TALABALIK DAVRIGA XOS STRESSOGEN VAZIYATLAR PSIXOLOGIK TADQIQOT PREDMETI SIFATIDA
Full text
332 TALABALIK DAVRIGA XOS STRESSOGEN VAZIYATLAR PSIXOLOGIK TADQIQOT PREDMETI SIFATIDA Egamov Laziz Bayramali o‘g‘li Xalqaro innovatsion universiteti, Psixologiya mutaxassisligi 2-kurs magistranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17667212 Annotatsiya: Ushbu maqolada talabalik davriga xos stressogen vaziyatlar psixologik tadqiqotlar predmeti sifatida o‘rganilayotganligi, jahon psixologiyasi va mamlakatimiz psixologlarining talabalarda stressga barqarorlikni oshirish dolzarb muammolar sifatida qaralayotganligi hamda uning ilmiy yechimlari haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: Stress holati, fiziologik stress, psixologik stress, emotsional zo‘riqish, talabalardagi stressogen vaziyat, stressga barqarorlik, stressning psixologik determinantlari, psixologik diagnostika, koping strategiya, kognitiv, affektiv, konativ yondoshuv. Аннотация: В статье рассматривается вопрос о том, что стрессовые ситуации, характерные для студенческой жизни, изучаются как предмет психологических исследований, что повышение стрессоустойчивости студентов рассматривается мировой и отечественной психологией как актуальная проблема, и о научных решениях этой проблемы. Ключевые слова: Стрессовое состояние, физиологический стресс, психологический стресс, эмоциональное напряжение, стрессовые ситуации у студентов, стрессоустойчивость, психологические детерминанты стресса, психологическая диагностика, копинг-стратегии, когнитивный, аффективный, конативный подход. Abstract: This article discusses the fact that stressful situations typical of student life are being studied as a subject of psychological research, that increasing stress resistance in students is considered an urgent problem by world psychology and our country's psychologists, and its scientific solutions. Keywords: Stress state, physiological stress, psychological stress, emotional tension, stressful situations in students, stress resistance, psychological determinants of stress, psychological diagnostics, coping strategy, cognitive, affective, conative approach. Kelajak uchun yetuk kadrlarlarni tayyorlash masalasini hal etishda bugungi kun talaba yoshlarining nafaqat jismoniy, balki ma‟naviy va ruhiy barkamolligini ta‟minlash ham muhim vazifalardan biridir. Buning uchun ular ruhiyatida sodir bo„layotgan turli xil holatlar va o„zgarishlarni ilmiy tadqiq etish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, kasbiy malakalarni egallayotgan talabalar faoliyati o„zining mazmunma‟nosi bilan hissiy holatlarga to„la bo„ladi. Ular o„z hayot faoliyatlarida, o„qish va bilim olish davomida ko„plab hissiy holatlarni boshdan kechiradilar. Talaba deganda moddiy va ma‟naviy ishlab chiqarishda ijtimoiy hayotga va mutaxassislikka oid rollarni muayyan qoida va maxsus dastur asosida bajarishga
333 tayyorlanayotgan inson yoki shaxsni tushunamiz. Talabalik davri o„spirinlikning ikkinchi bosqichidan iborat bo„lib, u 18 – 25 yoshlarni o„z ichiga oladi. Talabalik yillari inson hayotining eng muhim, mustaqil davri bo„lib, bu davrda ular o„zining ijtimoiy xulq-atvorini belgilashda muhim o„rin tutadigan faoliyat bilan shug„ullanadilar. Talabalik davriga oid tadqiqotlarning ko„rsatishicha, bu davrning o„ziga xos psixologik va yosh xususiyatlari mavjud. Bular ta‟sirchanlik, ochiqlik, shu bilan birga hayotiy tajribalarning yetishmasligi kabilardir. Talabalik davrida uning faolligi kasbiy o„zini anglash, hayotning mazmunini tushunish va jamiyatda o„z o„rnini topishga bo„lgan harakatga yo„naltiriladi. Bizga ma‟lumki, talabaning o„quv faoliyati jarayonida, ayniqsa, sessiya paytida - o„z maqsadiga erishish uchun barcha kuch va motivlari bir maqsadga yo„naltiriladigan zo„riqtiruvchi vaziyatlarda ulardagi hissiyot va kechinmalarning aniq namoyon bo„lishi muhim rol o„ynaydi. Ma‟lum bir hissiyot va kechinmalarni boshdan kechirish esa talaba shaxsining shakllanishiga, uning qarashlari va borliqqa munosabatining o„zgarishiga ham olib keladi. Talabaning o„qish faoliyati bilan o„qitish texnologiyasi o„rtasidagi balansning buzilish holati talabalarda o‘quv stresslarini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, ularning individual jihatlarini hisobga olmasdan o„qitish natijasida o„quv materiallarining o„zlashtirilmasligi, o„zlashtirishning past darajasi, o„qishdagi turli xil muvaffaqiyatsizliklar va boshыa muammolar talabalarning o„ta muhim bo„lgan hayotiy ehtiyojlarini qondirishi yo„lida har xil to„siqlarni keltirib chiqaradi. Bularning barchasi nafaqat kognitiv jihatdan, balki ijtimoiy jihatdan ham talabada o„quv stresslarini keltirib chiqaruvchi omil siftida yuzaga chiqishi mumkin. N.I.Naenko o„zining talabalik davri stresslariga bag„ishlangan qaydlarida talabaning faoliyati emotsional stressdan, ya‟ni qiyin vaziyatlarda yuzaga keladigan zo„riqishlardan holi emasligini, bu holat ularning o„quv faoliyatida javobgarlikning ortishi, aqliy va irodaviy zo„r berish, qattiq charchoqni yengishga harakat qilishda kuchlarning o„ta ko„p sarflanishi bilan bog„liq holda yuzaga kelishini alohida qayd etib o„tadi. Talabada stressga barqarorlik qanchalik past bo„lsa, unda istalgan favqulodda holatlar bilan bog„liq ravishda stressga tushish ham ortib boradi. Stress holatida shaxsning ruhiyatiga bog„liq holda uning xatti-harakatlari ham o„ziga xos tarzda o„zgaradi, unda qo„zg„alishning umumiy reaksiyasi paydo bo„ladi, natijada uning harakatlari tartibsiz ravishda amalga oshishi kuzatiladi.
334 Talabalarda stressga barqarorlikning psixologik determinantlarini o„rganish masalasi qanchalik dolzarb ekanligini anglash uchun stressning shaxsga ko„rsatadigan salbiy ta‟sirini tahlil qilish yetarlidir. Bu salbiy ta‟sir talabalar misolida quyidagicha namoyon bo„ladi: Birinchidan, stress holatiga tushgan organizmda funksional o„zgarishlar yuzaga keladi, buning natijasida turli xil kasalliklarning kelib chiqish ehtimoli ortadi. Stress holati turli xil psixosomatik va hatto nasliy kasalliklarning namoyon bo„lishiga sabab bo„layotganligi so„nggi yillardagi ma‟lumotlarda juda ko„p bor qayd etilmoqda. Keyingi yillarda “Hamma kasalliklarning kelib chiqish sababi – asab” degan iboraning aynan “Hamma kasalliklarning kelib chiqish sababi – stress”, deb o„zgartirilayotganligi ham bejiz emas. Shundan kelib chiqib aytadigan bo„lsak, kelajakning asosiy kuchi bo„lgan talaba yoshlarning stress holatiga tushganda turli somatik va psixosomatik kasalliklarni orttirib olishi jamiyat uchun istalmagan holdir. Ikkinchidan, stressga tushganda shaxs reaksiyalarida o„ziga xos tormozlanish vujudga keladiki, natijada shaxsda faoliyatsizlik holati ustunlik qila boshlaydi. Bu o„z navbatida shaxs bajarayotgan faoliyatga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Ya‟ni o„quv faoliyati jarayonida berilgan vazifani talaba tomonidan bajarishda o„ziga xos qiyinchiliklar, dars vaqtida diqqatini jamlash va taqsimlashning qiyinlashuvi, berilgan materialni eslab qolish va qayta esga tushirish jarayonida xotiraning susayishi kabi holatlar talaba stressga tushganda yaqqol ko„zga tashlanadi. Natijada, talabaning o„zlashtirish darajasi pasayib ketadi. Bu esa o„z-o„zidan ta‟lim samaradorligiga ham jiddiy salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Uchinchidan, shaxsning stress holatiga tushishi uning emotsional holatiga ham salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Bunday holatlar shaxsda tushkunlik, hayotga nisabatan befarqlik, yashashdan charchash kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Bu esa shaxslararo munosabatlarda introvertlik, ijtimoiy moslashuvchanlikning susayishi kabilarga sabab bo„ladi. Bunday salbiy holatlarning talaba shaxsida kuzatilishi uning shaxslararo munosabatlarida – guruhiy va pedagogik jamoa bilan o„zaro munosabatlarida yangi muammolarni keltirib chiqarishi, oqibatda yangi stresslarning vujudga kelishiga asos bo„lishi mumkin. Bunday ketma-ket keluvchi stress holatlaridan chiqib keta olmaslik, ya‟ni stressga barqarorlik sifatlarining yetishmasligi esa talaba shaxsida jamiyat uchun noxush bo„lgan suitsidal xulqni keltirib chiqarishi e‟timoli yuqoridir. E.M.Rutmanning fikricha [5], bunday holatning oldini olish uchun profilaktik ishlarni to„g„ri tashkil qilish lozim. Shuning uchun talabalarning o„qish faoliyati jarayonida ularning stressga barqarorligini oshirish muammosi ilmiy izlanishlar doirasida yetarlicha e‟tibor talab etadigan maslalardan biriga aylanib qolmoqda.
335 Pedagogik psixologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlardan ma‟lumki, pedagogik jarayonda frustratsiya holati ta‟lim-tarbiya ishlarini olib borishga destruktiv ta‟sir ko„rsatadi. Shuningdek, frustratsion tolerantlik talabaning muhim sifatlaridan biri bo„lib, bu uning turli xil qiyinchilik va nizolarga nisbatan qarshi tura olish qobiliyatida ham namoyon bo„ladi. Agar talabalarning frustratsion vaziyatlardagi shaxsiy tolerantligini rivojlantirish asosida ularning stressga barqarorligini oshirish – bugungi ta‟lim tizimining eng muhim vazifalari qatoridan o„rin tutishi maqsadga muvofiq bo„ladi. Talabalar o„qish davomida o„zining butun diqqat-e‟tiborini bilim olishga, ko„nikma va malakalarni o„zlashtirib borishga qaratadi, biroq uning o„quv faoliyatida unga quvvat bag„ishlay oladigan hissiy holatlar bilan birga, maqsadiga to„siq bo„ladigan, uning kayfiyatini buzadigan, g„azablanishiga, tushkunlikka tushishiga sabab bo„ladigan voqealarning ham ro„y berishi tabiiydir. Talabaning kundalik hayotida kuzatilishi ehtimol bo„lgan bu kabi holatlar uning o„z oldiga qo„ygan maqsadiga erishishga bo„lgan intilish va ehtiyojlarining qondirilmaganligi natijasida paydo bo„ladi. Bunday vaqtda talabada stressga barqarorlikning pastligi unda bir qancha salbiy emotsiyalar – alam, qahr, g„azab, jahl, qo„rquv kabi hislar kuzatilishiga asos bo„ladi. Talabalik davriga xos stressogen vaziyatlardan biri sifatida keng o„rganilgan holat – imtihon davri hisoblanadi. Jumladan, Ye.P.Ilin o„z tadqiqotida talabalardagi imtihondan oldingi va keyingi emotsional qo„zg„aluvchanlik holatining o„ziga xos jihatlarini aniqlash maqsadida talabalarni ikki guruhga: imtihondan oldingi paytda xotirjam va emotsional qo„zg„aluvchan talabalarga bo„lib o„rgangan. Muallif bu holatni emotsional qo„zg„aluvchanlikning uzoq vaqt davom etishi organizm uchun istalmagan hol ekanligi sababli sodir bo„lganligini ta‟kidlaydi. Ye.G.Ilin, bunday jarayonda inson xulqida egiluvchanlik ham yo„qolishini va bunday holatda stressogen vaziyatlarga nisbatan noadekvat usulda munosabat (reaksiya) bildirish hamda xavotirlanish aralash nevrotik reaksiyalar kuzatilishi tabiiy hol ekanligini qayd etadi [3]. Ye.P.Ilinning ma‟lumotlarida [3], talabalarda imtihon oldidan o„tkazilgan tadqiqot asosidagi yana bir natija – imtihon oldidan o„zini xotirjam tutgan sinaluvchilarda intellektual mobillik (test yechish jarayonida aniqlik va tezlik) darajasining eng yaxshi ko„rsatkichi imtihondan oldin xavotirlanishi yuqori bo„lgan talabalarga nisbatan solishtirilganda, yuqori natijalarni ko„rsatganligi aniqlangan. Talabalardagi xavotirning rivojlanish bosqichlari F.B.Berezin, L.F.Burlachuk, Ye.Yu. Korjova [1] tomonidan ham o„rganilgan va yoritib berilgan. L.F.Burlachuk,
336 Ye.Yu.Korjova [2] o„z tadqiqotlari natijalariga asoslanib, xavotirning bir qancha bosiqichlarini ajratib ko„rsatishadi. Bular quyidagilar: xavotir mavjudligining eng past bosqichi - diskomfort bilan bog„liq ichki zo„riqishning his etilishida namoyon bo„ladi. Ikkinchi bosqichda salbiy emotsional holat yuzaga keladi. Uchinchi bosqichda esa inson noaniq xavfni his eta boshlaydi. To„rtinchi bosqichda, xavotirning kuchayishi natijasida qo„rquv yuzaga keladi. Beshinchi bosqichda esa inson dahshatga tushadi. Va nihoyat oltinchi bosqichda qo„rquv aralash xavotir ta‟sirida kishi tahlikaga tushadi, uni xulq-atvorning dezorganizatsiyasi maksimum darajaga yetadi. Bu holat o„z-o„zidan shaxsning stress holatini yanada kuchaytiradi [2; 198-b]. Yuqoridagi tahlillarga asoslanib aytish mumkinki, xorij psixologiyasida talabalik davri bilan bog„liq tadqiqotlarda emotsional holatlarning o„rganilishi, ayniqsa talabalik davri stresslari va stressga barqarorlik masalalari rus va o„zbek psixologiyasiga nisbatan ko„proq va kengroq o„rganilgan. O„zbekistonda stress va stressga barqarorlik muammosi aynan psixologik tadqiqot predmeti sifatida unga yondosh bo„lgan tushunchalar - ruhiy inqiroz, tanglik, ruhiy tanglik, asabiy tanglik, suitsidal xulq kabi atamalar bilan uyg„unlikda bir qancha o„zbek olimlari tomonidan tadqiq etilgan. Keyingi o„n yilliklarda bu boradagi ma‟lumotlar G„.B.Shoumarov, E.G„.G„oziev, V.M.Karimova, S.A.Axunjanova, Z.F.Kamalitdinova, R.Samarov, N. Ismoilova, B.Sirliev, N.Kamilova, L.Nazirova, F.E.Gazieva, M. Toshevalar tomonidan o„ziga xos tarzda o„rganilib, ayrim tadqiqot ishlarida bu mavzuga qisman murojaat qilinganligini va yoritilganligini ko„rish mumkin. Professor V.M.Karimovaning ishlarida stressga barqaror shaxslar psixologiyasiga tegishli jihatlarga to„xtalib, quyidagi fikrlarni keltirgan: “Tashqi muhitga moslashuvchan, psixik xususiyatlarida muvozanati mavjud shaxslar o„zgaruvchan muhitning ta‟sirlariga o„zidagi barqarorlik, sabr-qanoat bilan javob berib, har qanday sharoitda ham o„zligini yo„qotmaydi...” [4; 27-b]. O„zbek olimlaridan R.S.Samarovning ishlarida ham stress bilan bog„liq bir qancha ma‟lumotlar tahlil qilingan, xususan “Shaxs stress holatiga tushganda o„z xulq-atvorini qay darajada boshqara olishi yoki o„zini stressli holat-vaziyatda psixologik himoyalashi aynan individual psixologik xususiyatlar bilan belgilanadi” [6; 4-b], deb bildirgan fikri aynan biz o„rganayotgan muammoning dolzarbligini yana bir karra tasdiqlaydi. B.N.Sirliev ham mazkur muammo doirasida ma‟lum bir tahlillarni amalga oshirgan, shulardan biri “...bir xil tashqi hodisalar ayrim odamlar uchun stressogen
337 ta‟sirga ega bo„lishi yoki bo„lmasligi mumkin, shaxsiy kognitiv baholash jarayoni va imkoniyatidan kelib chiqqib, tashqi hodisaning muayyan sub‟ekt uchun ahamiyatiga qarab, stressogen ta‟sir darajasi aniqlanadi” [7; 29-b]. O„zbek psixologlari tadqiqotlarida talabalik davriga xos bo„lgan stress va stressga barqarorlik deyarli tadqiq etilmagan sohalardan biri sifatida qolib kelmoqda. Talabalik davri bilan bog„liq muammolar asosan, shaxsning aqliy, ma‟naviy-axloqiy, kasbiy o„zligini anglashi kabi masalalar bilan bog„liq ravishda, o„zini nazorat qilish, o„zini anglash, o„zini baholash, o„zini boshqarish va individual xususiyatlar bilan bog„liqligi muammolari doirasida tadqiq etilgan. Talabalik davrida stress va stressga barqarorlik bilan bog„liq bo„lgan muammolarni tadqiq etishga bag„ishlangan ilmiy izlanishlar, tanqidiy tahlil va nazariy ma‟lumotlar quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini beradi: Qadimgi manbalarda stressogen vaziyatlarda shaxsning stressga barqarorligi masalasi kishining qiyin, muammoli vaziyatlarda yoki o„ziga yoqmaydigan kishilar bilan suhbat jarayonida sabr-toqati, chidamliligi, bardoshliligi, bag„rikengligi, o„zini o„zi anglashi, baholashi, tarbiyalashi va o„zining xulq-atvori, xatti-harakatlarini nazorat qila olishi bilan bog„liq holda yoritilgan. Stress va stressga barqarorlik muammosi jahonning ko„pgina yirik olimlari tomonidan o„rganilgan bo„lib, bunda stress va stressga barqarorlik tushunchasiga oydinlik kiritish, uning turlari, keltirib chiqaruvchi sabablari, kechishi, namoyon bo„lishi, shuningdek, bu holatlar shaxsning yosh va individual psixologik xususiyatlari, shaxs sifatlari, xulq-atvor, faoliyat jarayoni hamda emotsional holatlari bilan bog„liqlikda kechishi kabi masalalar tadqiqotlarning asosini tashkil etgan. Tadqiqotlarda stressogen vaziyatlarning shaxs salomatligi va ruhiyatiga salbiy ta‟sir etmasligida shaxsdagi stressga barqarorlik (koping strategiya)ning ahamiyati kattaligi alohida qayd etilgan. Talabalik davrida stress va stressga barqarorlik holatlarini tadqiq etish bilan bog„liq ilmiy-nazariy manbalarning o„rganilishi muammo yuzasidan batafsilroq mushohada yuritish imkonini beradi va stressga barqarorlikning rivojlanish dinamikasini o„rganish uchun qulayliklar yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Березин Ф.Б. Психическая и психофизиологическая адаптация человека. - Л.: Наука, 2008. – 184 с. 2. Варданян Б.Х. Механизмы регуляции эмоциональной устойчивости //Категории, принципы и методы психологии. Психические процессы. – М. Дело, 2011. – 194 с. 3. Ильин Е.П. Психофизиология состояний человека. - СПб.: Питер, 2010. - 412 с. 4. Каримова В.М. Саломатлик психологияси. - Т.: Янги аср авлоди. 2005. - 71 б.
338 5. Райгородский Д.Я. Практическая психодиагностика. Методики и тесты. Учебное пособие. - Самара: Издательский. Дом «БАХРАХ-М», 2001. - 672 с. 6. Самаров Р.С. Шахс ва стресс. Ўқув-услубий қўлланма – Тошкент, 2004. – 40 б. 7. Сирлиев Б.Н. Стресс ва агрессия. Ўқув қўлланма. – Т.: ЎзР ИИВ Академияси, 2014. - 120 б.