MAKTABGACHA TA'LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNING USULLARI
Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha ta`lim tashkilotlarida mashg`ulotlarni tashkil qilishda axborot kommunikatsiya vositalarining o`rni, tarbiyachi pedagoglarning mashg`ulot jarayonida qo`llaydigan axborot vositalari, texnologiyalarning bola aqlini rivojlanishdagi ahamiyati kabi mavzular yoritiladi
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 797 MAKTABGACHA TAʼLIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNING USULLARI Dilnoza Nazarova Raximovna Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universiteti Tarix kafedrasi dotsent,tarix fanlari falsafa doktori (PhD) Bekbergenova Yulduz Tanirbergen qizi Nizomiy nomidagi O’zbekiston Milliy Pedagogika Universtiteti Magistratura bo’limi Maktabgacha ta’lim mutaxassisligi 1-kurs magistranti ANNOTATSIYA : Ushbu maqolada maktabgacha ta`lim tashkilotlarida mashg`ulotlarni tashkil qilishda axborot kommunikatsiya vositalarining o`rni, tarbiyachi pedagoglarning mashg`ulot jarayonida qo`llaydigan axborot vositalari, texnologiyalarning bola aqlini rivojlanishdagi ahamiyati kabi mavzular yoritiladi KALIT SO`ZLAR: axborotlashtirish, multimedia texnologiyalari, sxemalar, didaktik materiallar, multimediali elektron ta‘lim, masofaviy ta`lim АННОТАЦИЯ: В данной статье рассматриваются такие темы, как роль информационно-коммуникационных средств в организации занятий в дошкольных образовательных организациях, информационные средства, используемые воспитателямипедагогами в процессе обучения, значение технологий в развитии интеллекта ребенка. КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: информатизация, мультимедийные технологии, схемы, дидактические материалы, мультимедийное электронное образование, дистанционное обучение ANNOTATION: This article covers topics such as the role of information and communication tools in organizing classes in preschool educational organizations, the information tools used by educators in the learning process, and the importance of technologies in the development of a child's intellect. KEYWORDS: informatization, multimedia technologies, diagrams, didactic materials, multimedia e-learning, distance learning KIRISH Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundayki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot hisoblash tarmog’i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish milliy iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta’lim samaradorligining muhim omili bo’lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o’zgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan bog’liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog’liqdir. O’quv fanlari bo’yicha elektron o’quv vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni o’qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu o’z navbatida, bolalarning bilimlarini chuqur o’zlashtirishlarining asosiy omili bo’lib, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi. ASOSIY QISM О`zbekiston Respublikasining Maktabgacha ta‘lim konsepsiyasida maktabgacha ta‘lim muassasalari ta‘lim-tarbiya jarayonida ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish zarurligi kо`zda tutilgan. Yuqorida bayon qilingan dalillar DMTT bolalarida boshlang`ich kompyuter savodxonligini
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 798 shakllantirish, ularni kompyuter bilan elementar tarzda muomala qilishga о`rgatish va maktab ta‘limiga tayyorlash dolzarb masalalaridan biri ekanligini kо`rsatadi. DMTTlarida multimedia texnologiyasidan foydalanishdagi muammolardan yana biri ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta‘lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish metodikasini ishlab chiqish, unga mos ishlanmalar yaratish hamda tadbiq etish zarurligidir. Shuning uchun, DMTTlarida multimedia texnologiyasidan foydalanishning о`ziga xos xususiyatlarini о`rganish, texnologiyalarni joriy etish jarayonida bolalar yoshini hisobga olish va mos holda didaktik materiallarni tanlash, ta‘lim jarayonida bolalarga pedagogik va psixologik ta‘sir etish usullarini о`rganish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bolalar uchun qо`llanma yoki darslik sifatida – kompyuter xotirasiga kiritilgan ma‘lumotlar va о`quv materiallari, tarbiyachi (pedagog) uchun multimediya texnologiyasiga oid pedagogik, ilmiy-metodik adabiyotlar, metodik qо`llanmalar, tavsiyalar va ularning elektron varianti ta‘lim manbalari hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan multimediali elektron ta‘lim manbalari va vositalaridan tashqari internet ashyolari va masofali ta‘lim materiallari ham о`ziga xos ta‘lim manbalari bo`la oladi. Multimedia texnologiyasiga asoslangan mashg`ulotlar kompyuterlar asosida olib boriladi. DMTTlarida lokal tarmoqni tashkil etish uchun kamida 5-6 ta kompyuter bilan jixozlangan bo`lishi kerak. DMTTlarida lokal tarmoqdan foydalanish usuli quyidagicha: 1)5 ta kompyuter maxsus kabel (koksial sim) orqali bir-biriga ulanadi. 6kompyuter ham shu lokal tarmoqqa ulanib, tarbiyachi stoliga о`rnatiladi (bitta xonadagi bir juft telefon simiga 5 ta bir xil nomerli telefon trubkasini parallel ulagan kabi, bu xolda 5 ta telefon trubkasiga bir xil axborot keladi); 2)har bir kompyuter oldiga 2-3 nafar tarbiyalanuvchi о`tiradi (masalan, guruh tarbiyalanuvchilarning soni - 15 nafar bо`lgan hol); 3)tarbiyachi ― markaziy kompyuterda ishlaydi va guruhda о`rganilayotgan materiallarni tushuntirib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga mo`ljallangan multimediali texnologiya joriy an‘anaviy texnologiyalarga nisbatan quyidagilar bilan farqlanadi: •Bolalarning psixologik jihatlari; •bolalarning yoshi (6-7 yosh); •kompyuterli mashg`ulotning davomiyligi (15 daqiqa); •materialning bolalarga mosligi (multimedia shaklida); •materialning xajmi (30 daqiqaga mo`ljallangan); • materialninig murakkablik darajasi (bolalar uchun sodda materiallar tanlanadi); •ularninig faollik darajalari va x,.k. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yaratilgan multimediali kompyuter texnologiyasi variantida texnologik yondashuv quyidagicha kechadi: DMTT bolasi (tarbiyalanuvchi)ning о`rganiladigan materialni о`zlashtirishini qulaylashtirish va osonlashtirish maqsadida material bir–biri bilan bog`liq qismlarga, bо`laklarga ajratiladi, sо`ngra ta‘limdan mo`ljallangan natija olish uchun amallar ketma-ket bajarilishi va loyihalashtirilgan ishlar poyoniga yetkazilishi ko`zda tutiladi. Eng muhimi, ushbu texnologiyada о `rganiladigan material multimedia asosida taqdim etiladi. Bola miyasiga bunday ― multimediaviy xujum natijasida bolaning о`zlashtirishi kо`tarilib, mashg`ulot samaradorligi oshadi. Ma‘lumki, har qanday pedagogik texnologiya о `ziga xos ma'lum bir komponentga egadir. Shunga о`xshash multimedia texnologiyasining ham ta‘limiy komponentlari mavjud. Bunday komponentlarga: 1) nazariy va amaliy asoslari; 2) ta‘lim-tarbiya berish, jumladan, mashg`ulot о`tkazish metodlari va metodikasi; 3) pedagogik-pisixologik jixatlari; 4) texnik va didaktik vositalari; 5) ta‘lim oluvchilarning olgan bilimini baholash mezoni; 6) ta‘lim manbalari va boshqalarni kiritish mumkin Shulardan birinchisi, multimediya texnologiyasining nazariy va amaliy asoslari informatika va zamonaviy axborot texnologiyasi asoslariga borib taqaladi. Multimedia dastlab, vosita sifatida axborotlarni tovush, video, grafika, matn, tasvir, animatsiya berilgan xolda uzatish va saqlash usuli (muhiti) sifatida shakllandi. Shakllanish asosiy texnik ta‘minoti bо`lgan kompyuter va uning axborotni, nutqni kiritish va chiqarish qurilmalari, skanerlar, video va audio platalari, videokamera
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 799 platalari orqali amalga oshiriladi. Dasturiy ta‘minotda odatda u yoki bu multimedia vositasi mazmuni algoritmini tuzish va dasturlash muhim rol о `ynaydi. Amaliy ta‘minotda multimediyali elektron darsliklar, kompakt disklar, taqdimotlar, slaydlar, shuningdek, kompyuterda mavjud dasturlar, muharrirlar (Macromedia, Flash, PowerPoint, Paint, CorelDraw) va telekommunikatsiya vositalaridan keng foydalaniladi. Yuqorida sanab о`tilgan vositalar multimedia texnologiyasining texnik va dasturiy asosini tashkil etadi. XULOSA Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan islohotlar ta’lim-tarbiyaning maqsadini yangi yo’nalishga burdi. Demak, ta’lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda mazmunning ham, pedagogik jarayonning ham yangilanishi tabiiydir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli shaxs manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi. ADABIYOTLAR: 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Qarori, 2019., 13 may, PQ 4312 son. 2. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob halqimiz bilan birga qo’ramiz. – Toshkent:O’zbekiston, 2017.-488 bet. 3. Ablakotov A., Epaneshnikov V. Texnologiya darslarida AKTdan foydalanish kognitiv faoliyat faolligini oshirish omili sifatida - M.: Ves Mir, 2016. - 600 b. 4. Zaxarova I. G. Ta'limda axborot texnologiyalari. - M .: Akademiya, 2015. B 22–24