MILLIY AN'ANALARNING ZAMONAVIY TA'LIM BILAN UYG'UNLIGI
Abstract
Ushbu maqolada milliy an’analarning o‘quvchilar tarixiy ongini shakllantirish va ularda vatanparvarlik ruhini kuchaytirishdagi pedagogik imkoniyatlari tahlil etiladi. ta’limda xalq an’analari, urf-odatlari, o‘zbekona tarbiya tamoyillari va zamonaviy pedagogika prinsiplari o‘zaro integratsiyalashi qanday ahamiyat kasb etishi yoritilgan.
Full text
66 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) MILLIY AN’ANALARNING ZAMONAVIY TA’LIM BILAN UYG’UNLIGI Axmedova Dilfuza Usmonovna https://doi.org/10.5281/zenodo.17708466 Annotatsiya. Ushbu maqolada milliy an’analarning o‘quvchilar tarixiy ongini shakllantirish va ularda vatanparvarlik ruhini kuchaytirishdagi pedagogik imkoniyatlari tahlil etiladi. ta’limda xalq an’analari, urf-odatlari, o‘zbekona tarbiya tamoyillari va zamonaviy pedagogika prinsiplari o‘zaro integratsiyalashi qanday ahamiyat kasb etishi yoritilgan. Kalit so‘zlar: milliy an’ana, milliy qadriyat, zamonaviy ta’lim, raqamli ta’lim, shaxs barkamolligi, milliy kontent. Zamonaviy dunyoda ta’lim tizimi inson kapitalini shakllantirish, ijtimoiy tarqqiyotni ta’minlash va madaniy merosni asrashning asosiy omillaridan biridir. Shu bilan birga, har bir xalqning ma’naviy barqarorligini ta’minlovchi asosiy negiz bu-an’anaviy qadriyatlar tizimidir. Respublikamizda so‘nggi yillarda ta’lim islohotlari nafaqat ilmiy-tehnik, balki ma’naviyma’rifiy yo‘nalishda ham tubdan yangilanmoqda. “Yangi O‘zbekiston-ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasida milliy qadriyatlarni zamonaviy ta’lim bilan uyg‘unlashtirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Shunday ekan, ta’limda xalq an’analari, urf-odatlari, o‘zbekona tarbiya tamoyillari va zamonaviy pedagogika prinsiplari o‘zaro integratsiyada rivojlanishi zarur. Milliy an’analar va qadriyatlarning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni ko‘plab olimlar tomonidan ilmiy jihatdan o‘rganilgan. Jumladan, I.A. Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida milliy qadriyatlarning inson ma’naviyatini boyitishdagi beqiyos o‘rni alohida ta’kidlanadi. Muallif milliy an’analarni jamiyatning ma’naviy tayanchi, yoshlar ongida tarixiy xotirani shakllantiruvchi eng kuchli manba sifatida talqin etadi. R. Xo‘jayevning “Pedagogika nazariyasi va tarixi” kitobida esa milliy qadriyatlarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi pedagogik asoslari chuqur tahlil qilingan. Unda tarixiy ongni shakllantirishda milliy an’analarning bevosita ta’siri borligi, ular yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishda muhim omil ekani ko‘rsatib o‘tiladi. M. To‘xtaxodjayeva o‘zining “Tarix ta’limida innovatsion metodlar” nomli ilmiy ishida tarixiy darslarda milliy materiallardan foydalanishning samaradorligini yoritadi. Xususan, o‘quv jarayonida xalq urf-odatlari, marosimlari va qadriyatlarini qo‘llash o‘quvchilarning faolligini oshirishi, mavzuga qiziqishini kuchaytirishi hamda vatanparvarlik ruhini tarbiyalashga yordam berishi qayd etilgan. U. Saidovning “Milliy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi” asarida milliy qadriyatlarning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni keng yoritilib, ular tarixiy ong va milliy o‘zlikni shakllantirishda asosiy manba ekanligi ta’kidlangan. Muallif, ayniqsa, vatanparvarlik ruhini mustahkamlashda milliy an’analar, urf-odatlar va marosimlarning tarbiyaviy ahamiyatini ochib bergan. Shuningdek, A. Hasanovning “Tarixiy xotira va milliy o‘zlikni anglash” asari ham muhim manba hisoblanadi. Unda milliy an’analar xalqning tarixiy xotirasini avloddan-avlodga yetkazishda, yoshlarning milliy o‘zligini anglashida asosiy pedagogik vosita sifatida ko‘rsatiladi. Mahalliy va xorijiy manbalarda (masalan, UNESCOning “Intangible Cultural Heritage and Education” nomli nashrida) milliy madaniy merosni ta’limga integratsiya qilish orqali yoshlar ongida tarixiy xotira va vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berilgan.
67 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) An’anaviy qadriyatlar-bu millatning tarixiy xotirasi, ma’naviy mezoni va madaniy o‘zligining ifodasidir. Ular xalq tafakkuri, urf-odatlari, diniy e’tiqodi, odob-axloq me’yorlari hamda hayot falsafasining mujassam ko‘rinishidir. O‘zbek xalqining qadriyatlar tizimida mehnatsevarlik, halollik, insonparvarlik, kattalarga hurmat, kichiklarga mehr. Ustoz-shogirdlik an’analari, oila muqaddasligi kabi g‘oyalar yetakchi o‘rin tutadi. Ushbu qadriyatlar yoshlarni faqat bilimli emas, balki ma’naviy barkamol inson sifatida tarbiyalashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ma’naviy qadriyatlar xalq pedagogikasining asosi bo‘lib, qadimdan oila, jamoa, maktab va mahalla hayotida tarbiya vositasi sifatida xizmat qilib kelgan. Shunday ekan, bu qadriyatlarni zamonaviy ta’lim bilan uyg‘unlashitirish orqali millat, ma’naviy immuniteti mustahkamlanadi. XXI asr ta’limi global raqobat, raqamli transformatsiya va axborot inqilobi sharoitida shakllanmoqda. Bugungi kunda zamonaviy ta’lim tizimi quyidagi yo‘nalishlarda rivojlanmoqda. 1. Raqamli ta’lim tehnologiyalari (onlayn o‘qitish, sun’iy intellekt, virtual laboratoriyalar); 2. STEAM-ta’lim (fan, tehnologiya, muhandislik, san’at va matematika integratsiyasi); 3. Kompetensiyaviy yondashuv – bilimni amaliy ko‘nikmaga aylantirish. 4. Insonparvarlik pedagogika – o‘quvchini markazga qo‘yuvchi ta’lim tizimi. Biroq, zamonaviy ta’limninig muvaffaqiyati faqat texnologiya bilan emas, balki axloqiy va ma’naviy asos bilan belgilanadi. Texnologiya – vosita, qadriyat esa – maqsaddir. Shuning uchun texnologik yangilanishlar milliy an’analar bilan uyg‘unlashgan taqdirdagina ta’limning chinakam samarasiga erishiladi. Pedagogik tajriba shuni ko‘rsatadiki, dars jarayonida milliy an’analardan foydalanish o‘quvchilarning mavzuga bo‘lgan qiziqishini sezilarli darajada oshiradi. Tarixiy voqealarni milliy marosimlar va qadriyatlar bilan bog‘lab tushuntirish o‘quvchilarni faqat bilim emas, balki tarbiyaviy jihatdan ham boyitadi. O‘qituvchilar bu jarayonda interfaol metodlardan – rol o‘ynash, sahnalashtirish, debat va ta’limiy ekskursiyalardan samarali foydalanishlari mumkin. Misol uchun, tarixiy darslarda xalq urf-odatlari asosida sahna ko‘rinishlari tashkil etish o‘quvchilarda tarixiy voqealarni jonli idrok etish, ularga o‘z nuqtayi nazaridan baho berish imkonini beradi. An’anaviy qadriyatlar va zamonaviy ta’lim uyg‘unligining zarurati quyidagi jihatlarda namoyon bo‘ladi. 1. Dars jarayonlarida milliy qadriyatlarni o‘rgatish: tarix, adabiyot, ona-tili, ma’naviyat, darslarida milliy urf-odatlar, xalq donishmandligi, maqollar, rivoyatlar orqali tarbiya berish; 2. Pedagogik an’analarining zamonaviy talqini: ustoz-shogird an’anasi asosida mentorlik tizimini rivojlantirish; 3. Axborot texnologiyalari va milliy kontent uyg‘unligi: onlayn palatformalarda o‘zbek madaniyatiga oid elektron darsliklar, videodarslar, interaktiv o‘yinlar yaratish; 4. Oila va maktab hamkorligi: ta’lim muassasalari va oilaviy tarbiya o’rtasidagi uzviylikni mustahkamlash. An’anaviy qadriyatlar va zamonaviy ta’lim tizimi uyg’unligi quyidagi ijobiy natijalarga olib keladi. Milliy an’analar xalqning tarixiy xotirasini asrab-avaylashda, ajdodlar merosini kelajak avlodga yetkazishda eng muhim vosita hisoblanadi. Ular o‘quvchilar uchun tarixiy voqealarni faqat darsliklarda yozilgan faktlar sifatida emas, balki hayotiy hodisalar, xalqning turmush tarzi va ma’naviy qadriyatlari bilan bevosita bog‘liq jarayonlar sifatida idrok etishga yordam beradi. Shu ma’noda milliy an’analar tarixiy ongni shakllantirishning amaliy ko‘rinishi bo‘lib, o‘quvchilarda o‘z tarixini anglash, uni qadrlash va undan xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
68 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 (Special issue) a. Shaxsning barkamolligi: ilmiy bilim bilan birga axloqiy-ma’naviy sifatlar shakllanadi; b. Ta’lim sifati va motivatsiyasi oshadi, chunki o‘quvchi o‘z madaniyatiga asoslangan bilmni chuqurroq qabul qiladi; c. Jamiyatda ma’naviy barqarorlik va madaniy uzluksizlik ta’minlanadi; d. Global raqobatbardosh, ammo milliy ruhli shaxs tarbiyalanadi. Xulosa Demak qadriyatlar ta’limning ma’naviy ildizi, zamonaviy texnologiyalar esa uning poydevoridir. Ikkalasi uyg’unlashgan taqdirda, insonparvar va intellektual jamiyat shakllanadi. An’anaviy qadriyatlar va zamonaviy ta’lim tizimi uyg‘unligi bu milliy ta’lim modelining barqaror rivojlanish garovidir. Har qanday modernizatsiya xalqning tarixiy ildizlariga tayanmasa, o‘z barqarorligini yo‘qotadi. Shu sababli ta’lim tizimining strategik maqsadi milliy qadriyatlar asosida zamonaviy bilimga ega shxsni tarbiyalash bo‘lishi zarur. Milliy qadriyatlar o‘zbek xalqining o‘zligini ma’naviyatini, g‘uruini asraydi, zamonaviy ta’lim esa uni global dunyoda tanitadi. Ularning uyg‘unligi kelajak avlodni bilimli, vatanparvar insonparvar va ijodkor insonlar qilib yetishtiradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati 1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 2. Avloniy. A. Turkiy guliston yoxud axloq-Toshkent: Ma’naviyat, 1992. 3. Xo‘jayev R. Pedagogika nazariyasi va tarixi. – Toshkent: Fan, 2015. 4. Hasanov B. Milliy qadriyatlar va ta’lim. – Toshkent: Fan, 2021 5. Qodirov A. O‘zbek xalqining urf-odatlari va marosimlari. – Toshkent: Sharq, 2012.