scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Janubiy chegara mintaqalarida tuproq pestitsidlarining atrof-muhitga ta'siri

Axmedova, Saodat Tashboltayevna; Djurayeva, Muxabbat Ergashovna

Abstract

Ishda pestitsidlarning xavflilik sinflari bo‘yicha tarqalishi tahlil qilindi. Tuproq qoplami insoniyatni oziq-ovqat va sanoat uchun xom ashyo bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Tuproqning holatini doimiy nazorat qilish qishloq va o‘rmon xo‘jaligi mahsulotlarining ekologik xavfsizligini ta’minlash uchun zarur shartdir.

Full text

“ISSIQ IQLIM SHAROITIDA YUQUMLI KASALLIKLARNING O‘ZIGA XOS KECHISHI” 60 “ISSIQ IQLIM SHAROITIDA YUQUMLI KASALLIKLARNING O‘ZIGA XOS KECHISHI” TERMIZ - 2025 JANUBIY CHEGARA MINTAQALARIDA TUPROQ PESTITSIDLARINING ATROF-MUHITGA TA'SIRI TDTU Termiz filiali Mikrobiologiya, jamoat salomatligi, gigiyena va menejment kafedrasi assistenti Axmedova Saodat Tashboltayevna Mikrobiologiya, jamoat salomatligi, gigiyena va menejment kafedrasi assistenti Djurayeva Muxabbat Ergashovna Annotatsiya. Ishda pestitsidlarning xavflilik sinflari bo‘yicha tarqalishi tahlil qilindi. Tuproq qoplami insoniyatni oziq-ovqat va sanoat uchun xom ashyo bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Tuproqning holatini doimiy nazorat qilish qishloq va o‘rmon xo‘jaligi mahsulotlarining ekologik xavfsizligini ta’minlash uchun zarur shartdir. Kalit so‘zlar: pestitsidlar, ifloslanish, ekotizim, tuproq, toksiklik, atrof-muhitni muhofaza qilish. Tadqiqot maqsadi: Pestitsidlarning atrof-muhitga ta’sirini o‘rganish. Materiallar va usullar. Adabiyot manbalari asosida turli darajadagi toksik pestitsidlarning qo‘llanishi tahlil qilindi hamda statistik ma’lumotlar qayta ishlanib, insektitsidlar, fungitsidlar va gerbitsidlarning qo‘llanish darajasi aniqlandi. Natijalar va muhokama. Eng ko‘p qo‘llaniladigan pestitsid turlari — gerbitsidlar, fungitsidlar va insektitsidlardir. Insektitsidlar orasida yuqori toksik moddalar ustunlik qiladi, fungitsidlar va gerbitsidlar orasida esa past toksik birikmalar ko‘p ishlatiladi. Biroq past toksik pestitsidlar ham ekotizimlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi: asalarilarning