Full text
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 137 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us ZAMONAVIY ADABIYOTDA AYOL OBRAZI UNIVERSITET:O`zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti ILMIY RAHBAR:Begmatova Sohiba Mustafayevna,filologiya fanlari bo`yicha falsafa fanlari doktori,PHD TADQIQOTCHI:Odiljanova Ruxshona Ulug`bekovna,Xorijiy til va adabiyoti 2fakulteti 1-kurs talabasi TELEFON RAQAM:+998931462418 Annotatsiya:So`nggi yillarda adabiyotimizda ayol obrazi turli xil talqin qilinmoqda.Ayolning ichki dunyosi,psixologiyasi va jamiyatdagi o`rni zamonaviy adabiyotlarda yaqqol aks etadi.Ushbu maqolada “ayol”obrazining badiiy talqini,jamiyatdagi ma`naviy va ruhiy qiyofasi zamonlar osha qay yo`sinda tasvirlangani tahlil qilinadi.Sir emaski,ayollik masalalari,gender tengligi,ayolning ijtimoiy roliga bo`lgan e`tibor keskin ortib borishining guvohi bolmoqdamiz.Tahlil davimida modernizmda ayollik va va uning ko`p qirrali dunyosi yoritib beriladi.Tadqiqot natijalari ayol obraziga turli tomonlardan yondashib baholashga,ayollik konsepsiyalarining yillar davimida qanday o`zgarishlarga uchragani va yozuvchi uslubining bu jarayonga ko`rsatgan ta`sirlarni ko`rib chiqishga imkon yaratadi. Kalit so`zlar:gender tengligi,,psixologik tahlil,feminizm,ijtimoiy stereotiplar. Mustaqillikdan so`ng ayollar masalasi,ularning badiiy talqini adabiyotning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi.Bu davrda ayollarga bo`lgan qarashlar tubdan o`zgardi:ularni shunchaki ijtimoiy mehnat subyekti yoki oila bekasi sifatida emas, balki murakkab psixologik va ruhiy dunyoga ,jamiyatda ajralmas o`ringa ega va o`z orzu-maqsadari tomon intiluvchan yetuk shaxs sifatida gavdalana boshladi.Badiiy adabiyotda ayol mustaqil fikr yurituvchi,shaxsiy maqsadlarga ega bo`lgan to`laqonli yetuk shaxs sifatida gavdalanishi ijtimoiy hayotda ularning ro`li,gender tengligi masalalarining kengayishining dolzarb masalaga aylanishiga olib keldi.Adbiyotshunoslikda ayol sabtoqat,mehr-oqibat,sadoqatli umr yo`ldoshi kabi timsollar sifatida tasvirlangan.Biroq zamon o`zgarishi ta`sirida ular yanada kengroq qamrovda shakllana boshlandI.Endilikda ayol shunchaki maishiy hayot timsoli emas,o`z taqdirini belgilashga intiluvchi mustaqil shaxs sifatida yoritila boshladi.Bu obraz insoniylikning turli jabhalaridagi ijtimoiy munosabatlarni yoritish uchun vositaga aylandi.Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi o`zbek adabiyotida ayolning badiiy talqinini
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 138 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us yoritish,uning uziga xos dunyosining estetik jihatlarini ochib berish va jamiyatning ajralmas qismiga aylanib ulgurgani va ularning qaay darajada hayot balansi uchun muhim rol oynashini ijodkorlar talqinida tahlil qilishdir.Natijalar ijtimoiy qatlamda ayolning o`rni naqadar beqiyos ekanini anglashga yordam beradi. O`zbek adabiyotida ayol obraiz XX arsning ikkinchi yarmida keskin o`zgarishga uchradi:an`anaviy ayol obrazini individualism qarashlariga ega bo`lgan obraz egallay boshladi.Bu esa o`z ornida zamonaviy adabiyotda feministik adabiyotshunoslik nazariyalarining shakillanishiga olib keldi Bu nazariyalar ayol identiteti,jamiyatdagi ro`li,shaxsiy erkinligi orqali tahlil qilinadi.Jahon adabiyotida bu nazariyalar Simona de Bovuar va Judit Batler ijodida yaqqol ko`rinadi.Unga ko`ra ayol-shaxsiy identitet ya`ni birlik,shaxsiy erkinlikka ega bo`lgan jamiyatning ajralmas bo`lagidir.Nafaqat jahon ,balki o`zbek zamonaviy adabiyotida ham ayol obrazining beqiyosligi va erkinligi go`zal misralar orqali yoritiladi.Zulfiyaning:”Uni farishtalar ham qo`riqlaydi”, deya berilgan ta`rifida ayolning klassik,an`anaviy timsoli sadoqat, mehribonlik va ma`naviy poklik orqali gavdalantirilsa,Saida Zunnunovaning sheriyatida ayolning jamiyatdagi o`rni va erkaklar bilan tenglik masalalae ko`tariladi.Zamonaviy hikoyalar orasida ham ayolning o`z haq-huquqi uchun kurashuvchi mustaqil shaxs sifatida tasvirlagan ijodkorlar ham uchraydi.Jumladan,Nurilla Cho`qiboyning “Ayol joni” hikoyasi gapimizning yaqqol misolidr. An`anaviy badiiy adabiyotda ayol obrazi,asosan,ona timsolida gavdalantiriladi.Xususan,To`g`ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asarida onaning fidoiyligi,ayolning oilaviy hayotdagi sabr-matonati asosiy g`oya sifatida beriladi.Zamonaviy o`zbek adabiyotida esa fidoiylik o`z o`rnini shaxsiy erkinlikka,sabr-toqat esa o`z manfaatlarining jamiyatdan ustun qo`yilishiga bo`shatib berdi.Kate Cholpinning “Uyg`onish” asari g`arbda erta feministik asarlardan biri bo`lib,Edne Pontelye-oilaviy stereotiplarga zid ravishda o`z erkinligini izlaydigan ayol qahramon muhokama markazida bo`ladi.Feminizm falsafasining asosiy matni sifatida Virginia Wolfning “Shaxsiy xona” asaridagi quyida ayol ijodkorining jamiyatdagi o`rniga quyidagicha ta`rif beradi”Ayolning ijod qilishi uchun pul va o`z xonasi bo`lishi kerak”.Zamonaviy feminizmning eng ta`sirli ifodalaridan bo`lgan Margaret Atvud asarlarida ayol huquqlari,tanlov erkinligib patriarxal jamiyatning zulmi keskin tanqid ostiga olinadi.Ushbu asarlar ayollarni tarix davomida “ikkinchi jins”sifatid ako`rish sabablarini tahlil qiladi.Ko`rinib turibdiki,ayol obrazi yillar davomida nafaqat badiiy talqinda,balki ijtimoiy talqinda ham turli o`zgarishlarga uchragan. Ushbu keng qamrovli va ilmiy tadqotdan olingan xulosalar shuni ko`rsatadiki,istalgan millat va madaniyat doirasida ayol obrazining yangi,murakkab va ko`p qatlamli talqini
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 10, 2025 139 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us ayol shaxsinijng ijtimoiy mavqei,ma`naviy olami va individual erkinligi markaziy o`rinni egallab ulgurdi.Bu esa ayol obrazining global miqyosda gender tengligi g`oyalari inson huquqlari,feministic yondashuvlar va ayol ijodkorlarning adabiyotga kirib kelishi bilan chambarchas bog`liqdir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.Murod,T.Otamdan qolgan dalalar. Toshkent.Sharq,2019. 2.Mirzayeva,M.”Zamoaviy o`zbek adabiyotida ayol obrazi poetikasi”.Adabiyotshunoslik jurnali,2022. 3.Ahmedova,N.”O`zbek adabiyotida ayol obrazining o`zgarish tendensiyalari”.- O`Zmu Ilmiy axboroti,2021. 4.Saidova,M,”Zamonaviy romanlarda ayol identiteti masalasi”.-Jahon adabiyoti jurnali,2023. 5.Beauvoir,S.de.The second sex.New York:Vintage Books,2011. 6.Woolf,V.A Room of One,s own.London:Penguin Classics,2002. 7.Atwood,M.The Handmaid`s Tale.Anchor Books,1998. 8.Chopin,K.The Awakening.Dower Publications,1993.