scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ONA TILI DARSLARIDA MATN TAHLILI ORQALI O'QUVCHILARNING TANQIDIY FIKRLASHINI SHAKLLANTIRISH

Raxmatova, Diyora Sayfiddin qizi; Normurodova, Nigora Abdusattorovna

Abstract

Ushbu maqolada tanqidiy fikrlashning ta’lim sohasida qanchalik dolzarb masala ekanligi bilan bir qatorda ona tili darsliklarida berilgan matn orqali hamda uni tahlil qilish orqali o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Tanqidiy fikrlashni shakllantirish borasida berilgan taklif va mulohazalar yoritilib, qo‘shimcha vositalar va amali tahlillar berib o‘tiladi.

Full text

SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 13 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 72 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17668201 ONA TILI DARSLARIDA MATN TAHLILI ORQALI O‘QUVCHILARNING TANQIDIY FIKRLASHINI SHAKLLANTIRISH Raxmatova Diyora Sayfiddin qizi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Pedagogika Unversiteti Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang ich ta’lim) ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich magistranti [email protected] Ilmiy rahbar: Nigora Normurodova Abdusattorovna PhD dotsent ANNOTATSIYA Ushbu maqolada tanqidiy fikrlashning ta’lim sohasida qanchalik dolzarb masala ekanligi bilan bir qatorda ona tili darsliklarida berilgan matn orqali hamda uni tahlil qilish orqali o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Tanqidiy fikrlashni shakllantirish borasida berilgan taklif va mulohazalar yoritilib, qo‘shimcha vositalar va amali tahlillar berib o‘tiladi. Kalit so‘zlar. Tanqidiy fikrlash, tahlil bosqichi, dalillash, asoslash, qiyoslash, kommunikativ yondashuv. АННОТАЦИЯ В данной статье рассматривается актуальность критического мышления в сфере образования, а также вопросы формирования критического мышления у учащихся посредством текста и его анализа. Представлены предложения и SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 13 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 73 мнения по развитию критического мышления, дополненные дополнительными средствами и практическими анализами. Ключевые слова: критическое мышление, этап анализа, аргументация, обоснование, сравнение, коммуникативный подход. ANNOTATION This article examines the significance of critical thinking as a highly relevant issue in the field of education, as well as the process of developing critical thinking skills in students through texts and their analysis. The paper presents suggestions and reflections on fostering critical thinking, supported by additional tools and practical analyses. Keywords: critical thinking, analysis stage, argumentation, justification, comparison, communicative approach. Kirish. Hozirgi kunda o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash ta’limning eng muhim talabi bo‘lib bormoqda. Shunday bo‘lishiga qaramasdan tanqidiy fikrlash bolalarda yetarlicha to‘liq shakllanmagan. Buning sababi esa bolalarda mustaqil fikrlashning rivojlanmaganligi yoki tengdoshlaridan, boshqalardan uyalib o‘zining fikrini erkin bayon qila olmasligi, muallif bergan fikrdan tashqari o‘tolmasligi kabi omillar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham bu masalani aynan ona tili darslarini o‘zidayoq boshlash kerak. Chunki ona tili darslaridagi matnlar bu ko‘nikmani rivojlantirish uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Matn tahlili orqali esa o‘quvchilarni fikrlashga, savol berishga, baho berishga majbur qiladi. Bu ularda tanqidiy fikrlashning dastlabki ko‘nikmalarini shakllantiradi. Lekin matn tahlil qilingani bilan u tanqidiy fikrlashni maqsadli rivojlantirishga asos bo‘ladi degani emas. Shunday bo‘lsa ham tanqidiy fikrlashni o‘stirishning boshlang‘ich poydevori hisoblanadi. Bu fikrlar mulohazalarimizni yanada mustahkamlashi mumkin: “Mutolaa jarayonida kommunikativ yondashuvning roli: SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 13 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 74 1. Mutolaa nafaqat o‘qish bilan cheklanmaydi, balki muloqot va interaktiv faoliyat orqali kuchayadi. 2. O ‘quvchilar matnni o‘qib, uni guruhda muhokama qiladi, savol-javoblarda ishtirok etadi va rol o‘yinlari orqali tilni amaliy qo‘llaydi. 3. Shu bilan o‘quvchilarda tilni real muloqotda qo‘llash, fikr almashish va mustaqil fikrlash ko‘nikmlarini shakllantiradi.” 4. 1 Asosiy qism. Tanqidiy fikrlash inson tafakkurining eng yuksak bosqichlaridan biri bo‘lib, u shaxsning voqelikni chuqur, mantiqiy va dalillangan tarzda idrok etishi, mavjud ma’lumotlarni shubha ostiga olib baholashi, ularni qayta ko‘rib chiqib tahlil qilishi hamda yangi xulosalar shakllantirish qobiliyatini ifodalaydi. O‘quvchilarda mazkur ko‘nikmalarni rivojlantirish ularning intellektual va ijtimoiy faolligi uchun alohida ahamiyatga ega. Chunki bugungi tez o‘zgarayotgan va murakkab axborot makonida mustaqil fikr yurita oladigan, asosli qarorlar qabul qilishga qodir, tanqidiy yondashuvni egallagan shaxslarni tarbiyalash ta’lim tizimining ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. Tanqidiy fikrlashning nazariy asoslari. “Tanqidiy fikrlash —bu o‘quvchining ma’lumotni chuqur tahlil qilish, mavjud dalillarga baho berish, turli nuqtayi nazarlarni solishtirish va asoslangan xulosa chiqarish qobiliyatidir. Bunday fikrlash uslubining shakllanishi o quvchining nafaqat bilim darajasini, balki uning intellektual va ijtimoiy salohiyatini ham rivojlantiradi.” 1 Bu yondashuvga ko‘ra, tanqidiy fikrlash — bu ongning tahlil, baholash, taqqoslash, deduksiya, induksiya, xulosalash kabi aqliy operatsiyalari yig‘indisidir. J. Dewey, P. Facione, R. Ennis kabi olimlar bu 1 Olimova,O. (2025). Mutolaa va tanqidiy fikrlash: O‘quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantirish”. International journal of integrated sciences. 2-b. 1 Yo‘ldoshboyeva, S. (2025). “O‘quvchilarda tanqidiy fikrashni rivojlantirishning pedagogic asoslari”. Yangi O‘zbekiston, Yangi tadqiqotlar jurnali”.954-b SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 13 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 75 yo‘nalishning asoschilari hisoblanadi. R. Ennis va P. Facione ko‘rsatgan asosiy dispozitsiyalar: a) dalillarga asoslanishga moyillik; b) shubha bilan, lekin ochiq fikr bilan yondashish; c) muqobil fikrlarni qabul qilishga tayyorlik; d) xulosaga shoshilmaslik; e) mantiqan izchil izohlashga intilish. Bu nazariya o‘quvchilarning nafaqat bilimi, balki fikrlash madaniyatini ham shakllantirish zarurligini ta’kidlaydi. 2 Maktab o‘quvchilari uchun tanqidiy fikrlash savol bera olish, ma’lumotlarni solishtirish, dalillarni ajrata olish va xulosaga kelish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishda yordam beradi. Matn tahlili orqali tanqidiy fikrlashni shakklantirishning metodik modeli Matn tahili jarayonida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni sistematik, bosqichmabosqich va mustahkam tarzda shakllantrish. Quyida esa bir nechta bosqichlarni sanab o‘tamiz: 1. T - Tahlil bosqichi. Maqsadi: Manni "ochish" - struktur, semantik va pragmatik jihatlarni aniqlash. a) O‘quvchilar 1o‘qishda umumiy mazmun. 2o‘qishda asosiy bayonlar, 3o‘qishda yashirin maʼno va muallif pozitsiyasi. 1. A — Asoslilik. Maqsad: Matndagi iddaolarni va ularga bog‘langan dalillarni xaritalash, manbalarni tekshirish. 2. Q — Qiyoslash va contrast. Maqsad: Alternativ manbalar yoki qarama-qarshi nuqtalar bilan solishtirish orqali fikrni mustahkamlash. 3. D — Dalillash va baholash. Maqsad: O‘quvchi o‘z pozitsiyasini dalillar asosida himoya qiladi va tengdoshlari baholaydi. 2 Robert H Ennis. “A concept of critical thinking”. Harvard Educational Review. 83-97-b. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 13 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 76 4. Hozir esa 5-sinf ona tili darsligidan quyidagi matnni mana shu metodlarga qo‘yib tahlil qilamiz. • Tahlil. Bu bosqichda o‘quvchilar matn mazmunini tushunadi, faktlar va muallif fikrini ajrata boshlaydi. Tanqidiy fikrlashga hissasi: kuzatish, farqlash, asosiy fikrni topish ko‘nikmalari shakllanadi. Matndan chiqqan asosiy ma’lumotlar: SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 13 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 77 Matnning markaziy mavzusi: O‘zbek olimlari yaratgan “Allapinin” dorisi. Yurak tananing eng muhim a’zosi sifatida ta’riflangan. Dori insoniyat uchun katta ixtiro ekanligi aytiladi. O‘zbekiston olimlarining ilmiy mehnati qadrlangani, Beruniy mukofoti berilgani aytiladi. • Asoslash. Bu bosqichda o‘quvchi matndagi asosiy fikrlarni nima asosida aytilganini tushunadi. Tanqidiy fikrlashga hissasi: sabab–oqibatni tushunish, dalilni tekshirish. Muallifning asosiy fikrlari va ularning asosi: Yurak inson tanasida eng muhim a’zodir “Yurak ishlasa, odam tirik bo‘ladi… yashashni ta’minlaydi.” Dorini yaratish zarur edi “Yurakni asrash uchun vositalar yaratilmoqda… ammo boshqa noqulayliklar keltirmasligi kerak.” O‘zbekiston olimlari Allapininni yaratgan “O‘zbekiston olimlari yurak xuruj kasalliklariga malham bo‘luvchi Allapinin degan preparatni kashf etti.” Bu ixtiro qimmatli “Beruniy nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan.” • Qiyoslash. Bu bosqich tanqidiy fikrlashning eng muhim qismi — boshqa ma’lumot bilan taqqoslashni o‘rgatadi. Tanqidiy fikrlashga hissasi: fikrlarni solishtirish, farq va o‘xshashlikni topish, baholash. Misol: O‘quvchilar quyidagicha qiyoslash qilishi mumkin: Qiyoslash savoli: “Allapinin dorisining afzalliklari va mumkin bo‘lgan xavflarini solishtiring.” Yurak kasalligini davolashga yordam beradi Noto‘g‘ri ishlatilsa noqulaylik keltirishi mumkin (matnda aytilgan) O‘zbekiston olimlarining ixtirosi U hali boshqa dorilar bilan qiyoslanganmi — matnda aytilmagan Ko‘p yillik ilmiy izlanish mahsuli Har bir dori ham yon ta’sirga ega bo‘lishi mumkin. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 13 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 78 Bu solishtirish orqali o‘quvchi bir tomonlama fikrlamaslikni o‘rganadi. • Dalillash. Bu bosqichda o‘quvchi matnga nisbatan munosabat bildiradi va o‘z fikrini dalillar bilan isbotlaydi. Tanqidiy fikrlashga hissasi: dalillash, izohlash, baholash, mulohaza yuritish. Matndan kelib chiqib o‘quvchi dalili misol: Savol: Sizningcha, Allapinin dorisi nega katta ilmiy yutuq hisoblanadi? O‘quvchi daliliga misol: “Bu dori yurak xurujini davolaydi, matnda aytilishicha uni yaratishga 10 yildan ortiq ilmiy izlanish ketgan, shuning uchun u juda katta ilmiy yutuq deb o‘ylayman.” Bu javobda dalil + matndan asos bor — bu tanqidiy fikrlashning rivojlanayotgan ko‘rinishi. Yana bir savol: “Muallif matnda dori haqida ijobiy fikr bildirganini qaysi gaplardan bilish mumkin?” Bu orqali o‘quvchi matn ichidagi pozitsiyani aniqlashni o‘rganadi. Tanqidiy fikrlash qanday shakllanadi? Ushbu 4 bosqich natijasida o‘quvchida quyidagi ko‘nikmalar paydo bo‘ladi: • Tahlil – matnni ichiga kirib o‘qish O‘quvchi fakt va fikrni ajratadi, muallif pozitsiyasini sezadi. • Asoslilik – sabab-oqibatni tushunish O‘quvchi: “Nega bunday aytilgan?” degan savol berishni o‘rganadi. • Dalillash – o‘z fikrini isbotlash Fikrni shunchaki aytmaydi, balki matndagi dalil bilan asoslaydi. • Qiyoslash – muqobil fikr topish Bu bosqich tanqidiy fikrlashning eng yuqori ko‘rinishi — o‘quvchi bir fikrga ko‘r-ko‘rona ishonmaydi, qiyoslaydi, baholaydi. Xulosa. Bugungi globallashuv jarayoni va axborotning tezkor almashinuvi sharoitida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish hamda rivojlantirish zamonaviy ta’limning eng muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Tanqidiy fikrlash — bu o‘quvchining bilimni shunchaki yodlab olish emas, balki uni tahlil qilish, SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 13 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 79 solishtirish, asoslab berish va mustaqil xulosa chiqara olish malakasidir. Ushbu kompetensiyani rivojlantirish orqali ta’lim mazmuni yanada boyiydi, o‘quvchilarning fikrlash madaniyati, muloqot qilish ko‘nikmalari va intellektual salohiyati oshadi. “Tanqidiy fikrlashni shakllantirish pedagogikaning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi, chunki u nafaqat bilim olish, balki o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.” 3 Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish jarayonida o‘qituvchining o‘rni juda katta bo‘lib, u o‘quvchilarni faol fikrlashga yo‘naltiradi, ularni savol berishga undaydi hamda muammoli vaziyatlar orqali tahlil qilishga chorlaydi. Bu borada interaktiv metodlar, muammoli ta’lim, bahs-munozaralar, guruhda ishlash kabi usullar muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, tanqidiy fikrlashni tarkib toptirish uchun ochiq va erkin o‘quv muhitini yaratish, muloqotga asoslangan dars jarayoni va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish ham alohida o‘rin tutadi. O‘quvchilarga faqat tayyor javobni emas, balki fikrlash jarayonining o‘zini qadrlashni o‘rgatish lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Ma’murovna, Sh. (2025). “Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning nazariy asoslari”. Central Asian journal of education and innovation. 31-b. 2. Olimova, O. (2025). Mutolaa va tanqidiy fikrlash: O‘quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantirish”. International journal of integrated sciences. 2-b. 3. Robert H Ennis. “A concept of critical thinking”. Harvard Educational Review. 83-97-b. 4. Yo‘ldoshboyeva, S. (2025). “O‘quvchilarda tanqidiy fikrashni rivojlantirishning pedagogic asoslari”. Yangi O‘zbekiston, Yangi tadqiqotlar jurnali”.954-b 3 Ma’murovna, Sh. (2025). “Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning nazariy asoslari”. Central Asian journal of education and innovation. 31-b.