PEDAGOGIK TA'LIM SOHALARIDA AXBOROT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Full text
347 PEDAGOGIK TA’LIM SOHALARIDA AXBOROT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI Hamroyeva Madina Said qizi Buxoro davlat universiteti axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi, E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17667357 Annotatsiya: Mazkur tezisda pedagogik ta’lim jarayonida axborot va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishning zamonaviy yondashuvlari yoritilgan. Ishda ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni interaktiv shaklda tashkil etish, raqamli vositalar orqali o‘quv jarayonini individuallashtirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli kompetensiyani shakllantirish hamda innovatsion texnologiyalarni ta’lim tizimiga integratsiya qilishning afzalliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: pedagogik ta’lim, raqamli texnologiyalar, axborot tizimi, innovatsiya, interaktiv o‘qitish, raqamli kompetensiya. Аннотация: В данной работе рассматриваются современные подходы к эффективному использованию информационных и цифровых технологий в системе педагогического образования. Анализируются пути повышения качества обучения, организации интерактивного взаимодействия между преподавателем и студентом, а также индивидуализация учебного процесса с использованием цифровых инструментов. Освещены преимущества формирования цифровой компетентности и интеграции инновационных технологий в образовательную среду. Ключевые слова: педагогическое образование, цифровые технологии, информационная система, инновации, интерактивное обучение, цифровая компетентность. Annotation: This thesis examines modern approaches to the effective application of information and digital technologies in pedagogical education. It discusses methods for improving teaching quality, enhancing interactive collaboration between teachers and students, and personalizing the learning process through digital tools. The paper also highlights the importance of developing digital competence and integrating innovative technologies into the educational environment. Keywords: pedagogical education, digital technologies, information system, innovation, interactive learning, digital competence. Bugungi kunda ta‟lim tizimi raqamli rivojlanish jarayoniga moslashib bormoqda. Pedagogik sohada faoliyat yuritayotgan har bir mutaxassis zamonaviy texnologiyalarni chuqur o„zlashtirishi va ularni o„quv jarayonida qo„llay bilishi zarur. Chunki raqamli texnologiyalar ta‟limni faqat qulaylashtiribgina qolmay, balki uni mazmunan boyitadi, interaktiv va samarali qiladi. Shu bois ta‟limda raqamli yondashuvlar o„qitishning yangi bosqichini boshlab berdi. Zamonaviy ta‟lim tizimi axborot texnologiyalarsiz tasavvur etib bo„lmaydi. Bugun pedagogik jarayonlarda
348 kompyuter texnologiyalari, sun‟iy intellekt, raqamli platformalar va ma‟lumotlar tahlili muhim o„rin egallamoqda. Axborot tizimlari ta‟limni boshqarish, nazorat qilish, o„quv ma‟lumotlarini saqlash va tahlil etishda muhim vositaga aylangan. Shu sababli ta‟limda raqamli yondashuvlarni tatbiq etish pedagogik jarayonni takomillashtirishning eng samarali yo„llaridan biri hisoblanadi. Har qanday ta'lim tizimi ma'lum bir ijtimoiy, ilmiy-texnik, iqtisodiy, madaniy va nihoyat, siyosiy muhitda shakllanadi va rivojlanadi. Bu muhitlarning eng ustuvori va ijtimoiy-iqtisodiy omil sanaladi. Ilmiy-texnik taraqqiyot, madaniy va siyosiy muhit ijtimoiy-iqtisodiy o„zgarishlarni rivojlantirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Ta'lim tizimi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishining asosiy vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi, chunki maktab, oliy ta'lim muassasi insonni iqtisodiyot, madaniyat, siyosiy hayotda faol faoliyat ko„rsatish uchun tayyorlaydi. Shuning uchun ham maktab va oliy ta'lim muassasasi ta'limning tayanch bo„g„ini sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot tizimlari va texnologiyalarini ta‟limda qo„llashning maqsadi - o„qitish jarayonini avtomatlashtirish, o„quv resurslarini qulay boshqarish va o„quvchilarning bilimini raqamli tarzda baholash imkoniyatini yaratishdir. Masalan, Hemis,kundalik.com - bu ta‟limni boshqarish tizimi bo„lib, unda o„qituvchi dars materiallarini joylashtiradi, talabalar topshiriqlarni bajaradi va natijalar avtomatik tarzda tahlil qilinadi. Bunday tizimlar zamonaviy raqamli ta‟limning asosiy elementi hisoblanadi. Pedagogik sohada eng samarali texnologiyalar - bu bulutli platformalar, onlayn resurslar va sun‟iy intellekt asosidagi tizimlardir. Bulutli texnologiyalar .Masalan, Google Workspace for Education, Microsoft Teams, Moodle Cloud yordamida o„qituvchi va talaba istalgan joydan dars materiallariga kirish imkoniga ega bo„ladi. Bu esa vaqt va joy chegaralarini bartaraf etadi hamda ta‟lim jarayonining uzluksizligini ta‟minlaydi.Pedagogik ta‟limda axborot texnologiyalarini qo„llashning asosiy maqsadi - o„quvchilarda mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil qilish va ijodiy yondashuv ko„nikmalarini rivojlantirishdir. Raqamli ta‟lim muhiti o„qituvchi va talaba o„rtasida faol muloqotni yo„lga qo„yadi, o„quv jarayonini interaktiv shaklga keltiradi. Buning natijasida talaba faqat bilim oluvchi emas, balki bilim yaratuvchi subyekt sifatida shakllanadi. Raqamli texnologiyalar yordamida o„quv materiallarini individuallashtirish, ya‟ni har bir talabaning o„z tayyorgarlik darajasiga mos topshiriqlarni tanlash imkoniyati yaratiladi. Bu o„z navbatida ta‟lim jarayonida shaxsga yo„naltirilgan yondashuvni ta‟minlaydi.
349 Axborot tizimlarining yana bir afzalligi - bu ma‟lumotlarni saqlash va qayta ishlashning xavfsizligi. Pedagogik jarayonda talabalarning reytinglari, baholari, topshiriqlari va test natijalari ma‟lumotlar bazasida saqlanadi. Bunday tizimlar inson xatosini kamaytiradi va tahlil qilishni avtomatlashtiradi.Ta‟lim sifatini oshirishda sun‟iy intellekt (AI) texnologiyalari ham tobora keng qo„llanilmoqda. Masalan, AI asosida ishlaydigan o„quv platformalari talabalar faoliyatini tahlil qiladi, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlaydi, shunga qarab individual tavsiyalar beradi. Bu esa o„qituvchiga o„quv jarayonini samarali boshqarish imkonini beradi.Shu o„rinda ta‟limda raqamli yechimlarni joriy etishda axborot xavfsizligini ta‟minlash ham muhim ahamiyatga ega. Har bir o„quv tizimi foydalanuvchi ma‟lumotlarini himoya qiluvchi mexanizmlarga ega bo„lishi zarur. Shu sababli, kelajakdagi axborot texnologiyalari mutaxassislari pedagogik tizimlarda ham xavfsizlik standartlarini qo„llashni o„rganishlari lozim. Xulosa qilib aytganda, pedagogik ta‟lim sohalarida axborot tizimlari va raqamli texnologiyalarni qo„llash bugungi kunda zamon talabi bo„lib, ta‟lim sifatini oshirishning muhim omilidir. Raqamli platformalar, bulutli tizimlar va sun‟iy intellekt asosidagi yechimlar ta‟limni avtomatlashtiradi, o„qituvchining ishini yengillashtiradi va talabalar uchun qulay o„quv muhitini yaratadi.Axborot texnologiyalari sohasidagi yutuqlar pedagogik tizimga chuqur kirib kelayotgan bir paytda, har bir o„qituvchi va talaba raqamli kompetensiyani egallashi shart. Shu tariqa, ta‟lim jarayonida axborot tizimlaridan oqilona foydalanish - kelajakdagi innovatsion, raqobatbardosh va texnologik rivojlangan jamiyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Kelajak ta‟limi - bu raqamli tafakkurga ega, texnologiyani o„zlashtirgan va uni insonparvarlik ruhida qo„llay oladigan pedagoglar ta‟limidir. Shu sababli raqamli texnologiyalarni o„quv jarayoniga chuqur integratsiya qilish - zamonaviy pedagogik ta‟limning eng muhim ustuvor yo„nalishlaridan biridir. Ta'limni axborotlashtirish jarayonini rivojlantirishning zamonaviy yo'nalishlarini tahlil qilish, uni jamiyatning kelajakdagi ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy rivojlanish manfaatlaridan kelib chiqib oqilona tashkil etish natijasida murakkab va juda dolzarb ilmiy, tashkiliy va ijtimoiy muammo hisoblanadi. Ushbu muammoni hal qilish uchun ta'lim sohasidagi mutaxassislarning uzluksiz o'zaro hamkorligi, shuningdek, bu o'zaro hamkorlikni davlat tomonidan samarali qo'llabquvvatlash zarur. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ergashev S. M., Abdullayev A. A. Geoaxborot tizimlari va ularni qo„llash asoslari. – Toshkent: TATU nashriyoti, 2020.
350 2. Xudoyberdiyev A., Bozorov O. Axborot texnologiyalari va ularning ta‟lim tizimidagi o„rni. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2019 3. Qosimov B. T., Ibragimov S. A. Ta‟limda raqamli texnologiyalar: nazariya va amaliyot. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2021. 4. O„zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi. Raqamli ta‟lim strategiyasi – 2030. – Toshkent, 2022. 5. Goodchild, M. F. Geographic Information Systems and Science. – Wiley, 2018. 6. Tomlinson, R. Thinking About GIS: Geographic Information System Planning for Managers. – ESRI Press, 2019.