DARSLIKLARDA BERILGAN MUMTOZ ASARLARNI O'QITISHNING SAMARADOR USULLARI
Abstract
Ushbu maqolada mumtoz asarlarning interfaol usullarda o‘qitish ko‘nikmalari tahlil etildi.
Full text
INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 11, 2025 185 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us DARSLIKLARDA BERILGAN MUMTOZ ASARLARNI O‘QITISHNING SAMARADOR USULLARI Temirova Moxidil Komilovna (SamDU, lingvistika, magistr) Kalit so‘zlar: “Zigzag” metodi, So‘zli tasavvurlar metodi, psixologik, yakuniy tahlil metodi Annotatsiya Ushbu maqolada mumtoz asarlarning interfaol usullarda o‘qitish ko‘nikmalari tahlil etildi. 1997-yilda «Yangicha pedagogik tafakkur va umumta’lim maktablarida adabiyot o‘qitishning ilmiymetodik asoslari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Q.Yo‘ldoshevning jami yetti yuzga yaqin ilmiy ishlari orasida 130dan ortig‘i mamlakat umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun yaratilgan darslik va o‘qituvchilariga mo‘ljallangan metodik qo‘llanmalardan iborat. Bulardan tashqari, Qozog‘iston Respublikasidagi o‘zbek maktablarining 5-11-sinflari uchun yaratilgan, bir necha o‘n yillardan beri qayta-qayta nashr etilib kelinayotgan «O‘zbek adabiyoti» darsliklari va ularning har biri uchun yozilgan metodik qo‘llanmalar, Qirg‘iziston Respublikasidagi o‘zbek maktablari 6-,7-,8-sinflari uchun yozilgan «O‘zbek adabiyoti» darsliklari olim metodik tadqiqotlar ko‘lamidan dalolatdir. Prof. Q.Yo‘ldoshevni adabiyot o‘qitish metodikasi ilmida burilish yasadi deyish mumkin. Olim tubdan o‘zgargan jamiyatdagi adabiy ta’limni mohiyatan o‘zgartirishning ijtimoiy, ilmiy va pedagogik asoslarini ko‘rsatib berdi. U adabiy faktlarni bildirishning o‘zi adabiyot saboqlari uchun maqsad emasligini, badiiy asar bilan tanishish o‘quvchilarda ezgu ma’naviy sifatlar shakllantirishga qaratilishi kerakligini ta’kidlab yozadi: «Aslida adabiyot tarixiga daxldor biror dalilni sharillatib aytib bera oladigan, ammo ma’naviyatida ezgu fazilatlar bo‘lmagan o‘quvchidan ko‘ra, ...badiiy asarlarning qahramonlariga xos insoniy fazilatlarni o‘z tabiatiga singdirgan, sirtdan qaraganda, nofaolday tuyuladigan o‘quvchilar jamiyatimiz uchun ko‘proq zarurdir». “Zigzag”metodi Sinf o‘quvchilari 7 ta guruhga bo‘linadilar va guruhlar nomlanadi. Guruhlarda yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn qismlarga ajratiladi va ajratilgan qismlar mazmuni bilan tanishib chiqish vazifasi guruhlarga topshiriladi. O‘quvchilar matnlarni diqqat bilan o‘rganadilar va gapirib beradilar. Vaqtni tejash maqsadida guruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi va qayd etilgan vazifa ular tomonidan bajariladi. Liderlarning fikrlari guruh a’zolari tomonidan to‘ldirilishi mumkin. Barcha guruhlarning o‘quvchilari o‘zlariga topshirilgan matn mazmuni xususida so‘zlab berganlaridan so‘ng, matnlar guruhlararo almashtirilib, avvalgi faoliyat takrorlanadi. Guruhlarga bir necha matnlar taqdim etiladi. SHu tarzda barcha matnlar mazmuni guruhlar tomonidan o‘rganib chiqilgach o‘quvchilar o‘tilgan mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarni ajratadilar, ularning o‘zaro mantiqiy bog‘liqligini aniqlaydilar, yuzaga kelgan g‘oyalar asosida mavzuga oid sxema ishlab chiqiladi. So‘ngra o‘zlashtirilgan bilimlar asosida o‘quvchilarning o‘zlariga shunday sxemalarni ishlab chiqish vazifasi topshiriladi. 11-sinf darsligida mumtoz adabiyot namoyondasidan Anbar Otin ijodi. Darslikda Anbar Otin tarjimai holi o‘z tilidan aytiladi, uning “Qarolar falsafasi” asari berilgan bo‘lib asar tushunarli tilde berilgan. O‘quvchilarga yanada tushunarli bo‘lishi uchun hamda darsni mustahkamlash uchun So‘zli tasavvurlar metodidan foydalanishlari mumkin.
INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 11, 2025 186 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us So‘zli tasavvurlar Ta’rifi ▪ O‘rganilayotgan masala bilan bog‘liq bo‘lgan eng asosiy so‘zni oling. ▪ O‘quvchilardan ular bu so‘zni eshitganlarida xayollariga keladigan boshqa so‘zlarni tez yozishini iltimos qiling. Bu atigi 2-3 daqiqa sarflanadigan juda qisqa mashq. ▪ Bironta so‘zni ham yozmaslik mumkinligi yuzasidan izoh bering. Natijada o‘quvchilar dastlabki so‘z bilan tasavvur qiladigan turli so‘zlardan iborat “bir lahzalik surat” hosil bo‘ladi. ▪ Mavzu o‘rganib bo‘lingandan so‘ng har bir o‘quvchidan ular ushbu mavzu bo‘yicha nima deb o‘ylashi yoki his qilishini bir so‘z bilan ifodalashni iltimos qiling. Ushbu mavzuga tegishli bo‘lgan so‘zni misol keltirishni so‘rang. Sinf aylanib, bunday so‘zlarni yig‘ib chiqing. Bir yoki ikki nafar o‘quvchilardan ushbu so‘zlarning ro‘yxatini tuzishni iltimos qiling. Foydalanish doiralari Ushbu usul mavzuni o‘rganish jarayonining boshida o‘quvchilar mavzu bo‘yicha nimalarni bilishlarini, hamda bu jarayon oxirida – o‘quvchilar qanday yangiliklarni bilib olganlarini aniqlash maqsadida qo‘llanilishi mumkin. Afzalliklari Bunday usul o‘quvchilarga o‘zlarining shaxsiy rivojini ko‘rishga, sizga esa – siz berayotgan ta’lim sifatini baholashga yordam beradi. Qiyinchiliklari Mashq uchun ajratilgan vaqtga qat’iyan amal qilish lozim. Jarayonning cho‘zilishi mashq mohiyatini o‘zgartirishi mumkin. Adabiyot ta’limi hamma davrlarda pedagogikaning asosi sifatida o‘quvchining ta’lim bilan birga tarbiyasini shakllantirishda muhim vosita bo‘lib kelgan. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida adabiyotni o‘qitishdan ko‘zlangan maqsad shundaki, birinchidan, bilim olish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ikkinchidan, o‘quvchilarning o‘zaro munosabatga kirishishini shakllantirish. Psixologik tahlilda, avvalo, sinfdagi har bir o‘quvchining jismonan va ruhan sog‘lomligi, madaniyati, faol yoki sustligi, diqqatining barqarorligi va ko‘lami, sezgirligi, topqirligi, hushyorligi, fanga bo‘lgan qiziqishi, hozirjavobligi, o‘qituvchi bilan o‘zaro munosabati, jamoadagi o‘zaro hurmat, bolaning idroki, mantiqiy hamda obrazli tafakkuri, mustaqil, induktiv, deduktiv xulosalar chiqara olishi, xotirasi, materialni esda olib qolishi, bola fantaziyasining kengligi-yu boyligi, bajaradigan ishi kabilar qamrab olinadi.O‘qituvchi «amaldagi ruhshunos»dir. Yakuniy tahlil yoki xulosalar, tavsiyalar.Dars tahlilining bu qismida o‘qituvchi o‘zining mutaxassis sifatidagi xulosasi (dars jarayoniga qo‘ygan bahosi)da dars oldiga qo‘yilgan maqsadga erishilganlik darajasi, uning tashkil etilishi, ya’ni sinfdagi har bir o‘quvchining darsga qanchplik jalb etilganligi, zamonaviy texnika vositalari va ta’lim metodlaridan foydalanishning samaradorligi darajasi va hokazo yuqorida sanalgan jihatlar aytib o‘tiladi. Zaruriy maslahatlar beriladi. Kuzatuvchining darsga beradigan bahosi, eng avvalo, uning darsga qarashiga bog‘liq. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O‘zbekistonda adabiyot o‘qitish metodikasi fanining rivojiga har bir metodist o‘z bilimi, salohiyati, intellektual imkoniyati doirasida hissasini qo‘shdi. Maktab darsliklarini yaratish judayam mushkul ish, chunki maktabda turli oilalardan keladigan va turli oilalarda tarbiya topgan o‘quvchilar mavjud, ammo darsliklarni umumiy bola yoshiga mos tarzda tuziladi, to‘g‘ri biz har bir bolaning
INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 11, 2025 187 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us psixologiyasini bilmaymiz, bu mavzuni yortish hamda ochib berish mahoratli o‘qituvchining qo‘lida albatta. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Аhmedova H. O‘zbek tili o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari. – Toshkent, 2012. 2. Ahmedov S., Qosimov B., Qo ‘chqorov R., Rizayev Sh. Adabiyot, 5-sinf, O‘qituvchilar uchun metodik qo ‘llanma. Ma’naviyat, –T.: 2003-yil. 3. Azizxoʻjayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: 2003. - 174 b. 4. Husanboyeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o‘qitish metodikasi. T.: 2018-yil.