CHO'L YAYLOVLARI TUPROQLARINING DEGRADATSIYASI: SABABLAR, OQIBATLAR VA TIKLASH IMKONIYATLARI
Full text
661 UO‘T: 631.67:631.4+631.95 CHO‘L YAYLOVLARI TUPROQLARINING DEGRADATSIYASI: SABABLAR, OQIBATLAR VA TIKLASH IMKONIYATLARI Tursinbayev Mirzabek Urinbay uli, tayanch doktorant E-mail: [email protected] Saidova Munisa Ergashevna, biologiya fanlari doktori (DSc), professor E-mail: [email protected] Toshkent davlat agrar universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17676078 Annotatsiya. Ushbu maqolada cho‘l yaylovlari tuproqlarining degradatsiya jarayonlari, ularning asosiy sabab va oqibatlari hamda tiklash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tuproq degradatsiyasi asosan iqlimning keskin o‘zgarishi, yaylovlardan tartibsiz foydalanish, chorva mollarining me’yorsiz boqilishi va boshqa antropogen omillar bilan bog‘liq. Degradatsiyaga uchragan tuproqlar hosildorligini oshirish va ularning sifatini tiklashda istiqbolli ozuqabop o‘simliklarni ko‘paytirish, fitomelioratsiya tadbirlari muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, maqolada yaylovlardan oqilona foydalanish va ularni barqaror rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar keltirilgan. Mazkur tadqiqot natijalari cho‘l va yarim cho‘l hududlarida tuproq resurslaridan samarali foydalanish, ekotizimlarni saqlash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: ozuqabop o‘simliklar, yaylovlar degressiyasi, tabiiy o‘simlik qoplami, qumli-cho‘l tuproqlar, meliorativ tadbirlar, mahsuldorlik, hududning tabiiy-iqlim sharoitlari. Аннотация. В данной статье анализируются процессы деградации почв пустынных пастбищ, их основные причины и последствия, а также возможности восстановления. Результаты исследования показывают, что деградация почв в основном связана с резкими изменениями климата, нерациональным использованием пастбищ, бесконтрольным выпасом скота и другими антропогенными факторами. Для повышения плодородия деградированных почв и восстановления их качества важную роль играет внедрение перспективных кормовых растений и проведение фитомероприятия. Кроме того, в статье представлены научно обоснованные рекомендации по рациональному использованию пастбищ и их устойчивому развитию. Полученные результаты способствуют эффективному использованию почвенных ресурсов в пустынных и полупустынных зонах, сохранению экосистем и обеспечению продовольственной безопасности. Ключевые слова: кормовые растения, деградация пастбищ, природный растительный покров, песчано-пустынные почвы, мелиоративные мероприятия, продуктивность, природноклиматические условия региона. Abstract. This article analyzes the processes of soil degradation in desert pastures, their main causes and consequences, as well as the possibilities for restoration. The study results indicate that soil degradation is primarily associated with drastic climate changes, irrational pasture use, uncontrolled livestock grazing, and other anthropogenic factors. The introduction of promising fodder plant species and the implementation of phytomelioration measures play a crucial role in enhancing the fertility of degraded soils and restoring their quality. The article also provides scientifically based recommendations for the rational use and sustainable management of pastures. The findings contribute to the efficient utilization of soil resources in desert and semi-desert areas, the preservation of ecosystems, and the assurance of food security.
662 Keywords: fodder plants, pasture degradation, natural vegetation cover, sandy-desert soils, melioration measures, productivity, regional natural-climatic conditions. Kirish. So‘nggi yillarda global iqlim o‘zgarishining jadallashuvi, yog‘in miqdorining kamayishi va haroratning ortib borishi qurg‘oqchil hududlarda ekologik muvozanatning buzilishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, cho‘l va yarim cho‘l mintaqalarida joylashgan yaylovlar bundan eng ko‘p zarar ko‘rayotgan ekotizimlardan biridir. Ushbu hududlarda iqlim omillari bilan bir qatorda, inson faoliyati, xususan yaylov yerlardan tartibsiz va nazoratsiz foydalanish, chorva mollarining me’yordan ortiq boqilishi, suv resurslaridan samarasiz foydalanish natijasida yaylovlarning degradatsiyasi jarayoni jadallashmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi 25,6 million gektar yaylov maydonlarining 20 foizi turli darajada degradatsiyaga uchragan, 30 foizida o‘simlik qoplami butunlay yo‘qolgan. Shuningdek, 2 million gektarga yaqin sug‘oriladigan yerlarning 45 foizi sho‘rlanish jarayoniga duchor bo‘lgan, 69 foiz yerlar esa 1 foizdan kam gumus miqdoriga ega. Ushbu ko‘rsatkichlar mamlakatda yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va ularning ekologik holatini yaxshilash zarurligini yaqqol ko‘rsatadi. 1 Bu borada yaylov yerlari holatini yaxshilash va mahsuldorligini oshirish masalalari qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi [1, 6, 8]. Dunyo miqyosida cho‘l yaylovlarida kechayotgan degradatsiya, cho‘llanish va qurg‘oqchilik jarayonlarining jadalligi o‘sib bormoqda. Shu munosabat bilan yaylovlarning tabiiy va antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishini aniqlash, baholash hamda kelgusidagi holatini bashorat qilishga doir ilmiy tadqiqotlar keng yo‘lga qo‘yilmoqda. Degradatsiyaga uchragan yaylov tuproqlarini tiklash, ularning mahsuldorligini va biologik xilma-xilligini oshirish, shuningdek, yaylov yerlaridan samarali foydalanish bo‘yicha ilg‘or tajribalar ishlab chiqilmoqda. Shundan kelib chiqib, cho‘l yaylovlari tuproqlaridan oqilona va ilmiy asoslangan tarzda foydalanishni tashkil etish orqali qurg‘oqchil hududlarda ozuqabop o‘simliklar yetishtirish samaradorligini oshirish, ushbu ekotizimlarni muhofaza qilish va barqaror rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda degradatsiyaga moyil yerlarni aniqlab, ularni asrash bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. 1 https://www.fao.org/countryprofiles/news-archive/detail-news/ru/c/1732716/
663 Bu borada, cho‘l va yarim cho‘l zonalarida joylashgan yaylovlarning degradatsiya jarayonlarini o‘rganish, ularning sabablarini aniqlash, ekologik holatini baholash hamda tiklashning ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mazkur tadqiqotda Nurota tumani misolida cho‘l yaylovlari tuproqlarining degradatsiyaga moyilligi, ularning hozirgi holati va unumdorligini tiklash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Materiallar va uslublar. Tadqiqot obyekti sifatida Navoiy viloyati Nurota tumani cho‘l yaylovlarida tarqalgan qumli-cho‘l tuproqlari tanlangan. Natijalar va munozara. Qurg‘oqchil mintaqalar, jumladan cho‘l va adir hududlari mamlakatimizda eng arzon va tabiiy ozuqa manbai bo‘lgan yaylovlardir. Biroq, bu yer turlaridan samarali foydalanishda qator muammolar mavjud. Eng avvalo, cho‘l yaylovlarining hosildorligi nihoyatda past (o‘rtacha 1,5–3,6 s/ga atrofida) bo‘lib, u yil fasllari va iqlim sharoitiga qarab keskin o‘zgarib turadi. Hozirgi davrda cho‘llanish jarayoni global miqyosdagi ekologik muammolardan biriga aylanib bormoqda. E.Nasirov va M.Urakovlarning [3] ma’lumotlariga ko‘ra, bu jarayonlarni o‘rganishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi Mo‘ynoq massivi hamda O‘zbekistonning turli tipdagi, degradatsiyaga uchragan cho‘l ekotizimlari tadqiqot manbai sifatida katta ahamiyat kasb etadi. Qaysiki, cho‘llanish jarayonining kuchayishi cho‘l yaylovlarining ekologik va xo‘jalik ahamiyatini pasaytiruvchi asosiy omillardandir. Mazkur salbiy jarayonlarning oldini olish va mavjud muammolarni hal etish uchun cho‘l yaylovlarining hosildorlik darajasini aniqlash, ularning holatini muntazam monitoring qilish, shuningdek, turli ekologik tiplarga mansub yaylovlarning geobotanik va fitotsenologik xususiyatlarini o‘rganish zarur. Monitoring natijalarini tahlil qilish asosida yaylovlardan oqilona va ilmiy asoslangan tarzda foydalanish usullarini ishlab chiqish esa ushbu hududlarda degradatsiya jarayonlarini kamaytirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki turli darajada inqiroz holatiga kelib qolgan yaylovlarni tiklashda istiqbolli ozuqabop o‘simlik turlari va ularning seleksion navlari ishtirokida amalga oshiriladigan fitomelioratsiya ishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday tadbirlar nafaqat yaylovlarning hosildorligini oshiradi, balki mavjud maydonlarni yangi, oziqaviy qiymati yuqori o‘simlik turlari bilan boyitish imkonini ham yaratadi. Bu borada O‘zbekistonning cho‘l zonalarida joylashgan yaylovlarning o‘simlik qoplami, ularning hozirgi ekologik holatini kompleks baholash, resurslardan oqilona foydalanish hamda degradatsiya jarayonlarini kamaytirish masalalari bo‘yicha bir qator ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Ushbu izlanishlar
664 cho‘l yaylovlarini barqaror rivojlantirish va ularning unumdorligini saqlashda ilmiy asoslangan yondashuvlarning muhimligini ko‘rsatadi. Mazkur muammolar bo‘yicha qator olimlar tomonidan ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Jumladan, Maxmudov [2], Raximova va b. [5], Xalilov va b. [7] larning ilmiy ishlari shular jumlasidandir. Ushbu tadqiqotlar natijasida O‘zbekiston cho‘l yaylovlarining fitotsenologik xilma-xilligi, o‘simlik assotsiatsiyalarining tarkibiy o‘ziga xosliklari, ularning hosildorlik dinamikasi hamda o‘simlik qoplamining tabiiy qayta tiklanish qonuniyatlari aniqlangan. Shuningdek, chorva mollarining intensiv boqilishi natijasida yaylov ekotizimlarida yuz beradigan o‘zgarishlar, o‘simlik qoplami tanazzuliga sabab bo‘luvchi asosiy omillar ham ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Mazkur ilmiy izlanishlar natijalari cho‘l yaylovlaridan oqilona foydalanishning ekologik va iqtisodiy jihatdan samarali tizimlarini ishlab chiqish uchun muhim ilmiy asos yaratgan. Xulosa va tavsiyalar. Ushbu tadqiqot natijalari cho‘l va yarim cho‘l hududlaridagi yaylovlarning tuproq resurslari degradatsiyasi, uning asosiy sabab va oqibatlarini tizimli ravishda tahlil qilish imkonini berdi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, asosiy salbiy omillar qatoriga iqlimning keskin o‘zgarishi, yaylovlardan nazoratsiz foydalanish, chorva mollarining me’yordan ortiq boqilishi hamda boshqa antropogen ta’sirlar kiradi. Degradatsiyaga uchragan yaylovlarda hosildorlikni oshirish va o‘simlik qoplamasini tiklashda istiqbolli ozuqabop o‘simlik turlarini ko‘paytirish va fitomelioratsiya tadbirlari samarali vosita hisoblanadi. Shuningdek, maqolada yaylovlarning geobotanik va fitotsenologik xususiyatlarini o‘rganish, ularni monitoring qilish hamda oqilona va ilmiy asoslangan foydalanish tizimlarini ishlab chiqishning ahamiyati ta’kidlangan. Mazkur tadqiqot natijalari O‘zbekiston cho‘l yaylovlarida tuproq resurslaridan samarali foydalanish, ekotizimlarni saqlash va barqaror rivojlantirish, shuningdek oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy asos yaratadi. Umuman olganda, bu kabi yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar cho‘l yaylovlarining ekologik holatini yaxshilash va ularning iqtisodiy, ijtimoiy ahamiyatini saqlash uchun amaliy va ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
665 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Ismoilov M., Ibragimov J. Adir yoylovlar hosildorligini oshirishning muhim tadbiri // Agro ilm. Ilmiy amaliy jurnal . – Toshkent, 2015. - №5 [37]. – B.46-47 2. Maxmudov M.M. Inqirozga uchragan cho‘l yaylovlarini yaxshilashning ekologik asoslangan texnologiyasi Toshkent., 2005. – B.12. 3. Nazarov X.T., Valieva Sh.I., Xudoyarova Sh.Sh., Orifjonova I.O. Yaylovlarda cho‘llanishning geoekologik oqibatlari va uning oldini olish choralari // Cho‘llanish muammolari: dinamika, baholash, yеchim. Samarqand, 2019. 329-332-b. 4. Parpiyev T., Davronov O., Norkulov M., Akramov I., Abdullayeva M., Bagbekov K., Tokhirov K., Tokhirov T., Iminov U., Tojiev Z., Musurmankulov Z. Degradatsiyaga uchragan yеrlar va ularni rekultivatsiyalashga qaratilgan taklif va tavsiyalar // International scientific journal science and innovation special issue April 6, 2024 598-607 b. 5. Raximova T., Shomurodov H.F., Vohidov Yu.S., Adilov B.A., Raximova N.K., Mayinov Sh.Q. O‘zbekiston cho‘l yaylovlari hozirgi holati va ulardan oqilona foydalanish.Toshkent, «Navro‘z nashriyoti», 2018. 179 b. 110 6. Tangirov A. Cho‘l yaylovlaridan foydalanish samaradorligini oshirish // Agro ilm. Ilmiy amaliy jurnal . – Toshkent, 2016. - №5 [43]. – B.28-29 7. Xalilov X.X., Bekchanov B., Mamatovlar T.O. Adir mintaqasida yaylovlar hosildorligini aniqlash tajriybalari // Chorvachilok va naslchilik ishi. Ilmiy amaliy jurnal. – Toshkent, 2021. - №04. – B.35-36. 8. Xolto‘rayev Sh., Muxammadiyev Q. Cho‘l hududlarida o‘rmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi tashkil etildi // O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi. Ilmiy ommabop jurnal. - Toshkent, 2021. - №6. – B.24