boshqa janrlarga nisbatan kengroq foydalangan. Buning asosiy sababi bu janrning imkoniyat doirasining kengligi bilan belgilanadi. Shoir ruboiy janri orqali o‘zining rang-barang falsafiy mushohadalarga boy fikrlarini izhor etibgina qolmay, o‘z davrining ijtimoiy, siyosiy va maʼnaviy hayotini, o‘zining tarixiy voqealarga boy kechinmalarini ham ifodalashga muvaffaq bo‘lgan. Boburga bu janrning xalq ijodiyotiga yaqinligi va shakl jihatidan ham qo‘l kelganligini qayd etib o‘tish joizdir. Boburning o‘tkir qalamida ruboiylarning INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 127 badiiy jihatidan yuksak namunalarining yaratilishi ham bu janrning imkoniyatini kattaligidan dalolat beradi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Shoirning o‘z ruboiylari orqali nafaqat o‘z zamondoshlari balki, kelajak o‘quvchi yaʼni, bizga ham murojaat etadi: Аshʼoringkim sheʼr oti to bo‘lgan, Tabʼ ahli volavu shaydo bo‘lg‘ay. Har lafzi duru bahri maʼoni anda, Kim ko‘rdi dureki, anda daryo bo‘lg‘ay [1]. yoki: Bu olam aro ajab alamlar ko‘rdum, Olam elidin turfa sitamlar ko‘rdum, Harkim bu “Vaqoyiʼ”ni o‘qur, bilgaykim, Ne ranju ne mehnatu ne g‘amlar ko‘rdum[2]. Bobur ruboiylarining markazida inson obrazi turadi. U inson qadr-qimmati uning mansabi, boyligi emas, balki insoniy fazilatlari, aqli zakovati va jamiyat manfaatlari yo‘lida xizmat qilishida va insonlarning hamjihat va do‘stligida, yaxshilik qilishda deb biladi. Shoirning bu falsafiy qarashlarining isboti sifatida quyidagi ruboilarini misol qilib keltiramiz: Davlatqa yetib mehnat elin unutma, Bu besh kun uchun o‘zungni asru tutma. Borg‘anni, kel emdi, yod qilmay, ey do‘st, Borish-kelishingni lutf etib o‘ksutma[3]. Yana: Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir Yaxshi kishi ko‘rmagay, yomonlig‘ hargiz, Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidir[4]. Mazkur ruboiylarda mazmun va uni yorqinroq ifodalashga qaratilgan shakliy tartibotga diqqat bilan eʼtibor qilinsa, Bobur ruboiylarida qo‘llanilgan o‘ziga xos qator uslubiy jihatlarni ko‘ramiz. Ruboiylarning birinchi misralarida shoir ifodalamoqchi bo‘lgan asosiy g‘oyaga o‘quvchi diqqati qaratiladi. Mazkur sheʼrlarda “Davlatqa yetib mehnat elin unutma”, “Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur”. Har ikki ruboiyda ham asosiy mazmun birinchi misrada o‘zining yorqin ifodasini topgan. Keyingi misralar ana shu mazmunni rivojlantirishga qaratiladi. Endi bu maqsad misradagi mazmunga teskari maʼno kuchaytirish, yaʼni antiteza orqali erishilgan. Birinchi ruboiyda bu o‘tar-ketar dunyoda o‘zingni asru tutma, ikkichisida “Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir”. Uchinchi misralar esa, mazmunning INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 128 asosiy g‘oyasining sharhiga bag‘ishlangan. To‘rtinchi misralarda shoir o‘quvchiga ibratomiz xulosani havola qiladi. Bobur ruboiylarining tuzulishiga xos bo‘lgan xususiyatlardan yana biri shundan iboratki, ularning aksariyatida radif ruyuo‘iy tarkibiga kirgan bo‘ladi. Bunday ruboiylar tahminan 80 foizni tashkil etadi. Mana shu radiflar: ko‘z, emish, sen-sen, uldum, kishi, yaxshi, ovdaqa, qilma, bo‘lsa, ermasmen, bo‘ldum, tutungiz, bo‘lma, etgaysen, bo‘ldi, birla, etting, mushkil, sarig‘a, Bobur, qilur, axiy, ermish, men ne qilay, birla qilur, etgil, o‘ldum, ettim, aylar, yo‘qtur, etti, bo‘lgay, aylab, manga, qildim va hokazo. Ko‘rinib turibtiki radiflarning tarkibi turli so‘z turkumlaridan tashkil topib, ular ot, sifat, feʼl, olmosh, bog‘lovchi va boshqa grammatik tuzilmalardan iboratdir. Tabiiyki, shoir tomonidan ularning ishlatilishi eng avvalo, ruboilarning turlitumanligin, qolaversa, sheʼr jarangdorligini taʼminlashda katta rol o‘ynagan. Umuman sheʼrda radiflar sonining ko‘pligi bir xildagi tovushlarning takrorini taʼminlab bu tovushlarning qayta-qayta takror kelishi sheʼrning ohangdorligini taʼminlaydi. Bobur ruboiylarida bunday hodisa ko‘plab holatlarda qo‘llanilgan. Bu usul orqali shoir misralarining jarangdorligi orqali ana shu takrorlanayotgan so‘zlarga o‘quvchining diqqatini jalb etish orqali asosiy mazmunni ifoda etishga barcha badiiy mahoratini qaratadi. Masalan: Ey payk, borib, sano bila qulluq de, Yer o‘p, xo‘b ado bila qulluq de, Gar yor men xastani so‘rsa, zinhor, Mendin .kunub duʼo bila qulluq de[5]. Bu ruboiyning asosiy mazmuni bosh qahramonning salomini yorga yetkazmoq, shuning uchun shoir asosiy urg‘uni sheʼrning tashkiliy jihatiga qaratmoqda. (Bu o‘rinda “bila qulluq de” so‘zlaridan iborat radif tanlangan). Bu ruboiyning yana ahamiyatli jihati shundaki, shoirning so‘zlari mahorat bilan tanlayolganligi, shuningdek, sheʼr qurilishining ajoyib shakldaligi tufayli ruboiyning asosiy g‘oyasini ochib beruvchi omillar radif atrofiga jamʼ qilinganligida. Umuman, Boburning shu tipdagi ruboiylarini diqqat bilan o‘rganar ekanmiz, shunday bir qonuniyat yuzaga keladiki, yuqoridagi ruboiy kabi shoirning asosiy g‘oyasini o‘zida mujjasamlashtirgan qo‘sh radiflarning sheʼrdagi roli o‘ti muhim, chunki ularsiz asarning asosiy g‘oyasiga futur yetadi va sheʼr mazmuni butunlay uzilib qoladi. Bobur sheʼriyatidagi bu jihatlarni maxsus bobda alohida tadqiq etamiz. Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylari kompozitsion tuzilishi, misralardagi mazmunning bayoni usullarining xususiyatlari bilangina chegaralanib qolmaydi. Yuqorida aytganimizdek, ruboiy janrida yaratilgan sheʼrlarda asosiy g‘oyaning rivojlanishi misralarni o‘zaro bog‘lovchi omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Lekin bu omillardan tashqari misralardagi bir maʼnoni ikkinchisidan farqlovchi elementlar ham INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 129 mavjudki, ularning ham ahamiyati nihoyatda kattadir. Bu farqlovchi elementlar asosida ruboiyning asosiy g‘oyasi rivoj topib, misradagi g‘oyaning o‘ziga xosligini taʼminlaydi va yagona g‘oyaning shakl bilan bir butunligi taʼminlanadi. Bir misol ko‘rib, tahlil qilib ko‘raylik: Ey qo‘rg‘on eli, qoldimu darmonlaringiz, Chiqmaymidurur bu jahl qilg‘onlaringiz. Jondek kishilar ochligidin chin chiqadur. Siz chivmasangiz, chiqsa kerak jonlaringiz[6]. Bu ruboiyda asosiy motiv qo‘rg‘on elining qurshovida qolib, ochlikdan azob chekayotgani, lekin matonat bilan dushmanga taslim bo‘lishdan ko‘ra o‘limni afzal ko‘rmoqda ekanligida. Shoir misralarni o‘zaro bog‘lar ekan, ularni mohirlik bilan birbiridan “chiqmoq” feʼlining purmaʼnoligi orqali erishgan bo‘lsa, birinchi misra ikkinchisidan “jahl chiqmoq” maʼnosi bilan, ikkinchi uchinchisidan “jahl chiqmoqqa” so‘zlariga maʼno jihatidan boshqacha maʼno anglatuvchi “Qo‘rg‘ondan chiqmoq” so‘zlari o‘qish orqali, uchinchisidan to‘rtinchisi “Qo‘rg‘ondan chiqmoq”qa qarmaqarshi qilib “jon chiqmoq” so‘zlarini antiteza qilish orqali erishilgan. Natijada ruboiy maʼno va shoshilinch mantiqiy birligi tufayli yuksak badiiy asar sifatida shakllangan. Bu kabi usullar aslida ruboiydan ko‘ra ko‘proq tuyuq asosida qo‘llanilishi aniqlangan. Bobur tuyuqlari nisbatan boshqa janrdagi sheʼrlardan ancha kam bo‘lsa-da ular badiiy yuksakligi jihatdan, shaklan go‘zalligi va mazmunan teranligi bilan alohida ajralib turadi. Tuyuqlar asosiy misra oxiridagi so‘zlarning ko‘p maʼnoligi bilan boshqa janrlardagi sheʼrlardan ajralib turadi. Shoirning mahorati ana shu misra oxirida ishlatilgan so‘zlarni naqadar ustalik bilan tanlanganligi va mazmunning purmaʼnoligiga qanchalik taʼsir qila olganligi bilan belgilanadi. Bobur tuyuqlaridan bir ikkitasini tahlil qilib ko‘raylik: Jonga soldi dahr g‘urbat norini, Ko‘z yoshim bo‘ldi mug‘ulning norini, Bu aroda men degandek bo‘lmasa, Ko‘zlay Issiq kulu, undin norini[7]. Bu tuyug‘dan ko‘zlangan maqsad g‘urbatta, o‘z yurtidan ajralgan alamgir azob, iztirobda, biror yurtni zabt etish istagida, agar ko‘zlagan maqsadiga erisholmasa Issiq kul yoki undan nariroq bo‘lgan yurtlarni egallash niyatida. Mana shu maqsadni shoir izhor qilish uchun birinchi misrada arabcha “Nor” so‘zidan ustalik bilan foydalanmoqda. Dahr bosh qahramonning taqdirini nochor qilib uning ko‘ngliga g‘urbat “norini”, yaʼni otashini soldi, shu tufayli uning ko‘zlaridan mug‘ulning “norini”ga o‘xshash yoshlar uzun-uzun bo‘lib osilib to‘kilmoqda, agar Boburning ko‘nglidagi maqsadlari amalga oshmasa, unda Issiq ko‘l yoki undan narida joylashgan o‘lkalarga bosh olib ketish niyatida. Bu tuyuqning asosini “nor” – o‘t-olov, “norin”- INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 130 norin, “norini”-nari, uzoq so‘zlari tashkil etib, ularni shoir shunday grammatik shaklga solganki, natijada purmaʼnolik ro‘y berib tuyuqning ajoyib namunasi vujudga kelgan. XULOSA Tuyuqning yana bir tomoni shundayki, u shakl jihatidan ruboiyga xos bo‘lgan xususiyatlarni o‘zida saqlab qolgan bo‘ladi, yaʼni misraning boshida asosiy mazmun ifoda etidadi, so‘ngi misralar esa, ana shu mazmun zaminida rivoj topib, g‘oya oxirgito‘rtinchi misradagi maqsad bilan yakunlanadi.Boburning lirik merosi ilmiy va boshqa turdagi merosiga nisbatan kichik hajmda bo‘lsa-da, ular o‘zbek mumtoz adabiyoti uchun muhim sanaladi. Uning lirikasi hozirgacha maʼlum 10 qo‘lyozmada bizga yetib kelgan. Bobur ruboiyoti mavzulari rangbarangdir. U o‘z ruboiylarida ishqni, vatan hajri, dunyo, hayot falsafasi, may, shodlik kabi mavzularni yoritadi. Inson va uning go‘zalligini, sevgi, sadoqat, vafo, do‘stlik kabi insoniy fazilatlarni ulug‘lovchi, ezgu intilishlar va orzularni targ‘ib qiluvchi ruboiylari bilan, ona yurtga muhabbat, vatanparvarlik, va hayotsevarlik g‘oyalarini olg‘a suradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. И.Ҳаққулов. Рубоий ҳақида баъзи мулоҳазалар. “Ўзбек тили ва адабиёти”, 1974, № 6, 17-22; 2. Р.Орзибеков Лирикада кичик жанрлар. Тошкент, 1976, 3 с.; 3. С.Ҳасанов. Бобир шеъриятидан. Тошкент, 1982; 4. А.Қаюмов, С.Ҳасанов. Бобур ижодиёти. Тошкент, 2007; 5. О.Жўрабоев. Мирзо Бобур жозиб ва ҳаётий лирика соҳиби/ Бобур ва дунё. 2021.