scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QURILISH TASHKILOTLARIDA MATERIALLAR HISOBINING XUSUSIYATLARI

Turdinazarova, Muborak Sirojiddin qizi

Abstract

Ushbu maqolada qurilish tashkilotlarida materiallar hisobi va ularning o‘ziga xos jihatlari yoritilgan. Qurilish sohasining ishlab chiqarish jarayoni uzoq muddatli, ko‘p bosqichli va moddiy resurslardan keng foydalanishni talab qilishi bois, materiallar hisobi buxgalteriya hisobining eng muhim bo‘limlaridan biri hisoblanadi. Maqolada materiallar harakati, ularning hujjatlashtirilishi, baholanishi hamda hisobga olinishi bo‘yicha milliy va xalqaro standartlar tahlil qilingan.

Full text

SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 13 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 36 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17667156 QURILISH TASHKILOTLARIDA MATERIALLAR HISOBINING XUSUSIYATLARI Turdinazarova Muborak Sirojiddin qizi Termiz davlat universiteti “Buxgalteriya hisobi” mutaxassisligi 1-bosqich magistranti muborakturdinazarov[email protected]om ANNOTATSIYA Ushbu maqolada qurilish tashkilotlarida materiallar hisobi va ularning o‘ziga xos jihatlari yoritilgan. Qurilish sohasining ishlab chiqarish jarayoni uzoq muddatli, ko‘p bosqichli va moddiy resurslardan keng foydalanishni talab qilishi bois, materiallar hisobi buxgalteriya hisobining eng muhim bo‘limlaridan biri hisoblanadi. Maqolada materiallar harakati, ularning hujjatlashtirilishi, baholanishi hamda hisobga olinishi bo‘yicha milliy va xalqaro standartlar tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Qurilish tashkilotlari, materiallar hisobi, tovar-moddiy zaxiralar, buxgalteriya hisobi, ishlab chiqarish xarajatlari, qurilish materiallari, hujjatlashtirish, baholash usullari, BHMS, Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlar, inventarizatsiya va hujjatlashtirish. ABSTRACT This article highlights the features of material accounting in construction organizations. Since the production process in the construction sector is long-term, multi-stage, and requires extensive use of material resources, material accounting is considered one of the most important sections of accounting. The article analyzes the movement of materials, their documentation, valuation, and the application of national and international accounting standards in this process. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 13 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 37 Keywords: сonstruction organizations, material accounting, inventories, accounting, production costs, construction materials, documentation, valuation methods, NAS (National Accounting Standards), international standards, inventorytaking. KIRISH. Qurilish sohasi iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lib, unda amalga oshiriladigan ishlar ko‘p miqdordagi moddiy resurslar — xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, energiya manbalari bilan chambarchas bog‘liq. Qurilish tashkilotlarida materiallar hisobining to‘g‘ri tashkil etilishi bajarilgan ishlarning tannarxini aniqlash, foydani hisoblash va moliyaviy natijalarni ishonchli shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qurilish tashkilotlarining moddiy ta’minot bo‘limlari materiallarni o‘z vaqtida va kerakli miqdorda kelib tushishini ta’minlashlari, moddiy javobgar shaxslar ularning sifatini buzmasdan saqlashlari hamda qurilish maydonlariga talab qilingan muddatlarda va miqdorda yetkazib berishlari lozim. Materiallar hisobini to‘g‘ri yuritishning muhim shakllaridan biri - ular qiymatini to‘g‘ri baholash hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Tovar moddiy zaxiralar” nomli 4-son BXMS 1 ga muvofiq qurilish tashkilotlarida materiallarning hisob bahosi bo‘lib ularning tannarxi hisoblanadi va u asosiy normativ hujjat bo‘lib hisoblanadi. Ushbu standartda quyidagi jihatlar keltirib o‘tilgan: -Tovar-moddiy zahiralar tannarx yoki sotishning sof qiymatidan eng kichigi bo‘yicha baholanadi; -Materiallar baholashda FIFO, AVECO (o‘rtacha qiymat) yoki identifikatsiya usulidan biri tanlanadi; -Har bir korxona tanlangan baholash usulini hisob siyosatida belgilab, yil davomida izchil qo‘llashi shart. 1 Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) «Tovar-moddiy zaxiralar» Toshkent sh., 2020 yil 28 may, 24-son.https://lex.uz/docs/4890446 SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 13 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 38 Qurilish tashkilotlarida foydalaniladigan materiallar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: -Asosiy materiallar – sement, g‘isht, qum, shag‘al, armatura, beton qorishmalari; -Yordamchi materiallar – bo‘yoqlar, mixlar, elektr simlar, payvandlash simlari; - mashina va mexanizmlar ta’miri uchun ehtiyot qismlar; -Yoqilg‘i va energiya tashuvchilar – dizel, benzin, gaz, elektr energiyasi; -Qadoqlash va yordamchi vositalar – idishlar, o‘rama materiallar. Bu materiallar ishlab chiqarish jarayonida to‘liq iste’mol qilinadi va o‘z qiymatini to‘liq hajmda bajarilgan ishlar tannarxiga o‘tkazadi. ADABIYOTLAR TAHLILI.O‘zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi Qonuniga 2 muvofiq yuridik shaxslarga mulk huquqida tegishli bo‘lgan Tovar-moddiy zaxiralarni, tugallanmagan ishlab chiqarishlarni, shuningdek kelgusi davrlar xarajatlarini baholash aks ettirish tartibi belgilangan. O‘zbekiston olimlaridan S.V. Vaxidov, A.T. Mahkamboyev va F.T. Temirovlar tomonidan tayyorlangan “Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari” nomli o‘quv qo‘llanmasida ta’kidlanishicha, qurilishda materiallar hisobi bevosita “qurilish-montaj ishlarining tannarxi”ni aniqlashda hal qiluvchi o‘rin tutadi. Ularning noto‘g‘ri baholanishi butun obyekt tannarxiga ta’sir qiladi. NATIJALAR. Qurilish tashkilotlarida materiallar quyidagi bosqichlarda harakatlanadi: 2 Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 13.04.2016 Yildagi O‘Rq-404-Son https://lex.uz/uz/docs/-2931253 SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 13 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 39 1-jadval Materiallar harakati va ularni hujjatlashtirish tartibi № Materiallar harakatini hujjatda aks ettirish Kerakli hisob hujjati nomi 1 Materiallarni sotib olish Yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi 2 Materiallarni omborga kirim qilish “Materiallarni qabul qilish dalolatnomasi” orqali rasmiylashtiriladi 3 Materiallarni ish joylariga berish “Materiallarni berish naryadi” yoki “Limit-faktura” bilan amalga oshiriladi 4 Materiallarni sarfni hujjatlashtirish “Materiallar harakati hisob kartochkasi” asosida yuritiladi 5 Materiallarni inventarizatsiya qilish Hisobot yilining yakunida (1-oktabrdan kechiktirmay), moddiy javobgar shaxs almashganda yoki talofat, o‘g‘irlik, tabiiy ofatlar sodir bo‘lganda majburiy tarzda amalga oshiriladi.. Materiallarni sotib olish jarayonida yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosiy hujjat sifatida xizmat qiladi va ular materiallar qiymatini tan olish hamda hisobga olish uchun asos bo‘la oladi. Omborga kirim qilishda “Materiallarni qabul qilish dalolatnomasi” orqali materiallarning haqiqiy miqdori va sifati tasdiqlash mumkin. Ish joylariga materiallar berilishi “Materiallarni berish naryadi” yoki “Limitfaktura” bilan rasmiylashtirilib, ishlab chiqarish ehtiyojlari bo‘yicha sarflanishini hujjatlashtiradi. Materiallar sarfini hisobga olishda “Materiallar harakati hisob kartochkasi” asosiy hisob hujjati hisoblanib, u materiallarning kirim-chiqim harakati va qoldiqlarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Yil yakunida esa materiallarning mavjudligi, miqdori va qiymati bo‘yicha to‘liq inventarizatsiya o‘tkazilgan bo’lib, bu jarayon natijalari moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladigan SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 13 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 40 ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlaydi. Mazkur tartib materiallar harakatining shaffofligini, hisob ma’lumotlarining aniqligini hamda ularning ichki nazorat tizimi orqali tekshirib borilishini ta’minlashga qaratilgandir. Shu boisdan materiallar harakatini hujjatlashtirish jarayoni korxonaning buxgalteriya hisob siyosatida muhim o‘rin egallaydi va moliyaviy hisobotlarning ishonchlilik darajasini oshirishga xizmat qiladi. Bu shuni ko‘rsatadiki, qurilish tashkilotlarida materiallar hisobini yuritish faqat buxgalteriya masalasi emas, balki u iqtisodiy tahlil, logistika va moliyaviy boshqaruv bilan chambarchas bog‘liqdir. MUHOKAMA.Tadqiqotlarimiz shuni ko’rsatadiki, 2025-yilga kelib O‘zbekistonning ba’zi qurilish tashkilotlarida materiallar hisobi tizimi yetarli darajada takomillashmaganligi ma’lum bo’ldi. Bu sohada ayrim normativ, texnik va tashkiliy muammolar saqlanib qolgan. Jumladan: 1. Ayrim qurilish korxonalarida buxgalteriya va ombor hisobi hali ham qisman qo‘lda yoki Excel jadvallarida yuritiladi. Natijada ma’lumotlarning aniqligi pasayadi, hisobotlar kechikadi, inson omiliga bog‘liq xatoliklar yuz beradi. 2. Bundan tashqari inventarizatsiya tizimi sustligi va inventarizatsiya faqat yil yakunida o‘tkazilishi,materiallar o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi yoki ortiqcha sarflanishiga sabab bo‘ladi Hozirgi kunga qadar ba’zi qurilish tashkilotlarida materiallar hisobini raqamlashtirish, standartlashtirish va avtomatlashtirish ishlari hali to‘liq bajarilmagan bo’lib ushbu sohada BHMS talablari asosida yagona elektron hisobot tizimini yaratish, malakali kadrlar tayyorlash, hamda ichki nazoratni kuchaytirish muhim strategik yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.Agar: 1.Qurilish tashkilotlarida “1C: Qurilish uchun buxgalteriya”, ERP yoki Milliy raqamli buxgalteriya tizimini joriy etilsa ushbu tizimlar materiallar kirim-chiqimini real vaqt rejimida kuzatish, avtomatik tahlil qilish hamda buxgalteriya va ombor hisobi o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlash imkonini beradi. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 13 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 41 2.Materiallar va aktivlar ko‘pligi sababali har chorakda majburiy inventarizatsiya o‘tkazish tizimini va materiallarga QR-kod yoki RFID (radio to‘lqinlar yordamida materiallar,uskunalar va ishchilarni avtomatik aniqlash va nazorat qilish texnologiyasi) belgilarini joriy etish orqali ularni tez va aniq ro‘yxatga olish mumkin. XULOSA. Umuman olganda, qurilish tashkilotlarida materiallar hisobi tizimini raqamlashtirish va inventarizatsiya jarayonlarini avtomatlashtirish ularning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, hisob ma’lumotlarining ishonchliligini oshirish va ichki nazorat tizimini yanada samarali tashkil etishning asosiy omili hisoblanadi. Bu takliflar amalga oshirilsa, qurilish sohasida moddiy resurslardan samarali foydalanish, tannarxni aniqlash va moliyaviy shaffoflikni ta’minlash mumkin deb hisoblaymiz. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI 1.O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni. — Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2016-yil (2023-yil tahriri bilan). 2.BHMS №4 – “Tovar-moddiy zaxiralar hisobi” O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda 110-son bilan tasdiqlangan. 3.IFRS (IAS) 2 – “Inventories” International Accounting Standards Board (IASB), London, 2022. 4. Vaxidov S.V., Mahkamboyev A.T. va Temirov F.T lar tomonidan tayyorlangan “Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari” nomli o‘quv qo‘llanma.