INSON HUQUQLARI VA DISKRIMINATSIYA: ADOLATLI JAMIYAT SARI YO'L
Abstract
Inson huquqlari har bir shaxsning erkinligi va qadr-qimmatini himoya qiluvchi asosiy tamoyillardan biridir. Afsuski, jamiyatda shunday sabablar – jins, millat, yosh, nogironlik yoki diniy e’tiqod asosida adolatsiz munosabatlar kuzatilishi mumkin. Shu bois, inson huquqlarini hurmat qilish va diskriminatsiyaga qarshi kurashish adolatli va barqaror jamiyat sari yo’l ochadi.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 551 INSON HUQUQLARI VA DISKRIMINATSIYA: ADOLATLI JAMIYAT SARI YO’L Mahammadjonova Dildora Qodirali qizi Namangan davlat universiteti Yuridik fakultet talabasi. Pulatov Otabek A’zamjon o’g’li Ilmiy rahbar: Namagan davlat universiteti Yuridik fakulteti o’qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17653561 Annotatsiya. Inson huquqlari har bir shaxsning erkinligi va qadr-qimmatini himoya qiluvchi asosiy tamoyillardan biridir. Afsuski, jamiyatda shunday sabablar – jins, millat, yosh, nogironlik yoki diniy e’tiqod asosida adolatsiz munosabatlar kuzatilishi mumkin. Shu bois, inson huquqlarini hurmat qilish va diskriminatsiyaga qarshi kurashish adolatli va barqaror jamiyat sari yo’l ochadi. Kalit so’zlar: diskriminatsiya, inson huquqlari, jinsiy diskriminatsiy, irqiy-etnik diskriminatsiy, tenglik va adolat tamoyillari, jamiyatdagi tenglik. Abstract. Human rights protect the freedom and dignity of every individual is one of fundamental principles that governs society. Unfortunately, unfair relations can occur in society on the basis of such reasons as gender, ethnicity, age disability or religious belief. Therefore, respecting human rights and combating discrimination pave the way for a just and sustainable society. Key words: discrimination, human rights, sexual discrimination, racial-ethnic discrimination, principles of equality and justice, equality in society. Аннотация. Права человека защищают свободу и достоинство каждой личности один из основополагающих принципов, регулирующих жизнь общества. К сожалению, в обществе могут возникать несправедливые отношения по таким причинам, как пол, этническая принадлежност, возраст, инвалидность, или религиозные убеждения. Поэтому уважение прав человека и борьба с дискриминацией прокладывают путь к справедливому обществу. Ключевые слова: дискриминация, права человека, сексуальная дискриминация, расово-эттническая, дискриминация принципы, равенства и справедливости, равенство в обществе. Odamlarning inson huqularini rad etish ularning insoniyligiga qarshi chiqishdir. Nelson Mandela 1 Bugungi globallashuv jarayonida inson huquqlarini ta’minlash, ularni himoya qilish va amalda ro’yobga chiqarish har bir demokratik jamiyatning eng ustuvor yo’nalishlaridan biri 1 Davlat va huquq asoslari//2023/Toshkent
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 552 bo’lib qolmoqda Inson huquqlari – bu shaxsning sha’ni, qadr-qimmati, erkinligi va imkoniyatlarini himoya qiluvchi eng muhim qadriyatlardir. Zero, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida barcha fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlangan va mamlakatimizda diskriminatsiyaning hech qanday ko’rinishiga yo’l qo’yilmaydi. 2 Сhunki, har bir inson teng huquqlarga ega bo’lishi kerak va bu huquqlar davlat tomonidan ta’minlanishi lozim. Ammo jamiyatda odamlar ba’zi bir sabablarga ko’ra bir-biridan ajralib qoladi, adolatsiz munosabatlarga duch keladi. Shu bilan birga, jamiyatda tenglik tamoyillarini buzuvchi diskriminatsiya – ya’ni kamsitish, adolatsizlik va no’rin munosabat holatlarini hali hamon turli sohalarda uchratishimiz mumkin. Adolatli jamiyat sari yo’l, avvalo, har bir insonning huquqlari tengligiga ishonch hosil qilinganidan keyin boshlanadi. Chunki insonni inson qiladigan narsa – uning sha’ni va erkinligidir. Bu nafaqat huquqiy, balki ma’naviy masaladir. Inson huquqlari har bir inson tug’ilgan paytdan boshlab ega bo’ladigan tabiiy erkinliklar hisoblanadi. 3 Sababi shundan iboratki, inson huquqlari shaxsning himoyalangan huquqlari bo’lib, jamiyatda tenglik va adolatni ta’minlashning poydevori hisoblanadi. Shuningdek O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasida ta’kidlanganidek, barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar qonun oldida tengdirlar. 4 Bu g’oya qadimdan insoniyat tarixida mavjud bo’lgan, ammo uni amalda ta’minlash uchun asrlar davomida kurash olib borilgan. Bugungi kunda O’zbekiston Republikasida ham inson huquqlarini himoya qilishga alohidab e’tibor berilmoqda. Konstitutsiyamizning 13-moddasida “O’zbekiston Respublikasida demokratiya inson, uning huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmati eng oliy qadriyatdir” deb belgilab qo’yilgan. 5 Bu nafaqat huquqiy norma, balki davlat siyosatining muhim yo’nalishlaridan biridir. Adolatli jamiyat yarata olmayotganimizning asosiy sabablaridan biri – bu diskriminatsiya. Diskriminatsiya – bu insonni uning kelib chiqishi, jinsi, dini millati yoki ijtimoiy mavqeiga qarab kamsitishdir. Shuningdek u jamiyat hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi hamda adolatli jamiyatga eng katta to’siq bo’ladi. Misol uchun, ayollarni ishga qabul qilishda ularning jinsiga ko’ra rad etish yoki nogironligi bo’lgan insonlarga yetarli darajada imkoniyat yaratmaslik – bu ham diskriminatsiyaning ko’rinishlaridan biridir. Men hayotim davomida bunday holatlarga ko’p guvoh bo’lganman. Bir tanishim nogironlar aravachasida harakatlanar edi, lekin u oily ma’lumotli, o’z sohasining bilimdoni. Shunga qaramay, ishlayotgan joyida unga mos sharoit yaratilmadi va u o’z bilim, salohiyatini ko’rsata olmadi. Bu holat inson huquqlariga bevosita tajovuzdir hamda bunday holatlarning jamiyatda hali ham borligi, diskriminatsiya muammosining dolzarbligini ko’rsatadi. Yuqoridagiga o’xshash bo’lgan muammolarni yechimini topsak, mamlakatimizning rivojlanishiga qisman o’z hissamizni qo’shgan bo’lamiz. 2 Konstitutsiya /30.04.2023/ Toshkent 3 Davlat va huquq nazariyasi/ Sh.Saydullayev/ Toshkent/2019 4 Konstitutsiya/Toshkent/2023 5 Konstitutsiya/30.04. 2023/Toshkent
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 553 Shuningdek, qonunlarimizda belgilangan normalarning amalda qo’llanilishi ham lozim darajada amalga oshirilgan bo’ladi hamda adolatli jamiyat sari keng imkoniyatlar yaratiladi. Adolatli jamiyatga to’xtaladigan bo’lsak, unda inson huquqlari hurmat qilinadi, har bir inson o’z huquqini biladi va teng imkoniyatlarga ega bo’ladi. Bunday jamiyatda inson huquqlari nafaqat qonunlar bilan, balki amaliy hayot bilan ham e’tirof etiladi. Bugungi kunda shu sohaga katta qadamlar tashlanmoqda. Jumladan, “Ayollar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida”gi qonunlar, “Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish”ga oid xalqaro konvensiyalarga qo’shilmoqda. Bularning barchasi adolatli jamiyat sari tashlanayotgan ildam qadamlardan biri hisoblanadi. Lekin bu faqat qonun bilan emas, insonlarning onggi bilan bog’liq. Chunki insonning, avvalo, qalbida adolat bo’lishi kerak, sababi har bir inson bir-birin hurmat qilsa, ularning ko’rinishiga, mavqeiga yoki imkoniyatlariga qarab baholamasa, shundagina adolatli jamiyat yaratishga erisha olamiz. Ko’p holatlarda odamlar o’zlari sezmagan holda diskriminatsiyaga yo’l qo’yishadi. Misol uchun, maktabda o’quvchilar orasida “boyning farzandi” yoki “kam ta’minlangan oilaning bolasi” deb ajratish, bunday holatlarga barchamiz guvoh bo’lganmiz. Ayniqsa hozirgi kunda hammani qiynayotgan masala, ya’ni ayol kishining rahbar bo’lishiga shubha bilan qarash bu ham kamsitishning yashirin ko’rinishidir. Chunki bunday qarashlar jamiyatda gender tengligiga to’sqinlik qiladi, ayollarning salohiyatini to’liq namoyon etishiga yo’l bermaydi. Aslida rahbarlik sifatlari jinsga emas, bilim, tajriba, mas’uliyat va insoniy fazilatlarga bog’liq. Bugungi kunda ko’plab ayollar siyosat, ta’lim, tibbiyot, tadbirkorlik va boshqa sohalarda muvaffaqiyatli rahbarlik qilmoqda. Ularning faoliyati shuni ko’rsatadiki, ayollar ham erkaklar qatori boshqaruvda samarali qarorlar qabul qila oladi. Demak, ayol rahbarlarga nisbatan mavjud shubhalar bu asossiz tasavvurlarning natijasida sodir bo’lmoqda. Jamiyatda haqiqiy tenglikka erishish uchun bunday qarashlarni o’zgartirish, ayollarni qo’llab-quvvatlash va ularning yetakchilik salohiyatiga ishonch billdirish muhimdir. Shundagina biz adolatli va taraqqiy etgan jamiyatni barpo eta olamiz. Hayotimizda juda ko’p qiziqarli va ayanchli holatlarga duch kelishimiz aniq. Bir kun menda ham shunday holat yuz berdi. Guruhimizga bir kuni yangi talaba qo’shildi, tabiiyki u talaba boshqa milllatga mansub ekani ma’lum bo’ldi. Shu sababli guruhdagi talabalar unga nisbatan sal sovuq munosabatda bo’lishdi. Keyin bilsak, u juda iqtidorli, mehribon hamda o’z ishiga sodiq inson ekan. Shu voqeadan keyin men insonlarning tashqi ko’rinishi yoki millati bilan emas, uning ichki dunyosi va mehnati bilan baholash kerakligini chuqur anglab yetdim. Bu kabi oddiy hayotiy misollar orqali biz inson huquqlarining qanchalik nozik masala ekanini va diskriminatsiya nafaqat qonuniy, balki axloqiy nuqtai nazardan ham katta muammo ekanini ko’rishimiz mumkin. Shu bois har bir insonning huquqlarini hurmat qilish va tenglik tamoyiliga amal qilish jamiyat taraqqiyotining asosiy shartlaridan biridir. Bunda har bir fuqaro, ayniqsa, yoshlar diskriminatsiyaning har qanday ko’rinishiga befarq bo’lmasligi lozim. Agar biz atrofimizda adolat va tenglik muhitini shakllantirsak, bu nafaqat huquqiy, balki ma’naviy yuksalishning ham kafolati bo’ladi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, inson huquqlarini hurmat qilish va diskriminatsiyaga qarshi kurashish bu faqat davlat yoki tashkilotlarning emas, har bir fuqaroning mas’uliyatidir.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 554 Chunki inson huquqlari har bir insonning tug’ilganidan boshlab ega bo’lgan, ajralmas va daxlsiz huquqlaridir. Ularni ta’minlash va himoya qilish har bir demokratik jamiyatning asosiy burchidir. Chunki adolatli jamiyat barpo etish yo’lida eng avvalo inson huquqlarini hurmat qilish, teng imkoniyatlar yaratish, fikrlar xilma-xilligini qo’llab-quvvatlash zarur. Har birimiz boshqalarning huquq va erkinliklarini hurmat qilishni, tenglikni qadrlashni o’z hayotiy prinsipimizga aylantirsak, insonlar o’z huquq va erkinliklarini bilsa, jamiyatda totuvlik, adolat va mehr-oqibat qaror topadi, shuningdek diskriminatsiyaning har qanday ko’rinishiga o’rin qolmaydi. Bundan tashqari davlat va jamiyatning hamkorlikdagi sa’y-harakatlari orqali inson huquqlari himoyasi mustahkamlanadi hamda inson huquqlari faqat qog’ozdagi qonunlarda emas, balki hayotimizda, har bir munosabatlarimizda adolat va tenglik mezonlari amalda o’z ifodasini topishi mumkin. Zero, inson huquqlari va adolat bir-biriga uzviy bog’liq bo’lib, ular poydevorida erin, farovon va taraqqiy etgan jamiyat barpo etishimiz mumkin. Shundagina biz haqiqiy ma’noda adolatli jamiyat sari dadil qadam tashlagan bo’lamiz. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi //30.04.2023 2. BMT Inson huquqlari bo’yicha deklaratsiyasi. United Nations. Universal Declaration of Human Rights, 1948. /https://www.un.org/en/about-us/universal-declaration-of-humanrights. 3. Sh.Sayydullayev. Davlat va huquq nazariyasi. /Toshkent/2019 4. G’.Yo’ldoshev. Inson huquqlari va jamiyat. /Toshkent /Adolat /2021 5. R.Karimov. Diskriminatsiya va huquqiy madaniyat. /Toshkent / Adolat /2021 6. uz.goodinternet.org /https://uz.goodinternet.org 7. https://oyina.uz