scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TARAQQIYOT STRATEGIYASI DOIRASIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI O'YINLAR ORQALI AXLOQIY RIVOLANISHIDA MARKAZLAR FAOLIYATINING O'RNI

Nazarova Dilnoza Eraliyevna; Aliqulova Madina Eshnor qizi

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” doirasida maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, unda maktabgacha yoshdagi bolalarni o’yinlar orqali axloqiy rivojlanish, bolalarni axloqiy tarbiyalash yo’llari, axloqiy tarbiya haqida mutafakkirlar qarashlari bundan tashqari axloqiy tarbiya jaraonida markazlar faoliyatining o’rni haqida dolzarb masalalar yoritilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida markazlar faoliyatining o’rni, ularni axloqiy tarbiyalashda o’yin faoliyatining ahamiyati va pedagogik jarayonda qo’llaniladigan “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Insert” kabi innovatsion metodlar ham ilmiy asosda ochib berilgan. Shuningdek bolalarni axloqiy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda pedagogning roli zamonaviy innovatsion muhit yaratishning dolzarb jihatlari ham keltirib o‘tilgan.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 779 TARAQQIYOT STRATEGIYASI DOIRASIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI O’YINLAR ORQALI AXLOQIY RIVOLANISHIDA MARKAZLAR FAOLIYATINING O’RNI Nazarova Dilnoza Eraliyevna Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universiteti Tarix kafedrasi dotsenti, tarix fanlari falsafa doktori (PhD). Aliqulova Madina Eshnor qizi Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ( Maktabgacha taʼlim) 1-kurs magistri Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” doirasida maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, unda maktabgacha yoshdagi bolalarni o’yinlar orqali axloqiy rivojlanish, bolalarni axloqiy tarbiyalash yo’llari, axloqiy tarbiya haqida mutafakkirlar qarashlari bundan tashqari axloqiy tarbiya jaraonida markazlar faoliyatining o’rni haqida dolzarb masalalar yoritilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida markazlar faoliyatining o’rni, ularni axloqiy tarbiyalashda o’yin faoliyatining ahamiyati va pedagogik jarayonda qo’llaniladigan “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Insert” kabi innovatsion metodlar ham ilmiy asosda ochib berilgan. Shuningdek bolalarni axloqiy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda pedagogning roli zamonaviy innovatsion muhit yaratishning dolzarb jihatlari ham keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, o’yin, axloqiy rivojlanish, axloqiy ong, innovatsion metodlar, taraqqiyot strategiyasi, pedagogik texnologiyalar, interfaol yondashuv, umuminsoniy qadriyat. Annotation: This article highlights the improvement of the preschool education system within the framework of the "Development Strategy of New Uzbekistan" of the Republic of Uzbekistan for 2022-2026, the moral development of preschool children through games, ways of moral education of children, the views of thinkers on moral education, as well as topical issues about the role of centers in the process of moral education. The role of the activities of centers in the life of preschoolers, the importance of play activities in their moral education, and innovative methods used in the pedagogical process, such as "Brainstorming," "Cluster," "Insert," are also revealed on a scientific basis. The role of the teacher in educating children in the spirit of moral and universal values, the current aspects of creating a modern innovative environment are also presented. Keywords: preschool education, game, moral development, moral consciousness, innovative methods Аннотация: В данной статье освещены актуальные вопросы совершенствования системы дошкольного образования в рамках "Стратегии развития Нового Узбекистана" Республики Узбекистан на 2022-2026 годы, включая нравственное развитие детей дошкольного возраста посредством игр, пути нравственного воспитания детей, взгляды мыслителей на нравственное воспитание, а также роль центров в процессе нравственного воспитания. На научной основе раскрыты роль деятельности центров в жизни детей дошкольного возраста, значение игровой деятельности в их нравственном воспитании и инновационные методы, такие как "Мозговой штурм," "Кластер," "Инсерт," используемые в ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 780 педагогическом процессе. Также приводится роль педагога в воспитании детей в духе нравственных и общечеловеческих ценностей, актуальные аспекты создания современной инновационной среды. Ключевые слова: дошкольное образование, игра, нравственное развитие, моральное сознание, инновационные методы Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga ko’ra har bir xalq o’z oldiga ulug’ va istiqbol maqsadlarni qo’yishi hamda uni amalaga oshirisg salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatlariga kirib keladi. Strategik tafakkuga ega, uzoqni ko’ruvchi siyosatchilar, tom ma’nodagi xalqning haqiqiy xizmatkorlari jamiyatda sodir bo’ladigan muammolarni oldinda ilg’ab, ularning samarali va istiqbolli yechimlarini topa bilganlar. Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, yosh avlodni har tomonlama yetuk, axloqiy rivojlangan, mustaqil fikrlovchi, ijodkor va tashabbuskor shaxs sifatida tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” da ham mamlakatni har tomonlama rivojlantirish, inson kapitalini yuksaltirish va ta’lim tizimini tubdan isloh qilish masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Maktabgacha ta’lim tizimi barkamol shaxsni shakllantirishning eng muhim bosqichi bo‘lib, unda bolalarning ta’lim-tarbiya olishi, har tomonlama rivojlanishi, axloqiy o’sishi, aqliy tafakkuri, nutqi, va ijtimoiy ko‘nikmalari rivojlanadi. Shu boisdan, strategiyada maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda tarbiyachilarning kasbiy salohiyatini kuchaytirish asosiy maqsadlardan biri etib belgilangan. Taraqqiyot strategiyasining 4-yo‘nalishida ya’ni “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish va inson kapitalini rivojlantirish” deb nomlangan bo‘limi masadlarining birida shunday keltirilgan: 39-maqsad : Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish. Bog‘cha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish. 2022 — 2026-yillarda 160 mingdan ziyod pedagog kadrlarning malakasini oshirish. Maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida takomillashtirish. Mazkur yo‘nalishdan kelib chiqib, ta’lim jarayonini modernizatsiya qilishda bolalarning o’yin orqali har tomonlama shu jumladan axloqiy rivojlantirishga e’tibor kuchaytirildi. Chunki o’yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati bo’lib, markazlardagi faoliyat bilan uzviy bog’liqdir. Bu jarayon, bir tomondan, ta’lim tashkilotlarini modernizatsiya qilishni, ikkinchi tomondan, pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirishni taqozo etadi. Shuningdek, davlat dasturlarida har bir bola uchun individual yondashuv, o’yin orqali axloqiy rivojlantirish bilan bir qatorda, markazlardagi faoliyatni ham to’g’ri tashkil qilishga yo‘naltirilgan ta’lim metodlarini joriy etish zarurligi qayd etilgan. Demak, pedagoglar faoliyatida an’anaviy yondashuvlardan tashqari, zamonaviy, innovatsion ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish muhimdir. Maktabgacha ta’lim uyg’un rivojlangan shaxsni tarbiyalash, bolani butun kelajagini belgilab beradigan bilim va qadriyatlarni yosh avlod qalbiga singdirishda juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan muassasadir. O’yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati bo’lib, u orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. O’yin bolaning o’quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatning qay darajada shakllanganligimi belgilab beradi. O’yin bolalarning jismoniy rivojlanishi, maktabgacha ta'lim tashkilotining ta’lim-tarbiya ishida, bolalarni aqliy-axloqiy, mehnat va estetik tarbiyalashda ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 781 katta ahamiyatga ega. O`yin faloiyati bola hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi, u mehnat va ta`lim bilan uzviy aloqada bo`lgani holda yetakchi faoliyat sifatida namoyon bo`ladi. Tadqiqotchilar o`yinning ahamiyati, qadri, uning shartliligini hamda ijtimoiy xulqni shakllantirishda shaxsning jamiyatdagi o`z o`rnini belgilab olishi, uning muomala chog`idagi hatti-harakatini aniqlab olishi hamda miyaning keyingi o`rganiladigan mavzuga tayyorlanishida juda katta ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlaydilar. O`yin inson o`zligining namoyon qilishi, har tomonlama rivojlanishi, axloqiy-ma’nan o’sishi, usulidir. U maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosini tashkil qiladi. O`yinda shaxsdagi mavjud barcha jihatlar ishga tushadi: Bola harakat qiladi, gapiradi, idrok qiladi, o`ylaydi, o`yin davrida bolaning hayoli, xotirasi faol ishlaydi, ta`sirchanlik va iroda sifatlari namoyon bo`ladi. O‘yin metodi bolalar uchun eng samarali o‘rgatish vositasi sifatida qaraladi, chunki u bolalarning axloqiy o’sishi, ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantiradi, ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantiradi va emotsional holatini yaxshilaydi. Ma`lumki, axloqiy me`yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismoniy yetukligi, ma`naviy kamolotga erishishi mushkuldir. Axloq so‘zi arabcha –xulq-atvor ma`nosini bildirib, ijtimoiy munosabatlar va shaxs xatti-harakatini tartibga solib turuvchi qonunqoidalar majmui, ma`naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi bo`lib xizmat qiladi. Axloq tushunchasi umumiy xarakterga ega bo`lib, alohida munosabatlarni emas, balki barcha sohadagi munosabatlarni o`z ichiga oladi. Bu esa, axloqiy kategoriya deyiladi. Insonlarning o`zida birlashtirgan yaxshilik, mehnatsevarlik, ezgulik, adolatlilik, rostgo`ylik, insonparvarlik vatanparvarlik, jamoaviylik kabi sifatlarini majmuini axloqiy tarbiya tamoyillarga kiritish mumkin. Axloqiy ongning o`zida birlashtirgan sifatlariga yaxshilik-yomonlik, burch va vijdon,qadr –qimmat kabilarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Oilada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida axloqiy tarbiyanining elementlari berib boriladi. Darhaqiqat, har bir farzand shaxsi oilada shakllanadi. Demak, oila-barkamol avlod poydevori hisoblanadi. Shunday ekan, oilada farzandlarni axloqiy jihatdan tarbiyalash, ayniqsa, adolat, burch, vatanparvarlikni shakllantirish, ona vatanni sevish hissini uyg’otish o’ta muhim hisoblanadi. Sharq mutafakkirlari oila va farzand tarbiyasiga alohida e`tabor qaratishgan. Abu Rayhon Beruniy insonning axloqiy fazilatlarini, axloqiy tushunchalarini insonning tabiati bilan bog`laydi. Inson tabiati esa oilada shakllanadi. Bu esa, bola tarbiyasida ota-ona ta`siri va na`munasi benihoya katta ekanidan dalolat beradi. Beruniy tan va ruh pokligiga e`tabor qaratadi. Oilada tozalik, poklik, tartib o`rnatilgan bo`lsa bu yerda ma`naviy poklik shakllangan bo`ladi. Bu fikrini tanani toza tutish bilan cheklanmay ko`p harakat qilishga undaydi. Bu esa, mehnat qilishga da’vat etadi. Uning qalb va harakat haqidagi fikri inson tani bilan ruh pokligining bir butunligi haqidagi g`oya bilan chambarchas bog`liqdir. Bizning fikrimizcha makatabgacha ta`lim yoshdagi bolalar tarbiyasida jismoniy sog`lomlik, ma`naviy-axloqiy bilimlar o`rtasidagi bog`liqlik bugungi kun talabi bilan o`zaro bog`liqlikda rivojlanadi. Yangi taraqqiyot bosqichidagi ma’naviy-axloqiy tarbiya mazmuni ajdodlarimizning bebaho merosini tadqiq qilish va o’rganish bilan qimmatlidir. Buyuk olim Mahmud az-Zamaxshariy ta’limoti uning “Atvoq uz-zahab fil mavoi’z va-l-xutab” ya’ni (o’git va nasihatlarning oltin munchoqlari) asari talabalarda maʼnaviy-axloqiy tarbiya tizimini shakllantirishga yordam beradi. Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalaridir. Odob axloq talabalarning ongiga singdirish ularda axloqiy faoliyat ko‘nikmalari hamda ma’naviy-axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 782 Insonning axloqiy rivojlanshi uning axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Zero, axloqiy tarbiya insonning shaxs bo‘lib yetishuvini ta’minlaydigan uzluksiz jarayonlardan biri. Bu jarayonda individ axloqiy qadriyatlarni anglaydi, o‘zida axloqiy fazilatlarni shakllantiradi va axloqiy tamoyillar hamda me’yorlar asosida yashashga o‘rganadi. Shaxsning muhim ma’naviy sifatlari bo'lgan axloqiy ong, hissiyot va xulqni shakllantirish, vatanparvarlik, vatanga muhabbat, O'zbekiston gerbi, bayrog'i, madhiyasiga hurmat, insonparvarlik, mehnatga munosabat, jamoa bilan birgalikda qilinadigan izlanishlarga munosabat, ongli intizom va boshqa tuyg'ularni kamol toptirish axloqiy tarbiyaning va axloqiy rivojlanishning asosi hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni axloqiy jihatdan rivojlantirish vazifasi va mazmuni bolaning ma'naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi. Axloqiy bilim berish bir qancha tarbiyaviy vazifalarni bajaradi, inson hayoti va madaniyatining axloqiy qadriyatlari to'g'risida keng tasavvur, tushunchalar beradi. Axloqiy tasavvurlar, qarash, mulohaza, baho berish kabi tushunchalarni shakllantirishga va shu asosda axloqiy e’tiqodni rivojlantirishga ta'sir ko'rsatadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni o’yin orqali axloqiy rivojlantirish innovatsion metodlar samarali hisoblanadi: 1. “Klaster” metodi. Bu metod o’yin orqali bolalarning fikrlarini tartibga solish, asosiy tushunchalarni guruhlash imkonini beradi. Ularda axloqiy rivojlanishida samarali ta’sir ko’rsatadi. Tarbiyachi bolalarga bir mavzu bo‘yicha so‘zlar yoki g‘oyalarni aytadi, ular esa ularni mantiqiy guruhlarga ajratadilar. Bu mantiqiy tahlil va tizimlashtirish ularda axloqiy ong va ma’nan yetuklikni rivojlantiradi. 2. “Aqliy hujum” (Brainstorming) Bolalar biror muammo bo‘yicha o‘z fikrlarini erkin bildiradilar. Tarbiyachi har bir fikrni qabul qiladi va ularni muhokama qiladi. Bu usul bolalarning erkin fikrlashini, o‘z g‘oyalarini qo‘rquvsiz ifoda etishni rag‘batlantiradi. 4. “Insert” texnologiyasi. Bu metod o‘qilgan matn yoki tinglangan ertakni tushunish, uning axloqiy tahlil qilish va xulosa chiqarish imkonini beradi. Bolalar matndagi ma’lumotlarni “bilaman”, “yangi bildim”, “tushunmadim”, “boshqacha o‘ylayman” belgilar bilan ajratadilar. Bu kabi innovatsion texnologiyalar orqali bolalarni har tomonlama tarbiyalash va ma’nan-axloqiy rivojlantirishda tarbiyachi-pedagoglarning mahorati va ta’lim tashkilotlaridagi muhit asosiy rol o’ynaydi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Ilk qadam” davlat dasturi bo’yicha 5 ta rivojlantiruvchi markazlar mavjud. Bu markazlar bolalarning ichki qobiliyatlarini erta aniqlash va ularni shu yo’nalish bo’yicha tizimli rivojlantishga qaratilgandir. Bolalarni o’yin orqali axloqiy tarbiyalashda “Til va nutq” markazining ahamati katta .Bu markazlarning jihozlanishi ham boshqa markazlardan tubdan farq qiladi. Bolalarning ta’lim olishi va axloqiy rivojlanishi uchun yetarlicha sharoit yaratiladi. Bu makazda bolalar har xil didaktik o’yinlarda ishtirok etishadi. Fikrlash, aqliy salohiyatlari o’sib boradi. Tarbiyachi tomonidan turli ertaklar va hikoyalar o’qib beriladi, ularning axloqiy sifatlariga e’tibor beriladi. Ijtimoiy muhit — bu muhitda bolalar aqliy va axloqiy rivojlanishadi. Markazlar faoliyatida o’yin orqali dunyoni anglashga o’rganishadi. Markazlar faoliyatida o’yinga yo‘naltirilgan mashg’ulotlarda quyidagi natijalar kuzatiladi:  Bolalar faol ishtirok etadi, mustaqil fikrlashadi;  O‘yinli topshiriqlarda; xloqiy rivojlanadi;  Ertak, rasm, tajriba orqali xulosalar chiqaradi;  Jamoaviy ishda boshqalar fikrini tinglash madaniyati shakllanadi axloqiy tarbiyalanadi; ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 783  Ta’lim-tarbiya jarayoni bolalar uchun qiziqarli va mazmunli bo‘ladi. Bu natijalar maktabgacha ta’lim tashkilotining axloqiy rivojlanish darajasini oshiradi. Hozirda o’yinlar orqali bolalarni axloqiy rivojlantirishda ayrim muammolar ham mavjud:  Tarbiyachilarning barcha metodlarni yetarli bilmasligi;  O‘quv-metodik qo‘llanmalar yetishmasligi;  Maktabgacha ta’limda baholash tizimining to‘liq moslashtirilmaganligi. Bu muammolarni bartaraf etish uchun:  Tarbiyachilar uchun bolalar yoshiga mos o’yinlar ishlab chiqish  O’yinlarni to’gri tashkil etish va axloqiy sifatlariga ko’proq e’tibor qaratish;  O‘zbek tilida amaliy qo‘llanmalar yaratish;  “O‘yin orqali axloqiy rivojlanish” dasturlarini ishlab chiqish zarur.  Ta’lim tashkilotidagi markzlarni to’liq jihozlash Xulosa. Taraqqiyot strategiyasi doirasida maktabgacha ta’lim tizimida o’yin orqali axloqiy sifatlarini rivojlantirishda markazlar faoliyatini tog’ri tashkil etish davlat siyosati darajasidagi muhim vazifadir. Bu yo‘nalishda innovatsion metodlarni qo‘llash yangi o’yin texlogiyalarini ishlab chiqish nafaqat bolalarning fikrlash doirasini kengaytiradi, balki ularni kelajakda ijtimoiy faollik, axloqiy va ma’naviy yetuklik darajasiga olib chiqadi. Demak, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida axloqiy rivojlanishini shakllantirish — bu taraqqiyot strategiyasining amaliy ifodasidir. U pedagogik jarayonni insonparvar, interfaol va natijaga yo‘naltirilgan holga keltiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son 2. “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi. – 3. Toshkent. – 2022 4. F.Qodirova , Sh.Toshpo‘latova , N.Kayumova , M.A’zamova – “Maktabgacha pedagogika” darslik (2019) 5. I.Oxunov – “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasi” o‘quv - uslubiy majmua (2024) 6. Jalolov A. “Pedagogik texnologiyalar asoslari”. – Toshkent, 2018. 7. Sodiqova D. “Maktabgacha ta’lim metodikasi”. – Toshkent, 2021.