scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MULTIMEDIA RESURSLARI VA O'YINLI TEXNOLOGIYALARNING XORIJIY INGLIZ TILINI O'RGATISHDA AHAMIYATI

Namangan davlat pedagogika Instituti Xorijiy tillar kafedrasi katta o'qituvchisi Saydaliyeva Mashhura Anvarjon qizi E-mail: [email protected] Telefon: +99894 152 19 18 Namangan davlat chet tillar instituti lingvistika yoʻnalishi magistranti Azim

Abstract

Ushbu maqolada xorijiy ingliz tilini o‘qitishda multimedia resurslaridan foydalanishning ustuvor jihatlari yoritilgan. Multimedia vositalari audio, video, animatsiya, grafik va interaktiv dasturlar - o‘quv jarayonini samarali, qiziqarli va interaktiv tarzda tashkil etish imkonini beradi. Bunday yondashuv o‘quvchilarning motivatsiyasini oshiradi, ularning mustaqil fikrlash, muloqot qilish va tahlil etish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, maqolada multimedia texnologiyalarining o‘qituvchilar uchun yaratadigan qulayliklari, masofaviy va shaxsga yo‘naltirilgan ta’limdagi roli ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, multimedia resurslari ingliz tili ta’limini modernizatsiyalash va o‘quv samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. O’yin texnologiasidan foydalangan holda dars o’tish natijani yanada yaxshilaydi

Full text

newjournal.org zenodo.org 1 MULTIMEDIA RESURSLARI VA O’YINLI TEXNOLOGIYALARNING XORIJIY INGLIZ TILINI O’RGATISHDA AHAMIYATI Namangan davlat pedagogika Instituti Xorijiy tillar kafedrasi katta o’qituvchisi Saydaliyeva Mashhura Anvarjon qizi E-mail: mashhura.say[email protected] Telefon: +99894 152 19 18 Namangan davlat chet tillar instituti lingvistika yoʻnalishi magistranti Azimova Mohinur Murodjon qizi E-mail: [email protected] Telefon: +998500272134 Annotatsiya: Ushbu maqolada xorijiy ingliz tilini o‘qitishda multimedia resurslaridan foydalanishning ustuvor jihatlari yoritilgan. Multimedia vositalari audio, video, animatsiya, grafik va interaktiv dasturlar - o‘quv jarayonini samarali, qiziqarli va interaktiv tarzda tashkil etish imkonini beradi. Bunday yondashuv o‘quvchilarning motivatsiyasini oshiradi, ularning mustaqil fikrlash, muloqot qilish va tahlil etish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, maqolada multimedia texnologiyalarining o‘qituvchilar uchun yaratadigan qulayliklari, masofaviy va shaxsga yo‘naltirilgan ta’limdagi roli ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, multimedia resurslari ingliz tili ta’limini modernizatsiyalash va o‘quv samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. O’yin texnologiasidan foydalangan holda dars o’tish natijani yanada yaxshilaydi Kalit so‘zlar: multimedia resurslari, xorijiy til, ingliz tili ta’limi, interaktiv o‘qitish, innovatsion texnologiyalar, o’yin texnologiyasi. Annotation: This article explores the priority aspects of using multimedia resources in teaching English as a foreign language. Multimedia tools - such as audio, video, animation, graphics, and interactive software - make the learning process more effective, engaging, and interactive. This approach enhances students’ motivation, promotes independent thinking and communication skills, and develops analytical abilities. The article also discusses the advantages of multimedia technologies for newjournal.org zenodo.org 2 teachers, as well as their role in distance and learner-centered education. The research findings indicate that multimedia resources play a crucial role in modernizing English language education and improving learning efficiency. Keywords: multimedia resources, foreign language, English teaching, interactive learning, innovative technologies, motivation. Аннотация: В данной статье рассмотрены приоритетные аспекты использования мультимедийных ресурсов при обучении английскому языку как иностранному. Мультимедийные средства - аудио, видео, анимация, графика и интерактивные программы - позволяют сделать учебный процесс более эффективным, наглядным и увлекательным. Такой подход способствует повышению мотивации учащихся, развитию их самостоятельного мышления, коммуникативных и аналитических навыков. В работе также анализируются преимущества мультимедийных технологий для преподавателей и их роль в дистанционном и личностно-ориентированном обучении. Результаты исследования показывают, что мультимедийные ресурсы являются важным фактором модернизации преподавания английского языка и повышения эффективности обучения. Ключевые слова: мультимедийные ресурсы, иностранный язык, обучение английскому языку, интерактивное обучение, инновационные технологии, мотивация. Multimedia dasturlaridan foydalanish ingliz tili ta’limini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu texnologiyalar o‘quv jarayonini samarali, interaktiv va motivatsion muhitda tashkil etish imkonini beradi. Audio, video, animatsiya va interaktiv mashqlar o‘quvchilarning tinglab tushunish, talaffuz, lug‘at boyligini kengaytirish hamda grammatik bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Multimedia texnologiyalari o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, muloqot madaniyatini rivojlantirishga va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga undaydi. Bunday yondashuv ta’lim jarayonida o‘quvchining faolligini oshiradi, o‘rganilayotgan tilni hayotiy vaziyatlarda qo‘llash imkonini yaratadi. Shu bilan birga, multimedia vositalari o‘qituvchilarga darslarni zamonaviy talablarga mos holda tashkil etish, ko‘rgazmalilikni ta’minlash, individual yondashuvni amalga oshirish va o‘quvchilarning bilimini tezkor baholash imkonini beradi. Ingliz tili ta’limida newjournal.org zenodo.org 3 multimedia texnologiyalarini qo‘llash o‘quv jarayonini modernizatsiyalash, o‘quvchi faolligini oshirish va til o‘rganish samaradorligini yuksaltirishning muhim omillaridan biridir. Til o‘qitish jarayonida xorijiy til va ikkinchi til tushunchalarining mohiyatini to‘g‘ri anglash o‘qitish samaradorligini oshiradi. Xorijiy til - o‘rganuvchining ona tilidan uzoq bo‘lgan, o‘z mamlakatida qo‘llanilmaydigan til bo‘lsa, ikkinchi til esa muayyan hududda davlat tili bilan bir qatorda ishlatiladigan yoki o‘xshash til oilasiga mansub tildir. Tilni o‘rgatishda o‘quvchilarning kimligi -ya’ni ular shu tilda so‘zlashuvchi millat vakillari yoki uni chetdan o‘rganuvchilar ekanligi ta’lim mazmuni va metodikasini tanlashda asosiy mezon hisoblanadi. Ona tili sifatida o‘qitishda mavjud nutqiy malakalar tahlil va mustahkamlash orqali rivojlantiriladi, xorijiy yoki ikkinchi tilni o‘qitishda esa yangi kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishga e’tibor qaratiladi.[1] Til vositalari yordamida fikrni bayon etish birmuncha qiyin kechadi. Chunki ushbu jarayonda bir yo’la ikki xil nutqiy dasturni bajarishga to’g’ri keladi; biri tafakkurga oid, ya’ni fikr yuritish jihati bo’lsa, ikkinchisi til birliklarini qo’llashdir. Undan tashqari diolog (juftnutq) va monolog (yakkanutq) xususiyatlarida keskin tafovutlar seziladi. [2] Til o‘rganishning psixolingvistik va kognitiv mexanizmlarini tushunish, o‘qituvchining o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish uchun zamonaviy yondashuvlardan foydalanishi muhimdir. Xususan, bixevioristik yondashuv, kommunikativ yondashuv hamda kognitiv nazariyalar asosida o‘quv jarayonini tashkil etish natijadorlikni oshiradi. Tilni o‘rgatishda grammatik bilimlar lingvistik chuqurlikdan ko‘ra amaliy nutq faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilishi kerak. Shunday qilib, o‘zbek tilini xorijiy yoki ikkinchi til sifatida o‘qitishda o‘quvchi ehtiyojiga mos metodik yondashuvlarni qo‘llash, kommunikativ muhit yaratish va o‘qitish jarayonida ijtimoiy-psixologik omillarni hisobga olish til o‘qituvchisining samaradorligini ta’minlaydi. Multimediyaviy texnologiyalarni ingliz va o‘zbek tili ta’limiga tatbiq etish zamonaviy pedagogik jarayonning ajralmas qismiga aylanmoqda. Bunday vositalar ta’limni faqat bilim beruvchi emas, balki o‘quvchini faol ishtirokchi sifatida shakllantiruvchi tizimga aylantiradi. Multimediyaviy mashqlar orqali o‘quvchi so‘zlarni eshitish, ko‘rish, talaffuz qilish, matnni tushunish kabi til komponentlarini bir vaqtning o‘zida o‘zlashtiradi. Bu esa an’anaviy metodlardan farqli ravishda esda saqlashni kuchaytiradi va kommunikativ kompetensiyani mustahkamlaydi. Bundan newjournal.org zenodo.org 4 tashqari, multimedia vositalarining didaktik imkoniyatlari o‘qituvchiga individual yondashuvni amalga oshirish, har bir o‘quvchining qobiliyati va tayyorgarlik darajasiga mos topshiriqlarni tanlash imkonini beradi. Bunday yondashuv o‘quvchini mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatni hal etish va ijodiy faoliyatga jalb etadi. Til o‘qitish jarayonida multimediya resurslari faqat texnik vosita emas, balki muloqot muhitini shakllantiruvchi, o‘rganilayotgan tilni tabiiy sharoitda eshitish va tushunish imkonini beruvchi pedagogik mexanizm sifatida qaralishi lozim. Shu boisdan, multimediyaviy mashqlarni o‘quv dasturlariga tizimli tarzda joriy etish o‘zbek va ingliz tillarini o‘qitish samaradorligini oshiruvchi strategik yo‘nalish sifatida e’tirof etiladi. Multimediyaviy texnologiyalarni ingliz va o‘zbek tili darslariga tatbiq etish o‘quv jarayonining sifat va samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Bunday mashqlar o‘quvchini passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantiradi, bilimni ongli va mustaqil o‘zlashtirishga yo‘naltiradi. Multimediyadan foydalanish orqali o‘quvchilar eshitish, o‘qish, yozish va so‘zlash ko‘nikmalarini bir vaqtda rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladi. Bu jarayonning eng muhim jihati shundaki, multimedia nafaqat o‘qitish vositasi, balki shaxsni rivojlantiruvchi, motivatsiyani kuchaytiruvchi pedagogik mexanizm vazifasini bajaradi. Shuning uchun multimediyaviy mashqlarni ta’lim tizimiga chuqur integratsiya qilish til o‘rgatish metodikasini yangi bosqichga olib chiqadi va o‘quvchini mustaqil fikrlovchi, ijodkor shaxs sifatida shakllantiradi. Ingliz tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirishda o‘yinli texnologiyalarning o‘rni beqiyosdir. Chunki o‘yin elementlari o‘quv jarayonini faollashtiradi, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, muloqotga kirishishga va tilni tabiiy muhitda qo‘llashga undaydi. O‘yinli texnologiyalar yordamida yaratilgan dars muhitida o‘quvchilar nafaqat yangi so‘zlarni yodlaydilar, balki ularni kontekstda ishlatishni ham o‘rganadilar. Bunday yondashuv o‘quvchilarning tilga bo‘lgan motivatsiyasini kuchaytiradi va ularning nutq faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, raqamli o‘yinlar va milliy o‘yinlar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarni darsga faol jalb etadi, madaniy va kommunikativ kompetensiyalarni shakllantiradi. Shunday qilib, o‘yinli texnologiyalar zamonaviy ta’lim jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, ingliz tilini o‘qitishda samaradorlikni oshirishning muhim vositasiga aylanmoqda.[3] XXI asr ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish jarayoni jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Xususan, newjournal.org zenodo.org 5 xorijiy tillarni, ayniqsa ingliz tilini o‘qitishda multimedia resurslaridan foydalanish samaradorlikni oshiruvchi muhim vosita sifatida e’tirof etilmoqda. Multimedia vositalari o‘quvchilarning eshitish, ko‘rish, idrok etish va faol ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu jarayon o‘quvchilarni passiv tinglovchidan faol o‘rganuvchi, muloqotchi shaxs sifatida shakllantiradi. Ingliz tilini o‘qitishda qo‘llanilayotgan video, audio, animatsion materiallar, interaktiv dasturlar va onlayn platformalar o‘quvchilarning o‘rganilayotgan tilni tabiiy muhitda idrok etishiga, talaffuzni yaxshilashiga hamda madaniy kontekstni chuqurroq anglashiga yordam beradi. Natijada, o‘quvchilarda kommunikativ, madaniy va mustaqil fikrlash kompetensiyalari rivojlanadi. J. Jalolov o‘zining “Chet til o‘qitish metodikasi” asarida xorijiy tilni o‘qitishda texnik vositalarning ahamiyatini tahlil qilib, shunday deydi: “Chet tilini o‘qitish jarayonida o‘quvchi faqat matnni o‘qish yoki tinglash bilangina cheklanmasligi, balki audio, video va boshqa multimediya vositalari orqali tildan ko‘pkanalli idrok etish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur” [4]. Ushbu fikr multimedia texnologiyalarining o‘quvchi faoliyatini faollashtirish, tildan amaliy foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim o‘rin tutishini tasdiqlaydi. Multimedia texnologiyalarining o‘quv jarayoniga tatbiq etilishi o‘quvchilarni mustaqil ta’limga yo‘naltiradi, ularning o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini kuchaytiradi hamda o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida interaktiv muloqotni shakllantiradi. Shuningdek, ularning kognitiv, ijtimoiy va madaniy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shunday qilib, multimedia resurslari xorijiy til o‘qitishning zamonaviy, innovatsion va samarali vositasi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. REFERENCE 1. Jalolov. J.J. Chet til o‘qitish metodikasi. Toshkent. O‘qituvchi , 2012.-B.144. 2. Saydaliyeava M.A. Ingliz tili darslarida boshlang’ich sinf o’quvchilarining og’zaki nutq kompetensiyasini shakllantirish mazmunining metodik tahlili. Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi-2025, 2-son. –B.720. newjournal.org zenodo.org 6 3. Azimova M.M. (2025). Ingliz tili o‘rganayotgan o‘quvchilarda leksik boylikni oshirishda metodik yondashuvlar va tushunchalar. Namangan Davlat Chet tillari Instituti, magistr talaba. https://doi.org/10.5281/zenodo.16281963 4. Azimov S. M. The place and significance of the English language worldwide // International Journal of Scientific Researchers. – 2024. – Vol. 5, Issue 2. – P. 31– 35. 5. Dehqanova, A. G. & Azimov. M. S. (2024). Axborot va uning mazmuni, axborotdalashish davrida xorijiy tillar va ularning axborotlashgan jamiyat taraqqiyotidagi o’rni va ahamiyati 214-219 Toshkent gumanitar fanlar universiteti,“. Current issues of science: problems and solutions. 6. Qutaybekova G.Q. Ingliz va o‘zbek tilini o‘qitishda multimediyaviy mashqlar imkoniyatlari // Nukus davlat pedagogika instituti ilmiy to‘plami. – Nukus, 2025. – B. 343–346.