scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DALILLAR VA ISBOT QILINISHI LOZIM BO'LGAN HOLATLAR

Nazarov Raxim Toshtemirovich

Abstract

Ushbu maqolada jinoyat protsessida dalillar tushunchasi, ularning huquqiy manbalari hamda isbotlash jarayonining mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi normalari asosida tahlil qilinadi. Xususan, dalillarning yig‘ilishi va baholanishi tartibi, isbot majburiyati, shuningdek jinoyat ishida aniqlanishi shart bo‘lgan holatlar mazmun-mohiyati yoritiladi.

Full text

648 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 DALILLAR VA ISBOT QILINISHI LOZIM BO‘LGAN HOLATLAR Nazarov Raxim Toshtemirovich Termiz davlat universiteti «Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi» kafedrasi oʻqituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17687899 Annotatsiya. Ushbu maqolada jinoyat protsessida dalillar tushunchasi, ularning huquqiy manbalari hamda isbotlash jarayonining mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi normalari asosida tahlil qilinadi. Xususan, dalillarning yig‘ilishi va baholanishi tartibi, isbot majburiyati, shuningdek jinoyat ishida aniqlanishi shart bo‘lgan holatlar mazmun-mohiyati yoritiladi. Kalit so‘zlar: dalillar, isbot qilish, jinoyat protsessi, haqiqatni aniqlash surishtiruv tergov. Аннотация. Ушбу мақолада жиноят процессида далиллар тушунчаси, уларнинг ҳуқуқий манбалари ҳамда исботлаш жараёнининг мазмуни Ўзбекистон Республикаси Жиноят-процессуал кодекси нормалари асосида таҳлил қилинади. Хусусан, далилларнинг йиғилиши ва баҳоланиши тартиби, исбот мажбурияти, шунингдек жиноят ишида аниқланиши шарт бўлган ҳолатлар мазмун-моҳияти ёритилади. Калит сўзлар: далиллар, исбот қилиш, жиноят процесси, ҳақиқатни аниқлаш суриштирув тергов. Abstract. This article analyzes the concept of evidence in criminal proceedings, its legal sources and the content of the proof process based on the norms of the Criminal Procedure Code of the Republic of Uzbekistan. In particular, the procedure for collecting and evaluating evidence, the burden of proof, as well as the essence of the circumstances that must be established in a criminal case are highlighted. Keywords: evidence, proof, criminal proceedings, truth-finding, inquiry, investigation. KIRISH Jinoyat protsessual huquqi jinoyat ishlarini hal qilishda haqiqatni aniqlashni maqsad qilib qo‘yadi. Haqiqatga erishish esa dalillar tizimi, ularning tahlili va isbotlash jarayoni orqali ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi dalillarni yig‘ish, tekshirish va baholashning qat’iy tartibini belgilagan bo‘lib, bu adolatli sud qarorining asosiy kafolatidir. Jinoyat protsessida har bir holatning qonuniy ravishda isbotlanishi shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlashga, aybsizlik prezumpsiyasini himoya qilishga ham xizmat qiladi. Shu bois dalillar va isbot qilinishi lozim bo‘lgan holatlar institutini chuqur o‘rganish jinoyat protsessining ilmiy hamda amaliy jihatlari uchun dolzarb masaladir. Dalillar bu faktlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, isbotlash predmetiga kiruvchi faktlar esa dalil hisoblanmaydi. Inson ongida predmetlar, narsalar emas, balki ularning manzaralari, tushunchalari va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Haqiqiy ma’lumotlar bu qonuniy manbalardan olingan faktlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Jinoyat-protsessual qonunchilikda esa faktlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar haqiqiy ma’lumotlar deb yuritiladi. Isbotlash esa protsessual faoliyat bo‘lib, unda sud, tergov va boshqa protsessual subyektlar dalillarni to‘plash, tekshirish, mustahkamlash va baholash yo‘li bilan haqiqatni aniqlashga harakat qiladi. Isbotlash predmeti deganda, har bir jinoyat ishida aniqlanishi lozim bo‘lgan va huquqiy jihatdan muhim bo‘lgan holatlar tushuniladi. Ichki Ishlar Vazirligining huquqiy materiallarida isbotlash predmetiga quyidagilar kirishi aytiladi: jinoyat obyekti, jinoyat sodir etilgan vaqti va joyi, sabablari, ayblanuvchining shaxsiy xususiyatlari va boshqa muhim holatlar. 649 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Dalillarni ularning manbasiga qarab dastlabki va hosila dalillarga ajratish mumkin. Bu tasnifda tergovchi yoki sudning ma’lumotlarni birinchi manbadan olganligi yoki boshqa vositachilar orqali olganligi muhim hisoblanadi. Dastlabki dalillar ma’lumot birinchi manbadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olingan dalillar hisoblanadi. Masalan, asl hujjatlar, shaxsiy kuzatuvlar, qo‘l izlari, guvohlarning bevosita ko‘rsatmalari. Ekspert xulosasi ham dastlabki dalil sifatida qabul qilinadi. Bu dalillar hodisaning yuz berishi haqida birinchi qo‘l ma’lumotlarni beradi. Hosila dalillar ma’lumot birinchi manbadan emas, balki vositachilar orqali olingan dalillardir. Masalan, jinoyat haqidagi xabarni uchinchi shaxsdan eshitgan guvohning ko‘rsatmalari hosila dalil sifatida qaraladi. Hosila dalillarning shakllanishida oraliq bog‘lanish mavjud bo‘ladi. Hosila dalil misolida hodisaga birinchi shaxs guvoh bo‘lib, keyinchalik bu ma’lumot boshqa shaxsga yetkazilgan bo‘lsa, va ushbu ikkinchi shaxs guvoh sifatida ko‘rsatma bersa, bu hosila dalil hisoblanadi. Shu sababli, oraliq manbalardan olingan ma’lumotlarda asl manbaning aniqligi va so‘roq qilinishi muhimdir, chunki hodisaning birlamchi guvohi eng to‘liq va ishonchli ma’lumot bera oladi. Shuningdek, hujjatlarning nusxalari ham hosila dalil sifatida qaraladi. Bu holatda hujjatning asl nusxasi boshlang‘ich manba, nusxasini olgan va tasdiqlagan shaxs esa ikkilamchi manba hisoblanadi. Oraliq manbalar ko‘p bo‘lsa, dalilning o‘zgarishi yoki buzilishi ehtimoli ham oshadi, shuning uchun har doim boshlang‘ich manbaga qaytish va uning so‘rovi amalga oshirilishi lozim. 1 O‘zbekiston Respublikasining “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2018-yil 24-avgustdagi Oliy sud plenumida ta’kidlanadiki, dalil “maqbullik” tamoyiliga rioya qilinmaganda, ya’ni jinoyatprotsessual qonunda belgilangan tartib va qoidalarga mos kelmasa, bunday dalil “nomaqbul” hisoblanadi va sud amalda undan foydalanmasligi lozim. Maqbullik uchun quyidagi asosiy shartlar ko‘rsatilgan: dalilni olgan sub’yekt (masalan, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror yoki sud) qonuniy vakolatga ega bo‘lishi; dalil faqat qonunda nazarda tutilgan manbalardan olinishi; protsessual harakatlar jinoyat-protsessual qonun talablariga rioya qilgan holda o‘tkazilishi; va protsessual harakatlar va ularning natijalarining rasmiy hujjatlarda toʻliq qayd etilishi. Plenum qarorida aytilishicha, agar protsessual harakatlar davomida qonun buzilgan bo‘lsa, bunday dalillar “nomaqbul” deb topiladi. Nomaqbul dalillardan Jinoyat-protsessual kodeksining 82–84-moddalarida nazarda tutilgan holatlarni isbotlashda foydalanish mumkin emas va ularni ayblov asosida qo‘llash taqiqlanadi. Plenum qarori xususan audiodagi va videodagi yozuvlar, hamda fotosuratlarni jinoyat ishi materiallariga qoʻshishda ehtiyot choralarini belgilaydi. Bu turdagi dalillarni jinoyat ishiga qo‘shishdan oldin, ularni kim, qachon, qayerda topgani aniq belgilanishi kerak. Agar predmet bo‘lsa, uni koʻzdan kechirish bayonnomasi tuzilishi va shundan keyin sud ajrimi bilan ashyoviy dalil sifatida qabul qilinishi zarur. Zarurat tug‘ilganda ekspertiza tayinlanishi mumkin. Plenum qarorida qiynoqqa solish, kuch ishlatish yoki boshqa noinsoniy muomalalar natijasida olingan ma’lumotlar va dalillarni “nomaqbul” deb topish ehtimoli katta. Ya’ni, agar tergov yoki surishtiruv paytida shaxsga nisbatan noqonuniy kuch ishlatish bo‘lsa, bunday dalillar sudda ishlatilmasligi kerak, chunki qonun ularga nisbatan qat’iy cheklov qo‘yadi. Plenum qarori raqamli formatdagi ma’lumotlarga nisbatan ham aniq ko‘rsatmalar beradi. Masalan, agar raqamli ma’lumotlar mutaxassis ishtirokisiz olingan bo‘lsa yoki ko‘zdan kechirilgan bo‘lsa, ularni maqbul deb tan olish ehtimoli kamayadi. Bu, raqamli dalillarni to‘plash jarayonida protsessual xatolar bo‘lishi va ularning sudda isbot quvvati muammoga uchrashi mumkinligini oldini olishga 1 Jinoyat-protsessual huquq: Darslik / Yuridik fanlar doktori, professor M. A. Rajabova 650 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 xizmat qiladi. Plenum sud va tergov (shuningdek, surishtiruvchi, prokuror) organlariga jinoyatprotsessual qonunning dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash bo‘yicha talablariga qat’iy rioya qilish zarurligini eslatadi. Har bir jinoyat ishi bo‘yicha sud amalda dalillarning maqbulligini pasda tekshirmog‘i, protsessual harakatlar jarayonida qonun buzilishlari bo‘lmaganini aniqlashi kerak. Agar qonuniylik talablariga rioya qilinmasa, shu yo‘l bilan olingan dalillar nomaqbul deb topilishi va ulardan isbot sifatida foydalanilmasligi kerak. Plenum qarorida aybsizlik prezumpsiyasiga ya’ni shaxs ayblov asosida sudlanganicha emas, aybdorligi qonun talabiga ko‘ra isbotlangunga qadar aybsiz hisoblanishi alohida urg‘u berilgan. 2 Bu prinsipni ta’minlash uchun sud va tergov organlari isbotlash jarayonida har bir dalilni ehtiyotkorlik bilan baholashi va toʻgʻri protsessual tartibda ishlashi kerak. O‘zbekiston Konstitutsiyasida insonning asosiy huquq va erkinliklarini faqat sud qarorisiz cheklash mumkin emasligi qat’iy belgilangan. Shu talabni amalda ta’minlash maqsadida jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar bo‘lgan jarayonda shaxsning erkinligini cheklovchi choralarni (qamoqqa olish, tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvlarini tinglash va boshqalar) sanksiyalash vakolati maxsus tashkil etilgan tergov sudyalariga topshirildi. 2024 yilda prezident tomonidan imzolangan farmonda aynan shu vazifa belgilangan bo‘lib, 2025 yil 28 yanvardan kuchga kirgan qonun bilan tergov sudyalari jinoyat protsessida mustaqil ravishda o‘z funksiyalarini bajarishga huquqiy asos yaratildi. 2025 yil 28 yanvardan kuchga kirgan qonunga ko‘ra, Jinoyat protsessual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, Fuqarolik protsessual kodeksi hamda “Prokuratura to‘g‘risida” va “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunlarga muhim o‘zgartirishlar kiritildi. Qonunning 28moddasi 1-qismidagi 12-xatboshiga yangi vakolatlar qo‘shildi. Endilikda prokuror, tintuv o‘tkazish, telefon va boshqa aloqa vositalari orqali so‘zlashuvlarni tinglash yoki ulardagi ma’lumotlarni olish, mol-mulkni xatlash kabi harakatlar bo‘yicha sudga iltimosnoma kiritish yoki tergovchi surishtiruvchining iltimosnomasiga rozilik berish huquqiga ega bo‘ldi. 3 JPKning 29-moddasidagi sud vakolatlari kengaytirildi. Shuningdek, kodeks yangi 311-moddasi bilan to‘ldirilib, tergov sudyalarining konkret vakolatlari belgilab qo‘yildi. Tergov sudyasi yakka tartibda ish yuritib, sudga qadar bosqichda shaxsning huquqlari va erkinliklari ustidan sud nazoratini amalga oshiradi. Uning vakolatlariga quyidagilar kiradi: qamoqqa olish yoki uy qamog‘i choralarini qo‘llash, ushbu ehtiyot choralarining muddatini uzaytirish, ushlab turish muddatini 48 soatga uzaytirish, pasport yoki harakatlanish hujjatining amal qilishini vaqtincha to‘xtatish, shaxsni lavozimidan chetlashtirish, ayblanuvchini tibbiy muassasaga joylashtirish va uning muddatini uzaytirish, eksgumatsiya qilishga doir iltimosnomalarni ko‘rib chiqish, xatlash, tintuv, telefon so‘zlashuvlarini tinglash bo‘yicha iltimosnomani hal qilish, prokuror tomonidan guvoh yoki jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish. JPK 1581, 1582 va 1583-moddalar bilan to‘ldirildi. Ularga ko‘ra: 1. Tintuv o‘tkazish haqida tergovchi yoki surishtiruvchi avval prokurorga iltimosnoma yuboradi. 2. Prokuror rozilik bergach, materiallar tergov sudyasiga taqdim etiladi. 3. Tergov sudyasi arizani 8 soat ichida yopiq majlisda ko‘rib chiqadi. 2 Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida Oliy Sud plenum qarori. 3 O‘RQ-1022-сон 28.01.2025. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida. 651 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 4. Rad etilgan taqdirda, faqat yangi holatlar yuzaga kelganidagina tintuv bo‘yicha takroran murojaat qilish mumkin. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda tintuv sud sanksiyasiz ham o‘tkazilishi mumkin, ammo bu haqda sud va prokuror 24 soat ichida xabardor qilinadi. Tergov sudyasi 48 soat ichida qarorning qonuniyligini tekshiradi. Agar tintuv qonunga zid deb topilsa, olingan barcha dalillar nomaqbul hisoblanadi. Shuningdek, shaxs o‘ziga nisbatan qilingan tintuv bo‘yicha sudya qaroridan 24 soat ichida apellyatsiya berishi mumkin. JPKning 169–170-moddalari yangi qo‘shimchalar bilan boyitildi, 1691 va 1692-moddalar kiritildi: Tergovchi avval prokurorga iltimosnoma yuboradi, prokuror tasdiqlaganidan so‘ng materiallar tergov sudyasiga yuboriladi, tergov sudyasi arizani 8 soat ichida ko‘rib chiqadi, tinglash choralari 6 oydan ortiq davom eta olmaydi, guvoh yoki jabrlanuvchi xavfsizligi tahdid ostida bo‘lsa, ularning so‘zlashuvlari ham prokuror ko‘rsatmasiga asosan tinglanishi mumkin. Endilikda: qamoqqa olish, uy qamog‘i, pasportni to‘xtatish, lavozimdan chetlashtirish, mol-mulkni xatlash, tibbiy muassasaga joylashtirish kabi masalalarni faqat tergov sudyasi ko‘rib chiqadi. Ayrim kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda tergovchi sud sanksiyasiz harakat qilishi mumkin, ammo sud 48 soat ichida bu qarorlarni qonuniylik nuqtai nazaridan baholaydi. Agar tergovchining harakati qonunga xilof bo‘lsa, olingan dalillar nomaqbul deb e’tirof etiladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 245-moddasiga yangi qism kiritildi. Unga ko‘ra, ushbu moddadagi ayrim ma’muriy ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha tuman yoki shahar sudining tergov sudyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 4 Xulosa qilib aytganda, dalillar jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda ishning adolatli va haqqoniy hal qilinishini ta’minlashda asosiy vositadir. Ular manbasiga qarab dastlabki va hosila dalillarga bo‘linadi: dastlabki dalillar birlamchi manbadan olinganligi sababli eng ishonchli hisoblanadi, hosila dalillar esa vositachilar orqali kelganligi sababli tekshirish va birlamchi manbaga qaytish orqali tasdiqlanishi lozim. O‘zbekiston tajribasida tergov sudyalari va prokurorlar dalillarni faqat qonuniy asosda rasmiylashtirishga majbur bo‘lib, qamoqqa olish, uy qamog‘i, telefon va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali so‘zlashuvlarni eshitish kabi protsessual harakatlar sud nazorati ostida amalga oshiriladi. Shu orqali shaxsning huquqlari himoyalanadi, nomaqbul dalillardan foydalanishning oldi olinadi va jinoyat protsessining adolatliligi mustahkamlanadi. Shunday qilib, dalillarni to‘g‘ri tasniflash, ularning manbasini aniqlash va qonuniy asosda rasmiylashtirish jinoyat tergovini samarali, shaffof va ishonchli qiladi hamda sud qarorlarining adolatliligini ta’minlaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 30.04.2023. 2. O‘zbekiston Respublikasi Jinoayt protsessual kodeksi 22.09.1994. 3. Jinoyat-protsessual huquq: Darslik / Yuridik fanlar doktori, professor M. A. Rajabova. 4. Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida, 24.08.2018. 24-сон 5. O‘RQ-1022-сон 28.01.2025. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida 6. lex.uz/acts/97664 4 lex.uz/acts/97664