GISNING FUNKSIONAL IMKONIYATLARI
Full text
82 GISNING FUNKSIONAL IMKONIYATLARI Haqqulova Adiba Ochil qizi Qarshi davlat texnika universiteti assistenti, E-mail: [email protected] Fayzullayeva Lobar Xayrulla qizi Qarshi davlat texnika universiteti assistenti E-mail:[email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17665110 Axborot manbalari amaliy GIS da axborot manbalari orasida keng tarqalgan kartografik, aerokosmik va statik materiallardan foydalaniladi. Barcha axborot manbaalari ikki qismga bo‘linadi: Sonli va sonli bo‘lmagan. Geografik kartalarda GIS axborot manbaasi sifatida foydalanish, axborotlarni tematik strukturasini tuzishda qulay va samarali. Chunki bu yerda territorial bog‘liqlik bo‘lib, territorial bo‘linish esa mavjud emas. Topografik va umumiy geografik kartalar geoinformatikada ikki xil maqsadda foydalaniladi. -ko‘rsatilgan territoriyadan obyektlardagi ma’lumotlarni yig‘ish va ularni birbiriga bog‘lash. -axborot qabul qilish tezligi va ma’lumot bazasini doimo yangilab turish GIS ni asosiy sharti hisoblanadi. Bu masala hozirgi kunda to‘liq hal etilgan deb hisoblanmoqda. "Ya’ni masofali zonalarga" bo‘lish hisobida. Hozirgi vaqtda GIS ning asosiy axborot manbaasini masofali zonalarga bo‘lish tashkil etiladi. Masofali zonalarga bo‘lishning axborotlar sifati tezligi va qabul qilish imkoniyati bir qancha faktorlarga bog‘liq: -sensor turi; -tavsilotlarni qabul usuli; -suratga olish asbobini o‘z o‘qi atrofida harakatlanishi; -spektorial diopozonlar soni; -olinayotgan tasvirlarni geometrik xususiyatlari; -va qayta tasvirga olish vaqt davomiyligi. Eng yaxshi tasvirga olish sistemalari optik diopozonda bo‘lib, suratni 1-2 m aniqlikda qabul qiladi. (KBR-1000) (Rossiya), (KNiV)-(SSHA). Faqat bundagi axborotlar kam ma’lumot beradi ya’ni yer resurslarini baholash va tahlil qilish nuqtai nazaridan.
83 2. Standart almashish axbortlarni har xil holatda ko‘rsatish axborot turlarini o‘zaro munosabati konsepsiyasi va qoidalarini o‘z ichiga oladi. Axborot modellari standarti spetsfik axborot almashinuv quriladi. Bu axborotlar alfabitli shartli belgilar sistemasi va boshqalarni o‘z ichiga birlashtiradi. Asosiy masala foydalanuvchiga yagona standart tuzish hisoblanadi (standart). Spetssifikatsiyasi axborotlar turlar strukturasi almashish qarorlari funksiya parametrlari turlarini aniqlashni o‘ziga qamrab olish kerak. 3. GIS da foydalaniladigan dasturlarni har turli formatlari mavjud. Bu formatlarning qismlarga bo‘linadi: 1. Tematik formatlar (DBS TAB) 2. Grafik formatlar (DXF, DGN, DGIF, PCX, DINE va boshqalar) Ko‘p foydalanuvchili GAT deganda biror korxona miqyosida uning turli bo‘linmalarida ishlovchilar extiyojlari turli maqsadlarda foydalaniladigan GAT tushuniladi. Korxona GAT korxonaning barcha bo‘limlarini qamrab oladi va korxonaning kundalik rejasidan tortib korxona faoliyatini strategik rejalashtirishgacha bo‘lgan ko‘plab funksiyalarni bajaradi. Bunda korxonaning barcha tarmoqlari korxona GAT platformasi bo‘lib hisoblanadi. Ko‘p sonli mijozlarga xizmat ko‘rsatishni ta’minlash jarayonida korxona GATi ma’lumotlarni ma’lumotlar bazalarining relyatsion tipdagi boshqaruv tizimlarida (RDBMSs), Informix ® dinamik serverda, Microsoft ® kompaniyasi SQL ™ serverida saqlanadi. Korxona GAT platformasidan yuqori unumli tarzda foydalanish uchun undan kompyuter tarmog‘i sifatida foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda ArcCatalog ™, ArcMap ™, ва ArcToolbox ™ tipidagi ilovalardan korxonadagi barcha kompyuterlarida foydalaniladi. Bunda serverlar ularni ma’lumotlar bilan ta’minlash va protsessorlar vazifalarini bajaradi. GATdan loyiha ishlab chiqish yoki ko‘p foydalanuvchili tizim sifatida foydalanishda ArcGIS - ArcCatalog, ArcMap, ArcToolbox dasturiy vositalaridan foydalaniladi. Bunda: ArcCatalog – fazoviy ma’lumotlarni saqlash jarayonlarini boshqarish va metama’lumotlarni qayd qilish va ko‘zdan kechirib chiqish imkonini beradi. ArcMap obyektlarni kartografik tasvirlash va ularni kartografik tahlil qilishda qo‘llaniladi. ArcToolbox ma’lumotlarni konversiyalash (o‘zgartirish) va geoma’lumotlarga ishlov berishda ishlatiladi. Mazkur dasturiy vositalarlardan foydalanib, ya’ni ma’lumotlarni tashkillashtirish, akslantirish, geografik tahlil qilish, tahrirlash va ishlov berish kabi
84 oddiy va murakkab GAT masalalarini hal qilish mumkin. Ana shu dasturiy vositalarga batafsil to‘xtalib o‘tamiz. ArcCatalog Geografik ma’lumotlarni dastlabki qarab chiqish, hujjatlashtirish, tashkil etish va bu ma’lumotlarni saqlash uchun geoma’lumotlarning murakkab bazalarini yaratish ArcCatalog yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek, shaxsiy kompyuterda GAT loyiha uchun ma’lumotlar bazalarini yaratish uchun papkalar va ma’lumotlar fayllarini tashkil qilish ArcCatalog yordamida amalga oshiriladi. 1-rasm. ArcCatalog oynasi Shuningdek, ArcCatalog muxitining instrumental vositalaridan foydalanib fazoviy obyektlar klasslari va jadvallarini tashkil qilish va uzatish operatsiyalarini bajarish mumkin. ArcMap
85 ArcMap elektron kartalar yaratish va ular bilan ish olib borishga yo‘naltirilgan dasturiy vositadir. ArcMap vositasida: Geografik ma’lumotlarni tahrirlash va tahlillash; Geografik obyektlar orasidagi munosabatlarni topish va tushunishga doir so‘rovlar tashkil qilish; 1-rasm. ArcMapda karta chizish jarayoni Turli usullar yordamida ma’lumotlarni belgilashtirish; turli diagrammalar va hisobotlar hosil qilish va boshqa foydalanuvchilar bilan muloqot qilish; ArcMap yordamida turli ko‘rinishdagi formatdagi fayllardan olingan ma’lumotlarni, jumladan sheypfayllar, qoplamalar, jadvallar, AutoCAD tasvirlari chizmalari, to‘rlar, regulyar bo‘lmagan triangulyatsiya tarmoqlarini (TIN) integrallovchi kartalar tuzish kabilarni amalga oshiriladi.
86 2-rasm. Kompanovka jarayoni ArcToolbox ArcToolbox – Geomalumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi GAT instrumental vositalaridan iborat ilovadir. Geoma’lumotlarga ishlov berishning oddiy masalalari berilgan forma asosida instrumental vositalar yordamida amalga oshiriladi. ArcGIS ning kerakkli ilovalaridan foydalanish ArcGIS ning eng kerakkli ilovalaridan foydalanish quyidagi uchta dasturiy vosita, ya’ni ArcView®, ArcEditor™, ArcInfo™ lar asosida amalga oshiriladi. Bunda: • ArcView® geoma’lumotlarni xar taraflama aks ettirish va taxrirlashlarni amalga oshirishni ta’minlaydi;
87 • ArcEditor™ ArcViewning to‘la funksional imkoniyatlaridan taxrirlash masalalarida foydalanishni ta’minlaydi; • ArcInfo™ geoma’lumotlarga ishlov berishda ArcView® ва ArcEditor™ larning funksional imkoniyatlarini kengaytirish imkoniyatini yaratadi. ArcToolbox ArcView va ArcEditor lar uchun ma’lumotlarni o‘zgartirish va boshqarishga yo‘naltirilga 20 dan ortiq instrumental vositani o‘z ichiga oladi. ArcGIS asosida biror masalani yechish bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni quyidagi ma’lumotnomalardan olishingiz mumkin: Using ArcCatalog (ArcCatalog dan foydalanish), Using ArcMap (ArcMap dan foydalanish) va Using ArcToolbox (ArcToolbox dan foydalanish). Bu ma’lumotnomalardan aniq masalalarni yechishda foydalanish mumkin va ularda javoblar qisqacha va tushunarli tarzda bayon qilingan. Building a Geodatabase (Geoma’lumotlar bazasini qurish) ma’lumotnomasi geoma’lumotlar bazasini shakllantirish va yaratilayotgan loyixani ArcGISda qadamba-qadam amalga oshirish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma bo‘lib xisoblanadi. Modeling Our World (Bizning dunyoni modellashtirish) va The ESRI Guide to GIS Analysis (GAT taxlil bo‘yicha qo‘llanma) kitoblari GAT ma’lumotlari modellari konsepsiya va geografik taxlil bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar bo‘lib xisoblanadi. ArcGIS ning interfaolma’lumot olish tizimi ishlatilayotgan dasturiy vosita xaqida kerakli ma’lumot olish imkonini beradi. Buning uchun ixtiyoriy instrumental paneldagi yoki muloqot oynasidagi Help tugmachasi bosiladi. Yordam tizimi xaqida to‘la ma’lumot olish Using this Help system(Ushbu yordam tizimidan foydalanish) tugmachasidan foydalaniladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abduraxmanov, K. U. Geoinformatika asoslari: o‘quv qo‘llanma. - Toshkent: TDTU, 2021. - 245 b. 2. Berlyant, A. M. Geoinformatika: Uchebnoye posobiye. - Moskva: Aspekt Press, 2014. - 368 s. 3. Louson, E. Osnovi GIS i prostranstvennogo analiza. - Moskva: DMK Press, 2016. - 412 s. 4. Xaytov, Sh., & Ergashev, B. Geoaxborot texnologiyalari va ularning qo‘llanilishi. - Samarqand: SamDU, 2020. - 187 b. 5. Longley, P., Goodchild, M., Maguire, D., & Rhind, D. Geographic Information Systems and Science. - Wiley, 2015. - 560 p. 6. Burrough, P. & McDonnell, R. Principles of Geographical Information Systems. - Oxford University Press, 2017. - 344 p. 7. ESRI. (2020). GIS Fundamentals & Spatial Analysis. ArcGIS Documentation Portal.
88 8. Qodirov, A. (2022). Raqamli kadastr va GIS texnologiyalarining qo‘llanilishi. - «Geodeziya va kartografiya» jurnali, №3, 45–52-b. 9. ISO 19115: Geographic Information - Metadata. International Standardization Organization, 2014.