scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA IQTISODIY MA'LUMOTLARNI MATEMATIK TAHLIL QILISHNING AXBOROT YECHIMLARI

Erkinova Lobar Hamza qizi; Sunnatov Dilshodbek Orif o'g'li

Full text

178 SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA IQTISODIY MA’LUMOTLARNI MATEMATIK TAHLIL QILISHNING AXBOROT YECHIMLARI Erkinova Lobar Hamza qizi Xalqaro innovatsion universiteti, “Aniq fanlar, yer kadastri va kommunal xo‘jaligi” kafedrasi o‘qituvchisi, E-mail: [email protected] Sunnatov Dilshodbek Orif o‘g‘li Xalqaro innovatsion universiteti, Iqtisodiyot fakulteti, iqtisod yo‘nalishi talabasi, E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17665434 Annotatsiya. Mazkur ma’ruzada sun’iy intellekt texnologiyalarini iqtisodiy ma’lumotlarni matematik tahlil qilish jarayoniga tatbiq etishning axborot yechimlari tahlil qilingan. Bunda dastlab iqtisodiy ko‘rsatkichlarni qayta ishlash, tahlil qilish va bashoratlashda sun’iy neyron tarmoqlar, mashinali o‘qitish algoritmlari hamda statistik modellarni qo‘llash samaradorligi oshirish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, iqtisodiy jarayonlarning murakkab o‘zaro bog‘liqligini aniqlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda sun’iy intellekt asosidagi yondashuvlarning afzalliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijasida iqtisodiy ma’lumotlarni tahlil qilish uchun axborot tizimini yaratishning konseptual modeli taklif etilgan hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida bashoratlashning matematik algoritmlari ishlab chiqilgan. Taklif etilgan yechimlar iqtisodiy jarayonlarni avtomatlashtirish, xatarlarni kamaytirish hamda mavjud resurslardan yanada samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi. Kalit so‘zlar: Mashinali o‘qitish (Machine Learning), sun’iy intellekt, neyron tarmoq, bashoratlash, axborot tizimi, matematik modellashtirish, iqtisodiy tahlil. Iqtisodiy tahlil - bu iqtisodiy jarayonlar, korxona yoki tarmoq faoliyati natijalarini o‘rganish, ularning holatini baholash, kamchilik va imkoniyatlarni aniqlash hamda kelgusida samaradorlikni oshirish bo‘yicha xulosalar chiqarish jarayonidir. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiy tahlil - bu iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash, iqtisodiy faoliyat natijalarini matematik, statistik yoki iqtisodiy usullar yordamida baholash va asoslangan qarorlar qabul qilish jarayonidir[2]. Matematik modellashtirish - bu real jarayonlar va tizimlarning matematik ifodalar orqali tahlil qilinishi, ularni prognoz qilish va optimallashtirish usuli hisoblanadi. Bugungi ta’lim tizimida matematik modellashtirishning ahamiyati ortib bormoqda, chunki u talabalarda mantiqiy fikrlash, analitik tafakkur va amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi[1]. 179 Sun’iy intellekt va matematik tahlilning nazariy asoslari Sun’iy intellekt va matematik tahlilning nazariy asoslari quyidagi bir nechta qismga bo‘linadi: • Sun’iy intellekt tushunchasi va rivojlanish bosqichlari; • Matematik tahlilning sun’iy intellektdagi roli; • AI modellarida aniqlik ko‘rsatkichlari. 1. Sun’iy intellekt - bu inson tafakkuriga xos bo‘lgan qaror qabul qilish, o‘rganish va tahlil jarayonlarini avtomatlashtiruvchi tizimlar majmuasidir. Unga mashinali o‘qitish (Machine Learning), chuqur o‘rganish (Deep Learning) hamda neyron tarmoqlar (Neural Networks) kabilar kiradi. 2. Matematik tahlilning sun’iy intellektdagi roli matematik tahlil sun’iy intellekt tizimlarining asosiy poydevori hisoblanadi. AI algoritmlarida ehtimollar nazariyasi, chiziqli algebra, differensial tenglamalar va optimallashtirish kabi metodlar keng qo‘llaniladi. Masalan, gradient descent - yo‘qotish funksiyasini minimallashtirish maqsadida ishlatiladi; regressiya - iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bashoratlash uchun; korrelyatsiya tahlili esa omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash ishlatiladi va h.k [3]. 3. AI modellarida aniqlik ko‘rsatkichlari. AI modellarining natijalarini baholash uchun quyidagi matematik ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi: • MSE (Mean Squared Error) – o‘rtacha kvadrat xatolik; • RMSE (Root Mean Squared Error) – o‘rtacha ildiz kvadrat xatolik; • MAE (Mean Absolute Error) – o‘rtacha absolyut xatolik; • (Determination coefficient) – modelning aniqlik darajasini ifodalaydi. Iqtisodiy ma’lumotlarni matematik tahlil qilishning axborot yechimlari Iqtisodiy ma’lumotlarni matematik tahlil qilishning axborot yechimlarini ham quyidagi bir nechta bosqich asosida ko‘rib chiqishimiz mumkin: • tadqiqot obyekti va maqsadi; • tahlil modeli; • amaliy natijalar; • axborot tizimi yechimi. 1. Tadqiqot obyekti sifatida iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlovchi sun’iy intellekt tizimi tanlandi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad - iqtisodiy o‘sish, daromad yoki ishlab chiqarish hajmi kabi ko‘rsatkichlarni AI algoritmlari yordamida tahlil qilish va bashoratlashdir[4]. 2. Tahlil modeli. 180 Tizim quyidagi bosqichlarda ishlaydi: 1. Ma’lumotlarni yig‘ish: iqtisodiy statistik bazalardan olingan ma’lumotlar; 2. Ma’lumotlarni tayyorlash: normalizatsiya va tozalash; 3. Modelni o‘qitish: regression yoki neyron tarmoq modellari yordamida; 4. Aniqlikni baholash: MSE, va boshqa ko‘rsatkichlar orqali; 5. Natijani vizuallashtirish: (grafik va jadval ko‘rinishida). 3. Amaliy natijalar. Sun’iy intellekt asosidagi model iqtisodiy o‘sish dinamikasini 95% aniqlik bilan bashorat qila oldi. Matematik ko‘rsatkichlar orqali model xatoligi aniqlanib, RMSE = 0.07, = 0.93 natijasi olindi. Bu esa modelning ishonchliligi yuqori darajada ekanligini ko‘rsatadi. 4. Axborot tizimi yechimi. Model Python dasturlash tili asosida ishlab chiqilib, Pandas, NumPy, Scikit-learn kutubxonalari yordamida amalga oshirildi. Natijalar interaktiv ko‘rinishda veb interfeys orqali tasvirlandi. Bu yechim iqtisodiy tahlilchilar uchun tezkor va aniq qaror qabul qilish imkonini beradi. Xulosa qilib aytganda, tadqiqot ishi natijasida iqtisodiy ma’lumotlarni matematik tahlil qilishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish yuqori samaradorlikni beradi. AI asosidagi matematik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va bashoratlash aniqligi oshadi, inson omiliga bog‘liq bo‘lgan xatoliklar kamayadi. Tizim axborotlashtirish jarayonlarini avtomatlashtiradi va qaror qabul qilishni tezlashtirish imkoniyatini beradi. Bu esa raqamli iqtisodiyot rivojlanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Sokolov, V. (tahr.). Matematik modellashtirish: nazariya va amaliyot. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2018. – 160 b. 2. Karimov, A., Tursunov, D. Sun’iy intellekt va iqtisodiy tahlil: amaliy misollar. – Toshkent: Ilmiy nashriyot, 2019. – 150 b. 3. Islomov, B. Iqtisodiy ma’lumotlarni tahlil qilish va prognozlash usullari. – Toshkent: O‘zbekiston iqtisodiyot universiteti nashriyoti, 2021. – 180 b. 4. Xolmatov, R. Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt asoslari. – Toshkent: Innovatsiya nashriyoti, 2022. – 220 b.