ANTIBAKTERIAL TERAPIYANING ZAMONAVIY PROTOKOLLARI VA DAVOLASH MUAMMOLARI
Abstract
So‘ngi yillarda antibakterial terapiya dunyo miqyosida sog‘liqni saqlash tizimi uchun eng muhim masalalardan biriga aylandi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 1,27 milliondan ortiq o‘lim antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlar bilan bog‘liq infeksiyalar oqibatida sodir bo‘ladi. Antibiotiklardan noto‘g‘ri foydalanish, o‘zboshimchalik bilan dori qabul qilish va davo kursini to‘liq tugatmaslik mikroblarning rezistent shakllarini keltirib chiqarmoqda. Shu sababli zamonaviy antibakterial terapiya protokollarini ishlab chiqish, ularni klinik amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash va davolash samaradorligini oshirish bugungi kunda dolzarb ilmiy va amaliy masalaga aylangan
Full text
“ISSIQ IQLIM SHAROITIDA YUQUMLI KASALLIKLARNING O‘ZIGA XOS KECHISHI” 179 “ISSIQ IQLIM SHAROITIDA YUQUMLI KASALLIKLARNING O‘ZIGA XOS KECHISHI” TERMIZ - 2025 ANTIBAKTERIAL TERAPIYANING ZAMONAVIY PROTOKOLLARI VA DAVOLASH MUAMMOLARI Eshquvvatov Mansur Eshdavlat oʻgʻli Toshkent Tibbiyot Universiteti Termiz filiali Yuqumli kasalliklar, dermatovenerologiya, ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi Ftiziatriya mutaxassisligi ordinatori e-mail: eshquvvatovmansur48[email protected] Xolbayev A.Yu. Toshkent Tibbiyot Universiteti Termiz filiali Yuqumli kasalliklar, dermatovenerologiya, ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi assistenti e-mail: [email protected] Dolzarbligi: So‘ngi yillarda antibakterial terapiya dunyo miqyosida sog‘liqni saqlash tizimi uchun eng muhim masalalardan biriga aylandi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 1,27 milliondan ortiq o‘lim antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlar bilan bog‘liq infeksiyalar oqibatida sodir bo‘ladi. Antibiotiklardan noto‘g‘ri foydalanish, o‘zboshimchalik bilan dori qabul qilish va davo kursini to‘liq tugatmaslik mikroblarning rezistent shakllarini keltirib chiqarmoqda. Shu sababli zamonaviy antibakterial terapiya protokollarini ishlab chiqish, ularni klinik amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash va davolash samaradorligini oshirish bugungi kunda dolzarb ilmiy va amaliy masalaga aylangan. Tadqiqot maqsadi: Tadqiqotning asosiy maqsadi – antibakterial terapiyaning zamonaviy protokollarini o‘rganish, antibiotik rezistentligi holatini tahlil qilish va klinik amaliyotda uchraydigan asosiy muammolarni aniqlashdan iborat. Shuningdek, turli kasalliklarda (pnevmoniya, siydik yo‘llari infeksiyalari, teri va yumshoq to‘qima yallig‘lanishlari) antibiotik tanlashning ratsional yondashuvlarini ishlab chiqish va samarali davolash strategiyalarini taklif etish maqsad qilingan. Materiallar va usullar: Tadqiqot davomida 2022–2024 yillar oralig‘ida Surxondaryo viloyatidagi klinik shifoxonalarda davolangan 150 nafar bemorlarning klinik kuzatuvlari tahlil qilindi. Ma’lumotlar Respulikamizdagi tibbiyot muassasalari va laboratoriyalarida olingan. Antibiotik sezuvchanlik testlari disk-diffuziya usuli bilan (Kirby–Bauer) o‘tkazildi. Tahlillar davomida
“ISSIQ IQLIM SHAROITIDA YUQUMLI KASALLIKLARNING O‘ZIGA XOS KECHISHI” 180 “ISSIQ IQLIM SHAROITIDA YUQUMLI KASALLIKLARNING O‘ZIGA XOS KECHISHI” TERMIZ - 2025 mikroorganizmlarning amoksitsillin, tseftriakson, levofloksatsin va meropenemga nisbatan sezuvchanlik darajasi baholandi. Statistik tahlil SPSS 25.0 dasturi yordamida o‘tkazilgan. Natijalar: Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bakterial infeksiyalarning 48% holatlarida antibiotiklarga qisman rezistentlik kuzatildi. Ayniqsa E. coli va Klebsiella pneumoniae shtammlarida β-laktamazaga chidamli shakllar ko‘paygani aniqlangan. 27% hollarda noto‘g‘ri antibiotik tanlanishi davolash muddatini 2–3 barobarga cho‘zgan. Shuningdek, 35% bemorlarda dori reaksiyalari (allergik toshma, diareya, jigar fermentlarining oshishi) qayd etilgan. Xulosa: Antibakterial terapiya samaradorligi antibiotiklarni ratsional qo‘llash, mikroblarning sezuvchanligini doimiy monitoring qilish va yangi avlod dorilarni qo‘llashga bog‘liq. Antibiotik rezistentligini kamaytirish uchun shifokorlar JSST tavsiyalariga asoslangan protokollardan foydalanishi, bemorlarga to‘liq davolash kursini o‘tash zarurligi haqida tushuntirish ishlarini olib borishi lozim. Shuningdek, antibiotiklarni retsept asosida berish tizimini kuchaytirish va bakterial rezistentlik bo‘yicha milliy monitoring dasturini yo‘lga qo‘yish zarur.