TEMURIYLAR DAVRI BUXORO VOHASI SOPOLSOZLIGI
Abstract
Ushbu maqolada Temuriylar davri Buxoro vohasida yasalgan sopol buyumlarning turli jihatlari xususan: sopollarning turlari, bezaklari, texnologik uslublari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Buxoro vohasi sopolsozlik uslublari Toshkent Samarqand sopolsozlik uslublari bilan solishtirilib nazariy tahlil qilingan. Tadqiqot ishida Mirzaahmedov.D.K, G.A.Pugachenkova, M.E.Massonlarning ilmiy izlanishlaridan shuningdek, rasmiy internet sahifalaridagi Temuriylar davri madaniyatiga oid ma’lumotlardan keng foydalanildi.
Full text
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 178 DOI: https://10.5281/zenodo.17664698 TEMURIYLAR DAVRI BUXORO VOHASI SOPOLSOZLIGI Niyazova Mahsuma Ilyasovna Buxoro Davlat Universiteti Arxeologiya va Buxoro tarixi Kafedrasi dotsenti, t.f.n. [email protected] Shodmonova Latofat Izzat qizi BuxDU 2-bosqich magistranti. [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Temuriylar davri Buxoro vohasida yasalgan sopol buyumlarning turli jihatlari xususan: sopollarning turlari, bezaklari, texnologik uslublari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Buxoro vohasi sopolsozlik uslublari Toshkent Samarqand sopolsozlik uslublari bilan solishtirilib nazariy tahlil qilingan. Tadqiqot ishida Mirzaahmedov.D.K, G.A.Pugachenkova, M.E.Massonlarning ilmiy izlanishlaridan shuningdek, rasmiy internet sahifalaridagi Temuriylar davri madaniyatiga oid ma’lumotlardan keng foydalanildi. Kalit soʻzlar: Temuriylar, Qoraxoniylar, lagan, moviy sir, shaffof sir, chinni, gardishsimon taglik, simmetrik va islimi naqshlar. ABSTRACT This article presents information about various aspects of ceramic products made in the Bukhara oasis during the Timurid period, in particular, the types of ceramics, their decorations, and technological styles. The pottery traditions of the Bukhara oasis are theoretically analyzed and compared with those of Tashkent and Samarkand. In the research process, the scientific works of J.K. Mirzaakhmedov, G.A. Pugachenkova, and M.E. Masson, as well as official online sources related to the culture of the Timurid period, were extensively used. Keywords: Timurids, Karakhanids, aromatic vessel, lagan, blue glaze, transparent glaze, porcelain, rim-shaped base, symmetrical and Islamic motifs.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 179 АННОТАЦИЯ В данной статье представлены сведения о различных аспектах гончарных изделий, изготовленных в Бухарском оазисе в эпоху Тимуридов, в частности о видах керамики, их орнаментах и технологических особенностях. Гончарные традиции Бухарского оазиса теоретически проанализированы и сопоставлены с ташкентскими и самаркандскими стилями. В исследовании широко использованы научные труды Д.К. Мирзаахмедова, Г.А. Пугаченковой, М.Э. Массона, а также официальные интернет-источники, посвящённые культуре эпохи Тимуридов. Ключевые слова: Темуриды, Караханиды, ароматница, блюдо, синяя глазурь, прозрачная глазурь, фарфор, основание, симметричные и орнамент «ислими». KIRISH Markaziy Osiyo xalqlari tarixining XIV-XV asrlari qudratli Temuriylar saltanati davriga toʻg‘ri keladi. Bu saltanat oʻz qudrati hamda harbiy salohiyati bilan sharqning eng rivojlangan mamlakatlarining katta qismini oʻz hokimiyati ostida birlashtirgan edi. Egallangan hududlardan ulkan boyliklar, olim-u ulamolar bilan bir qatorda oʻz zamonasining koʻzga koʻringan hunarmand ustalari ham mamlakat markaziy hududlariga koʻchirib olib kelingan. Bu esa oʻz navbatida mamlakat poytaxti boʻlmish Samarqand hamda Buxoro, Toshkent, Shahrisabz kabi yirik shaharlarda hunarmandchilikning turli sohalarini keng miqyosida rivojlanishi uchun xizmat qildi. Bunday yuksalish xalq amaliy san’atining eng ommaviy turi-sopolsozlikda ham oʻz aksini topdi. TADQIQOT METODLARI Ushbu tadqiqot ishida arxeolog olimlarning ilmiy ishlaridan foydalangan holda tarixiy-tahliliy metodlardan keng foydalanildi. Asosiy ma’lumotlar Mirzaahmedov.D.K tomonidan olib borilgan qazilma natijalariga asoslangan. Tahlil jarayonida buyumlarning morfologik belgilari, xom ashyo sifati, sir turlari, bezak naqshlari hamda ishlab chiqarish texnologiyasi oʻrganildi. Qoʻshimcha ravishda Samarqand hamda Toshkentdan topilgan Temuriylar davri sopol buyumlari bilan taqqoslandi. NATIJALAR Oʻrganilgan manbalar asosida shuni aytish mumkinki Buxoro vohasida Temuriylar davrida turli kulolchilik markazlari faoliyat yuritgan. Ular oʻzlarining katta-katta kulolchilik ustaxonalariga ega boʻlganlar. Mirzaahmedov.D.K qayd etganidek, bu davrda sopol idishlarning yashil, moviy va sarg‘ish glazurli turlari, shuningdek angob bilan bezatilgan geometrik naqshli idishlar keng tarqalgan. Buxoro
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 180 vohasi kulollari asosan mahalliy loy va qum aralashmasidan foydalanganlar. Sopol idishlar orasida xum, lagan, kosa piyola kabi kundalik maishiy buyumlar koʻp uchraydi. Naqshlarda asosan oʻzaro uyg‘unlashgan tabiat manzaralari: gul, barglar, oʻsimlik va parrandalar tasvirlangan. Ayrim sopollarda esa arab yozuvlari bilan ma’lum bir oyatlar yokida hikmatli soʻzlar bitilgan 1 . Temuriylar davri sopollari yasalish texnikasi hamda bezak uslublari bilan oʻzidan oldingi an’analardan ajralib turadi. X–XII asrlar keramikasida ustun boʻlgan epigrafik bezaklar va stilizatsiyalashgan hayvonot tasvirlari oʻrnini endilikda qushlar va oʻsimliklarning hayotiyroq tasvirlari egallaydi. Ranglar uyg‘unligi ham oʻzgaradi: ilgari oq, toʻq jigarrang va qizil ranglar ustiga sarg‘ish-yashil shaffof sir bilan boʻyalgan idishlar endi moviy-oq rangli yoki moviy sir ostidagi qora siluetli naqshlar bilan bezatiladi 2 . Temuriylar davri Buxoro vohasi sopolsozligi namunalari 1970-yillarda Buxoro birinchi shahristonida, Mir Arab madrasasining shimoliy qismida olib borilgan arxeologik qazishmalar davomida topilgan. Mazkur buyumlar Dj.K. Mirzaahmedov tomonidan oʻrganib chiqilgan. Bu kompleks XV–XVI asrlar qurilish qatlamlariga tegishli boʻlib, oʻsha davrda uy-roʻzg‘or buyumlari sifatida ishlatilgan ovqatlanish idishlari va maxsus vazifali buyumlar haqida aniq tasavvur beradi. Kompleks quyidagi buyumlarni oʻz ichiga olgan: ikki kosa, bir piyola, bir likopcha (tabaq) va bir aromatnitsa (xushboʻy suyuqlik idishi). Kosalarning tag qismi halqasimon, tubi yarimsharsimon shaklda, devorlari yuqoriga tomon biroz kengayib boradi. Ular oq angob bilan qoplangan va shaffof sir butun ichki hamda tashqi qismning bir boʻlagini qoplagan. Ichki yuzasida qora, havorang va koʻk boʻyoqlarda ishlangan polixrom bezak mavjud. Piyolaning tagi halqasimon, devorlari yarimsharsimon, chetlari esa biroz oʻtkir egilgan. Uning ichki va tashqi sirtlari shaffof, rangsiz sir bilan toʻliq qoplangan. Aromatnitsa esa nafis shaklda, nozik oyoqchali idish boʻlib, uning yuqori qismi 0,5 sm ichkariga bukilgan va markazida noʻxatsimon teshik mavjud. Shaffof sir ostida kufiy yozuv bilan yozilgan bezak idishning tanasini oʻrab turadi, qolgan qismi esa kobalt boʻyoqli oʻsimliksimon va geometrik shakllar bilan bezatilgan 3 . Mazkur hududdan topilgan barcha buyumlarda umumiy jihat ularning rangsiz shaffof sir bilan qoplanganligi hamda bezatishda havorang, jigarrang va koʻk ranglari uyg‘unligidan foydalanilganligida. Kosa, piyola, lagan barchasi halqasimon nozik gardish ustiga 1 МИРЗААХМЕДОВ.Д.К. ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ПОЛИВНАЯ КЕРАМИКА БУХАРЫ ЭПОХИ ТИМУРИДОВ .ЦИВИЛИЗАЦИИ И КУЛЬТУРЫ ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ В ЕДИНСТВЕ И МНОГООБРАЗИИ Материалы Международной конференции Самарканд, 7-8 сентября 2009 г. 2 Сурайё Алиева. Темуридская керамика: сложение нового стиля. . San’at • 01/04/2000 • Выпуск №2 • 1420 3 МИРЗААХМЕДОВ.Д.К.ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ПОЛИВНАЯ КЕРАМИКА БУХАРЫ ЭПОХИ ТИМУРИДОВ .ЦИВИЛИЗАЦИИ И КУЛЬТУРЫ ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ В ЕДИНСТВЕ И МНОГООБРАЗИИ Материалы Международной конференции Самарканд, 7-8 сентября 2009 г.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 181 oʻrnatilgan boʻlib idishlarning chetlari tashqari tomonga biroz mayinroq shaklda chiqarib ishlangan. 1-rasm Yuqoridagi rasmda Buxoro shahrida Abdullaxon Timi janubidagi arxeologik tadqiqotlar davomida topilgan sopollar keltirilgan 1 . Bu sopol namunalarining tuzilishi shuni koʻrsatadiki Buxoro vohasida Temuriylar davri (XIV-XVI) da ham sopol buyumlar ostida aylana gardishli taglik mavjud boʻlgan. Faqat gardish Somoniylar yoxud Qoraxoniylar davri sopollariga nisbattan sayqallanib nozik va nafis koʻrinish kasb etgan. Samarqand va Toshkent sopolsozligidan farqli oʻlaroq Buxoroda idishlarning tashqi tomonga biroz chiqarib ishlangan chetlari biroz qalinroq boʻlgan.Sopol buyumlarning turli xildagi naqshlar bilan bezatilishi va ranglar masalasiga kelganda albatta Xitoy chinnisining ta’siri oʻlaroq bezaklarda oʻsimliksimon naqshlar koʻp uchraydi. Ranglar borasida koʻk va havorang ustunligi yaqqol koʻzga tashlanadi. Sopol idishlarning aksariyatida markaziy qismda nozik 1 МИРЗААХМЕДОВ.Д.К. РЕЗУЛЬТАТЫ АРХЕОЛОГИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ К ЮГУ ОТ ТИМА АБДУЛЛАХАНА В Г. БУХАРЕ. Археологические исследования в Узбекистане-2003 год Выпуск 4.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 182 aylana tasvirlangan va uning atrofi oʻsimliksimon naqshlar, barglar va gullar bilan bezatilgan. 2-rasm Mazkur keramik asar ayni Temuriylar davri Xitoy chinni buyumi 1 . Bu surat orqali shu narsa ma’lumki Markaziy Osiyo sopolsozlari oʻz ishlarida Xitoy buyumlaridan ham naqshlar va bezaklarda ham ranglar texnologiyasida namuna olishga harakat qilganlar. 3-rasm 1 МАРКАЗИЙ ОСИЁ САНЪАТИ ФИЦВИЛЬЯМ МУЗЕЙИ ТЎПЛАМЛАРИДА. SILK ROAD MEDIA TOSHKENT-2021
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 183 3-rasmdagi sopol idish XIV asr Samarqand sopolsozligi namunasi boʻlib hisoblanadi 1 . Bu sopolda ham Xitoy bezak va rang uslubining ta’siri yaqqol koʻzga tashlanib turibdi. Idish oʻrtasida oʻsimlik tasviri va uning ikki yonida qush tasviri tushirilgan. Mazkur idish Samarqanddan topilgan taxminan 1370-1450-yillarga mansubligi qayd etilgan. Sopol shaffof sir ostiga feruza va qora boʻyoqli rasmlar bilan bezatilgan. MUHOKAMA Temuriylar davrida kulolchilik umuman olganda madaniy hayotning rivojiga mamlakatdagi tinchlik va iqtisodiy barqarorlik asos boʻlib xizmat qilgan. Bundan tashqari hukmdorlarning madaniy hayotga katta e’tibor bilan yondashuvi ham soha rivojini ta’minlagan. Temuriylar davri kulolchiligi koʻp jihatdan Xitoydagi koʻk va oq chinni ishlab chiqarish tarixi bilan bog‘liq. Sinxua (soʻzma-soʻz tarjima qilgandaoq va koʻk rangli mahsulotlar) XIV asrning birinchi yarmidan boshlab shimoliy Szyansi provinsiyasida ishlab chiqarilib koʻp miqdorda Oʻrta Osiyoga eksport qilingan. Mahalliy kulollar esa ulardan andoza sifatida foydalanganlar. Buxoroda kulollar saroy, davlat va fuqarolar buyurtmalari asosida faoliyat olib borgan. Bu esa sopollarning marosim va bazmlar uchun, kundalik maishiy hayot uchun hamda maxsus sovg‘alar tariqasida farqlanishiga olib kelgan. Shuningdek, arxeologik topilmalar shuni koʻrsatadiki, bu davrda sopollar faqat amaliy maqsadda emas, balki marosimiy va diniy ehtiyojlar uchun ham ishlatilgan. Buxoro ustalari ishlab chiqargan ayrim idishlarda simmetrik naqshlar va islomiy ramzlar uyg‘unlashgan boʻlib, ular davr dunyoqarashini aks ettiradi. XULOSA Temuriylar davrida Buxoro vohasida kulolchilik san’ati yuksak bosqichga koʻtarilgan. Bu davrda yaratilgan sopol buyumlar oʻzining badiiy qiymati, bezak uslubi va texnik takomilligi bilan ajralib turadi. Buxoro kulollari oʻz davrining eng ilg‘or texnologiyalaridan foydalangan holda, asrlar davomida qadrlanib kelayotgan san’at namunalari yaratganlar. Mirzaahmedov.D.K tadqiqotlari bu merosni oʻrganishda muhim ilmiy asos boʻlib xizmat qiladi. Bugungi kunda ushbu buyumlar Buxoro va Toshkent muzeylarida saqlanmoqda va Temuriylar davri madaniyatining yorqin namunasidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI: (REFERENCES) 1. МИРЗААХМЕДОВ.Д.К. ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ПОЛИВНАЯ КЕРАМИКА БУХАРЫ ЭПОХИ ТИМУРИДОВ .ЦИВИЛИЗАЦИИ И КУЛЬТУРЫ 1 МАРКАЗИЙ ОСИЁ САНЪАТИ ФИЦВИЛЬЯМ МУЗЕЙИ ТЎПЛАМЛАРИДА. SILK ROAD MEDIA TOSHKENT-2021
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 184 ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ В ЕДИНСТВЕ И МНОГООБРАЗИИ Материалы Международной конференции Самарканд, 7-8 сентября 2009 г. 2. МИРЗААХМЕДОВ.Д.К. РЕЗУЛЬТАТЫ АРХЕОЛОГИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ К ЮГУ ОТ ТИМА АБДУЛЛАХАНА В Г. БУХАРЕ. Археологические исследования в Узбекистане-2003 год Выпуск 4. 3. МАРКАЗИЙ ОСИЁ САНЪАТИ ФИЦВИЛЬЯМ МУЗЕЙИ ТЎПЛАМЛАРИДА. SILK ROAD MEDIA TOSHKENT-2021 4. Сурайё Алиева. Темуридская керамика: сложение нового стиля. . San’at • 01/04/2000 • Выпуск №2 • 1420 5. Мирзаахмедов Д.К. Новые позднесредневековые археологические комплексы по материалам Бухары // Древняя и средневековая культура Бухарского оазиса. Самарканд, 2006.