MAMLAKAT HAYOTIDAGI ISLOHOTLAR TIZIMIGA TA'LIM INNOVATSIYALARINING TA'SIRI
Full text
274 MAMLAKAT HAYOTIDAGI ISLOHOTLAR TIZIMIGA TA’LIM INNOVATSIYALARINING TA’SIRI Shonazarov Jamol Umirzoqovich Xalqaro innovatsion universiteti, “Psixologiya va jismoniy madaniyat” kafedrasi mudiri, dotsent DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17665679 Annotatsiya: Maqolada ta’lim tizimidagi islohotlar, innovatsiyalarning hayotiy ehtiyoj ekanligi, pedagogik tafakkurning rivojlanish taraqqiyotida innovatsiyalarning o‘rni bayon etilgan. Shuningdek, jamiyatda fan va ta’lim tizimi integratsiyasi, yosh avlod tarbiyasida ta’lim innovatsiyalarining o‘ziga xos xususiyatiga oid masalalar keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: pedagogik jarayon, innovatsiya, pedagogik tizim, ta’lim sifati, samaradorlik, o‘qituvchi shaxsi, innovatsion faoliyat, yoshlar tarbiyasi, pedagogik hamkorlik; Аннотация: В статье описаны реформы в системе образования, инновации как жизненная потребность, а также роль инноваций в развитии педагогического мышления. Также были затронуты вопросы, связанные с интеграцией системы науки и образования в обществе, спецификой образовательных инноваций в воспитании молодого поколения. Ключевые слова: педагогический процесс, инновации, педагогическая система, качество образования, эффективность, личность учителя, инновационная деятельность, образование молодежи, педагогическое сотрудничество. Abstrakt: The article describes reforms in the educational system, the fact that innovations are a vital need, and the role of innovations in the development of pedagogical thinking. Also, the issues related to the integration of science and education system in the society, the specific nature of educational innovations in the upbringing of the young generation were mentioned. Keywords: pedagogical process, innovation, pedagogical system, quality of education, efficiency, teacher personality, innovative activity, youth education, pedagogical cooperation. Mamlakatimizda ta’lim islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirib borilayotgan hozirgi davrda ta’lim-tarbiya muassasalarining ham asosiy e’tibori va faoliyat maqsadlaridan biri bu yosh avlodni har tomonlama sog‘lom, ma’naviy va axloqiy, aqliy barkamol shaxs sifatida tarbiyalashni ko‘zlaydi. Bugungi kunda inson ma’naviyatini shakllantirish muammolari ta’lim-tarbiya tizimida o‘ziga xos dolzarb muammo sifatida tadqiqotchilar diqqat markaziga aylangan. Ta’lim-tarbiya tizimiga yangicha yondashish, zamonaviy talablarga xos innovatsiyalarning hayotiy ehtiyoj ekanligi jamiyat hayoti va davlat manfaatlariga daxildor ekanligi barchamizga ayondir. Shu sababli fan va ta’lim tizimi o‘rtasida vujudga kelgan tafovutni bartaraf etish, yosh avlod tarbiyasida innovatsion faoliyat, ijodiy yondashish muhim vazifa ekanligi har bir pedagog-tarbiyachining bugungi kundagi asosiy vazifalaridan biridir. Zero, davlat va jamiyat hayotidagi islohotlar
275 ta’lim va tarbiya jarayonini vakillari faoliyatida innovatsion yondashish zaruriyat ekanligini ko‘rsatmoqda. Shu boisdan jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirishda mustaqil fikrlay oladigan, iymon-irodasi, e’tiqodi mustahkam, shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘unlashtiradigan, erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash har bir pedagogning eng asosiy maqsadi bo‘lmog‘i lozim. Bu borada mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ham o‘z ma’ruzalarida ta’kidlaganidek, "Ta’lim va tarbiya, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sportni rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo‘lishi, chet tillarini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini ta’minlash doimiy ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi” 1 . Yuqorida keltirilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Globallashib borayotgan bugungi dunyoda axborot xavfsizligining oldini olish eng dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda, shuning bilan birga o‘quvchi yoshlarimizni ana shu axborot xavfsizligidan asrash esa nafakat ota-onalardan, balki ta’lim tizimi xodimlaridan kuchli e’tibor va mas’uliyatni talab etmoqda. Yon atrofda sodir bo‘layotgan voqealarni diqqat bilan kuzatar ekanmiz, jahondagi barcha voqelikni yaratuvchisi sifatida ma’naviyat va axloqning birlamchi omil ekanligini his qilish qiyin emas. Albatta, globallashuv jarayonlari davlatlar va xalqlar o‘rtasida integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, ayniqsa ta’lim-tarbiya tizimi sohasida ham o‘zaro hamkorlik aloqalarini ham sezilarli daraja ijobiy rivojlanayotganiligini e’tirof etadi. Ta’limni axborotlashtirish jarayoni va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘qitishning nafaqat tashkiliy shakllari va metodlari o‘zgarishini, balki o‘qitishning yangi metodlarini shakllanishi hamda innovatsion faoliyatimizning o‘sishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida har bir o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligi jarayonida ta’lim maqsadiga erishishda eng maqbul yo‘l noan’anaviy mashg‘ulotlarni tashkil etish bilan bog‘liq. Shu boisdan pedagogik jarayonda innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlardir. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug‘ilib, ta’lim mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo‘ladi. Shuningdek, umuman ta’lim tizimi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 1 SH.M.Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi 2016 yil 7 dekabr.
276 O‘quv jarayonlariga innovatsion yondashish, mashg‘ulotlarni loyihalashtirishda ta’lim mazmunini, ta’lim maqsadi, kutilayotgan natijani aniq belgilash, ta’lim metodlari, shakllari va vositalarini to‘g‘ri tanlash, o‘quvchi va talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashni real mezonlarini oldindan ishlab chiqish, mashg‘ulotga ajratilgan vaqt ichida ularni samarali amalga oshirish va bir-biri bilan uyg‘unlashuviga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir 2 . Zamonaviy pedagogik texnologiya o‘zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bog‘liq xususiy nazariyasiga ega; u birinchi galda o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda qurishga yo‘naltirilgan; o‘qitishning axborotli vositalaridan, didaktik materiallardan, interfaol metodlardan keng foydalanishga asoslangan o‘qituvchi va talabalarning birgalikdagi hamkorligini yanada faollashtirada va ta’limdan ko‘zlangan maqsadga erishishni ta’minlaydi. Pedagogik faoliyat jarayonida o‘quv mashg‘ulotlari qat’iy vaqt meyorlariga rioya etish talab qilinadigan sharoitlarda pedagoglar nafaqat dastur va darsliklarni ixtiyoriy tanlash, balki o‘zlarining pedagogik faoliyatlarida usul va vositalarni tanlashda ham ma’lum chegaralar mavjud edi. Bugungi innovatsion pedagogik faoliyat ijodiy izlanuvchanlik, pedagogik tajriba va tadqiqotchilik xarakteriga ega ekanligi bilan ham e’tiborga loyiqdir. Shuning uchun ham pedagogik jamoalar rahbarlari, ilmiy tadqiqot institutlarining metodik xizmatchilari faoliyatining muhim yo‘nalishi o‘qituvchilar tomonidan yaratilayotgan innovatsiyalarning tahlili va baholanishi, ularning samaradorlarini yaratish va qo‘llash uchun zaruriy sharoitlarni yaratishdan iborat. So‘nggi yillarda pedagogik jarayonga oid islohotlar tizimida ta’lim sifatini oshirish va o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlarida o‘zaro hamkorlikni yanada yaxshilashda innovatsion faoliyatga murojaat etishga majbur qilayotgan asosiy sabab, ta’lim xizmatlarini amalga oshiruvchi barcha tashkilotlar jamoasi duch kelayotgan keskin raqobat sharoitidir 3 . Bugungi kunda pedagogik jamoalar mustaqil ravishda ta’lim tizimida raqobatbardoshlilikni oshirish maqsadida ta’lim-tarbiyada milliy va xalqaro pedagogik tajribalarni o‘rganish, qiyosiy tahlil etishlari ham pedagogik tafakkurni yanada yuksaltirish va rivojlantirishga erishishi pedagogik amaliyotda ko‘zga tashlanmoqda. Aynan ta’lim innovatsiyalari – bu uni tashkil etuvchi ta’lim institutlarigina emas, balki tegishli davlat idoralari tomonidan olib boriluvchi ta’limga oid davlat siyosati, pedagogik va ilmiy-tadqiqot jarayonining moddiy ta’minoti, «jamiyat – shaxs – davlat» munosabatlarida manfaatlarning muayyan 2 Madiyarova S.A. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.– T.: “Iqtisod-moliya”, 2009. 3 Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – T.: Fan, 2006, 42 bet.
277 nisbati hamdir. Shu sababli bir mamlakatda vujudga kelgan va rivojlangan ta’lim tizimini boshqa mamlakatga, o‘zga tarixiy sharoitlarga ko‘r-ko‘rona ko‘chirish mumkin emas. Shuning uchun ham milliy ta’lim tizimida vujudga kelgan ijobiy yutuqlar, to‘plangan tajribalar, ustoz-shogird munosabatlari, milliy pedagogikamizning yutuqlari hamda uzluksiz ta’lim tizimida shakllangan ilmiy maktablarni saqlash bugungi kunning ustuvor vaziflaridan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. SH.M.Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi 2016 yil 7 dekabr. 2. Madiyarova S.A. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.– T.: “Iqtisod-moliya”, 2009. 3. Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – T.: Fan, 2006, 42 bet.