scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IQTISODIY XAVFSIZLIKNI TA'MINLASHDA MILLIY TO'LOV TIZIMLARINING ELEKTRON TIJORATDAGI AHAMIYATI

Sayimbek Teshayev; Yayra Tashmuxamedova

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston elektron tijorat bozori va milliy to‘lov tizimlarining iqtisodiy xavfsizliknita’minlashdagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqot 2020–2023-yillardagi elektron to‘lovlar hajmi, elektron hamyonlar soni va chakanasavdodagi ulush asosida amalga oshirilib, milliy to‘lov tizimlarining modernizatsiyasi, “Humo” va “Uzcard” integratsiyasihamda mobil to‘lov ilovalari elektron tijoratning barqaror o‘sishiga qanday hissa qo‘shganligi ko‘rsatildi. Shuningdek,tizim samaradorligini cheklovchi kiberxavfsizlik tahdidlari, xizmatlarning diversifikatsiyasi va xalqaro integratsiya darajasikabi muammolar ham muhokama qilindi. Tadqiqot natijalari milliy to‘lov tizimlarini rivojlantirish va elektron tijorat hajminikengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni shakllantirishga imkon beradi.

Full text

2025 BAKALAVR TALABALARINIG MAQOLALARI TO‘PLAMI №8 MAXSUS SON https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 2 Bosh muharrir: Sharipov Kongiratbay Avezimbetovich Bosh muharrir oʻrinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich Muharrir: Qurbonov Sherzod Ismatillayevich Elektron nashr. 56 sahifa. 2025-yil noyabr Tahrir hay’ati: Salimov Oqil Umrzoqovich, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Abduraxmanov Kalandar Xodjayevich, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Sharipov Kongiratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor Rae Kvon Chung, Janubiy Koreya, TDIU faxriy professori, “Nobel” mukofoti laureati Osman Mesten, Turkiya parlamenti a’zosi, Turkiya – O‘zbekiston do‘stlik jamiyati rahbari Axmedov Durbek Kudratillayevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Axmedov Sayfullo Normatovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Abduraxmanova Gulnora Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Kalonov Muxiddin Baxritdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Siddiqova Sadoqat G‘afforovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Maxmudov Nosir, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Yuldashev Mutallib Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Samadov Asqarjon Nishonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor Slizovskiy Dimitriy Yegorovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor Mustafakulov Sherzod Igamberdiyevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Axmedov Ikrom Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Eshtayev Alisher Abdug‘aniyevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Xajiyev Baxtiyor Dushaboyevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Hakimov Nazar Hakimovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor Musayeva Shoira Azimovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor Ali Konak (Ali Ko‘nak), iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor (Turkiya) Cham Tat Huei, falsafa fanlari doktori (PhD), professor (Malayziya) Foziljonov Ibrohimjon Sotvoldixo‘ja o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dots. Utayev Uktam Choriyevich, O‘z.Respub. Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Ochilov Farkhod, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi IJQKD boshlig‘i Buzrukxonov Sarvarxon Munavvarxonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Axmedov Javohir Jamolovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Toxirov Jaloliddin Ochil o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi Bobobekov Ergash Abdumalikovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), v.b. dots. Djudi Smetana, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent (AQSH) Krissi Lyuis, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent (AQSH) Glazova Marina Viktorovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi (Moskva) Nosirova Nargiza Jamoliddin qizi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sevil Piriyeva Karaman, falsafa fanlari doktori (PhD) (Turkiya) Mirzaliyev Sanjar Makhamatjon o‘g‘li, TDIU ITI departamenti rahbari Ochilov Bobur Baxtiyor o‘g‘li, TDIU katta o‘qituvchisi https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 3 Editorial board:Editorial board: Salimov Okil Umrzokovich,Salimov Okil Umrzokovich, Academician of the Academy of Sciences of Uzbekistan Academician of the Academy of Sciences of Uzbekistan Abdurakhmanov Kalandar Khodjayevich,Abdurakhmanov Kalandar Khodjayevich, Academician of the Academy of Sciences of Uzbekistan Academician of the Academy of Sciences of Uzbekistan Sharipov Kongiratbay Avezimbetovich,Sharipov Kongiratbay Avezimbetovich, Doctor of Technical Sciences (DSc), Professor Doctor of Technical Sciences (DSc), Professor Rae Kwon Chung, South Korea,Rae Kwon Chung, South Korea, Honorary Professor at TSUE, Nobel Prize Laureate Honorary Professor at TSUE, Nobel Prize Laureate Osman Mesten,Osman Mesten, Member of the Turkish Parliament, Head of the Turkey–Uzbekistan Friendship Society Member of the Turkish Parliament, Head of the Turkey–Uzbekistan Friendship Society Akhmedov Durbek Kudratillayevich,Akhmedov Durbek Kudratillayevich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Akhmedov Sayfullo Normatovich,Akhmedov Sayfullo Normatovich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Abdurakhmanova Gulnora Kalandarovna,Abdurakhmanova Gulnora Kalandarovna, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Kalonov Mukhiddin Bakhriddinovich,Kalonov Mukhiddin Bakhriddinovich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Siddikova Sadokat Gafforovna,Siddikova Sadokat Gafforovna, Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogical Sciences Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogical Sciences Khudoykulov Sadirdin Karimovich,Khudoykulov Sadirdin Karimovich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Makhmudov Nosir,Makhmudov Nosir, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Yuldashev Mutallib Ibragimovich,Yuldashev Mutallib Ibragimovich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Samadov Askarjon Nishonovich,Samadov Askarjon Nishonovich, Candidate of Economic Sciences, Professor Candidate of Economic Sciences, Professor Slizovskiy Dmitriy Yegorovich,Slizovskiy Dmitriy Yegorovich, Doctor of Technical Sciences (DSc), Professor Doctor of Technical Sciences (DSc), Professor Mustafakulov Sherzod Igamberdiyevich,Mustafakulov Sherzod Igamberdiyevich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Akhmedov Ikrom Akramovich,Akhmedov Ikrom Akramovich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Eshtayev Alisher Abduganiyevich,Eshtayev Alisher Abduganiyevich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Khajiyev Bakhtiyor Dushaboyevich,Khajiyev Bakhtiyor Dushaboyevich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Khakimov Nazar Khakimovich,Khakimov Nazar Khakimovich, Doctor of Philosophy (DSc), Professor Doctor of Philosophy (DSc), Professor Musayeva Shoira Azimovna,Musayeva Shoira Azimovna, Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Professor Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Professor Ali Konak,Ali Konak, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor (Turkey) Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor (Turkey) Cham Tat Huei,Cham Tat Huei, Doctor of Philosophy (PhD), Professor (Malaysia) Doctor of Philosophy (PhD), Professor (Malaysia) Foziljonov Ibrokhimjon Sotvoldikhoja ugli,Foziljonov Ibrokhimjon Sotvoldikhoja ugli, Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Associate Professor Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Associate Professor Utayev Uktam Choriyevich,Utayev Uktam Choriyevich, Deputy Head of Department, Prosecutor General’s Office of Uzbekistan Deputy Head of Department, Prosecutor General’s Office of Uzbekistan Ochilov Farkhod,Ochilov Farkhod, Head of DCEC, Prosecutor General’s Office of Uzbekistan Head of DCEC, Prosecutor General’s Office of Uzbekistan Buzrukkhonov Sarvarkhon Munavvarkhonovich,Buzrukkhonov Sarvarkhon Munavvarkhonovich, Candidate of Economic Sciences, Associate Professor Candidate of Economic Sciences, Associate Professor Akhmedov Javokhir Jamolovich,Akhmedov Javokhir Jamolovich, Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences Tokhirov Jaloliddin Ochil ugli,Tokhirov Jaloliddin Ochil ugli, Doctor of Philosophy (PhD) in Technical Sciences, Senior Lecturer Doctor of Philosophy (PhD) in Technical Sciences, Senior Lecturer Bobobekov Ergash Abdumalikovich,Bobobekov Ergash Abdumalikovich, Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Acting Associate Professor Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Acting Associate Professor Judi Smetana,Judi Smetana, Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor (USA) Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor (USA) Chrissy Lewis,Chrissy Lewis, Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor (USA) Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor (USA) Glazova Marina Viktorovna,Glazova Marina Viktorovna, Candidate of Economic Sciences (Moscow) Candidate of Economic Sciences (Moscow) Nosirova Nargiza Jamoliddin kizi,Nosirova Nargiza Jamoliddin kizi, Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Associate Professor Doctor of Philosophy (PhD) in Economic Sciences, Associate Professor Sevil Piriyeva Karaman,Sevil Piriyeva Karaman, Doctor of Philosophy (PhD) (Turkey) Doctor of Philosophy (PhD) (Turkey) Mirzaliyev Sanjar Makhamatjon ugli,Mirzaliyev Sanjar Makhamatjon ugli, Head of the Department of Scientific Research and Innovations, TSUE Head of the Department of Scientific Research and Innovations, TSUE Ochilov Bobur Bakhtiyor ugli,Ochilov Bobur Bakhtiyor ugli, Senior lecturer at TSUI Senior lecturer at TSUI https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 4 Muassis: “Ma’rifat-print-media” MChJ Hamkorlarimiz: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, OʻzR Tabiat resurslari vazirligi, OʻzR Bosh prokuraturasi huzuridagi IJQK departamenti. Ekspertlar kengashi: Berkinov Bazarbay, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Po‘latov Baxtiyor Alimovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor Aliyev Bekdavlat Aliyevich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor Isakov Janabay Yakubbayevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Xalikov Suyun Ravshanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Rustamov Ilhomiddin, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Hakimov Ziyodulla Ahmadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Kamilova Iroda Xusniddinovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) G‘afurov Doniyor Orifovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Fayziyev Oybek Raximovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Tuxtabayev Jamshid Sharafetdinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Xamidova Faridaxon Abdulkarim qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Yaxshiboyeva Laylo Abdisattorovna, katta o‘qituvchi Babayeva Zuhra Yuldashevna, mustaqil tadqiqotchi Board of Experts: Berkinov Bazarbay, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Pulatov Bakhtiyor Alimovich, Doctor of Technical Sciences (DSc), Professor Aliyev Bekdavlat Aliyevich, Doctor of Philosophy (DSc), Professor Isakov Janabay Yakubbayevich, Doctor of Economic Sciences (DSc), Professor Khalikov Suyun Ravshanovich, Candidate of Economic Sciences, Associate Professor Rustamov Ilkhomiddin, Candidate of Economic Sciences, Associate Professor Khakimov Ziyodulla Akhmadovich, Doctor of Economic Sciences, Associate Professor Kamilova Iroda Khusniddinovna, Doctor of Philosophy (PhD) in Economics Gafurov Doniyor Orifovich, Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogy Fayziyev Oybek Rakhimovich, Doctor of Philosophy (PhD) in Economics, Associate Professor Tukhtabayev Jamshid Sharafetdinovich, Doctor of Philosophy (PhD) in Economics, Associate Professor Khamidova Faridakhon Abdulkarimovna, Doctor of Economic Sciences, Associate Professor Yakhshiboyeva Laylo Abdisattorovna, Senior Lecturer Babayeva Zuhra Yuldashevna, Independent Researcher 08.00.01 Iqtisodiyot nazariyasi 08.00.02 Makroiqtisodiyot 08.00.03 Sanoat iqtisodiyoti 08.00.04 Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti 08.00.05 Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti 08.00.06 Ekonometrika va statistika 08.00.07 Moliya, pul muomalasi va kredit 08.00.08 Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit 08.00.09 Jahon iqtisodiyoti 08.00.10 Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti 08.00.11 Marketing 08.00.12 Mintaqaviy iqtisodiyot 08.00.13 Menejment 08.00.14 Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari 08.00.15 Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti 08.00.16 Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya 08.00.17 Turizm va mehmonxona faoliyati Jurnalning ilmiyligi: ““Yashil” iqtisodiyot va taraqqiyot” jurnali Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2023-yil 28-fevraldagi 333/5-sonli qarori bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan. https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz MUNDARIJA СОДЕРЖАНИЕ CONTENTS YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2025-yil. 8-maxsus son. Bakalavr talabalarining maqolalari to‘plami 5 MUNDARIJA MEHMONXONA KORXONALARIDA INNOVATSION LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI ......................................................................................................................................................................10 Erkaboyeva Jasmina Safarali qizi, Ochilova Hilola Farmonovna FAULT TOLERANCE AND SELF-HEALING IN IOT-ENHANCED P2P SYSTEMS ......................................................15 Ibrokhimkhuja Rikhsikhujaev, Mohit Bhandwal BIZNES BOSHQARUVIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI ............................................................................................................................................................................22 Ikromov Boisxon Bahodir o‘g‘li, Ozodbek Musayev BIOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA VIRTUAL LABARATORIYADAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI ................................................................................................................................. 27 Turayeva Sabrina Kamoliddin qizi, Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li YASHIL LOGISTIKA VA TRANSMILLIY KORPORATSIYALAR .........................................................................................32 Rаfiqоv Аbrоr Bаxtiyоr о‘g‘li, Nаrzullаyev Elmurоd Shuxrаt о‘g‘li OMBORXONALARNI BOSHQARISHDA RFID TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNI AFZALLIKLARI .................................................................................................................................................................................36 Mirkamolov Mirsardor Mirxamdam o‘g‘li, Yuldashev Abduhakim Abdukarimovich STARTAPLAR VA KICHIK BIZNESNING IQTISODIY O‘SISH VA RIVOJLANISH JARAYONLARIDAGI ROLI ......................................................................................................................................................................................................41 Abdumajidova Muxlisa Alisher qizi, Umarova Mukaddas Abbasovna O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY SUG‘URTA TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI XORIJ TAJRIBASI ASOSIDA QO‘LLASH ISTIQBOLLARI .................................................................................................................46 Sobirova Ozoda Rustamovna, Safarov Javohir Ismoilovich IQTISODIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHDA MILLIY TO‘LOV TIZIMLARINING ELEKTRON TIJORATDAGI AHAMIYATI ...........................................................................................................................................................50 Teshayev Sayimbek Anvarovich, Tashmuxamedova Yayra Atxamovna IQTISODIYOT ЭКОНОМИКА ECONOMY https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 50 YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2025-yil. 8-maxsus son. Bakalavr talabalarining maqolalari to‘plami IQTISODIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHDA MILLIY TO‘LOV TIZIMLARINING ELEKTRON TIJORATDAGI AHAMIYATI Teshayev Sayimbek Anvarovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 3-bosqich talabasi E-mail: [email protected] Ilmiy rahbar: Tashmuxamedova Yayra Atxamovna Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Iqtisodiy va moliyaviy xavfsizlik” kafedrasi katta oʻqituvchisi, PhD. E-mail: [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston elektron tijorat bozori va milliy to‘lov tizimlarining iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashdagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqot 2020–2023-yillardagi elektron to‘lovlar hajmi, elektron hamyonlar soni va chakana savdodagi ulush asosida amalga oshirilib, milliy to‘lov tizimlarining modernizatsiyasi, “Humo” va “Uzcard” integratsiyasi hamda mobil to‘lov ilovalari elektron tijoratning barqaror o‘sishiga qanday hissa qo‘shganligi ko‘rsatildi. Shuningdek, tizim samaradorligini cheklovchi kiberxavfsizlik tahdidlari, xizmatlarning diversifikatsiyasi va xalqaro integratsiya darajasi kabi muammolar ham muhokama qilindi. Tadqiqot natijalari milliy to‘lov tizimlarini rivojlantirish va elektron tijorat hajmini kengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni shakllantirishga imkon beradi. Kalit soʻzlar: milliy to‘lov tizimi, elektron tijorat, iqtisodiy xavfsizlik, moliyaviy barqarorlik, raqamli iqtisodiyot, elektron to‘lovlar. Abstract: This article examines the role of Uzbekistan’s national payment systems in ensuring economic security and the development of e-commerce. The study is based on data from 2020–2023 on the volume of electronic payments, the number of e-wallets, and their share in retail trade, highlighting how the modernization of national payment systems, the integration of “Humo” and “Uzcard,” and mobile payment applications have contributed to the sustainable growth of e-commerce. The study also addresses factors limiting system efficiency, including cybersecurity threats, low service diversification, and insufficient international integration. The findings provide practical recommendations for enhancing payment systems and expanding e-commerce. Key words: national payment system, e-commerce, economic security, financial stability, digital economy, electronic payments. Аннотация: В статье анализируется роль национальных платежных систем Узбекистана в обеспечении экономической безопасности и развитие электронной коммерции. Исследование основано на данных за 2020– 2023 годы о объеме электронных платежей, количестве электронных кошельков и доле в розничной торговле, показывая влияние модернизации национальных платежных систем, интеграции “Humo” и “Uzcard”, а также мобильных платежных приложений на устойчивый рост электронной коммерции. Также рассматриваются ограничения эффективности системы, включая угрозы кибербезопасности, низкую диверсификацию услуг и недостаточный уровень международной интеграции. Результаты исследования позволяют формировать практические рекомендации по развитию платежных систем и расширению электронной коммерции. Ключевые слова: национальная платёжная система, электронная коммерция, экономическая безопасность, финансовая стабильность, цифровая экономика, электронные платежи. IQTISODIYOT ЭКОНОМИКА ECONOMY https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 51 YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2025-yil. 8-maxsus son. Bakalavr talabalarining maqolalari to‘plami KIRISH Raqamli transformatsiya va elektron tijoratning jadal rivojlanishi O‘zbekiston iqtisodiyotida milliy to‘lov tizimlarining strategik ahamiyatini sezilarli darajada oshirdi. Elektron to‘lovlar nafaqat savdo operatsiyalarini tezlashtirish, balki moliyaviy muomalalarni rasmiylashtirish, soliq tushumlarini ko‘paytirish, noqonuniy pul aylanmasini qisqartirish va iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlashda muhim omil sifatida xizmat qilmoqda. Ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi va global raqamli transformatsiya jarayonlari sharoitida elektron tijorat hajmining keskin o‘sishi milliy to‘lov tizimlarining ishonchliligi, uzluksiz ishlashi va samaradorligi iqtisodiy barqarorlikning asosiy shartlaridan biriga aylanganini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda milliy to‘lov tizimlarini modernizatsiya qilish va elektron tijorat infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qator strategik huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 1-noyabrdagi “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida” O‘RQ-578-son qonuni [1] qabul qilinib, unda elektron tijoratda milliy to‘lov tizimlarini mustahkamlash, moliyaviy operatsiyalarni raqamlashtirish va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha strategik vazifalar belgilangan. Shu asosda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-fevraldagi “Elektron to‘lov tizimlari xizmatlaridan foydalanishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 117-sonli qarori [2] tasdiqlanib, unda milliy valyuta barqarorligini ta’minlash, pul oqimlarini samarali boshqarish va iqtisodiy xavfsizlikni oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilangan. Shu bilan birga, O‘zbekiston bozorida elektron to‘lov xizmatlari jadal rivojlanayotgan bo‘lsada, ayrim tizimli muammolar hali hamon dolzarbligini saqlab qolmoqda. Xususan, kiberxavfsizlikka doir tahdidlarning ortib borayotgani moliyaviy firibgarlik, identifikatsiya buzilishlari va shaxsiy ma’lumotlar himoyasining yetarli darajada ta’minlanmaganligi bilan bog‘liq xavflarni kuchaytirmoqda. Hududlar bo‘yicha elektron to‘lov infratuzilmasining nomutanosib rivojlanishi, aholi va tadbirkorlik subyektlarida xavfsiz elektron to‘lov madaniyatining to‘liq shakllanmagani, shuningdek, pul oqimlarini nazorat qilishdagi qiyinchiliklar mavjud tizimning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Mazkur omillar milliy to‘lov tizimlarining iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashdagi rolini chuqur ilmiy asosda o‘rganish zarurligini taqozo etmoqda. MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI Milliy to‘lov tizimlarining elektron tijoratdagi o‘rni va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash masalasi xalqaro va milliy miqyosdagi tadqiqotlarda keng yoritilgan. Xalqaro amaliyotdan ma’lum bo‘lishicha, raqamli to‘lov tizimlarining samarali ishlashi nafaqat moliyaviy operatsiyalarni tezlashtiradi va ularning qulayligini oshiradi, balki iqtisodiy barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, xorijiy iqtisodchi olimlardan Luigi Benfratelloning “The Digital Payment Industry”[3] nomli dissertatsiyasida raqamli toʻlov tizimlari va toʻlov industriyasining texnologik rivoji, bozor tuzilmasi hamda iqtisodiy jarayonlarga ta’sirini tahlil qilgan, Umit Bozokluning “Elektron tijoratda elektron to‘lov tizimlari” [4] nomli maqolasida E-commerce kontekstida elektron to‘lovlarning texnologik variantlari, xavfsizlik va operatsiyalar — milliy to‘lov tizimini e-commerce bilan integratsiyalashuvini nazariy jihatdan o‘rganib chiqqan. R.A. Kasri [5] “Digital payment and banking stability in emerging economy” maqolasida raqamli to‘lovlar va bank barqarorligiga ta’sirni milliy darajada tahlil qilgan. Bui Khan [6] “A Compendious Study of Online Payment Systems” deb nomlangan tadqiqoti ishida Elektron to‘lovlarning texnik va xavfsizlik jihatlari, to‘lov turlari, tendensiyalar va amaliy muammolarni o‘rgangan. Rossiyalik iqtisodchi olimlardan M.A.Markov, S.Yu.Perseva, V.Yu.Dalbayeva, N.P.Lkova, Ye.Shepetova, A.I.Chaloyan, A.A.Zyuzinalarning ilmiy tadqiqotlari va maqolalari o‘rganilgan. Mahalliy iqtisodchi olimlarimizdan J. Valiyev O‘zbekistonda milliy to‘lov tizimlarining infratuzilmasi, xavfsizlik mexanizmlari va huquqiy asoslarini tahlil qilib, elektron tijorat operatsiyalari orqali iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlashning dolzarbligini ta’kidlagan. [7] M. Kenjaev milliy to‘lov tizimining tashkil etilishi, banklararo operatsiyalar va xavfsizlik choralari orqali elektron tijoratni rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rgangan. [8] O.B.Davronov Oʻzbekistonda elektron tijoratda shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi va huquqiy tartibga solish masalalari, shuningdek xalqaro tajribalar tahlil qilgan. [9] S.Toxirov esa, raqamli toʻlov tizimlarida yuzaga keladigan kiber xatarlar va ularni kamaytirish uchun himoya mexanizmlari (shifrlash, autentifikatsiya va boshqalar) haqida o‘z qarashlarini bayon etgan. [10] TADQIQOT METODOLOGIYASI Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda milliy to‘lov tizimlarining elektron tijoratdagi o‘rni va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash samaradorligini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqot jarayonida normativ-huquqiy tahlil, statistik va komparativ tahlil, shuningdek ilmiy adabiyotlar sharhi usullari qo‘llanildi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda Markaziy bank va KPMG hisobotlari asosida milliy to‘lov tizimlari IQTISODIYOT ЭКОНОМИКА ECONOMY https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 52 YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2025-yil. 8-maxsus son. Bakalavr talabalarining maqolalari to‘plami infratuzilmasi va elektron tijorat hajmi tahlil qilindi, shuningdek Markaziy Osiyo mamlakatlari va xalqaro amaliyot bilan solishtirildi. Statistik tahlil yordamida 2020–2023-yillardagi elektron tijorat hajmi, elektron hamyonlar soni va chakana savdodagi ulushlar o‘rganildi. Ma’lumotlar trend tahlili va proporsional o‘sish hisob-kitoblari orqali vizual tarzda taqdim etildi. Shu bilan birga, xorijiy va mahalliy olimlarning tadqiqotlari asosida milliy to‘lov tizimlarining iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlashdagi samaradorligi baholandi. Bu metodologiya tadqiqotga interdisiplinar yondashuvni ta’minlab, iqtisodiyot, moliya, axborot texnologiyalari va huquqiy normalarni birlashtirishga imkon yaratadi. TAHLIL VA NATIJALAR O‘zbekiston iqtisodiyotida raqamli texnologiyalar va elektron to‘lov tizimlarining keng joriy etilishi mamlakatda elektron tijorat faoliyatining barqaror rivojlanishiga asos bo‘lmoqda. Statistik ma’lumotlarni o‘rganish natijasida aniqlanishicha, so‘nggi yillarda onlayn savdo hajmi, to‘lov infratuzilmasi va elektron hamyonlar soni izchil oshib bormoqda. Jumladan, 2023-yilda elektron to‘lovlarning 65 foizini 18–35 yosh oralig‘idagi foydalanuvchilar amalga oshirgan. Bu esa milliy to‘lov tizimlari rivojida yoshlar segmentining yetakchi drayverga aylanganini ko‘rsatadi. Klynveld Peat Marwick Goerdeler (KPMG) Uzbekistan tomonidan 2023-yilda e’lon qilingan “E-commerce in Uzbekistan” hisobotiga ko‘ra, 2022-yil yakunida O‘zbekiston elektron tijorat bozori hajmi 311 million AQSh dollariga yetgan [11] bo‘lib, bu 2020-yilga nisbatan qariyb ikki barobar o‘sishni anglatadi. Statistik taqqoslashlar shuni ko‘rsatadiki, mazkur ko‘rsatkich Qozog‘istonning 1,1 milliard dollarlik va Turkmanistonning taxminan 500 million dollarlik elektron savdo hajmiga nisbatan pastroq bo‘lsa-da, O‘zbekistonda elektron tijoratning yillik o‘sish sur’ati 40–45 foizni tashkil etib, Markaziy Osiyodagi eng yuqori natijalardan biri sifatida qayd etilgan. Elektron tijoratning chakana savdodagi ulushining 2,2 foizga oshgani esa bozor endigina shakllanayotganini, biroq o‘sish imkoniyatlari nihoyatda yuqori ekanini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda 1 million 521 mingta elektron hamyon ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning umumiy balansidagi mablag‘ 7 milliard so‘mni tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkichlar aholining milliy to‘lov tizimlariga bo‘lgan ishonchi ortib borayotganini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, elektron hamyonlar orqali amalga oshirilgan to‘lovlarning 74 foizi mobil operator xizmatlariga, 13 foizi internet provayderlariga, 5 foizi esa kommunal xizmatlarga to‘g‘ri kelgani kuzatilgan. Bu holat elektron to‘lov xizmatlari tarkibi hali to‘liq diversifikatsiyalanmaganini ko‘rsatsa-da, aholining raqamli to‘lov madaniyati izchil shakllanib borayotganidan dalolat beradi (1-jadval). 1-jadval. O‘zbekistonda elektron tijorat bozorining o‘sish tendensiyasi [12] Ko‘rsatkichlar 2020-yil 2022-yil O‘sish foizi Elektron tijorat bozori hajmi (mln AQSh dollari) 180 311 +72,7 % Elektron tijoratning chakana savdodagi ulushi (%) 1,1 2,2 +100 % Ro‘yxatdan o‘tgan elektron hamyonlar soni (ming dona) 1 521 2 390 +57 % Bundan ko‘rinib turibdiki, 2020–2022-yillar davomida O‘zbekistonda elektron tijorat bozori hajmi o‘rtacha yillik 40–45 foiz sur’atda oshgan. Bunday barqaror o‘sish, eng avvalo, to‘lov tizimlarining modernizatsiyasi, “Humo” va “Uzcard” milliy to‘lov tizimlari o‘rtasidagi integratsiya, bundan tashqari “Payme”, “Click” va “Apelsin” kabi mahalliy to‘lov ilovalarining faol kengayishi bilan izohlanadi. Ushbu tizimlar onlayn savdo jarayonlarini tezlashtirib, moliyaviy operatsiyalarni shaffoflashtirish orqali iqtisodiy muomalani rasmiylashtirish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Demak, O‘zbekistonda elektron tijorat hajmining barqaror o‘sishi, asosan, to‘lov tizimlari modernizatsiyasi va raqamli to‘lov infratuzilmasining kengayishi bilan bog‘liq. Biroq to‘lov xizmatlarining diversifikatsiyasi pastligi va xalqaro integratsiya darajasining yetarli emasligi bu yo‘nalishdagi asosiy cheklovlardan biri bo‘lib qolmoqda. [13] 2020–2023-yillar davomida O‘zbekistonda elektron to‘lovlar hajmi 48 trillion so‘mdan 180 trillion so‘mgacha oshgan. Bu esa qariyb 3,8 barobar o‘sishni anglatib, raqamli moliyaviy infratuzilmaning mamlakat iqtisodiyotida strategik ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatadi. (1-rasm) IQTISODIYOT ЭКОНОМИКА ECONOMY https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz 53 YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2025-yil. 8-maxsus son. Bakalavr talabalarining maqolalari to‘plami 1-rasm. O‘zbekistonda elektron to‘lovlar hajmining o‘sish tendensiyasi (trillion so‘m) [14] 2021–2022-yillar oralig‘ida “Humo” va “Uzcard” milliy to‘lov tizimlari o‘rtasidagi integratsiyaning yakunlanishi hamda mobil to‘lov ilovalarining ommalashuvi elektron to‘lovlar hajmining keskin ortishiga sabab bo‘ldi. Ushbu davrda aholi va tadbirkorlik subyektlarining raqamli to‘lov tizimlariga bo‘lgan ishonchi mustahkamlanib, tranzaksiyalar soni sezilarli darajada ko‘paydi. 2023-yil yakunida elektron to‘lovlar hajmining 180 trillion so‘mga yetgani milliy to‘lov tizimlarining moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi rolini yanada kuchaytirdi. Davlat va kommunal xizmatlar uchun onlayn to‘lovlar hajmining 2–3 barobar o‘sishi aholining raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanish madaniyati yuksalayotganini ifodalaydi. 2022-yilda O‘zbekiston banklarining onlayn-banking xizmatlari bozorida raqobat muhitining sog‘lom shakllanayotgani va raqamli moliyaviy xizmatlarning diversifikatsiyasi kuchaygani kuzatilgan. (2-rasm) 2-rasm. O‘zbekiston banklarining 2022-yildagi onlayn-banking xizmatlari bozoridagi ulushi [15] Tahlil natijalaridan ma’lumki, yirik banklar innovatsion infratuzilma va mobil ilovalar orqali o‘z ustunligini saqlab qolgan bo‘lsa, kichik banklar moslashuvchan xizmatlar, soddalashtirilgan interfeyslar va qulay tarif siyosati orqali raqobatni kuchaytirgan. Umuman olganda, 2022-yilda O‘zbekiston bank tizimida onlayn-banking xizmatlarining rivojlanishi raqamli transformatsiyaning chuqurlashuvi, mijozlar uchun qulay elektron muhit yaratilishi va moliyaviy inklyuziya jarayonlarining jadallashuvi bilan tavsiflanadi. (2-jadval)