scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SINTAKTIK BIRLIKLARNING ILOVALI ELEMENT SIFATIDA BAJARIB KELADIGAN FUNKSIYALARI

To'lakova, Dilbar

Abstract

This article examines the structure, semantic features, and stylistic functions of appositive constructions as one of the essential categories of syntax. It highlights the role of apposition in expanding, clarifying, and supplementing the meaning of syntactic units. The study analyzes the use of secondary sentence parts—attributes, objects, and adverbials—as appositional components within different syntactic structures. Special attention is given to adverbial appositions expressed by prepositional nouns and their contribution to enriching the semantic layer of the text. The paper provides examples illustrating the communicative, expressive, and explanatory functions of appositive elements and discusses their significance in enhancing the emotional and stylistic value of speech.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 61 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us SINTAKTIK BIRLIKLARNING ILOVALI ELEMENT SIFATIDA BAJARIB KELADIGAN FUNKSIYALARI Muallif: SamDChTI tayanch doktoranti To’lakova Dilbar Elmuradovna Elektron manzil: [email protected] Telefon raqam: +998975784335 Annotatsiya: Ushbu maqolada sintaksisning muhim kategoriyalaridan biri bo‘lgan ilova konstruktsiyalarining tuzilishi, semantik va stilistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ilova hodisasining sintaktik birliklar mazmunini kengaytirish, aniqlashtirish va bosh gapga qo‘shimcha axborot kiritishdagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot davomida aniqlovchi, to‘ldiruvchi va hol kabi ikkinchi darajali gap bo‘laklarining ilova sifatida qo‘llanish xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Predlogli otlar bilan ifodalangan ilovali hol konstruktsiyalarining matnning semantik qatlamini boyitishdagi funksional yuklamasi misollar asosida ochib beriladi. Ilova hodisasining nutqning ekspressivligi, emotsionalligi va kommunikativ qiymatini oshirishdagi roli ilmiy asosda sharhlanadi. Kalit soʻzlar: sintaksis, ilova konstruktsiyasi, ilovali element, asosiy ifoda, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol, predlogli ot, semantik kengayish. Abstract: This article examines the structure, semantic features, and stylistic functions of appositive constructions as one of the essential categories of syntax. It highlights the role of apposition in expanding, clarifying, and supplementing the meaning of syntactic units. The study analyzes the use of secondary sentence parts—attributes, objects, and adverbials—as appositional components within different syntactic structures. Special attention is given to adverbial appositions expressed by prepositional nouns and their contribution to enriching the semantic layer of the text. The paper provides examples illustrating the communicative, expressive, and explanatory functions of appositive elements and discusses their significance in enhancing the emotional and stylistic value of speech. Key words: syntax, appositive construction, appositional element, main expression, attribute, object, adverbial modifier, prepositional noun, semantic expansion. Аннотация: В данной статье анализируется структура, семантические и стилистические особенности присоединительных конструкций, являющихся одной из важных категорий синтаксиса. Освещается роль явления присоединения в расширении, уточнении содержания синтаксических единиц и введении дополнительной INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 62 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us информации в главное предложение. В ходе исследования рассматриваются особенности использования второстепенных членов предложения, таких как определение, дополнение и обстоятельство, в качестве приложения. Функциональная нагрузка присоединительных конструкций обстоятельств, выраженных предлогами, в обогащении семантического слоя текста раскрывается на основе примеров. Роль явления приложения в повышении экспрессивности, эмоциональности и коммуникативной ценности речи интерпретируется на научной основе. Ключевые слова: синтаксис, присоединительная конструкция, приложенный элемент, основное высказывание, определение, дополнение, обстоятельство, существительное с предлогом, семантическое расширение. Tilshunoslikning eng muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan sintaksis so‘z birikmasi va gaplarning tuzilishi, ularning o‘zaro munosabati hamda mazmunni ifodalashdagi vazifasini o‘rganadi. Sintaktik birliklar – so‘z birikmasi, gap, qo‘shma gap va matn – til tizimining yuqori pog‘onasini tashkil etadi. Ushbu birliklarning shakllanishi va nutqdagi o‘zaro bog‘lanishi jarayonida turli yordamchi vositalar, xususan, ilova konstruktsiyalari muhim rol o‘ynaydi. Ilova hodisasi tilda izoh, aniqlik, qo‘shimcha ma’no berish, shuningdek, nutqning ifodaviyligini oshirish vositasi sifatida xizmat qiladi. Shu sababli ilova konstruktsiyalarini tahlil qilish nafaqat sintaktik, balki semantik va stilistik jihatdan ham ahamiyatlidir. Sintaktik birliklar tarkibida ilovali elementlarning paydo bo‘lishi ularning grammatik tuzilishini murakkablashtiradi, shu bilan birga, mazmuniy qatlamini ham boyitadi. Ilova hodisasi, mohiyat e’tibori bilan, gapning o‘ziga xos nostandart tuzilish shakllaridan biri bo‘lib, bunda sintaktik birliklardan biri mustaqil kommunikativ ma’noga ega tarzda ajralib chiqadi. Boshqacha aytganda, ilova – bu gap tuzish tamoyilining shunday shakli ekanki, unda asosiy ifoda tarkibidagi bir bo‘lak semantik jihatdan mustaqil ma’no yuklab, qo‘shimcha izoh yoki aniqlik beradi. Sintaktik sathda ilovani gapning grammatik tuzilishi va semantik mazmunini boyituvchi, ularni gapdan tashqarida sintaktik kuchaytirish uslublaridan biri sifatida ko‘rish mumkin. Til materiallarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, ilovali komponent sifatida turli sintaktik birliklar – aniqlovchi, to‘ldiruvchi va hol kabi ikkinchi darajali gap bo‘laklari – faol ishtirok etadi va ular turli grammatik vazifalarni bajaradi [2; 124b.]. Ayniqsa, ilova vazifasidagi aniqlovchilar postpredikativ (asosiy kesimdan keyin keluvchi) xarakterga ega bo‘lib, gapning mazmuniy kengayishini ta’minlaydi. Ular INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 63 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us ilova konstruktsiyalariga sintaktik istiqbolning o‘ziga xos ohangini olib kiradi, butun gapga emotsionallik va ekspressivlik bag‘ishlaydi. Bunday aniqlovchilar aniqlanayotgan ot bilan bir qatorda emas, balki undan so‘ng kelib, unga qo‘shimcha yoki okkazional belgi, sifat, izohni beradi. Shu tarzda ular sintaktik jihatdan ajralgan bo‘lsa-da, semantik aloqani saqlab qoladi va gapning umumiy mazmuniy yaxlitligini buzmaydi. Shu bilan birga, birikuvchi ilovalar aniqlanayotgan so‘z bilan leksik jihatdan o‘xshash bo‘lishi ham, o‘xshash bo‘lmasligi ham mumkin. Bu holatda ilova komponenti turgan so‘zga semantik jihatdan bog‘lanadi hamda uning ma’nosini to‘ldiradi, kengaytiradi yoki aniqlashtiradi. Natijada ilova faqat grammatik jihatdan emas, balki mazmuniy nuqtayi nazardan ham asosiy ifoda bilan chambarchas aloqada bo‘ladi. Leksik takror shaklidagi ilovalar esa nutqda emotsionallik, ekspressivlik va stilizatsiyani (ya’ni, ma’lum bir uslubga mos ohangni) kuchaytirish vositasi sifatida xizmat qiladi [4; 182– 183-b.]. Ular matnda qo‘shimcha axborot yuklaydi, asosiy gap bilan bog‘lanishning semantik ko‘prigini hosil qiladi va nutqning ta’sirchanligini oshiradi. Shu sababli bunday turdagi ilovalar, ayniqsa, badiiy va publitsistik uslubda muhim kommunikativestetik vazifani bajaradi. Til materiallarini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, ilova komponenti ilova sifatida eng ko‘p uchraydigan sintaktik birliklardan biridir. Bunday tez-tez takrorlanish ilova va birikish hodisalarining o‘xshashligini tushuntirishga yordam beradi. Haqiqatan ham ilova vositasi yordamida predmet aniqlanadi va tavsiflanadi, mavjud bo‘lgan yetishmayotgan ma’lumot qo‘shimcha tarzda berilib, gap mazmuni aniqlanadi, ta’kidlanadi va to‘ldiriladi. Shunday qilib, ilova hodisalari semantik jihatdan o‘xshashlik ko‘rsatadi: ular bosh gapning mazmunini kengaytiradi, aniqlashtiradi va tavsiflaydi. Ayniqsa, ilova to‘ldiruvchi vazifasida ishlaganda, u bosh gapning kesimi vositasiz to‘ldiruvchili o‘timli fe’l bilan ifodalangan bo‘lsa, ilova komponenti predloqli to‘ldiruvchi bilan ifodalanishi mumkin. Bu esa gapning semantik boyligini oshiradi va yetishmayotgan ma’lumotni aniqlash imkonini beradi. Ilovali to‘ldiruvchi qo‘shimcha va aniqlash ma’nosiga ega bo‘lib, shuningdek, ilovali komponent tarkibidagi axborotni ajratib ko‘rsatish va ta’kidlash vositasi sifatida xizmat qiladi. Gapning asosiy kesimida ko‘pincha fe’l kesimlarning mazmuni tushunarsiz yoki yetarli ma’lumotga ega bo‘lmagan hollarda ilovali komponentlar oldingi gap mazmunini tushuntirish va aniqlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Illyustrativ materialni tahlil qilganda, ilovali komponent to‘ldiruvchi sifatida nisbatan kam uchraydi. Bu holat uning funksional yo‘nalishiga – ya’ni ajralish, to‘ldirish va bosh gap mazmunini tushuntirish vazifasiga bog‘liq. To‘ldiruvchi element, gapning INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 64 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us doimiy bo‘laklari kabi, fe’l valentligiga bog‘liq bo‘lib, fakultativ bo‘laklardan farqli o‘laroq kam qo‘llaniladi. Shu sababli ilovali to‘ldiruvchining nutqiy yuzaga chiqishi boshqa sintaktik birliklarga nisbatan cheklangan, lekin uning mavjudligi gap mazmunini to‘ldirish va aniqlik kiritishda katta ahamiyatga ega [3; 155-b.]. Tahlil qilinayotgan til materialida predloqli otlar bilan ifodalangan hol guruhi ilova konstruktsiyasining asosiy komponenti sifatida keng qo‘llaniladi. Ushbu guruh quyidagi funksiyalarni bajaradi: a) Harakat yoki voqeaning joyini aniqlash: I couldn’t approach the library at that hour. Not today! (H. James, The Turn of the Screw, 112 p.) b) Harakatni bajarish usulini detallashtirish: She completed the task. In every possible manner. (R. Kipling, The Jungle Book, 58 p.) v) Harakat yoki voqeaning yuz berish holatini ta’kidlash: He didn’t understand how to proceed. Under such circumstances. (E. Hemingway, A Farewell to Arms, 204 p.) g) Harakat, holat yoki belgini aniqlash: Tom couldn’t comprehend what it meant to act without guidance. Never! (F. Scott Fitzgerald, The Great Gatsby, 167 p.) Shu tarzda, predloqli otlar bilan ifodalangan ilova konstruktsiyalari gap mazmunini aniqlashtirish, ta’kidlash va to‘ldirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, ilovali hol bosh gapdagi yetishmaydigan axborotni ajratib ko‘rsatish, aniqlashtirish va to‘ldirish vazifasini bajaradi. Ilova hodisasi o‘ziga xos shaklda matnda yuzaga kelishi mumkin, ba’zi hollarda esa uni nutq universalligi jihatidan ham qarash lozim. Ilova gap tuzishning formal-struktur va intonatsion-semantik aspektlarining nisbiy mustaqilligini, shuningdek, til va nutq birliklarining assimmetriyasini aniq ko‘rsatadi. Sintaksisning elementi sifatida ilova hodisasi bosh gapning semantik bo‘linish vositasi sifatida qaraladi. Ilova komponentlar gap mazmunida lo‘gik urg‘uni beradi va rematik elementlar rolini bajaradi, shuningdek, nutqning ta’sirchanligi va ekspressivligini oshirish vositasi hamdir. Bosh gapning strukturasi soddalashtirilgan holda, ilova komponent matn tuzishning o‘ziga xos usuli sifatida namoyon bo‘ladi. Kommunkativ va ekspressiv (ta’sirchan) funksiyasi tufayli ilova komponenti nutqning turli uslublarida qo‘llanilishi mumkin. Shu bilan birga, ilova hodisasi bosh gapning alohida komponentlarini til normalari va aniq shakllangan gap bo‘laklari sifatida yaratishda noan’anaviy oqibatlarga olib keladigan struktur xilma-xillikni yuzaga INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 10, 2025 65 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us chiqaradi. Ilova komponentlar gapning sintaktik va funksional istiqbolini ifodalashda muhim vosita hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Арнольд И. В. Стилистика современного английского языkа. – М., 1990. 300 с. 2. Бегматов М. Тўлдирyвчи билан ифодаланган иловали элементларнинг фyнkциялари. Филол. фан. ном. дисс... – Самарқанд, 1999. – 145 б. 3. Mаmаsоliеv I.U. Struсturаl-sеmаntiс соmрliсаtiоn оf sреесh in gеrmаn with thераrtiсiраtiоn оf соnnесting struсturеs // Вестниk таджиксkого национального yниверситета. Серия филологических наyк, №4. ISSN 2413-516Х. –Дyшанбе, 2022. –С. 152-157.