scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARINING KASBIY MADANIYATI: AXLOQIY TAMOYILLAR VA MA'NAVIY YONDASHUVLAR TA'SIRI

TURSUNPO'LATOV, Akmaljon

Abstract

Huquqni muhofaza qilish faoliyati insonning kasbiy hayotining ajralmas qismi bo‘lib, u nafaqat huquqiy normalarga, balki axloqiy me’yorlarga ham asoslanadi. Ushbu faoliyat jamiyatdagi tartibni saqlash bilangina cheklanmaydi, balki shaxsiy burchni ado etish, jamiyatga xizmat qilish kabi chuqur ma’naviy mas’uliyatni ham o‘z ichiga oladi. Ichki ishlar organlari xodimi uchun kasbiy etika oddiy qonun-qoidalarga rioya qilishdan ko‘ra murakkabroq va mazmunan chuqurroq tushunchani anglatadi. Kasbiy etika xodimdan o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyatli munosabatda bo‘lishni, adolat va halollik tamoyillariga sodiq qolishni, faoliyatini vijdon va ma’naviy qadriyatlarga muvofiq tarzda olib borishni talab etadi.

Full text

RESEARCH AND DEVELOPMENT TADQIQOT VA TARAQQIYOT ISSN: 3030 – 3281 Volume II, Issue 11 (2025) © 2025, the Author(s). Published by IMFAKTOR. This is an open access article under the CC BY license http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/ 55 Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyati – bu nafaqat yuridik bilim darajasi yoki xizmat vazifalarini bajarish ko‘nikmalarining yig‘indisi, balki shaxsiy axloq, ma’naviyati, ruhiy barqarorligi hamda jamiyat oldidagi mas’uliyatini o‘zida mujassam etgan murakkab ijtimoiy hodisadir. ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARINING KASBIY MADANIYATI: AXLOQIY TAMOYILLAR VA MA’NAVIY YONDASHUVLAR TA’SIRI Akmaljon TURSUNPO‘LATOV¹. ¹ Falsafa fanalari bo’yicha falsafa doktori (PhD), Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Namangan akademik litseyi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17691410 ANNOTATSIYA Huquqni muhofaza qilish faoliyati insonning kasbiy hayotining ajralmas qismi bo‘lib, u nafaqat huquqiy normalarga, balki axloqiy me’yorlarga ham asoslanadi. Ushbu faoliyat jamiyatdagi tartibni saqlash bilangina cheklanmaydi, balki shaxsiy burchni ado etish, jamiyatga xizmat qilish kabi chuqur ma’naviy mas’uliyatni ham o‘z ichiga oladi. Ichki ishlar organlari xodimi uchun kasbiy etika oddiy qonun-qoidalarga rioya qilishdan ko‘ra murakkabroq va mazmunan chuqurroq tushunchani anglatadi. Kasbiy etika xodimdan o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyatli munosabatda bo‘lishni, adolat va halollik tamoyillariga sodiq qolishni, faoliyatini vijdon va ma’naviy qadriyatlarga muvofiq tarzda olib borishni talab etadi. Kalit so‘zlar: salomatlik, tibbiyot, tibbiy madaniyat, ontologiya, salomatlikning ijtimoiy determinantlari, madaniy kompetentsiya, bemorlarning imkoniyatlarini kengaytirish, salomatlik tengligi, texnologik yutuqlar, ruhiy salomatlik. PROFESSIONAL CULTURE OF LAW ENFORCEMENT OFFICERS: IMPACT OF ETHICAL PRINCIPLES AND SPIRITUAL APPROACHES ANNOTATION Law enforcement activity is an integral part of an individual’s professional life and is grounded not only in legal norms but also in ethical principles. This work extends beyond maintaining public order; it encompasses fulfilling one’s personal duty and serving the community, reflecting a profound moral responsibility. For an officer of internal affairs, professional ethics represent a concept far more complex and substantive than merely complying with laws and regulations. Professional ethics require the officer to demonstrate a responsible attitude toward official duties, adhere to the principles of justice and integrity, and conduct their work in accordance with conscience and moral values. Keywords: health, medicine, medical culture, ontology, social determinants of health, cultural competence, patient empowerment, health equity, technological advancements, mental health. ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КУЛЬТУРА СОТРУДНИКОВ ОРГАНОВ ВНУТРЕННИХ ДЕЛ: ВЛИЯНИЕ ЭТИЧЕСКИХ ПРИНЦИПОВ И ДУХОВНЫХ ПОДХОДОВ АННОТАЦИЯ Деятельность по обеспечению правопорядка является неотъемлемой частью профессиональной жизни человека и основывается не только на правовых нормах, но и на этических принципах. Такая деятельность не ограничивается поддержанием общественного порядка, но также включает в себя исполнение личного долга и служение обществу, что отражает глубокую моральную ответственность. Для сотрудника органов внутренних дел профессиональная этика представляет собой более сложное и содержательно глубокое понятие, чем простое соблюдение законов и правил. Профессиональная этика требует от сотрудника ответственного отношения к служебным обязанностям, приверженности принципам справедливости и честности, а также осуществления своей деятельности в соответствии с совестью и нравственными ценностями. Ключевые слова: здоровье, медицина, медицинская культура, онтология, социальные детерминанты здоровья, культурная компетентность, расширение возможностей пациентов, равенство в сфере здравоохранения, технологические достижения, психическое здоровье. RESEARCH AND DEVELOPMENT | VOLUME II | ISSUE 11 | 2025 \ 56 Bugungi globallashuv va tezkor axborot almashuvi davrida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan nafaqat kasbiy mahorat, balki yuksak axloqiy tamoyillarga amal qilish, insonparvarlik, adolat, halollik va vijdon asosida faoliyat yuritish talab etiladi. Zero, ichki ishlar organlari xodimining har bir qarori va harakati bevosita inson taqdiri, jamiyatning huquqni muhofaza qiluvchi tizimga bo‘lgan ishonchi hamda davlat nufuziga ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy ilmiy yondashuvlarda kasbiy madaniyat xizmat majburiyatlarini bilish bilangina emas, balki xodimning ma’naviy dunyosi, kasbiy axloq me’yorlariga sadoqati, muloqot madaniyati va psixologik yetukligi bilan belgilanadi. Shu sababli ichki ishlar organlarida kasbiy madaniyatni shakllantirish jarayoni – yuridik tayyorgarlik, ma’naviy-axloqiy tarbiya, ijtimoiy-psixologik muhit va xizmat intizomi o‘rtasidagi o‘zaro uzviy bog‘liqlikka tayanadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, “Xalq va davlat organlari o‘rtasida ishonchni mustahkamlash” hamda “Xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi ichki ishlar organlari” tamoyillari ushbu sohada kasbiy madaniyatni yangi bosqichga ko‘tarishni taqozo etmoqda. Xizmat faoliyati jarayonida inson qadrqimmati, huquq va erkinliklarini ta’minlamasdan turib chinakam professionalizmga, shuningdek, yuksak ma’naviy yuksalishga erishish mumkin emas. Ushbu maqolada ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyatini shakllantirishda axloqiy tamoyillar va ma’naviy yondashuvlarning o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, mazkur jarayonning nazariy asoslari, amaliy ahamiyati va zamonaviy talablari yoritiladi. Insoniyat mehnat qurollaridan foydalanishni o‘zlashtirgan ilk davrlardanoq ularni takomillashtirish va kundalik hayotni yengillashtirishga intilib kelgan. Bu jarayon nafaqat yaratilgan buyumlarning sifatida, balki insonning mahorat darajasi va kasbiy shakllanishida ham namoyon bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan mehnat faoliyatining takomillashuvi insonni o‘z kasbining mohir egasiga, ya’ni mutaxassisga aylantirgan va ilmiy adabiyotlarda “professionalizm” tushunchasi bilan ifodalanadi. Professionalizm – shaxsning o‘z kasbiga ongli sadoqat bilan yondashishi, faoliyatini uzluksiz takomillashtirishga intilishi hamda butun umr davomida tanlagan sohasida fidokorona mehnat qilishga tayyorligi bilan tavsiflanadi. U inson faoliyatining barcha sohalarida namoyon bo‘lsa-da, har bir soha o‘ziga xos talqin va mazmuniy xususiyatlarga ega. Davlat xizmatida professionalizm nafaqat yuksak kasbiy mahorat va qonunchilikni mukammal bilishni, balki axloqiy mas’uliyat, fuqarolar bilan samarali muloqot va adolat tamoyillariga sodiqlikni ham o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, ichki ishlar organlari tizimida bu jarayon ijtimoiy madaniyat bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u umumiy ma’naviyat, axloqiy qadriyatlar va shaxsiy mas’uliyatning uyg‘unligida shakllanadi. Tahlil va natijalar Ichki ishlar organlari xodimlarining ijtimoiy madaniyati – bu jamoatchilik bilan o‘zaro munosabatlar, xizmat intizomi, xizmatdoshlar, fuqarolar va turli ijtimoiy guruhlar bilan samarali kommunikatsiya madaniyati, shuningdek, ijtimoiy ishonchga asoslangan murakkab tizimdir. Ushbu madaniyatning yuksak darajada shakllanishi jamiyatda tartib, xavfsizlik va adolatni ta’minlashning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Mazkur madaniyat nafaqat kommunikativ kompetensiyalarni, balki xodimlarning professional vazifalarni bajarish jarayonida ijtimoiy qadriyatlarni qabul qilishi va ularga amal qilinishini belgilovchi falsafiy tamoyillarni ham qamrab oladi. Ilmiy tadqiqotlar ichki ishlar organlari xodimlari xulq-atvorida halollik, adolat kabi axloqiy prinsiplarga rioya etish ularning professional samaradorligiga hamda fuqarolar bilan aloqalariga bevosita ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi [1]. Bu ma’lumotlar axloqiy standartlarning ahamiyatini asoslaydi, mazkur standartlar esa inson huquqlari va ijtimoiy adolat haqidagi falsafiy qarashlar bilan uyg‘un holda shakllanadi. Falsafa ushbu standartlarning konseptual asoslarini belgilaydi, ularning zaruriyati va qo‘llanish mexanizmlarini izohlaydi. Shu bois ichki ishlar organlari xodimining axloqiy qiyofasi va professional-axloqiy madaniyati jamiyatda doimo yuqori baholangan bo‘lsa-da, mamlakatimizning hozirgi taraqqiyot bosqichida ularning roli va ahamiyati yanada ortib bormoqda. Shaxsda professional-axloqiy sifatlarni shakllantirish, axloqiy xulq-atvor strategiyalarini rivojlantirish va kasbiy madaniyat ko‘nikmalarini mustahkamlash ichki ishlar organlari oldida turgan muhim ijtimoiy va kasbiy vazifalarni hal etishda alohida ahamiyat kasb etadi [2]. Bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlarini professional-axloqiy tarbiyalash va ularning axloqiy yetukligini ta’minlash zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Sheglov ta’kidlaganidek, ichki ishlar organlari xodimlarining professional-axloqiy madaniyatini shakllantirish jarayonining o‘ziga xosligi shundaki, ular ijtimoiy funksiyalarni bajarish, huquqni muhofaza qilish va huquqni qo‘llash faoliyatida, jinoyatchilik olami bilan bevosita aloqada bo‘lish jarayonida ezgulik va yovuzlik, haqiqat, sharaf, qadr-qimmat, halollik, ijtimoiy adolat kabi axloqiy me’yorlarga tayanadilar hamda ularga nisbatan yangicha qarashlarni shakllantiradilar [3]. Zamonaviy ichki ishlar organlari xodimlari axloqiy jihatdan o‘rta asr ritsarlari singari jamiyat manfaatlari, qonuniylik va adolat yo‘lida xizmat qilishga tayyor bo‘lishlari lozimligi alohida ta’kidlanadi [4]. TADQIQOT VA TARAQQIYOT | II-JILD | 11-SON | 2025 \ 57 BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan tegishli xalqaro hujjatlarda ham barcha mamlakatlarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari amal qilishi lozim bo‘lgan axloqiy prinsiplardan foydalanish tavsiya etilgan. Unga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlari jamiyatning “hayot sifati”ni ta’minlaydi, har bir kishini noqonuniy xatti-harakatlardan himoya qiladi va bu kasb yuqori darajadagi mas’uliyatni talab qiladi [5]. Umuman olganda, B. Kononenko ta’kidlaganidek, kasb tanlash va kasbiy fazilatlarni takomillashtirish jarayoni shaxsning umumiy madaniyat darajasi bilan chambarchas bog‘liqdir [6]. Jamiyatda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun xodim faqat qonunni bilish yoki tashqi intizomga rioya qilish bilangina cheklanib qolmasdan, o‘zining ichki ma’naviy dunyosini ham rivojlantirishi zarur. Axloqiy tarbiya mazkur jarayonda alohida o‘rin tutadi, chunki u xodimning jamiyat oldidagi rolini, uning odamlarga xizmat qilish mas’uliyatini chuqur anglashiga yordam beradi. Shu ma’noda kasbiy etika xodimning jamiyat bilan munosabatlarini tartibga soluvchi, shaxsiy yetuklikka yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, u faqat tashqi intizomni emas, balki ichki ma’naviy tartib-intizomni ham shakllantiradi [7]. Yuridik kasbiy faoliyatning boshqa sohalardan farqli tomoni shundaki, u to‘g‘ridan to‘g‘ri odamlar bilan ishlashga asoslanadi. Shu sababli mazkur sohada axloqiy me’yorlarga rioya qilish va ma’naviy-axloqiy tayyorgarlik zaruriy shart sifatida qaraladi [8]. Har bir huquqni muhofaza qiluvchi xodimning ma’naviy qiyofasining eng muhim belgisi – uning xizmat vazifalariga bo‘lgan munosabati va professionalizmidir. G. Lazutina ta’kidlaganidek, ilmiy modelning asosiy qadriyatlari “jamiyat oldidagi vazifa” tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, professional axloqning poydevorini tashkil etadi. Professional axloqning asosiy vazifasi shunday muomala va o‘zaro munosabatlar tizimini ta’minlashdan iboratki, uning orqali professional guruh a’zolari o‘z faoliyatlari natijasida eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishadilar va shu tariqa o‘z faoliyatlarining maqsadga muvofiqligini to‘liq oqlaydilar [9]. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, professional jihatdan muhim bo‘lgan shaxsiy sifatlar fuqarolik yaxlitligi, vatanparvarlik, yuqori ijtimoiy faollik, qonunga chuqur hurmat, huquqiy davlatning ijtimoiy qadriyatlari, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati, yuksak axloqiy ong, barqaror axloqiy e’tiqodlar hamda burch tuyg‘usiga tayangan bo‘lishi lozim. Chunki ichki ishlar organlari tizimiga kiruvchi xizmatlar, kasblar, mutaxassisliklar va lavozimlar o‘zining professional va ilmiy mazmuni jihatidan bir-biridan sezilarli darajada farqlanadi. Ushbu ko‘p qirrali tizim fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash va huquqni muhofaza qilish samaradorligini oshirish maqsadida har bir bo‘linma va mutaxassislikning o‘ziga xos rolini va maqsadini belgilaydi. Shu bilan birga, ularning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri tizimning umumiy samaradorligini ta’minlaydi [10]. Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda va I. Sharova hamda G. Andreyevning pozitsiyalarini qo‘llabquvvatlagan tarzda, ichki ishlar organlari xodimining kasbiy-etik madaniyati tushunchasini quyidagicha izohlash mumkin: bu — shaxsning ichki ishonchlari va hayotiy qadamlari sifatida qabul qilingan kasbiy-etik qadriyatlar tizimi bo‘lib, ijtimoiy me’yorlar va huquqiy normalar asosida shakllangan tizimdir [11]. Mazkur tizim kasbiy vazifalarni bajarishda axloqiy tarbiya va xulq-atvor qoidalariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi, shaxsning professional xulq-atvori va axloqiy qiyofasini ijtimoiy hamda huquqiy mezonlar orqali tartibga soladi va shu ma’noda har bir xodimning kasbiy faoliyatida o‘z ifodasini topadi, deb hisoblaymiz. Yuqori darajadagi professional etika ta’minlanishi uchun ichki ishlar organlaridagi xodimlarning axloqiy va professional tarbiyasiga ilmiy tadqiqotlarda alohida e’tibor beriladi. Ayniqsa, kadrlarni tayyorlash jarayonida bu tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi, chunki u xizmatning axloqiy asoslarini va xizmat burchiga qo‘yiladigan talablarni rivojlantirishga qaratilgan. Professional va axloqiy tarbiya – bu ichki ishlar organlarida xizmat faoliyati talablariga muvofiq ravishda xodimlarda zarur sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli va maqsadli faoliyatdir. Mazkur jarayon xodimlarning axloqiy qiyofasini belgilovchi sifatlar majmuini shakllantirishga xizmat qiladi, ularning shaxsiy dunyoqarashi va xizmat burchiga bo‘lgan munosabatini aniqlaydi. Shu bilan birga, professional va axloqiy tarbiya xodimlarning ma’naviy yetukligini oshirish, ularni axloqiy me’yorlar va professional standartlarga muvofiq holda tarbiyalash orqali ular faoliyat yuritayotgan muassasa yoki organning umumiy samaradorligini ta’minlaydi. Bu jarayon, shuningdek, xizmatning axloqiy asoslari va burchga bo‘lgan yondashuvni anglash orqali xodimlarning professionalligi va axloqiy integritetini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ichki ishlar xodimlari etikasi bilan bog‘liq huquqiy masalalarni ko‘rib chiqqanda, so‘nggi yillarda olimlar ko‘plab mamlakatlarda davlat xizmati etikasi masalalariga alohida e’tibor qaratayotganini ko‘rish mumkin. Davlat xizmati etikasi davlat xizmatchilarining faoliyatida axloqiy me’yorlarni belgilaydi va ularni kundalik amaliyotda qo‘llashni ta’minlaydi. Bu esa davlat xizmatchilarining professional sifatlarini oshirish, axloqiy tamoyillarga rioya etish va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga yordam beradi. Ichki ishlar organlari xodimining axloqini tartibga solish orqali ularning shaxsiy va professional xulqatvori uyg‘unlashtiriladi, bu esa ularning xizmatga bo‘lgan munosabatini yaxshilaydi hamda davlat xizmatining samaradorligini oshiradi [12]. RESEARCH AND DEVELOPMENT | VOLUME II | ISSUE 11 | 2025 \ 58 Xodimlarning axloqiy va professional integritetini saqlash xizmatning umumiy sifatini oshirish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy va ma’naviy shart-sharoitlarni yaratadi. Professional axloqiy madaniyatni rivojlantirish vazifalarini samarali hal etish uchun ichki ishlar organlari rahbari maxsus bilimlar majmuasiga ega bo‘lishi zarur. Bu bilimlar pedagogika, etika, tibbiyot, psixologiya, falsafa va sotsiologiya sohalarini o‘z ichiga oladi, shuningdek, yetakchilik va tashkilotchilik ko‘nikmalarini ham talab etadi [13]. Hayot tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ushbu vazifalar, ayniqsa, xizmat jamoalarida ijtimoiy-axloqiy muhit barqaror bo‘lgan va tajribali xodimlar yangi xodimlarga axloqiy barqarorlik namunasini ko‘rsatib, ularga ko‘maklashgan taqdirda muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Bu esa professional madaniyatni shakllantirishda muhim omil hisoblanadi [14]. Professional axloqiy va tibbiy madaniyatni tarbiyalash uzluksiz jarayon bo‘lib, u kundalik faoliyat, kasbiy tayyorgarlik va maxsus tarbiyaviy tadbirlar bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu jarayonni, ayniqsa yosh xodimlar uchun, samarali tashkil etish maqsadida aniq va batafsil ishlab chiqilgan dasturlarga ehtiyoj mavjud. Bunday dasturlar tarbiyaviy jarayon bosqichlarini qamrab olishi, axloqiy bilimlarni oshirish, axloqiy qadriyatlarni tushuntirish va ulardan foydalana bilishni shakllantirish, shuningdek, individual axloqiy dasturlarni ishlab chiqish hamda to‘g‘ri axloqiy baholarni shakllantirishni o‘z ichiga olishi lozim. Axloqiy me’yorlarni va to‘g‘ri axloqiy xulq-atvorni kundalik hayot hamda xizmat vazifalarida mustahkamlash ichki ishlar organlarining umumiy samaradorligini oshirishga, xodimlarning professional axloqiy madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Buning zamirida xizmat jarayonlarida yuqori axloqiy standartlarni saqlash, xodimlarning axloqiy integritetini ta’minlash kabi maqsadlar yotadi. Axloqiy va huquqiy tarbiya doirasida axloqiy me’yorlar bilan huquqiy talablar o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglash alohida ahamiyatga ega [15]. Buning asosiy sababi shundaki, huquqni muhofaza qilish faoliyatida axloqiy tamoyillar huquqiy xarakterga ega bo‘lib, ular xodimlarning xulq-atvorini tartibga soluvchi qoidalardir. Ushbu tamoyillar xodimlarning professional faoliyatida huquqiy normalar bilan uyg‘unlashadi va har kuni amaliyotda qo‘llaniladi. Ko‘lesov fikriga tayanib aytganda, zamonaviy fuqaro tasvirini yaxlit tushunishda u quyidagi yetti asosiy sifati bilan tavsiflanadi: axloqiylik, vijdon, xotira, ruhiy holat, tasavvur, iroda va xarakter. Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyati – bu faqat xizmat vazifalarini bajarish malakasi emas, balki axloqiy mas’uliyat, ma’naviy yetuklik, insonparvarlik va adolat tamoyillariga asoslangan murakkab ijtimoiy tizimdir. Tadqiqotlar ko‘rsatadiki, professionalizm tushunchasi qonunlarni bilish va ularga rioya qilish bilangina chegaralanmaydi; u xodimning vijdonan xizmat qilishi, fuqarolarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, empatiya va halollikni namoyon etishi orqali yuzaga keladi. Ichki ishlar organlarida kasbiy madaniyatni rivojlantirish uch asosiy omil bilan chambarchas bog‘liq: Axloqiy tamoyillar – adolat, halollik, mas’uliyat va vijdon bilan ish yuritish kasbiy madaniyatning negizini tashkil etadi. Ma’naviy yondashuvlar – inson qadr-qimmatini hurmat qilish, jamiyat manfaatlariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni anglash xodimning ichki dunyosini boyitadi. Huquqiy va kasbiy kompetensiya – zamonaviy bilimlar, kommunikatsiya ko‘nikmalari, psixologik tayyorgarlik va xizmat intizomining uyg‘unlashuvi chinakam professionalizmni namoyon etadi. Xalqning davlat organlari faoliyatidan rozi bo‘lishi uchun, eng avvalo, ushbu tizimda xizmat qilayotgan xodimlarda yuqori darajadagi kasbiy madaniyat, shaffoflik va jamoatchilik bilan ishonchli kommunikatsiya o‘rnatilgan bo‘lishi zarur. Shu bilan birga, ichki ishlar organlari tizimida ma’naviy-axloqiy tarbiya, psixologik qo‘llab-quvvatlash hamda xizmat etikasi bo‘yicha muntazam treninglarni yo‘lga qo‘yish bugungi kunning dolzarb ehtiyojlaridan biridir. Xulosa qilib aytganda, ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyatini axloqiy tamoyillar va ma’naviy yondashuvlar asosida rivojlantirish – bu nafaqat bir tizimning, balki butun jamiyatning xavfsizligi, barqarorligi va ishonchli kelajagi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega omildir. Xizmat madaniyatining yuksalishi jamiyat va davlat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlaydi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilish imkonini kengaytiradi. Shu bilan birga, kasbiy madaniyatning rivoji huquqni muhofaza qilish tizimining zamonaviy talablar va demokratik qadriyatlarga mos taraqqiy etishini ta’minlaydi. Mazkur yo‘nalishdagi izchil ilmiy izlanishlar, amaliy dasturlar va tarbiyaviy yondashuvlarning takomillashuvi jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligi va ishonchli kelajagiga bevosita xizmat qiladi. TADQIQOT VA TARAQQIYOT | II-JILD | 11-SON | 2025 \ 59 Иқтибослар 1. Душкин А. С., Трипутин С. Н., Гурьев М. Е. Профессионально-нравственная культура сотрудников органов внутренних дел // Вестник Санкт-Петербургского университета МВД России. – 2017. – № 4 (76). – С. 168-171. 2. Гурьев М. Е. Анализ особенностей воспитания профессионально-нравственной культуры сотрудников органов внутренних дел // Материалы X Международной научно-практической конференции «Теория и практика актуальных исследований». — Краснодар: Научноиздательский центр «Априори», 2015. – С. 33-42. 3. Щеглов А. В. Воспитание профессиональной нравственной культуры сотрудника органов внутренних дел России: дис. … канд. пед. наук. – СПб., 1994. – 209 с. 4. Руа Ж. Ж., Миша Ж. Ф. История рыцарства. – М., 2007. 5. Международная защита прав и свобод человека: сборник документов. – М., 1990. 6. Кононенко Б. И. Профессиональная культура сотрудников органов внутренних дел: лекция. – М.: МЮИ МВД России, 1998. – С. 3. 7. Мухина Т. Г., Сутугин А. Ю. Психодидактические условия формирования коммуникативной культуры будущего педагога в процессе вузовского образования // Мир науки, культуры и образования. – Горно-Алтайск, 2015. – С. 121–123. 8. Вызулин Е. А. Этические принципы и нормы деятельности сотрудников органов внутренних дел // Вестник по педагогике и психологии Южной Сибири. – 2015. – № 4. – С. 39-49. 9. Лазутина Г. В. Профессиональная этика журналиста. – М., 2006. – С. 44. 10. Экстремальная психология в особых условиях деятельности: монография / под ред. Б. Г. Бовина, А. В. Кокурина, А. М. Раков. – М., 2015. – С. 37. 11. Андреев Г. И. Формирование профессионально-этической культуры курсантов образовательных учреждений МВД РФ: дис. … канд. пед. наук. – Чебоксары, 2002. – 251 с. 12. Садкина Т. М. Роль профессиональной этики в формировании профессиональной культуры государственных служащих в России // Современное общество и власть. – 2017. – № 2 (12). 13. Москаленко С. Г. Организация профессионально-нравственного воспитания сотрудников органов внутренних дел // Экономический вестник МВД России. – 2014. – № 3. – С. 54–64. 14. Никоноров Е. А., Вохонцева Н. С. Профессионально-нравственное воспитание сотрудников органов внутренних дел МВД России // Вестник Московского университета МВД России. – 2014. – № 6. – С. 261–263. 15. Олейников В. С., Каданцева Н. П. Гражданственность юриста как основа нравственноправового воспитания // Вестник Санкт-Петербургского университета МВД России. – 2013. – № 1 (57). – С. 176–182. RESEARCH AND DEVELOPMENT | VOLUME II | ISSUE 11 | 2025 \ 60 ILMIY TAQRIZ Maqola: “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyati: axloqiy tamoyillar va ma’naviy yondashuvlar ta’siri” Muallif: Akmaljon TURSUNPO‘LATOV, Falsafa fanalari bo’yicha falsafa doktori (PhD), Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Namangan akademik litseyi. Mazkr maqola zamonaviy jamiyat taraqqiyoti sharoitida ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyatini shakllantirish muammosiga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘zining ilmiy dolzarbligi, nazariy asoslanganligi va amaliy ahamiyati bilan ajralib turadi. Mavzu huquqni muhofaza qilish tizimida xizmat qiluvchi xodimlar faoliyatining axloqiy va ma’naviy jihatlarini chuqur tahlil etishi bilan nafaqat nazariy adabiyotlarda, balki amaliy faoliyat jarayonida ham katta e’tiborni talab qiladigan masalalardan biridir. Maqola avvalo globallashuv, axborot oqimlarining tezlashuvi va davlat organlari faoliyatidan xalq kutayotgan talablarning ortib borayotgan davrida ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyati masalasini kun tartibiga olib chiqadi. Muallif juda to‘g‘ri ravishda ta’kidlaganidek, huquqni muhofaza qilish tizimi xodimining har bir qarori, xatti-harakati va xizmatdagi mas’uliyati bevosita inson taqdiri, jamiyatning tizimga bo‘lgan ishonchi hamda davlatning xalqaro miqyosdagi obro‘siga ta’sir ko‘rsatadi. Bu fikr maqolaga yanada chuqur ijtimoiy va axloqiy mazmun bag‘ishlaydi. Maqolaning nazariy asoslari mustahkam bo‘lib, unda kasbiy madaniyatning ko‘p qirrali talqinlari, xususan, ma’naviy-axloqiy tamoyillar, shaxsning ichki dunyosi, kommunikativ madaniyat, psixologik yetuklik va xizmat intizomi kabi ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligi tizimli ravishda yoritilgan. Muallifning kasbiy madaniyatni yuridik tayyorgarlik, axloqiy tarbiya va ijtimoiy-psixologik muhitning uyg‘unligi sifatida talqin qilishi ilmiy yondashuvning puxtaligidan dalolat beradi. Tahlil qismida keltirilgan ilmiy manbalar, xususan, Sheglov, Kononenko, Andreyev, Lazutina kabi yetakchi tadqiqotchilar fikrlaridan o‘rinli foydalanilgani maqolaning nazariy qiymatini oshiradi. Muallif ushbu manbalardagi g‘oyalarni mazmunan tahlil qilib, o‘z tadqiqoti bilan uyg‘unlashtira olgan. Ayniqsa, ichki ishlar organlari xodimlarining axloqiy qarashlari jinoyatchilik olami bilan to‘qnashuv jarayonida shakllanishi, ezgulik va yovuzlik, haqiqat, sharaf, adolat kabi falsafiy kategoriyalarning real xizmat faoliyatida namoyon bo‘lishi haqidagi tahlillar e’tiborga molikdir. Maqola amaliy jihatdan ham muhim. Unda kadrlar tayyorlash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyaga bo‘lgan ehtiyoj, xizmat jamoalarida ijtimoiy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yosh xodimlar uchun maxsus dasturlar ishlab chiqish zaruriyati asosli tarzda ko‘rsatilgan. Bu takliflar ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish, jamoatchilik bilan o‘zaro ishonchli munosabatlar o‘rnatish va xodimlar axloqiy barqarorligini mustahkamlash uchun muhim metodik yo‘nalishlar bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, muallif professionalizm tushunchasini tor ma’noda emas, balki keng ko‘lamda – axloqiylik, vijdon, empatiya, halollik, mas’uliyat, fuqaroga hurmat kabi ko‘rsatkichlar bilan talqin qilgan. Bu ilmiy yondashuv ichki ishlar tizimidagi kadrlar bilan ishlashda amaliy qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan konseptual asos yaratadi. Maqolaning til va uslubiga e’tibor qaratilsa, matn ilmiy uslub talablariga to‘liq javob beradi, bayon ravon, fikrlar izchil, tushunchalar aniq va ilmiy asoslangan. Havolalar tegishli tarzda berilgan, xulosalar umumlashtirilgan va mantiqan asosli. Umuman olganda, maqola yuqori ilmiy darajada yozilgan, mavzuni dolzarbligi bilan ajralib turadi, ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyatini takomillashtirishga oid nazariy va amaliy jihatlarni chuqur tahlil qiladi. Tadqiqot natijalari ichki ishlar organlari kadrlar siyosatida, o‘quv-amaliy jarayonlarda, xizmat etikasi bo‘yicha dasturlar ishlab chiqishda keng foydalanilishi mumkin bo‘lgan ilmiy-amaliy materialdir. Disclaimer © This scientific review has been prepared by the editorial board of the “RESEARCH & DEVELOPMENT” journal and is intended solely for use within the journal’s internal expert evaluation process and editorial activities. This review is protected by copyright law, and its content may not be distributed, reproduced, or used for commercial purposes without the prior permission of the editorial board. The review has been prepared to assess the scientific quality, content, and methodological aspects of the author’s (authors’) work. It does not represent the personal opinion of the author(s) nor should it be interpreted as the official position of the journal. The editorial board bears no responsibility for the implementation, outcomes, or consequences of the recommendations, conclusions, or comments contained in this review. The review is provided to ensure transparency in the editorial process and to maintain quality control over scientific publications.