scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

FIRIBGARLIK JINOYATINING HUQUQIY BELGILARINI ANIQLASH

Nazarov Raxim Toshtemirovich

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida nazarda tutilgan firibgarlik jinoyatining huquqiy belgilariga ilmiy-huquqiy tahlil berilgan. Firibgarlikning mazmuni, uning tarkibiy elementlari obyekt, obyektiv tomoni, subyekt va subyektiv tomoni amaldagi qonunchilik hamda sud amaliyoti misolida yoritiladi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 626 FIRIBGARLIK JINOYATINING HUQUQIY BELGILARINI ANIQLASH Nazarov Raxim Toshtemirovich Termiz davlat universiteti «Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi» kafedrasi oʻqituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17682651 Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168moddasida nazarda tutilgan firibgarlik jinoyatining huquqiy belgilariga ilmiy-huquqiy tahlil berilgan. Firibgarlikning mazmuni, uning tarkibiy elementlari obyekt, obyektiv tomoni, subyekt va subyektiv tomoni amaldagi qonunchilik hamda sud amaliyoti misolida yoritiladi. Kalit so‘zlar: firibgarlik, aldash, ishonchni suiiste’mol qilish, jinoyat tarkibi, mulkiy zarar, subyekt, subyektiv tomon, sud amaliyoti, huquqiy baholash. Аннотация. Ушбу мақолада Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 168моддасида назарда тутилган фирибгарлик жиноятининг ҳуқуқий белгиларига илмийҳуқуқий таҳлил берилган. Фирибгарликнинг мазмуни, унинг таркибий элементлари объект, объектив томони, субъект ва субъектив томони амалдаги қонунчилик ҳамда суд амалиёти мисолида ёритилади. Калит сўзлар: фирибгарлик, алдаш, ишончни суиистеъмол қилиш, жиноят таркиби, мулкий зарар, субъект, субъектив томон, суд амалиёти, ҳуқуқий баҳолаш. Abstract. This article provides a scientific and legal analysis of the legal features of the crime of fraud, provided for in Article 168 of the Criminal Code of the Republic of Uzbekistan. The content of fraud, its structural elements, object, objective side, subject and subjective side are illustrated by the example of current legislation and judicial practice. Keywords: fraud, deception, abuse of trust, elements of the crime, property damage, subject, subjective side, judicial practice, legal assessment. KIRISH Bozor munosabatlari kengayib borayotgan, raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan hozirgi sharoitda mulkiy munosabatlarning daxlsizligi va xavfsizligini ta’minlash davlatning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Mulkka qarshi qaratilgan jinoyatlar ichida firibgarlik eng ko‘p uchraydigan, sodir etilish usullari xilma-xil bo‘lgan va jamiyat uchun yuqori ijtimoiy xavf tug‘diruvchi jinoyat turlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168moddasi firibgarlikni “aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan begona mulkni qo‘lga kiritish” sifatida belgilaydi. Mazkur norma jinoyatning aniq huquqiy belgilari, tarkibiy elementlari va javobgarlik choralarini belgilab berish orqali ushbu turdagi jinoyatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashishning huquqiy asosini yaratadi. Firibgarlik jinoyati ijtimoiy munosabatlar tizimida nafaqat mulkiy zarar yetkazadi, balki fuqarolarning davlat institutlariga bo‘lgan ishonchini susaytiradi, iqtisodiy muhit barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda raqamli platformalar, onlayn savdo, bank-moliya xizmatlari va elektron to‘lov tizimlarining keng qo‘llanilishi firibgarlikning yangi ko‘rinishlarini yuzaga keltirmoqda. Shu sababli, firibgarlikning huquqiy tabiatini, uning tarkibiy belgilari va huquqiy baholash mexanizmlarini chuqur tahlil qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, firibgarlik va o‘g‘irlik jinoyatlarini farqlash huquqiy sharhda alohida yoritiladi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 627 O‘g‘irlikda mulk noqonuniy ravishda tortib olinadi, jabrlanuvchining roziligi talab qilinmaydi. Firibgarlikda esa jabrlanuvchi mulkni o‘z ixtiyori bilan beradi, lekin bu ixtiyor aldov va ishonchni suiiste’mol qilish orqali shakllanadi. Shu nuqta firibgarlikni mulkiy jinoyatlar orasida o‘ziga xos qiladi. Firibgarlik jinoyati tarkibi ikki asosiy tomondan iborat: obyektiv va subyektiv. Obyektiv tomon firibgarning harakatlari, soxta hujjatlar, aldash usullari va mulkka yetkazilgan zarar bilan bog‘liq bo‘lsa, subyektiv tomon uning qasd va oldindan rejalashtirilgan harakatlarini o‘z ichiga oladi. Sud amaliyotida jinoyatni malakalashda jabrlanuvchining roziligi, firibgarning niyati, sodir etilgan jinoyat oqibatlari va usullari tizimli ravishda baholanadi. Sud amaliyotida firibgarlikning eng ko‘p uchraydigan turlari: uy-joy oldi-sotdisi, chet elga ishga jo‘natish yoki o‘qishga kiritish bahonasi, internet va raqamli firibgarlik, moliyaviy piramidalar va tez boyib ketish va’dalari. Sudlar har bir ishni batafsil tahlil qilib, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar, jinoyatni sodir etishdagi firibgarning roli va jinoyatning oqibatlarini inobatga oladi. Jinoyat kodeksida firibgarlik uchun jazo chorasi jinoyatning og‘irligi va sodir etilish sharoitlariga bog‘liq. Oddiy firibgarlik uchun 2–5 yil, yirik miqdordagi firibgarlik yoki uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan holatlarda 8–10 yil ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan. Shu bilan birga, yetkazilgan zarar to‘liq qoplangan hollarda sud yengillashtiruvchi holatni hisobga olib, engilroq jazo tayinlaydi. Huquqshunoslar va sud amaliyotida firibgarlik jinoyatini sharhlashning asosiy maqsadi jabrlanuvchilarning huquqlarini himoya qilish, jinoyatning mohiyatini ochib berish va jamiyatda firibgarlikka nisbatan murosasiz yondashuvni shakllantirishdir. Sudlar tomonidan mazkur jinoyatlarni puxta tahlil qilish, adolatli jazo tayinlash va kelgusida bunday jinoyatlarning oldini olishga xizmat qiladi. 1 O‘zbekiston Respublikasining 23-iyun 2023-yilda qabul qilingan Oliy Sud Plenum qaroriga asosan, sud amaliyotida firibgarlik jinoyatlari eng ko‘p uchraydigan va eng murakkab huquqiy baholanishi lozim bo‘lgan jinoyat turlaridan biri hisoblanadi. Bunga sabab firibgarlikni sodir etish usullarining xilma-xilligi, jinoyatning yashirin tarzda amalga oshirilishi, jabrlanuvchilarning esa ko‘p hollarda o‘z xohishi bilan mulkni topshirgan bo‘lishidir. Shuning uchun sudlar tomonidan bunday ishlarni to‘g‘ri malakalash, qasddan aldashni aniqlash hamda ishonchni suiiste’mol qilish faktini isbotlash alohida e’tibor talab etadi. Sud amaliyotida firibgarlik jinoyatini baholashda asosiy e’tibor aybdorning aldash harakati yoki ishonchni suiiste’mol qilishi qancha darajada jabrlanuvchini chalg‘itganiga qaratiladi. Ayblanuvchining oldindan mulkni qo‘lga kiritish niyati, uning xatti-harakati, so‘zlari, takliflari, soxta hujjatlar taqdim etilgan-etilmaganligi, shuningdek, jabrlanuvchi bilan bo‘lgan munosabatlarning mohiyati muhim dalillar sifatida baholanadi. Sud ko‘rib chiqayotgan ishlar jarayonida ko‘pincha aybdor shaxslar o‘z niyatining firibgarlik bo‘lmaganini, faqat “kelishuv bajarilmay qolganini” da’vo qiladi. Biroq tergov va sud tekshiruvi davomida ularning rejalari, oldindan belgilangan sxemalari va aldovga asoslangan harakatlari fosh bo‘ladi. 1 Jinoyat protsessual kodeksi 22.09.1994 O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharh 2014. Saxaddinov.S 2014 ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 628 Sud amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, firibgarlikning eng keng tarqalgan turlari – uy-joy, oldisotdisi, chet elga ishga yuborish, o‘qishga kiritib qo‘yish, tez boylik va’da qilish, soxta investitsiya yoki aksiyalarni sotish, internet orqali amalga oshiriladigan aldovlar va moliyaviy piramida ko‘rinishidagi sxemalardan iborat. Bu kabi ishlar bo‘yicha sudlar jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash, aybdorning jinoyatni sodir etishdagi rolini baholash va jinoyatning og‘irlik darajasidan kelib chiqib jazo tayinlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bo‘yicha qo‘llaniladigan jazo choralari firibgarlikning miqdori, usuli va oqibatlariga bog‘liq holda farqlanadi. Amaliyotda, agar zarar to‘liq qoplangan bo‘lsa, sudlar yengillashtiruvchi holat sifatida buni inobatga olib, ozodlikdan mahrum etishsiz jazo tayinlashi mumkin. Ammo yirik miqdordagi zarar, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan firibgarlik, fuqarolarning ko‘p sonli aldangani kabi holatlar og‘irlashtiruvchi omillar sifatida baholanadi va qattiqroq jazo qo‘llanadi. Sud amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, firibgarlik jinoyatlari odatda puxta o‘ylangan, rejalashtirilgan sxemalar asosida sodir etiladi. Shu bois sudlar uchun asosiy vazifa jabrlanuvchilarni himoya qilish, jinoyatning mohiyatini to‘g‘ri ochib berish va jamiyatda firibgarlikka nisbatan murosasiz munosabatni mustahkamlashdan iborat. Mazkur jinoyatlar bo‘yicha sud qarorlari nafaqat adolatni tiklash, balki kelgusida bunday jinoyatlarning oldini olishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. 2 Insonlar kundalik hayotda bir-biri bilan muomala qilganlarida, ular o‘rtasida turli xil ijtimoiy munosabatlar shakllanadi. Ba’zi shaxslar bu munosabatlarni halollik, poklik va o‘zgalarning haq-huquqini hurmat qilish asosida yo‘lga qo‘ysa, yana boshqalar boshqalarning sodda va ishonuvchanligidan foydalanadi. Jamiyatda bunday shaxslar firibgar yoki tovlamachi sifatida tanilgan. So‘nggi yillarda firibgarlik va tovlamachilik bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘paygani hech kimga sir emas. OAVda oxirgi to‘rt yil davomida bir necha katta jinoiy ishlar keng yoritildi. «Ahmadboy ishi», «Human» hamda ayrim xususiy bandlik agentliklari bilan bog‘liq holatlar shular jumlasidandir. «Straus House» MChJ, «Avto 60 oy», Auto Rental singari firmalar atrofida vujudga kelgan jinoyatlar hamon yodda. Mazkur mavzuni o‘rganish jarayonida Qashqadaryoda mashhur xalqaro kompaniyalarning soxta aksiyalarini sotish orqali qariyb 2 ming nafar fuqaroni 9 million dollar miqdorida aldab kelgan uyushgan jinoiy guruh qo‘lga olingani haqida ham ma’lumot berildi. Afsuski, shuncha misol va ogohlantirishlardan so‘ng ham firibgarlikning qurboniga aylanayotgan fuqarolar soni kamayganicha yo‘q. Aksincha, taraqqiyot ortib borishi bilan firibgarlikning yangi ko‘rinishlari ham paydo bo‘lmoqda. Axborot texnologiyalari va internet orqali sodir etilayotgan aldov holatlari ham tobora ko‘paymoqda. So‘nggi yigirma yillikda esa yana bir keng tarqalgan firibgarlik turi ota-onalarning farzandini oliy ta’limga kiritib berish va’dasi bilan aldash holatlari ko‘p uchramoqda. Ushbu masalalar yuzasidan imom-domla, IIV JQBB xodimi, Tergov departamenti vakillari va psixologdan izohlar olindi. Avvalo, firibgarlik bo‘yicha statistik ma’lumotlarga murojaat qilamiz. IIV Jinoyat-qidiruv bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilning yanvar–iyul oylarida respublika bo‘yicha 1954 ta firibgarlik jinoyati qayd etilgan bo‘lsa, 2020 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 3881 taga yetgan. 2019 yilda 1748 nafar shaxs qo‘lga olingan va jinoyatlarning 98,2 foizi fosh etilgan. 2 17-сон 23.06.2023. Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 629 2020 yilda esa ochilish darajasi 95,9 foizni tashkil etgan. Statistikaning yana bir jihati firibgarlik jinoyatining sodir etilish uslublari. 2020 yilning dastlabki yetti oyi davomida ro‘yxatga olingan firibgarlik holatlarining 2151 tasi pul oldi-berdisi bilan bog‘liq bo‘lsa, 336 tasi chet elga ishga yuborish va’dasi asosida, 331 tasi esa o‘qishga kiritish bahonasida sodir etilgan. Jinoyatlarni kimlar sodir etayotgani ham statistikada aks etgan: 463 tasi ayollar, 511 tasi ilgari sudlangan shaxslar tomonidan, 1277 tasi esa ishlamaydiganlar tomonidan amalga oshirilgan. Endi firibgarlikning huquqiy tavsifiga murojaat qilamiz. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida firibgarlik boshqani aldash yoki uning ishonchidan foydalanib, uning mulkini yoki mulkka bo‘lgan huquqini qo‘lga kiritish sifatida belgilangan. Firibgarlikning boshqa mulkiy jinoyatlardan asosiy farqi shundaki, jabrlanuvchi mulkni firibgarga o‘z xohishi bilan topshiradi, shunga qaramasdan, jinoyat tarkibi mavjud bo‘ladi. Ko‘plab holatlarda fuqarolar tez boyib ketish yoki ma’lum imkoniyatga ega bo‘lish umidida pullarini firibgarlarga o‘z qo‘llari bilan topshirishadi. Firibgarlar odatda ma’lum bir sohani yaxshi bilishadi, muloqot madaniyati va aktyorlik qobiliyatiga ega bo‘lishadi. Shu bois firibgarlik ko‘pincha «aqlli jinoyatlar» qatoriga kiritiladi. Tergov departamenti ma’lumotiga ko‘ra, firibgarlik jinoyati tarkibi obyektiv va subyektiv tomonlardan iborat. Bunda shaxs jabrlanuvchining mulkiga egalik qilish niyatini avvaldan ko‘zlagan bo‘lishi lozim. Tergov jarayonida ko‘p firibgarlar dastlab niyat bo‘lganini tan olishmaydi, ammo hujjatlar taqdim etilgach, rejalashtirilgan sxemalar ochilib qoladi. «Pul ehromlari» kabi moliyaviy piramida shaklidagi usullar eng ko‘p uchraydi. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 5 qismdan iborat bo‘lib, 4 qismida og‘irlashtiruvchi holatlar, 5-qismida esa yengillashtiruvchi holatlar belgilangan. Agar yetkazilgan zarar to‘liq qoplansa, sud tomonidan ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanmasligi ham mumkin. Jinoyat uchun eng yuqori jazo — 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishdir. Bugungi kunda firibgarlikning keng tarqalgan turlaridan biri chet elga ishga yuborish haqidagi yolg‘on va’dalar yoki noma’lum shaxslardan kelgan pul mukofoti xatlari orqali aldashdir. Bundan tashqari, xayriya uchun ochilgan plastik kartalardan noqonuniy pul yechish, yer yoki uy oldi-sotdisi bo‘yicha aldovlar, tanishlari borligini aytib uylab berishni va’da qilish kabi holatlar ham ko‘p uchramoqda. Shuningdek, o‘qishga yoki ishga kiritish bahonasida otaonalardan pul olish holatlari ham ko‘paygan. 3 Xulosa qilib aytganda, firibgarlik jinoyati jamiyatdagi ishonch va mulkiy munosabatlarga jiddiy zarar yetkazuvchi murakkab jinoyat hisoblanadi. Ushbu jinoyatni oldini olish va unga qarshi samarali kurashish uchun qonunchilik me’yorlarini to‘liq tushunish, jinoyat tarkibini aniqlash va adolatli jazo qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Jamiyatda firibgarlikka qarshi murosasiz yondashuvni shakllantirish, jabrlanuvchilarni himoya qilish va huquqni muhofaza qilish organlarining samarali faoliyati ishonchli va barqaror huquqiy tizimni yaratishga xizmat qiladi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 630 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharh 2014. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 23.06.2023-yildagi «Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida»gi 17-sonli qarori. 4. O‘zbekiston Respublikasi iiv Akademiyasi Ilmiy-amaliy tadqiqoqtlar Markazi ma’lumoti. 5. O‘zbekiston Respublikasi IIV Tergov departamenti ma’lumoti.